Ключевые слова:
Туркестан, Хивинское ханство, восстание 1916-года, архивные
источники, докладные, воспоминания, отчеты, анализ, проблемы
271
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
FOLK CREATIVITY ABOUT THE HISTORY OF THE UPRISING IN THE KHIVIN KHANATE OF
1916
Utegenov Kh.M.
–
assisstent of Karakalpak State University
Jumaniyazov D.
–
assisstent of Karakalpak State University
Erjanova G.M.
–
the teacher of Academic Lyceum under the Karakalpak State University
Annotation.
The need to pay attention to the examples of folk art in the study of the
history of the popular uprising of 1916 was analyzed in the article. The Karakalpak people to
their songs gives historical information on the uprising under the leadership of Avesian Khodja
in Khiva khanate. Also, the uprising that arose in connection with the events of "mardikor" is
widely covered in folk art. The task of historians is to make extensive use of these valuable
historical sources.
Key words:
Turkestan, Khiva khanate, uprising of 1916, archival sources, reports,
memories, reports, analysis, problems.
Mustaqillik tufayli boy tariximizni mafkuraviy о‘zgarishlarsiz asl holida о‘rganish
imkoniyatiga ega bо‘ldik. Eng asosiysi, kо‘p asrlik tariximiz bilan faxrlanish imkoni paydo bо‘ldi.
Xalqimizda yaqin о‘tmish tarixiy voqealariga qiziqish ortib bormoqda. Har bir kishi о‘z
Vatani, shahri, qishlog‘i tarixini bilishga harakat qiladi. Bu tabiiy hol. Shunday qiziqish
uyg‘otadigan voqealardan biri bundan yuz yillar oldin bо‘lib о‘tgan xalq qо‘zg‘olonlari
hisoblanadi.
Mana shu qayg‘uli о‘tmish, bosib о‘tgan mashaqqatli yо‘limiz barchamizga saboq bо‘lishi,
bugungi haqiqatni chuqur tahlil qilib, mavjud xavflarga nisbatan doimo sergak bо‘lib yashashga
chaqirishimiz lozim. О‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yо‘q. Bu
haqiqat insoniyat tarixida kо‘p marotaba о‘z tasdig‘ini topgan. Qoraqalpoqlar 1916-yilgi xalq
qo‘zg‘oloniga bag‘ishlangan ijodiy merosga nihoyatda boy.
О‘tesh botir haqida Q.Bayniyazov “Yelim dep yeңiregen yerler” nomli kitobida kо‘pgina
ma’lumotlarni keltiradi. K.Berdimuratov 1948-yilda ilmiy ekspeditsiya davrida Qо‘ng‘irot tumani
7-ovulida yashovchi Allan Bayniyaz о‘g‘lidan “О‘tesh botir” afsonasini yozib oladi
1
.
A.Tajimuratov “Tariyxiy qo`shiqlar” nomli maqolasida birinchi jahon urushi yillarida
yaratilgan xalq durdonalari haqida kо‘pgina tо‘g‘ri fikrlarini bildirgan
2
.
A.Qojiqbayev qoraqalpoq tarixiy she’rlari og‘zaki adabiyot ijodidagi rivojlanuvchi faol
janrlardan biri deb hisoblaydi
3
.
M.Tileо‘muratov “Qaraqalpaq poeziyasi” nomli monografiyasida ayrim tarixiy she’rlarni
tahlilga tortgan
4
.
Qoraqalpoqlarning tarixiy qо‘shiqlari folklor bilan chambarchas xalq ijodiyotining mahsuli
hisoblanadi. Nazmiy yodgorliklar, davrning nazmiy hujjatlari – bular о‘sha davrda muhim bо‘lgan
qirralarni aks ettiruvchi tarixiy qо‘shiqlar deb ham nomlanadi. Bular nafaqat timsoliy ifodalar,
balki mohiyatan mavjudlikdir. Har bir davr о‘z qо‘shig‘ini vujudga keltiradi. Tarixiy qо‘shiqlarda
о‘sha zamonning о‘ziga xos jihatlari, betakror qirralari, ijtimoiy ruhiyati aks etgan.
Qoraqalpoq xalqining bir qadar mohirona va haqqoniy yaratilgan tarixiy qо‘shiqlari XX asr
boshlaridagi muhim jihatlarni о‘zida aks ettirgan va bu uning о‘ziga xos badiiy shakli bо‘lishi
mumkin. Qolaversa, tarixiy qо‘shiqlar arxiv hujjatlari, tarixiy materiallar guvohligidan farqli
1
Байниязов Қ. Елим деп еңиреген ерлер. - Нөкис,1993. 65-66 бетлер
2
Тәжимуратов Ә. Қарақалпақ халық қосықлары ҳаққында// Қарақалпақ халық қосықлары, Нөкис: «Қарақалпақстан»
баспасы, 1965.
3
Қожықбаев Әдилбай. Тарийхый қосықлар (Тарийхый қосық ҳәм аңызлардың басқа жанрларға қатнасы ҳаққында). –
Нөкис: Қарақалпақстан, 1980. 56 бет.
4
Тилеýмуратов М. Қарақалпақ поэзиясы – тарийхый дерек. – Нөкис: Қарақалпақстан, 1994. 344 бет.
272
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
ravishda xalq ongida rо‘y bergan о‘zgarishlarning о‘ziga xos xususiyatlari haqida bizga ifodali va
yorqin hikoyalar qilishga qodir.
1933-yilda Qoraqalpoq ilmiy-tadqiqot institutining etnografik ekspeditsiyasi xodimlari
A.A.Sokolov va U.Kusekeyevlar о‘z vaqtida Qoraqalpog‘istonning shimoli-sharqida yashovchi
aholidan tarixiy qо‘shiqlarni yozib olingan. U davrda tarixiy qо‘shiqlar xalq xotirasida tо‘la
saqlanayotgan bо‘lib, ularning tо‘liq yozib olinishi beqiyos qiymatga ega bо‘lgan. Keyingi yillarda
qо‘shiqlarning ayrim syujetlari aholi xotirasidan asta-sekin о‘chib borgan va hatto 1960-
yillardayoq tadqiqotchilar qо‘shiqlarning qisqacha va tizimli hikoyalarigina qayd etishgan xolos.
1945-yilda Qoraqalpoq ilmiy-tadqiqot institutining xodimi A.S.Morozov qoraqalpoqlar
orasida yurib, kо‘plab qiziqarli tarixiy qо‘shiqlarni yozib olgan. 1945-yilda va undan keyingi
yigirma yil davomida tarix fanlari doktori T.A.Jdanko boshchiligidagi Xorazm arxeologik-
etnografik ekspeditsiyasining Qoraqalpoq etnografik otryadi (SSSR FA Etnografiya instituti)
Qoraqalpog‘istonda tadqiqot ishlarini olib borgan.
Qoraqalpog‘istonda О‘zbekiston FA filiali ochilgach (1959), Qoraqalpog‘iston xalqlarining
tarixiy folkloriga oid qaydlarni tо‘plashni filial tarkibidagi Tarix, til va adabiyot institutining bir
qator sektorlari xodimlari amalga oshirdi. Bu – tarix fanlari nomzodlari A.Utemisovning
(etnografiya sektori), T.Begjanovning (tarix va qoraqalpoq tilining dialektologiya sektori),
M.Tleumuratovning (Inqilob davrigacha Qoraqalpog‘iston tarixi sektori) dala yozuvlari bо‘lib,
yozuv ishlari Xо‘jayli, Taxtakо‘pir va Mо‘ynaq tumanlaridagi qoraqalpoq va qozoq aholisi hamda
Qо‘ng‘irot tumanining о‘zbek aholisi orasida olib borilgan
1
.
Xalqimiz botirlari, biylari bilan faxrlanib, ularning nomlarini rivoyat va afsonalarga,
dostonlarga aylantirib kuylab kelgan va avlodlarga yetkazib bergan. Shunday xalq farzandlaridan
biri Xо‘jayli shahrida yashab о‘tgan Auezjan biyning akasi Murtaza biydir.
Asfandiyorxonning tutimini qoraqalpoq xalqi “Bir әlamat zaman boldi” tarixiy she’rida juda
yaxshi ta’riflagan.
О‘tesh botir qahramonlarcha vafot etgandan sо‘ng Yeskene ismli bahodir chiqib, О‘tesh
botirning xunini olish uchun yurt tinchligi himoyasida urushga otlanadi. О‘sha paytda О‘tesh va
Yeskene botirlarga bag‘ishlab qozoq shoirlari ham she’rlar ijod qilgan.
Xalq orasidan tо‘plangan tarixiy she’rlardan biri - “Әо‘yezjan”. Bu she’r tarixiga kо‘ra Xiva
xoni Asfandiyorxonning qiz masalasidagi zulmiga qarshi Xо‘jayli va Mang‘it aholi punktlarida
1916- yilning 10 yanvaridagi xalq qо‘zg‘oloni haqida sо‘z yuritiladi. Xalq qо‘zg‘oloni yetakchisi
xо‘jaylilik Aо‘yezjan xо‘ja. Qо‘zg‘olon qat’iy zulm va Galkinning ishtiroki bilan bostiriladi, yetakchi
deb hisoblangan о‘n bir kishi dorga (tarixiy manbalarda 8 kishi) osib о‘ldiriladi. Tarixda 1916-yil
voqealarini xalq “Galkin yili” deb ham atashadi. Dorga osilganlardan biri Avezjon bо‘lib, she’r
unga bag‘ishlangan.
“Әо‘yezjan” she’rida Aо‘yezjanning zulm bilan dorga osilishini, farzandlarining yosh yetim
qolganligini, barcha mol-mulki podshohlikka musodara qilinganini, uning xalq uchun vafot etgan
inson ekanligini xalq xotirlaydi.
Shunday qilib, “Әо‘yezjan” tarixiy she’ri oddiy she’r bо‘lib qolmasdan, 1916-yilgi Xiva
xonligiga qarshi bо‘lib о‘tgan Xо‘jaylidagi xalq qо‘zg‘oloni bilan bog‘liq.
1
Материалы историко-этнографического отряда Каракалпакского института экономики и культуры АН УзССР. Р-121;
Полевые материалы сектора истории дореволюционного периода, собранные во время экспедиции в Тахтакупырском и
Муйнакском районах в 1961 г. Р.Косбергеновым, И.Косымбетовым, Ж.Уббиниязовым, М.Тлеумуратовым, Б.Казахбаевой
и Р.Генжемуратовой. Р-101; Камалов С.К. Полевые записи историко-этнографической экспедиции Каракалпакского
комплексного НИИ АН УзССР. Р-1959; Кощанов А. Полевые отчеты за 1969 г. на территории Ходжейлинского и
Кунградского районов. Р-273; Его же. Полевые отчеты за 1970 г. Р-273; Толстова Л.С., Утемисов А. Материалы,
собранные во время Зеравшанского и Бухарской экспедиции в 1960-1961 гг. Р-180; Толстова Л.С., Утемисов А.
Материалы, собранные во время экспедиции Тахтакупырского и Муйнакского этнографического отряда в 1962 г. Р-180;
Каримов А. Хожели хэм Нокис каласында командировка уактында жыйнаган материаллар. Р-89; Полевые записи
К.Махсетова в экспедиции в Тахтакупырском и Чимбайском районах. Р-84; Пирназаров А. Полевые записи во время
научной командировки в Тахтакупырском, Чимбайском и Кегейлинском районах в 1962 г.
273
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
1916-yilning tarixiy voqealari xalq og‘zaki ijodida, xalq shoirlari ijodida tо‘la о‘z aksini
topdi. Xalqni bor holicha chо‘chitib, uning kuchli noroziligini yuzaga keltirgan mardikorlikka olish
kabi tarixiy voqealar о‘sha davrni aks ettiradigan tarixiy xalq she’rlarining asosiy tasvir obyekti
bо‘ldi. Xalq orasidan turli yillarda yozib olingan va matbuotda e’lon qilingan “Jeti үyden bir
beldar”, “Mәrdikar”, “Nәyleyin”, “Tapsirdim” singari she’rlar va Qudaybergen shoirning
“Mәrdikar” dostoni mavjud. Bu tarixiy she’rlarda boshqa xalqlar kabi Qoraqalpog‘iston
hududidagi mehnatkash xalqlarning podshoning mardikorlikka olishiga qarshi kuchli norozilik
tuyg‘ulari har tomonlama tasvirlangan. Shuningdek, bu she’rlarda о‘sha davrda bо‘lib о‘tgan
tarixiy о‘zgarishlar, tarixiy voqealarga bо‘lgan xalq qarashlari tо‘g‘ri ifodalangan
1
.
“Mәrdikar” she’rida sahroyi xalqning “Mәrdikar”, “Әsker” kabilarni oldin kо‘rmaganligi, bu
holat xalqni talvasaga tushirib, ba’zilarni qarindoshlaridan, el-yurtidan ayirayotganligi bilan
tanishtirish, mardikorlikka olishning teng emasligiga xalqning kuchli noroziligi tasvirlanadi va
poraxо‘rlikni oshkor qilib, xalq adolat tarafdori ekanligi tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi.
Shuningdek, “Jeti үyge bir beldar” nomli tarixiy she’rda ham xalqning davrga, zamonga
bо‘lgan kuchli noroziligi tasvirlangan. Ustun sinf vakillarining adolatsizligi natijasida
mardikorlikka olinganlarning kо‘pchiligi kambag‘allar ekanligini, ular tengsizlik qurboni bо‘lib,
qattiq ezilayotgani xalq tilidan bayon qilinadi.
“Nәyleyin” degan tarixiy she’rda mardikorlikka qancha odam ketganligi, mardikorlikka
olingan odamlarni yig‘ishda bо‘lis, oqsoqollarning bebosh harakatlari, ularning ikki
yuzlamachiligini qoralaydi. She’rning qimmatliligi shundaki, undan tarixiy faktlar keng о‘rin
olgan.
“Xan qaziо‘i”, “Mәrdikar”, “Uris salig‘i” kabi voqealar 1916-yillardagi mehnatkash xalq
uchun og‘ir yuk bо‘ldi. Kimlar og‘ir mehnat va adolatsizlik, tengsizlik qurboni bо‘lsa, yana ba’zilar
ochlikdan, tayoqdan halok bо‘lishdi. Mardikor voqeasi ham kо‘p xalqning paymonasini
tо‘ldirgan, otani boladan, bolani ota-onasidan ajratib, sargardonlik, ayriliqqa duchor qilgan
voqealardan biri bо‘ldi. Qudaybergen shoirning “Mәrdikar” dostonida ham xalqning ayriliqqa
tushish holati, tengsizlikning og‘ir yukini kо‘tarayotgan xalqning tarixiy turmushi lirik qahramon
muallifning о‘zi orqali tanishtiriladi. Bu she’rda ham davrning eng yaxshi oylari, umuman, xalq
nomidan ifodalanadi
2
.
Qudaybergen shoirning “Mәrdikar” dostoni ham butunligicha olib qaraganda, 1916-yildagi
mardikor tarixiy voqeasi bayon qilingan, о‘sha davrdagi xalqning og‘ir turmush tarzi bilan
tanishtiradigan xalq poeziyasidagi qimmatbaho tarixiy yodgorlik hisoblanadi.
1946-yilda Chimboy tumani hududidan shoir Ibrayim Yusupov tomonidan yozib olingan
“Tapsirdim” nomli she’ri ham mardikorlikka ketayotgan yigit tilidan tasvirlangan. Bu she’rning
uslubiy jihatdan о‘ziga xosligi shundaki, Chimboydan mardikorlikka olingan yigit о‘z shahri, ota-
onasi, turmush о‘rtog‘i va yor-dо‘stlari bilan xayrlashadi. Mardikorlikka endi el-yurtdan odam
olinmasin, faqat bizlardan boshqaning boshiga tashvishli kunlar, sargardonliklar tushmasin,
hatto “biz borayotgan joyga ilon bormasin” degan niyatlarini bildirishadi, el-yurti bilan
xayrlashadi.
1916-yil Amudaryo bо‘limida bо‘lib о‘tgan qо‘zg‘alon tarixi bо‘yicha ishtirokchilarning
xotiralari va arxiv hujjatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixchi A.P. Tetyushev va yozuvchi
B.Cheprunovning sayi harakatlari bilan ikki jildlik “Materiali i dokumenti po istorii grajdanskoy
voyni v Karakalpakii” (“Qoraqalpog‘istondagi fuqarolar urushi tarixi oid materiallar va hujjatlar”)
tо‘planib, ular О‘zR FA Qoraqalpog‘iston bо‘limi asosiy kutubxonasida saqlanadi.
1
Қарақалпақ халық қосықлары, Нөкис, 1965
2
Қожықбаев Әдилбай. Тарийхый қосықлар (Тарийхый қосық ҳәм аңызлардың басқа жанрларға қатнасы ҳаққында). –
Нөкис: Қарақалпақстан, 1980.
274
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
1960-yillarning oxiri – 1970-yillarning boshlarida J.Atashev, G.Kapustin, A.Piskunov,
N.Maulenovlarning xotiralari nashr qilindi
1
.
Shunday qilib, 1916-yil Turkiston о‘lkasining Amudaryo bо‘limida bо‘lib о‘tgan qо‘zg‘alon
tarixi bо‘yicha xotiralar va arxiv manbalarining dastlabki tahlili, bu tarixiy voqealarni tiklashda
xotiralar (memuarlar) va arxiv hujjatlarining integratsiyasi “Qoraqalpog‘istonning yangi tarixi”
(«Novoy istorii Karakalpakstana») nashri uchun muhim ekanligidan dalolat beradi.
Istiqlol natijasida mamlakatimiz tarixini haqiqiy va obyektiv о‘rganish zarurati paydo bо‘ldi.
Birinchidan, tariximiz avval ustunlik qilgan mafkura ta’sirida yozilgan bо‘lsa, ikkinchidan, tarixiy
manbalar kо‘p hollarda chetlab о‘tilib, bо‘lib о‘tgan voqea-hodisalarga bir tomonlama
munosabatda bо‘lindi. Shu sababli kо‘pgina voqea va hodisalar bir tomonlama yoki umuman
bayon qilinmasdan qoldi. Shuning uchun tariximizni о‘sha davrlarda yozilgan tarixiy asarlar va
hujjatlar asosida tadqiq qilish zarurati paydo bо‘ldi.
О‘rta Osiyoda bо‘lib о‘tgan 1916-yil qо‘zg‘aloni – Vatanimiz tarixida eng kam о‘rganilgan
mavzu sanaladi. Keyingi yuz yil davomida Vatanimizdagi va xorijdagi tarixchilar XX asr boshlarida
rо‘y bergan fojiali voqealarni nomlashda na yagona atama va tushunchani о‘ylab topisha olmadi
va na voqealar tavsifi bо‘yicha bir qarorga kelisha olmadi. Uni “О‘rta Osiyo qо‘zg‘aloni”,
“Turkistondagi qо‘zg‘alon”, “Yettisuvdagi isyon”, “О‘rta Osiyo isyoni”, “Rossiya Osiyosidagi
qо‘zg‘alon” deb nomlash borasida hanuz bahslar davom etmoqda. Bundan tashqari, haligacha
bu qonli voqealarga nima sabab bо‘lgani – о‘lkadagi ma’muriyatning uquvsiz siyosatimi,
mustamlakachilarning jabr-zulmimi, Rossiyadagi inqilobiy vaziyatmi, xorijiy davlatlarning
buzg‘unchilik faoliyatimi yoki hammasi birgalikdagi harakatlarmi bular ham aniq emas.
Qoraqalpog‘istondagi milliy ozodlik harakati 1990-yildan beri tarix fanida diqqat-e’tiborda
bо‘lgan muammo sanaladi. Chunki ushbu kurashlar haqida tarixiy haqiqat notо‘g‘ri tahlil qilinib,
bu kurashlar “mehnatkashlar hokimiyati” sifatida о‘zini e’lon qilgan sovet hokimiyatining
о‘lkamizda zо‘ravonlik bilan о‘rnatilib, kuch bilan hukmronlik qilayotgan hukumat ekanligini
oshkor etadigan muhim dalil edi.
Qoraqalpoq xalqining bir qadr mohirona va haqqoniy yaratilgan tarixiy qо‘shiqlari XX asr
boshlaridagi muhim voqeliklarni о‘zida aks ettirgan va bu uning о‘ziga xos badiiy shakli bо‘lishi
mumkin. Qolaversa, tarixiy qо‘shiqlar arxiv hujjatlari, tarixiy materiallar guvohligidan farqli
ravishda xalq ongida rо‘y bergan о‘zgarishlarning о‘ziga xos xususiyatlari haqida bizga ifodali va
yorqin hikoyalar qilishga qodir.
1
Аташев Ж. Хорезм ойпатында совет власты ушын гурес дэуирлери. Еске тусириулер. — Нокис: Каракалпакстан. 1970;
Капустин Г. В низовьях Амударьи.— Нукус: Каракалпакстан. 1967; Пискунов А.Т. Годы огневые. Воспоминания. —
Нукус: Каракалпакстан. 1970; Мауленов Н. За счастье народное // Партийная жизнь.—Ташкент, 1967. — № 10. — С.32-
35.
275
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Do'stlaringiz bilan baham: |