Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


THE DIFFERENT APPROACHES TO THE STUDY OF RELIGIOUS LEXIS



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet144/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

THE DIFFERENT APPROACHES TO THE STUDY OF RELIGIOUS LEXIS 
 
Kushakova B.Y. 

 The lecturer at the Uzbek State University of World Languages, Doctor of 
Philosophy in Philological Sciences (PhD) 
 
Annotation. 
The religious lexemes considered to be limited use in the vocabulary of the 
language. Also it demonstrtates the peculiar features of religious lexemes in modern 
development of the Uzbek language. It enumerates the place and role of religious lexemes in 
the society and the observed works of the linguists of this sphere are analyzed in the article. 
Key words:
religion, religious, religious lexeme, religious, style, term, limited layer, 
vocabulary, social, research. 
Bugungi tilshunoslikda diniy leksika qizg‘in bahstalab, lekin chuqur o‘rganilmagan lug‘at 
qatlami hisoblanadi. Diniy leksikaga taalluqli tushunchalar ancha keng talqin qilinadi. Konfessial 
terminlardan tashqari bunga aralash terminologik dinga taalluqli: falsafiy, ma’muriy, tasviriy, 
geografik, arxitektural va shu kabilar leksikasining muayyan qismi kiradi. Bular konfessial tilda 
ham qabul qilingan ijtimoiy sohadagi din bilan aralashib ketgan terminlar hisoblanadi
1
. Bundan 
tashqari, bir qator olimlar terminlar turli asoslar: ma’nosi, til shakli, vazifasi, intralingvistik va 
ekstralingvistik belgilariga ko‘ra turlicha tasniflanishini qayd etishadi
2

1
Goryushina R.I. K voprosu o termine konfessional’nogo xaraktera. 2007, № 3-2 - 48 s. - elektronniy resurs – url: 
www.gramota.net/materials/1/2007/3-2/21.html (data obrasheniya: 27.07.2016). 
2
Leychik V.M., Shelov S.D. Lingvisticheskie problemi terminologii i nauchno-texnicheskiy perevod. M.: 1990. – s.77. 
236


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Bizning fikrimizcha, termin deganda, muayyan bilim sohasi tizimida qabul qilingan maxsus 
tushuncha, predmet yoki voqea-hodisani anglatuvchi so‘z yoki so‘z birikmasi tushuniladi. 
Termin, odatda, bir ma’noli, konkret, qisqa, tizimli, turg‘un, stilistik jihatdan neytral va o‘zi 
mansub bo‘lgan tilning barcha adabiy normalariga mos tushunchadir.
Til lug‘at tarkibining turli tasniflari mavjud. Ijtimoiy hodisa sifatida til jamiyatning turli 
sohalarida keng qo‘llanilar ekan, o‘zi harakatlanayotgan soha leksikasini namoyon qiladi. So‘z 
nimadir haqida ma’lumot beradi, ma’lumotni almashishga xizmat qiladi, so‘zlovchining fikrlari va 
hissiyotlarini o‘zida aks ettiradi. A.A.Potebnyaning tasniflashiga ko‘ra esa so‘z orqali so‘zlovchi 
fikrlarini bayon qilmaydi, balki, tinglovchining voqea-hodisaga nisbatan o‘z fikrlarini uyg‘otadi
1

Mamlakatimizdagi keyingi yillardagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mafkuraviy o‘zgarishlar 
o‘zbek tili leksikasining mos tarmoqlarida rivojlanishiga olib keldi. Til lug‘at tarkibining salmoqli 
qismini tashkil qiladigan diniy leksika haqida so‘z yuritmoqchimiz. 
Zamonaviy tilshunoslikning oldida turgan bugungi kundagi muhim vazifalardan biri 
muayyan jamiyatdagi aniq bitta tilni turli diskursda tadqiq etishdir. Bir yoki boshqa sotsium 
nutqiy faoliyatining xususiyatlari qurshab turgan borliqni va odamlarni yaxshiroq 
tushunishimizga imkon beradi va boshqa etnik, diniy yoki ijtimoiy guruhlar bilan munosabatga 
kirishganimizda hayajonlanish, hadiksirash, asabiylashishni yo‘qotadi. 
XX asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar dinning jamiyatdan 
uzoqlashtirilishi va sun’iy ravishda yo‘qotilishi bashoratlarini va ko‘pchilik donishmandlarning 
kutganlari yanglish ekanini yaqqol ko‘rsatdi
2

Qadim zamonlardan din odamlarni boshqarish, ularni bitta maqsadga yo‘naltirish vositasi, 
qolaversa, bilim va tarbiya berishning ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilib kelgan. Diniy muloqot 
qadim zamonlardan yashab kelayotgan bo‘lsa-da, bu sohani ilmiy tadqiq qilishga bo‘lgan 
izlanishlar nisbatan yaqinlarda paydo bo‘ldi. 
Odam yaratilib, keyinchalik ongi o‘sib, rivojlanishining dastlabki taraqqiyoti davrlarida, hali 
o‘z aql-idroki, ilmi bilan qarorlar, farmonlar, qonunlar va mamlakatni boshqarish uchun 
konstitutsiya ishlab chiqarmasidan oldin dunyoda har qanday holat din orqali tartibga solinar 
edi. Odamlar jamoa bo‘lib yashar ekan, o‘rtalaridagi har qanday munosabatni din asnosida hal 
qilishar edi, ilm-fan, odob-axloq, tarbiyani din orqali olishar edi. Shu sabablarga ko‘ra, diniy 
leksika barcha davrlarda kishilik jamiyatining muhim ajralmas qismi hisoblanib keladi. 
Leksika so‘zi yunoncha “so‘zga oid”, “lug‘aviy” degan ma'nolarni anglatib, tildagi mavjud 
so‘zlar va iboralar yig‘indisi, tilning lug‘at tarkibidir. Har bir til leksikasi muntazam, to‘xtamasdan 
o‘zgarib turadi. Bu jarayon muayyan til lug‘at tarkibining o‘zgarishlari: yangi so‘zlarning paydo 
bo‘lishi, mavjud so‘zlarning butunlay yoki qisman eskirishi, iste’moldan chiqishi, so‘z 
sememalarining yangi ma’no kasb etishi kabi bir qator lingvistik hodisalarga sabab bo‘ladi. 
Dinamik hodisa sifatida harakatlanayotgan tilda leksemalar “ishlatilishi doirasi 
chegaralangan va ishlatilish doirasi chegaralanmagan so‘zlar”ga ajratiladi. Keng omma 
ishlatadigan “umumiste’moldagi so‘zlarning ishlatilish doirasi chegaralanmagan. Ishlatilish 
doirasi chegaralangan leksika maxsus guruh kishilari tomonidan qo‘llaniladi
3
”. 
V.V.Morkovkin leksik birliklar ustida ish olib borar ekan, ularning bir nechta funksiyalarini 
ajratib o‘rganishga e’tibor qaratdi. Leksik birliklarning atrofdagi olam obyektiga mazmun 
jihatdan munosabatini aks ettiruvchi funksiyalarini tashqi funksiyalar, leksik birliklarning bir-
biriga va til tizimiga munosabatini aks ettiruvchi funksiyalarini ichki funksiyalar deb atadi
4

1
Potebnya A.A., Misl’ i yazik. -. T.1. - Odessa, 1922. 
2
Bikov R.A., Novie religioznie dvijeniya kak sposob formirovaniya sotsiokul’turnogo opita v postindustrial’nom obshestve, 
Dissertatsiya na soiskanie uchenoy stepeni kandidata filosofskix nauk, Tomsk., 2011. 
3
 www.qomus.info.  
4
Morkovkin V.V., Osnovnie funktsii leksicheskix yedinits., Vestnik RUDN, ser. Voprosi obrazovaniya: Yaziki i spetsial’nost’, 
2007, №1, s. 43. 
237


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
“…til jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida katta o‘rin tutadi va ayni vaqtda inson 
tafakkurini rivojlantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Jamiyat esa bu borada tilning rivoji 
uchun asosiy ijtimoiy muhit shakllanishiga zamin yaratadi”
1
. Uzoq yillar mamlakatdagi ijtimoiy-
siyosiy va mafkuraviy qarashlar tufayli diniy leksika ishlatilish doirasi chegaralangan so‘zlar 
sirasiga kirib keldi.
Diniy leksika atamasi diniy tilga xos, ya’ni “kishilar diniy axloq doirasida qo‘llaydigan
2
” 
leksik birliklardan iborat bo‘ladi. 
Ilmiy adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, oldin ishlatilmagan diniy yoki eskirgan leksikaning 
qayta qo‘llanilishi tarix barobarida yo‘qotilgan ijtimoiy realiyalar, xalqning madaniy qadriyatlari 
va ma’naviy an’analarining qayta tug‘ilishidir
3
. Bu jarayon jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy va 
siyosiy o‘zgarishlar davri va undagi voqea-hodisalar bilan izohlanadi. 
Rus tilshunosligi ilmida diniy uslub tushunchasi L.P.Krisin tomonidan birinchi bo‘lib 
ajratildi. Olim “diniy-ma’rifiy uslub” terminini fanga kiritdi. “Diniy uslub” xususiyatlarini ajratib 
ko‘rsatish o‘ziga xos qiyinchilikni yuzaga keltirdi: bu nutq turining o‘ziga xosliklari mavjud barcha 
funksional uslublarda – rasmiy uslub, so‘zlashuv uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy 
adabiyot tilida namoyon bo‘ldi
4

N.B.Mechkovskaya o‘z tadqiqotlarida diniy leksika tasnifini insonlarning diniy tasavvuriga 
muvofiq tasniflaydi. Tilshunos leksik birliklarning beshta turini ajratadi: birinchisi, Xudo (uning 
tarixi va xos xususiyatlarini) ifodalovchi diniy leksika; ikkinchisi, Xudoning irodasi, odamlarga 
nisbatan vasiyatlari va buyruqlarining tasavvurini ifodalovchi diniy leksika; uchinchisi, Xudoning 
tasavvuriga bog‘liq inson, jamiyat va borliqni ifodalovchi leksika; to‘rtinchisi, diniy-etik va diniy-
huquqiy me’yorlarni ifodalovchi birliklar; beshinchisi, cherkov va dunyo munosabatlarini, 
madaniy tartibni, shuningdek, bu muammolarning yechimi va rivojlanishining tasavvurini 
ifodalovchi diniy leksika
5

N.M.Uluqov o‘zbekcha diniy matnlar ekzotik leksikasini mukammal o‘rganish maqsadida 
bu turdagi lug‘aviy birliklarni bir qator mavzuiy guruhlarga ajratadi. Ekzotik leksikani ekzotik 
so‘zlar, ekzotik atoqli otlar va ekzotik frazeologiya kabi guruhlarda tadqiq qiladi
6

Muallif o‘zbekcha diniy matn ekzotizmlaridan ekzotik so‘zlarni arab xalqining ijtimoiy-
siyosiy, milliy-madaniy hayoti va diniga oid narsa-hodisa nomlarida ko‘rsatadi va ularni bir 
nechta kichik guruhlarda o‘rganadi. O‘zbekcha diniy matn ekzotizmlarining salmoqli qismini 
ekzotik atoqli otlar tashkil qilishini ta’kidlay turib, tilshunos olim ularni antroponimlar, teonimlar, 
toponimlar, zoonimlar va xrononimlarga ajratib tasniflaydi.
O‘zbekcha diniy matn ekzotizmlarini ikkita turga: to‘liq ekzotizmlar (o‘zbek tili sohiblariga 
tushunarsiz bo‘lib, alohida izoh talab qiladigan ekzotizmlar) va noto‘liq ekzotizmlar (o‘zbek tiliga 
to‘liq yoki qisman o‘zlashgan va ma’nosi tushunarli bo‘lgan ekzotizmlar)ga ajratadi
7
.
Muallif islom diniga mansub bo‘lgan moddiyat va ma’naviyatni ifodalashdan tashqari, keng 
ma’nodagi milliy, diniy ruh majmuyini ko‘rsatuvchi bunday arab xalqlariga xos ekzotizmni 
alohida tadqiqot qilib o‘rganish lozimligini ta’kidlab o‘tadi.
N.M.Uluqov o‘zbek tilida matn ekzotizmlarining o‘rganilishini nafaqat leksikologiya fani 
uchun, balki lingvosotsiologiya uchun ham alohida ahamiyat kasb etishini sanab o‘tadi. Muallif 
1
Qo’shoqova B.Y. Til funktsional rivojlamishining sotsiolingvistik tahlili (o’zbek tili misolida). Filologiya fanlari bo’yicha 
falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Farg’ona, 2019. – B. 17. 
2
Makuxovskaya M., 2002, Funktsionirovanie sovremennogo pol`skogo yazika. Yazik religii. Opole, s. 369-402. 
3
Maksimovich Y.E., Religioznaya leksika na stranitsax Rossiyskix SMI i problemi kul’turi rechi.-s134. 
4
Tarasova F.X., Muxamedjanova E.R., Izuchenie islamskogo(russkogo) sotsiolekta v sotsiolingvistike. Sovremenniy 
musul’manskiy mir, 2017. №2. - s. 10. 
5
Mechkovskaya N.B. Yazik i religiya. M.: Grand, 1998. - s.33. 
6
Uluqov N.M. O'zbekcha diniy matnlar ekzotik leksikasi., Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan 
dissertatsiya, Toshkent, -1997. www.disnatlib.  
7
Uluqov N.M. O'zbekcha diniy matnlar ekzotik leksikasi, Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan 
dissertatsiya, Toshkent, -1997. www.disnatlib.  
238


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
ekzotizmlarning o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra o‘zi mansub bo‘lgan xalq tili, tarixi, 
madaniyati, jo‘g‘rofiyasi, toponimiyasi, ijtimoiy turmushi va dinini o‘rganishdagi o‘rnining 
yuqoriligini qayd etib o‘tadi. 
U.Y.Qo‘ziyev “O‘zbek tilidagi izohli lug‘atlarda o‘zlashma so‘zlar tadqiqi” deb atalgan 
dissertatsion tadqiqot ishida diniy tushuncha ifodalovchi so‘zlarni bir nechta mavzuiy guruhlarga 
bo‘lib tahlil qiladi, ular: shaxsni bildiruvchi so‘zlar, yo‘nalish, oqimni bildiruvchi so‘zlar, faoliyat va 
jarayonni bildiruvchi so‘zlar, maxluqot, yaralmishni bildiruvchi so‘zlar, narsa-buyumni bildiruvchi 
so‘zlar, joy, darajani bildiruvchi so‘zlar, diniy kategoriyalarni bildiruvchi so‘zlar
1

M.R.Galieva teolingvistika bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishida diniy mifologik 
markerlangan leksik birliklarni quyidagicha guruhlarga ajratadi: umumdiniy leksika; dinlar, 
konfessiyalar, ta’limotlar va aqidalar nomlari; ibodat tarzi xarakteridagi terminologiya; diniy 
marosimlarni nomlovchi leksikasi; umumdiniy mavhum (irreal) leksika; diniy markerlangan 
antroponim va toponimlar
2

Umumdiniy leksikani esa o‘z navbatida turli xil dinga sig‘inuvchilar uchun, leksik 
birliklarning farqliligidan muqaddas matnlar nomlari, e’tiqodsizlik va dinga qarshi tushunchalar, 
ko‘p tillar uchun universal bo‘lgan leksik birliklarni ajratadi. Ular: Allohning ismlari; Allohning 
xususiyatlari; diniy-ma’naviy qadriyatni anglatuvchi tushunchalar; Payg‘ambarlar, avliyolarning 
ismlari, e’tiqod ramzlari
3

Bugungi kunda diniy leksikaga qayta murojaat qilishimiz zamonaviylik va o‘tmish 
o‘rtasidagi kommunikativ aloqalarning tiklanayotganligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, dinning nima ekanligi, turlicha izohlansa-da, umuman olganda, din – 
ishonmoqlik tuyg‘usidir. Bunday tuyg‘usi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki biror-bir xalq dinsiz, 
e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Insoniyat tarixida din turli shakllarida: 
fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik kabi qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lgan bo‘lmasin, u 
diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuyg‘u va sig‘inish obyektlarini o‘z ichiga oladi. Dinning 
ijtimoiy hayotga ta’siri kuchlidir.
Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga o‘z 
munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq, me’yorlarini o‘ziga singdirib, xulq-atvor 
qoidasiga aylantiradi. Madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatib, umuminsoniy va milliy 
qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan avlodga yetkazish ishiga yordam beradi.
Diniy leksika yillar, asrlararo o‘z mohiyatini, ahamiyatini va dolzarbligini yo‘qotmaganligi, 
aksincha, har qanday davrda qo‘llanilishi omili shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy hayotning barcha 
sohasida kishilik jamiyatida tarbiya, madaniyat va o‘zaro muomalalar normasining belgilangan 
darajasi dunyoviy bilimlar bilan birga diniy ilmning ham o‘rni o‘ziga xos va inkor etib bo‘lmas 
zaruratdir. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish