O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 5,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet161/216
Sana17.12.2022
Hajmi5,27 Kb.
#889729
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   216
Bog'liq
UMUMIY-PSIXOLOGIYA

Pereferik nerv sistemasi 
Bizning pereferik nerv sistemamiz 2 ta komponentdan ya’ni, somatik va avtomatik 
komponentlardan tashkil topgan.
Somatic nerv sistemasi skelet muskullarini boshqarish qobiliyatiga ega. Avtomatik nerv 
sistemasi esa ichki organizmdagi bezlar, muskullarni nazorat qiladi, yurak urushi, hazm qilish 
organlarining faoliyatiga ta’sir etadi. Avtomatik nerv sistemasi 2ta muhim asosiy vazifani bajaradi.
Sezuvchi nerv sistemalari energiyani uyg’otadi va sarflaydi. Agar sizga nimadir qiyinchilik 
tug’dirsa yo ogohlantirsa, sezuvchi nerv sistemangiz yurak urushingizni tezlashtirib yuboradi, qon 
bosimingizni oshiradi, hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi, qondagi shaker miqdorini oshiradi.
 “Yaqinda men avtomatik nerv sistemasini tekshiruvdan o’tkazdim. Meni apparatga 
jo’natishdan oldin hodim mendan qo’rqib ketmaligimni so’radi. Men esa o’zimni dovyurak 
ko’rsatib, hammasi joyidaligini aytdim. Birozdan keyin orqacha yotgan holda harakatlana 
olmasdim. Qo’rquv meni chetlab o’tmadi, yuragim tez urib, nimadir qochib ketishga undar edi. 
Baqirib yuborishimga oz oldi. Keyin esa yurak urushim sal sekinlashdi, tanam yayradi. Garchi 
tekshiruv tugagandan so’ng 20 daqiqadan keyin uyg’ongan bo’lsam ham, hodim tekshiruv 
nuvaffaqiyatli o’tkanini aytdi. 
38
 
Periferik nerv tizimi orqa miyaning orqa va oldingi shoxlaridan chiqadigan 31 juft sezuvchi 
va harakatlantiruvchi somatik nerv tolalari hamda bosh miyadan chiqadigan 12 juft bosh miya nerv 
tolalaridan iborat. Bulardan tashqari vegetativ nerv tizimining simpatik va parasimpatik nerv tolalari 
ham, periferik nerv tizimi hisoblanadi. Bu nervlar bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan o‘rta, 
uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning turli sohalarini yon shoxlaridan chiqadi. 
Somatik va vegetativ nerv tizimi funksiyalari. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra nerv tizimi 
ikki qismga bo‘linadi: somatik va vegetativ nerv tizimi. 
Somatik nerv tizimi - odam tanasining sezgi a’zolari va skelet muskullari faoliyatini 
boshqaradi. Bu funksiya yuqorida aytilganidek orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi va 
harakatlantiruvchi nervlar va bosh miyadan chiqadigan 12 juft bosh miya nervlari orqali bajariladi. 
Vegetativ nerv tizimi - simpatik va parasimpatik nerv tolalari bosh miyaning pastki qismi 
bo‘lgan o‘rta va uzunchoq miyadan hamda orqa miyaning ko‘krak, bel, dumg‘aza segmentlaridan 
chiqadi. 
Vegetativ nerv tizimi - ichki a’zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, 
jinsiy va hokazo),shuningdek,ichki sekretsiya bezlari faoliyati hamda moddalar almashinuvi 
jarayonini boshqaradi. 
Simpatik nerv - yurak ishini tezlashtiradi, kuchaytiradi, arteriya qon tomirlarini toraytiradi, 
arterial qon bosimini oshiradi, me’da-ichak harakatini susaytiradi, siydik pufagi muskullarini 
bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi, bronxlarni kengaytirib nafas olishni 
engillashtiradi, ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi, ter ajralishini ko‘paytiradi (
13-rasm
).
39
Parasimpatik nervi - yurak ishini sekinlashtiradi, arterial qon bosimini pasaytiradi, me’da-
ichak harakatini kuchaytiradi, siydik pufagi muskullarini qisqartirib, siydikning tashqariga 
chiqarilishini ta’minlaydi, bronxlarni va ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, ter ajralishini kamaytiradi. 
Refleks nerv faoliyatining asosi

Refleks tashqi va ichki muhit ta’siriga odam organizmning 
javob reaksiyasidir. Refleks markaziy nerv tizimining asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi. 
Odam organizmining barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi (og‘riq sezish, qo‘l- oyoq 
harakati, nafas olish, ko‘zni yumish va ochish). Refleks ikki xil bo‘ladi: shartli va sharsiz. Shartsiz 
refleks orqa va bosh miyaning quyi qismlaridagi nerv markazlari ishtirokida bajariladi.
40
Shartsiz reflekslar - tug‘ma bo‘lib, ular odamning ixtiyorisiz bajariladi. Masalan, nafas olish, 
yurak urishi, ko‘zni ochib yumish, so‘lak ajralish va hokazolar. 
38
David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – P. 
48 
39
David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – P. 
56-57 
40
David G. Myers. Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: Worth Publishers, 2013. – P. 
268ғ269 


152 
13-rasm



153 
Shartli reflekslar - bosh miyaning po‘stloq qavatidagi nerv markazlari ishtirokida yuzaga 
kelib, odam tug‘ilgan vaqtda bo‘lmaydi, keyinchalik hayotiy tajribalari, tarbiya va bilim olish, 
hunar o‘rganish natijasida hosil bo‘ladi. 
Refleks yoyining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: retseptor, sezuvchi nerv tolasi, 
nerv markazi, harakatlantiruvchi nerv tolasi, ishchi a’zo, har bir faoliyatni bajaruvchi. Refleks hosil 
bo‘lishi uchun refleks yoyining barcha qismlari butun bo‘lishi kerak. Ularning birontasi shikastlansa 
refleks hosil bo‘lmaydi. 
Orqa miyaning o‘tkazuvchanlik funksiyasida, tananing turli qismlarida joylashgan 
retseptorlardan sezuvchi nerv tolalari orqali miyaning nerv


154 
markazlariga kelgan impulslar, uning oq moddasida joylashgan o‘tkazuvchi nerv yo’llari 
orqali bosh miyaning nerv markazlariga o‘tkaziladi. Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bo‘lgan 
qo‘zg‘alish, pastga tushuvchi o‘tkazuvchi nerv yo‘llari orqali, orqa miyaning shunga taalluqli nerv 
markazlariga keladi va undan harakatlantiruvchi nerv tolalari orqali ishchi to‘qima va a’zolarga 
o‘tkaziladi. 


155 

Download 5,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish