104
10
ma’ruza. Psixologiya fanining metodlari.
Reja:
1.
Psixik jarayonlarning shakllanishi va hukm surishini tekshirishning ob’ektiv
metodlari.
2.
Kuzatish, suhbat, inson faoliyati mahsulini tahlil qilish psixologiyaning metodlari
sifatida.
1.
Psixik jarayonlarning shakllanishi va hukm surishini tekshirishning ob’ektiv
metodlari
Jahon psixologiyasi fanidan xulq atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi
omillarning eng muhimi tariqasida insonning emotsional hayoti yotishi aksariyat nazariyotchi
psixologlar tomonidan ta’kidlab o‘tiladi. Aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha
predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan
foydalanadi. Bu esa fanning metodlari deb yuritiladi. Metod – (yunoncha – metod – tadqiqot
tekshirish) bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi
20
.
Psixologiyaning metodlari qanday usul ekanligi ular boshqa usulllardan nimasi bilan farq
qilishini tahlili qilish, kuzatish, suhbat, test, anketa, sahnalashtirish, olingan natijalarni qayta
ishlash, sotsiometriya, langityud, egizak, eksperiment usullari haqida talabalarga bilimlar berish.
Kuzatish usuli eng qadimiy usullardan biri hisoblanib, insonning psixologik holatlarini bilish
jarayonlarini aniqlashda ishlatiladi, suhbat usuli asosan ikki va undan ko‘p insonlar jamosi bo‘lgan
holatlarda ishlatilishi mumkin. Test usuli aqliy jarayonlarni, psixologik holatlarni, individual
psixologik xususiyatlarni aniqlashda ishlatiladi. Test usuli individual va guruhiy qilib o‘tkazilishi
mumkin, anketa usuli asosan ijtimoiy fikrlarni bilish uchun va ularning holatlarini tahlil qilishda
ishlatiladi. Sahnalashtirish uchuli asosan yuridik psixologiya fanida o‘tkazilishi mumkin, langityud
usuli uzluksiz usul bo‘lib bir ob’ektni bir necha yillar davomida o‘tkazilishi natijasida yuzaga kela
va tahlil qilinadi. Sotsiometriya usuli guruh ichidagilarni fikrlarini bildirish uchun o‘tkaziladigan
ob’ektiv usullardan biri hisoblanadi. sotsiometriya usulining eng yaxshi tomonlaridan biri bu
guruhning fikri anonim tarzda olinganligi uchun guruh a’zolari o‘z fikrini hech ikkilanmasdan
berishlari mumkin. Proektiv usul bu rasmlar orqali tahlil qilingan usullardan biridir. Bunda
tekshiriluvchilarga rasm chizish taklif qilinadi. Rasmlar orqali uning individual psixologik
xususiyatlari va affektiv holatlarini aniqlashimiz mumkin. Proektiv metodikalarga Uy, odam daraxt,
Mavjud bo‘lmagan hayvon, Oila rasmi, Avtoportret kabi metodikalar kiradi. Eksperiment usuli bu
psixologiya fanining eng qadimgi va ishonchli usullaridan biri hisoblanadi. Eksperiment usuli tabiiy
eksperiment, laborotoriya sharoitidagi eksperimentlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: