Microsoft Word Ðflокхменч1



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#88829
Bog'liq
2 5206262096676782113



 

 

 



 

 

 



 

2016-2017-0‘QUV YILIDA 

UMUMIY 

O’RTA TA’LIM 

M АКТ ABL ARININ G 

9-SINF 0‘QUVCHILARI UCHUN 

TARIX FANLARIDAN BITIRUV 

NAZORATIMTIHON 

MATERIALLARIVA JAVOBLAR 

TO’PLAMI 

(Namuna) 

 

 




 

1-  Bilet 

1. 

Mayalar davlati haqida so’zlab bering. 



Mayyalar  davlati.  Markaziy  Amerikaning  Yukatan  yarimorolida  (hozirgi  Meksika)  qadimdan  mayya  xalqlari  yashab  kelgan. 

Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar- davlatlar vujudga keladi. Ulaming har birini “buyuk kishi” — hukmdor boshqarib, uning 

hokimiyati merosiy bo‘lgan. 

Mayyalaming  iqtisodiy-madaniy  taraqqiyoti  milodiy  asr  boshlarida  yozuvni  yaratish  imkonini  beradi.  Kohinlar qil- qalam  bilan 

iyerogliflami bitib, ular rasmlar bilan bezatilgan. 

Mayyalar  hayotida  kohinlar  muhim  o‘rin  tutgan.  Ular  jamoa  a’zolariga  dehqonchilik  ishlarini  bajarish  muddatlarini  belgilab 

berganlar. Mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar. Matematikaga “nolni anglatuvchi belgi mayyalar tomonidan hindlardan 

ham  awal  kiritilgan.  Mamlakat  poytaxti  —  Chichen-Itsada  rasadxona  qurilgan.  Unda  kohinlar  sayyoralaming  Quyosh  tevaragida 

aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar va Quyosh va Oyning tutilishini oldin- dan aytib bera olganlar. 

Mayyalar maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o'zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodat- xonalarini barpo 

etganlar.  Saroy  va  ibodatxonalaming  derazalari  bo‘lmasdan,  ular  eshiklar  orqali  yoritilgan.  Shahar  ko'chalari  tekis  va  ravon  bunyod 

etilgan. 

Asteklar davlati. Markaziy Amerikaning hozirgi Meksika hududida joylashgan. Bu yerlarga shimoldan kelgan asteklar katta ko‘l 

o'rtasidagi orollarda XII asrda Tenoch- titlan shahriga asos soladilar, ular sun’iy to‘g‘onlar bunyod etishgan, ibodatxonalar va saroylar 

qurishgan. 

Asteklarda  yer  taqchil  bo‘lganidan  ko‘l  tagidan  suv  o'simliklari  va  unumdor  loyni  ko‘tarib,  sollarda  “suzuvchi  dalalar”  ham 

yaratganlar. Bu o‘ziga xos ekinzorlardan yiliga bir necha marta hosil olingan. 

2. 


Bog‘doddagi Bayt-ul hikma (Donishmandlar uyi) to‘g‘risida ma'lumot bering. 

VIII  _______  asr oxiri IX ________  asr boshida xalifalikning markazi 

Bog‘dodda 

ilm-fan 


rivojlandi. 

Qadimgi vunon olimlari Platon (Aflotun). Aristotel (Arastu), Sokrat (Sugrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevklid (Ioli dus) 

kabilaming  asarlari  arab  tiliga  taijima  qilindi.  Xristian  va  islom  olimlari  o‘rtasida  hamkorlik  ishlari  amalga  oshirildi.  Xalifa  Xorun 

ar-Rashid o‘limidan so‘ng(813-viD. uning o‘g‘li al-Ma'mun xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan, madaniyatga qiziqqan odam bo‘lib, unga 

qadar xalifalikning Markaziy Osivo va Xuroson bo‘yicha vakili sifatida Marvda hokimlik qilar edi. Otasining o‘limidan so‘ng xalifa 

sifatida Bog‘dodga ko‘chgach, u yerda ilmiy markaz tashkil etib, unga barcha musulmon o‘lkalari, jumladan, Movarounnahrdan ham 

olimu  fozillami  to‘pladi.  Bu  markazda  Movarounnahr,  Xurosondan  chiqqan  Muso  al-  Xorazmiv.  Ahmad  al-Farg'oniv.  Marvaziv. 

Marvarudiv. Javhariv kabi olimlar faoliyat ko‘rsatib, Bog‘dodda ilm va madaniyat, hamda arab ilmini olamga mashhur qilishda ulkan 

hissa qo‘shdilar. Bu ilmiy markaz „Bayt al-hikma“ deb ataldi. 

3

 



bAl-Farg‘oniyning hayoti va faoliyati. 

Ahmad al-FARG‘ONIY (to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibi Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) (taxm. 797, Farg‘ona — 865, "Misr) — 

astronomiya,  mat.,  geogr.  va  b.  ilmiy  yo‘nalishlarda  faoliyat  ko‘rsatgan  o‘zbek  qomusiy  oli-mi.  Sharkda  Al-Farg‘oniy,  Yevropada 

Alfraganus  (Alfraganus)  taxalluslari  bilan  mashhur.  Uning  hayoti  va  ilmiy  fa-oliyati  to‘g‘risida  juda  oz,  u  ham  bo‘lsa,  uzuq-yuluq 

ma’lumotlar yetib kelgan. A. al-F. hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng 

yirik saltanatlaridan biriga ay-lanib, uning ijtimoiy-siyosiy va ma-daniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan ko‘plab 

mutafak-kirlar muhim o‘ringa ega bo‘la boshlagan tari-xiy davrda kechdi. A. al-F. 

Xalifa  Xorun  ar-Rashid  (786  —  809)  vorisla-857ri  al-Ma’mun  (813  —  833),  Mu’tasim  (833  -842)  va  Mutavakkil  (846  —  861) 

hukmronlik  qilgan  davrda  yashadi  hamda  awal  Marv,  so’ngra  Bag‘dod,  Damashq  va  Qohira  shaharlarida  ilmi  hay’at  (fala- 

kiyotshunoslik— astronomiya), riyoziyot (mat.) va jug‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy va amaliy asarlar 

yozib qoldirdi.A. al-F. dastawal (taxm. 811 y.) Farg’onadan Marvga kelgan. Ilk o‘rta asrlardayoq Marv sh. 0‘rta Osiyoning yi-rik madaniy 

va ilmiy-ma’rifiy markaz-laridan biri bo‘lgan, bu maskanda o‘sha davrlardayoq Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan ko‘plab olimlaru 

fozillar  va  mutafakkirlar  to‘planib,  Ajamnij  madaniy  hayotida  muhim  ahamiyat  kasb  et-ganlar.  Hatto  651  y.da  so‘nggi  Sosoniylar 

shahanshohi Yazdigard III ibn Shahriyor (632 — 651) arablar ta’qibidan qochib, poytaxt kutubxonasidagi kitoblami o‘zi bilan Marvga 

olib kelgan. Xalifalik qo‘l ostiga o‘tgach ham Marv o‘zining qad. mavqeini yo‘qotmay, nafaqat ilmiy va madaniy markazga, balki fath 

etilgan sharqiy viloyatlaming siyosiy markaziga aylangan.Horun ar-Rashid vafoti (809 y.)dan so‘ng xalifalik taxtiga Muhammad al-Amin 

(809  —  813)  chiqadi.  Uning  aka-si  Abdulloh  bilan  taxt  uchirn  (809  —  813  y.larda)  olib  borgan  kurashi  (Xorun  ar-Rashid  o‘g‘li 

Abdullohni 806 y.da Movarounnahr va Xurosoiming noibi etib Marvga yuborgan edi) Abdullohning g'alabasi bilan tugaydi. Muhammad 

al-Amin qatl etiladi. 0‘sha yili (813 y.) Abdulloh al-Ma’mun nomi bilan taxtga o’tiradi. Biroq u xalifalik poytaxti Bag‘dodga bormay, to 

819 y.ga qadar Marv-da yashaydi. U o‘z atrofiga olimlaru fo-zillami to‘playdi. 819 y. al-Ma’mun barcha saroy a’yonlari va olimlari bilan 

birga  Maradan  Bag‘dodga  ko‘chadi.  Ular  orasida  A.  al-F.  ham  bo‘lgan.  Bu  davrda  xalifalikda  Horun  ar-Rashid  farmoni  bilan  bino 

qilingan ikkita rasadxona va boy kutubxona bor edi. Abu Rayxon Beru-niy ma’lumotiga Karaganda, rasadxona-lardan biri Bag‘dodning 

ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinida Kasiyun nomli tog‘da joylash-gan edi. Rasadxonalarda Horun ar-Rashid 

asos solgan ilmiy markaz "Bayt ul-hikmat" ("Donishmandlar uyi") olim-lari i. t.lar olib borardi. Ular orasi-da A al-F. xdm bor edi. 

4. 

“Parlament” atamasiga izoh bering. fransuz tilidan parle -“gapirmoq” so’zidan olingan. Birinchi parlament 1265-yilda Angliyada. 



 

 



 

2-bilet 


1.  XVII asr boshlarida Buxoro xonligi. 

Ashtarxoniylar Jo'jixon naslidan bo'lib, XIV asming 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Hoji Tarxon, Astraxan) va lining atrofidagi yerlar 

va xalqlar ustidan hukmronlik qilgan. 1556-yilda Astraxanni Rusiya bosib olgach, Yormuhammadxon oila a'zolari va qarindosh-urug'i 

bilan  Buxoroga  keladi.Ulami  Buxoro  xoni  Iskandarxon  (Abdullaxon  II  ning  otasi)  izzat-  ikrom  bilan  kutib  oladi.  Iskandarxon  qizi 

Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o'g'li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o'g'il (Dinmuhammad, Boqi 

Muhammad, Vali  Muhammad) ko'radi. Jonibek Sulton va uning o'g'illari Buxoro xonligida yuksak mavqega erishib, Buxoro xonligi 

viloyatlarida  hokim  vazifasida  faoliyat  yuritadilar.  1601-yilda  Jonibek  Sultonning  o'g'li  Boqi  Muhammad  Buxoro  taxtiga  o'tqizildi. 

Buxoro xonligi tarixida yangi sulola — ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlanib, qariyb 1,5(175 yil) asr davomida mamlakat shu 

sulola tomonidan boshqariladi. Boqi Muhammad (1601-1605) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga 

solish uchun ko'p urindi. 1602-yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo'ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim 

etib tayinladi. 1603-yilda Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo'sliinlarini mag'lubiyatga uchratdi. Boqi Muhammad Toshkent 

uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. 1604-yilda qozoq xoni Keldimuhammad qo'sliinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, 

qator hududlami Buxoro xonligiga bo'ysundirdi. 1605-yilda Boqi Muhammad vafot etgach, uning ukasi Vali Muhammad taxtga o'tqizildi. 

Ichki  kurash  yana  avj  oldi.  Qabila  beklari  xon  hokimiyatiga  bo'ysunmay,  muxolifatchilikni  kuchaytirdilar.  Buxorolik  amirlar  xonga 

qarshi  isyon  uyushtirganligidan  xabar  topgan  Vali  Muhammad  farzandlarini  olib  Eronga  qochadi.  Amirlar  taxtga  Boqi 

Muhammadxorming  o'g'li  Imomqulixonni  (1611—1642)  o'tqizdilar.  U  Vali  Muhammad  boshlab  kelgan  Eron  qo'shinlarini  tor-mor 

keltirib,  mamlakat  mustaqilligini  saqlab  qoldi.  Vali  Muhammad  asir  olinib,  qatl  etildi.  Imomqulixon  Toshkent  va  xonlikning 

shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, asosiy negizi oyrotlardan kelib chiqqan jung'orlar va qalmiqlarga hamda qoraqalpoqlarga 

qarshi  muvaffaqiyatli  kurash  olib  bordi.  1613-yilda  Toshkent  yerlarini  egallagan  qozoqlarga  hujum  qilib,  Toshkentni  o'z  tasarrufiga 

kiritdi. O'g'li Iskandar Sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar Sulton boj, xiroj va boshqa soliqlami ko'paytirib, aholiga qattiq 

zulm  o'tkazdi.  Bunga  qarshi  Toshkentda  qo'zg'olon  ko'tarildi  va  Iskandar  Sulton  o'ldirildi.  Bu  voqeadan  xabar  topgan  Imomqulixon 

Toshkent  ustiga  qo'shin  tortdi.  Qo'zg'olonchilar  ayovsiz  jazolandi,  Iskandar  xuni  uchun  aholi  qirg'in  qilindi.  Imomqulixon  davrida 

markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin taxtni egallagan Nodir Muhammad (1642—1645) davrida 

ijtimoiy- siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. Xonning o'zi mamlakatning asosiy viloyatlarini 12 nafar o'g'li, 2 nafar jiyani va nabirasiga 

mulk  qilib  taqsimlab  berdi.  Oqibatda  davlatchilik  asoslarini  zaiflashtirdi.  1645-yilda  qozoqlar  yana  Movarounnahrga  yurish  qilib, 

Xo'jandgacha yetib keladilar. Nodir Muhammad ulami quvib chiqarish uchun o'g'li Abdulaziz boshchiligidagi katta qo'shinni safarbar 

etadi. Xondan norozi bo'lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e'lon qiladilar. Abdulaziz Buxoroga keladi, aslzodalar 

uni taxtga o'tqizadilar. Nodir Muhammad Balxga qochib ketadi va toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda 

Shoh Jahondan yordam so'raydi. Shoh Jahon Balx viloyatini o'ziga bo'ysundirish maqsadida u yerga o'g'illari Murodbaxsh va Avrangzeb 

boshchiligida  katta  qo'shin  yuboradi.  Nodir  Muhammad  Shoh  Jahon  o'g'illari  yordamga  emas,  Balx  viloyatini  egallash  uchun 

kelayotganini bilgach, ularga qarshi chiqadi. Maymana yo'lida bo'lgan jangda Nodir Muhammad yengilib, Eronga qochadi va shoh Abbos 

huzurida  panoh  topadi.  1647-yilda  Shoh  Jahon  o'g'illari  Balxni  egallaydi.  Nodir  Muhammad  shoh  Abbos  yordamida  Balxni  qayta 

egallaydi. Bu voqealardan tashvishga tushgan Abdulazizxon ukasi Subhonquli yetakchiligida Balxga katta qo'shin yuboradi, 1651-yilda 

Subhonquli  Balxni  egallaydi  va  u  Balx  hokimi  etib  tayinlanadi.  Nodir  Muhammad  Makkaga  hajga  borayotib  yo'lda  vafot  etadi. 

Abdulazizxon  davrida  (1645—1681)  Xiva  xonlarining  talonchilik  yurishlari  kuchayadi.  1655-  yilda  Xiva  xoni  Abulg'oziyxon  katta 

qo'shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qiladi. Qorako'l aholisining bir qismini asir olib, Karmanani vayronaga 

aylantiradi.  1658-yildaVardonzeni  talab,  1662-  yilda  Buxoro  shahrigacha  yetib  boradi.  Tinimsiz  urushlar,  ichki  ziddiyatlar  Buxoro 

xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini murakkablashtirib yuborgandi, siyosiy vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 

1681- yilda taxtdan voz kechib, Makkaga hajga ketadi va o'sha yerda vafot etadi. Abdulazizxondan keyin taxtga o'tirgan Subhonqulixon 

(1681— 1702) davrida ham ahvol o'nglanmadi. Subhonqulixon, bir tomondan, Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o'g'illariga qarshi, 

ikkinchi tomondan, Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishga majbur bo'ldi. Uchinchi tomondan, Xiva xoni 

Anushaxon  qo'shinlari  hujum  qilib,  Buxoro,  Karmana  va  Vardonzeni  egalladi,  hatto  Samarqandni  ham  ishg'ol  qildi.  Samarqandda 

Anushaxon  nomiga  xutba  o'qitilib,  uning  nomidan  tanga  pullar  zarb  etiladi.  Subhonqulixon  qatag'on  urug'idan  bo'lmish  Badaxshon 

hokimi  Mahmudbiy  otaliq  yordamida  Xiva  qo'shinlarini  Samarqanddan  quvib  chiqarishga  erishdi.  Samarqandliklar  qattiq  jazolandi. 

So'ngra  Balxga  yurish  qilib,  isyonkor  o'g'li  Siddiq  Muhammadga  zarba  beradi  va  zindonband  qilib,  o'ldiradi.  Balx  hokimligi  yuz 

qabilasining  sardori  Muhammad  hoji  otaliqqa topshiriladi. Subhonqulixon  Balxdaligidan foydalangan  Anushaxon  Buxoro atroflariga 

yana bostirib kelib, u yerlami talon-taroj qiladi va katta o'ljalar bilan qaytib ketadi. Subhonqulixon fitnasi bilan 1686-yilda Xiva xoni 

Anushaxon  ko'ziga  mil  tortilib  ko'r  qilinadi  va  taxtdan  tushiriladi.  Subhonqulixon  1688-yilda  Xivadagi  tarafdorlari  xizmatidan 

foydalanib,  Xiva  xoni  Erengxonning  o'ldirilishiga  erishadi  va  Xorazm  Buxoro  xonligi  tasarrufiga  olinadi.  Subhonqulixon  Amir 

Shohniyozni  Xivaga  hokim  etib  tayinlaydi. Qirg'in-barot  urushlar, ichki nizolar mamlakat  iqtisodiyotini  chuqur tanazzulga tushiradi. 

Ashtarxondan Buxoro xonligiga ko'chib kelgan Jo'ji avlodlari ashtarxoniylar deb atalgan. 1601- yilda Buxoro xonligida ashtarxoniylar 

sulolasi hukmronligi o'matildi. Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi Buxoro xonligida 1,5 asrcha davom etdi. 

2.  Abu Mansur al-Moturidiyning ijodidagi asosiy g’oyalari. 

Moturidiy,  Abu  Mansur  al  Moturidiy  (toTiq  nomi  Abu  Mansur  Muhammad  ibn  Muhammad  ibn  Maxmud  al-hanafiy  al-Moturidiy 

asSamarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. “Imom al-xudo”, “Imom 

al-mutakallimin” (“Hidoyat yoTi imomi”, “Mutakallimlar imomi”) nomlari bilan ulugTangan. Moturid qishlog'i (hoz. Jomboy tumani)da 

tavallud  topib,  to  umrining  oxirigacha  shu  yerda  yashagan,  bu  yerda  katta  bog

1

  ham  barpo  etgan.  M.  Samarqanddagi  al-Ayoziy 



madrasasida o‘qidi, mahalliy hanafiy faqixlardan ta’lim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, 

Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin o‘zi fiqh va kalom ilmlaridan dare berdi. 

Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustug‘faniy, Abu Bakr asSamarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abulmu’in an-Nasafiy, 

Abulyusr alPazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga ko‘ra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafii etildi. 

M.ning  asosiy  asarlari  “Kitob  attavhid”  (“Yakkaxudolik  haqidagi  kitob”),  “Ta’vilot  axl  assunna”  (“Sunniylik  an’analari  sharhi”)dir. 

“Kitob attavhid” bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. 

Kitobning kalom ilmi ta’rifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) a’zolari vositasida, nakl — rivoyatlar vositasida 

va akl-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. M. sof din doirasidan chiqmagan xrlda aklidrokni ulug‘laydi va 

mantiqan  asoslangan  bilimning  ahamiyatini  ta’kidlaydi.  Kitobda  o‘sha  davrdagi  adashgan  firqalar  qarashlarining  haqiqatdan  yiroq 



 

ekanligi  taxlil  etilgan.  M.  “din  yo‘lidagi  barcha  adashuvlaming  sababi  —  riyokor  kimsalarga  ko‘r-ko‘rona  ergashishdadir”,  deb 

ta’kidlagan edi.M. ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juz’iy ixti-yor, e’tiqod, oxirat hayoti kabilami qamrab oluvchi 

risolalar  bitdi.  “Ma’-xaz  ashshari’a”  (“Shariat  asoslari  sarasi”),  “Kitob  al-usul”  (“Diniy  ta’limot  asoslari  kitobi”),  “Kitob  aljadal” 

(“Dialektika haqidagi kitob”) kabi asarlari shular jumlasidandir. M. Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul 

Xasan al-Ash’ariy (873—935) ishlab chiqqan islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan noto‘g‘ri, 

g‘ayri  sahih  aqidalardan  tozaladi.  M.  qarashlari  o‘z  davrida  mintaqaning  madaniy  va  ilmiy  ravnaqita  sabab  bo‘lgan.  Chunki  M.  din 

asoslarini  mantiqan  tushuntirgan,  tanlov  huquqi,  dinlararo  bag‘ri-kenglik,  ij’timoiy  hamjihatlikni  qaror  topdirish  g‘oyalarini 

rivojlantirgan. M. jami 15 ga yaqin asar ta’lif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va huquqqa oid 2 ta asari bo‘lib, ular saqlanib qolmagan. 

M.ning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. 

3.  Alisher Navoiy hayoti va faoliyati. 

Alisher  Navoiy  (1441.  9  fevral-1501.  3  vanvar)  ulug‘  o‘zbek  va  boshqa  turkiy  xalqlaming  shoiri,  mutafakkiri  va  davlat  arbobi 

bo‘lgan

/

ira31



  G‘arbda  chig‘atov  adabiyotining  buyuk  vakili  deb  qaraladi,  sharqda  „nizomi  millati  va  din“  (din  va  millatning  nizomi) 

unvoni bilan ulug‘lanadi. 

Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o'tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir 

temurivlar  xonadoniga  yaqin  bo‘lgan.  She’r  zavqi  va  iste’dodi  erta  uyg‘ongan.  Bolalikdayoq  Farididdin  Attorning  ..Mantiqut-tavr“ 

asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiv yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy 

e’tirofini  qozongan.Sayyid  Hasan  Ardasher,  Pahlavon  Muhammad  kabi  ustozlardan  ta’lim  olgan,  Abdurahmon  Jomiv  bilan  ijodiy 

hamkorlikda bo‘lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda vashagan.Husavn Bovaaro 

Xuroson taxtiga o'tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va 

Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida o‘z mablag'lari hisobidan bir necha madrasa. 40 rabot (safardagi 

yo‘lovchilar to'xtab o‘tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husavn Bovqaro Alisher Navoiyga 

..muqarrabi hazrati sultoniv“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi") degan unvonni beradi. Unga ko‘ra Navoiy davlatning barcha 

ishlariga aralasha olardi.Alisher Navoiy taijimai holi o‘z davrida Xondamir. Vosifiv. Husavn Bovaaro. Bobur kabi tarixchi va davlat 

arboblarining asarlarida aks etgan. 

0‘zbek olimlari Ozod Sharafiddinov. V.Mahmud, Ovbek. Yahvo G’ulomov. Izzat Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, 

A.Qayumov, S.G‘anieva v.b. Navoiyning hayot yo‘li haqida asarlar yaratishgan. 

,,34amsa“ Alisher Navoiy ijodining yuksak cho‘qqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan bo‘lib, turkiy tilda -te4iq „Xamsa“ 

yaratdi va turkiy tilda shunday ko‘lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu to‘plamni Nizomiv Ganiavivning „Pani Gani“ 

(„Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini o‘quvchilarga anglatmoq maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida: 

„Emas oson bu maydon ichra turmoq, 

Nizomiy panjasig ‘a panja urmoq. “ 

deya ta’kid etadi.„Xamsa“ tarkibiga "Havrat ul-abror". "Farhod va Shirin". „Lavli va Mainun“. „Sab’ai sawor“. „Saddi Iskandariv“ kabi 

dostonlar kiradi. 

Tasawufiy asarlari 

Navoiyning tasawufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan bo‘lsa-da, maxsus "Lison ut- 

tavr" dostoni(1499)da, "Nasovim ul-muhabbat" (1495-96)da, "Tarixi anbivo va hukamo'Y 1485-81. .Arbain“. ,JVlunoiot“ singari 

asarlarida aks etgan. 

"Lison ut-tavr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali 

bayon  qilgan.O‘zbekiston  mustaqillikka  erishganidan  so‘ng  Navoiy  asarlarini  diniy  va  so‘fiylik  jihatidan  o‘rganish  kengaydi,  ular 

ob’ektiv  va  ilmiy  bahosini  olmoqda.  „Arbain“.  .JVlunoiot“  kabi  asarlari  chop  etildi.  Jomiyning  „Nafahotul-uns  min  hazarotil-auds“ 

tazkirasini taijima qilib va to‘ldirib, so‘z yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi. 

"Mahbub ul-qulub"(1500-1501~) Navoiyning so‘nggi yirik asari bo‘lib, unda ulug‘ mutafakkir adibning hayoti davomidagi kuzatishlari, 

to’plagan boy tajribasi o‘z yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda „Soriun-nosning af ol va ahvolining kavfivati“ 

(1), axloqiy muammolar (2), „mutafarriqa favovid va amsol surati“ (3) masalalari ifodalangan„.Xamsatul- mutahavvirin“(..Besh havrat“. 

14941 asarida ustozi va do‘sti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari haqida hayratomuz hikoyalar 

keltiriladi. 

„Holoti  Sawid  Hasan  Ardasher"  (1488-89), „Holoti  Rahlavon  Muhammad“(14931 asarlari  manoqib-holot  yo‘nalishida  bo‘lib, ularda 

shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. 

„Munshaot"  (1498-1499)  Navoiyning  maktublari  to‘plami  (jami 

88

  ta  xat)  bo‘lib,  ular  sog‘inchlik  xatlari,  navro‘z  tabriklari, 



ta’ziyanomalar,  siyosiy  o‘gitlar,  sulhnomalar  va  boshqa  yo‘nalishlardadir.  Ular  Husayn  Boyqaro,  Badiuzzamon  va  boshqa  tarixiy 

shaxslarga bitilgan. 

4.  “Demokratiya” atamasiga izoh bering. ya'ni bu atama "xalq hokimiyati" degan ma'noni anglatadi ("demos" — xalq + "kratos" — 

hokimiyat). 

3- Bilet 

1.  XVIII asr o’rtalarida Buxoro amirligi. 

1740-yilda Eron qo'shinlari Nodirshoh boshchiligida Buxoroga qarshi yana hujum boshladi. Buxoro va Xiva xonlari umumiy dushmanga 

qarshi kurashish uchun birlasha olmadilar. Bu ham yetmaganidek, Buxoroning o'zida xoinlik yuz berdi. Xonlikda yetakchi mavqega ega 

bo'lib olish niyatidan qaytmagan Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiy Nodirshoh tomoniga o'tib ketdi. Abulfayzxon Eron bosqiniga 

qarshi kurashni uyushtira olmadi va taslim bo'ldi. Nodirshoh Buxoro xonligining taslim bo'lish shartlarini Muhammad Hakimbiy orqali 

Abulfayzxonga jo'natdi. Taslim bo'lish haqidagi shartnomani imzolash uchun Abulfayzxon Zarafshon daryosining bo'yidagi Chorbakr 

qo'rig'iga — Nodirshoh huzuriga borishga majbur bo'ldi. Shartnomaga ko'ra, Nodirshoh qo'shinlari uchun 

8

 yilga yetadigan 200 ming 



xarvor bug'doy va arpa to'plab beradi. Bundan tashqari, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafarli qo'shin to'planib, Nodirshoh ixtiyoriga 

jo'natiladi. Bu qo'shinga Muhammad Hakimbiyning o'g'li Muhammad Rahim qo'mondon etib tayinlandi. Abulfayzxon amalda Eronga 

qaram qo'g'irchoq hukmdorga aylandi. Muhammad Hakimbiy esa qo'shbegi lavozimini egalladi. Butun hokimiyat amalda lining qo'lida 



 

to'plandi.  Endi  ashtarxoniylar  hukmronligining  barham  topishi  muqarrar  bo'lib  qoldi.  Buxoroda  ashtarxoniylar  sulolasi  hukmronligi 

davrida o'zbek qabilalaridan mang'itlar va qo'ng'irotlaming nufiizi baland edi. Bu ikki qabila haqiqiy hokimiyat ashtarxoniylar qo'lida 

bo'lib turgan davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qilgan edilar. Biroq, keyinchalik, Buxoroda mang'itlar alohida nufuzga ega bo'lish 

uchun astoydil kurashdilar. Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar. Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgan edi. Uning o'g'li 

Muhammad Rahimbiy o'zining muntazam qo'shinga egaligidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqe uchun da'vogarlik qila 

boshladi. So'nggi ashtarxoniy Abulfayzxon unga Bosh vazirlik lavozimini berishga majbur bo'ldi va oxir- oqibatda markaziy hokimiyat 

uning qo'lida to'plandi. Nodirshoh 1747-yilda o'ldirilganidan so'ng Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro 

taxtini  egallashiga  yo'l  ochib  berdi.  Uning  buyrug'i  bilan  Abulfayzxon  ham  1747-yili  o'ldirildi.  Muhammad  Rahimbiy  taxtga 

Abulfayzning  o'g'li  Abdulmo'minni  o'tqizdi  (soxta  xon)  va  uni  o'ziga  kuyov  qilib  oldi.  Ko'p  o'tmay  Muhammad  Rahimbiy  kuyovi 

Abdulmo'minni, uning o'miga o'tqizilgan soxta xonlar — Ubaydullaxon va Sherg'oziyxonlami ham qatl ettirdi. Muhammad Rahimbiy 

Buxoro aslzodalari va ruhoniylarining qo'llab-quwatlashi bilan 1756-yilda o'zini hukmdor deb e'lon qildi. Biroq mang'itlar chingiziylar 

nasliga mansub bo'lmaganligi uchun mang'it hukmdorlari o'zlarini xon deb emas, amir deb ataganlar. Ular Buxoro mintaqasining diniy 

hukmdori — amir ul-mo'minin hisoblanganlar. 

Shunday qilib, 1756-yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi sulola — mang'itlar sulolasi keldi va davlatni 1920- yilgacha idora qildi. 

Shundan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo'ldi. Mang'itlar 92 o'zbek qabilasining biri edi. Mang'it 

hukmdori Muhammad  Rahimbiy  (1756—1758) mamlakatda o'zining mutlaq hukmdorligini o'matish hamda ichki boshboshdoqlikni 

tugatish  siyosatini  tutdi.  Bunday  siyosatdan  ko'zlangan  maqsad  —  markazlashgan  davlatni  tiklash  edi.  Muhammad  Rahimxon  bu 

siyosatni ro'yobga chiqarishga qat'iy kirishdi. U barcha mahalliy hukmdorlami o'z huzuriga chorlab, ularga o'zining asl maqsadini, o'z 

boshqaruv  dasturini  ma'lum  qildi.  Lekin  davom  etayotgan  ichki  nizolar,  urushlar  mamlakatni  xonavayron  qilayotganligi,  xo'jalik, 

savdo-sotiq ishlarining izdan chiqayotganligi, agar bu jarayonlar bundan buyon ham davom etadigan bo'lsa, davlat halokati muqarrar 

ekanligini  alohida  ta'kidladi.  Qaysi  mahalliy  hukmdor  markaziy  hokimiyatga  bo'ysunmasa,  ayovsiz  jazoga  tortilishini  ogohlantirdi. 

Muhammad Rahimxon mustaqillikni da'vo etib yurgan Miyonqol, Nurota, Qo'bodiyon, Boysun, Shahrisabz hamda Urgut bekliklarini to'rt 

yil  davomida  o'ziga  bo'ysundirdi.  Ayni  paytda,  u  markaziy  hokimiyatga  bo'ysunmaslikka  urinayotgan  qabilalami  turgan  joyidan 

ko'chirtirib yuborish siyosatini tutdi. Masalan, burqut, qipchoq, yetti urug', bahrin, yuz, kenagas, saroy va boshqa qabilalarga nisbatan ana 

shunday siyosat yuritildi. Muhammad Rahimxon yirik yer egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha davom etib kelgan 

arala shuvlarini keskin kamaytirishga erisha oldi. Shunday bo'lsa-da, u barcha bekliklaming markaziy hokimiyatni tan olishlariga to'la 

erisha olmadi. Muhammad Rahimxon vafotidan so'ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o'z qo'liga oldi (1758—1785). U 

o'zini  xon  atamadi  va  Abulfayzxonning  nabirasi  Abulg'oziyni  taxtga  o'tqizdi.  Doniyolbiy  ham  otaliq  mansabini,  ham  amaldagi 

hukmdorlikni o'z qo'lida saqlab qoladi. U o'z qo'shinlarini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko'rishga harakat qildi. Barcha mang'it 

beklariga  katta  yer-mulkni  tanho  qilib  berdi.  Xalqdan  olinadigan  soliqlami  ko'paytirdi.  Uning  davrida  Balx,  Hisor,  Ko'lob,  O'ratepa 

bekliklarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalari, qushbegi va qozikalonlaming o'zboshimchaligini esa sindira olmadi. 

O'g'illaridan biri Shohmurod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin 

yasab  sotib,  shu  orqali  ro'zg'or  tebratardi.  Xalq  orasida  obro'si  katta  bo'lgani  uchun  Doniyolbiy  unga  hokimiyatni  topshirdi.  Amir 

Shohmurod  (1785—1800)  Amir  Doniyolbiy  otaliqning  to'ng'ich  o'g'li  bo'lib,  yoshligidan  xudojo'y,  porso  bo'lib  o'sgan.  Madrasani 

bitirib, darvishlik suluki tarafdori, targ'i- botchisidan biriga aylanadi. Shohmurod Abulg'oziyni hokimiyatdan chetlatib, o'zini Buxoro 

amiri deb e'lon qiladi va taxtni egallaydi. Xalq unga hurmat bilan „amiri та'sum " (begunoh amir) unvonini bergan. Shohmurod o'z 

faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. O'zi ham nihoyatda kamtarin hayot kechirgan. Masalan, bir 

yilda bir olacha chopon, bir bo'z ko'ylak kiygan. Boshiga olti gazli bo'z salla, oyog'iga echki terisidan tikilgan saxtiyon mahsi hamda 

kavush kiygan. Amir Shohmurod Samarqand shalirida katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. Shahar markazida olti qirrali chorsu 

qurilib, „Toqi musaddas" deb atalgan. Samarqandning har bir madrasasiga imom, muazzin, mudarrislami o'zi tayinlagan. Talabalar va 

mudarrislaming maoshi uchun vaqf yerlari va mulklar ajratgan. 

Amir Shohmurod ba'zi islohotlar o'tkazib, davlatni mustahkamlashga erishdi. Boj va xirojdan boshqa barcha soliqlami kamaytirdi. Rais 

mansabini va qo'shin tarkibida qozi askar lavozimini joriy qildi. Mamlakat iqtisodini yo'lga qo'yishda Shohmurod o'tkazgan pul islohoti 

muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Shohmurod joriy 

qilgan qonun bo'yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat'iy nazar qattiq jazoga tortilishi lozim edi. Bu tadbir 

xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi. Suluk—jamoa. Xarvor — bir eshakka yuk bo'ladigan og'irlik o'lchovi. 1747-yilda Buxoroda 

hokimiyat amalda mang'itlar sulolasi qo'liga o'tdi. Rasman esa bu voqea 1756-yilda amalga oshdi. 1756-yildan boshlab Buxoro xonligi 

Buxoro amirligi deb atala boshlandi. Mang'itlar sulolasi 1920-yilgacha Buxoro xonligida hukmronlik qildi. 

2.  Qo’qon xonligida Norbo’tabiy madrasasi. XVIII asming oxirida bunyod etilgan. U tog’ri to’rtburchakli, bir qavatli,hovlili va to’rt 

minorali me’moriy obida. Madrasada gumbazli masjid va panjaralar o’matilgan 12 ta derazali darsxona ham mavjud. hovlisi atrofida esa 

peshayvonli hujralar joylashgan 

3.  Mahmudxoja Bexbudiy hayoti va faoliyati. 

Mahmudho‘ja  Behbudiy  (1875 Samarqand— 1919.25.3, Qarshi)— dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati 

yetakchilaridan biri. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga ko'tariladi. Behbudiy haj safarida 

bo‘lgan chog‘ida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida  yangi maktab (usuli jadid) ochish fikri 

mustahkamlanib bordi. Samarqand yakinidagi Halvoyi qishlog‘ida Ajziy, Rajabaminda Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi 

maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (190304), u yerdagi yangi usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani 

yo‘lga qo‘yadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. „Risolai asbobi savod“ („Savod chiqarish kitobi“, 1904), „Risolai 

jug‘rofiyai umroniy" („Aholi geografiyasiga kirish“, 1905), „Muntaxabi jug‘rofiyai umumiy

44

 („Qiskacha umumiy geografiya", 1906), 



„Kitobat ulatfol

44

 („Bolalar xati“, 1908), „Amaliyoti islom“ (1908), „Tarixi islom“ (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. Keyinchalik (1908 



yilda)  Shakuriyning  Rajabamindagi  maktabini  Samarqanddagi  o‘z  hovlisiga  qo‘chirib  keltiradi.  Behbudiy  1911  yilda  ,,Padarkush“ 

dramasini yozdi. Bu birinchi o‘zbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda bo‘lib, o'qimagan, johil va nodon bolaning 

o‘z otasini  o‘ldirgani  haqida  edi.  Behbudiy  bu  asar janrini  „milliy  fojia“  deb  atagan.  Nashr  qilishga  chor  senzurasi  yo‘l  qo‘ymaydi. 

„Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining 100 yillik yubileyi sanasiga bag‘ishlanadi“ degan vaj bilan Tiflis 

(Tbilisi)  senzurasidan  o‘tkazadi.  Drama  1913  yil  bosilib  chiqqan,  ammo  sahnaga  qo‘yish  uchun  yana  bir  yilcha  vaqt  ketadi.  Asar 

Samarqandda 1914 yil 25 yanv.da sahnaga qo‘yildi. Drama xalqqa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Abdulla Qodiriy „Baxtsiz kuyov“ dramasini 

shuning ta’sirida yozgani maTum. ,,Padarkush“ ham janr, ham mazmimiga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan asar bo‘ldi. 

Drama Toshkentda 1914 yil 27 fev.da Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi. Behbudiy 19Z yilda „Samarqand

41

 gaz.ni chiqaradi. 




 

Gazeta o'zbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45soni chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr to'xtadi. Shu yil 20 avgdan u 

,,Oyna“ jur. chikara boshladi. Haftalik, suratli bu jur. asosan o'zbekcha bo'lib, she’r, maqola (forscha), eTonlar (ruscha) ham berib boriddi. 

Jur. Kavkaz, Tatariston, Eron, 

Afg'oniston,  Hindiston,  Turkiyagacha  tarqaddi. Behbudiy  kitob nashrini ham  yo'lga qo‘yadi. Fitratning „Bayonoti  sayyohi  hindi“sini 

ruschaga taq’ima kiddirib bostirdi (1913). Behbudiy 1914 yil 29 mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga chiqadi. Sayohati 

davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa shaharlarida bo‘ladi, 

8

 iyunda 



Istanbulga keladi. Undan Adrnaga utib, yana Istanbulga qaytadi va 20 iyunda Ismoilbek Gasprinskiy bilan uchrashadi. So‘ng Quddus, 

Bayrut, Yofa, Xalil arRahmon, PortSaid, Shorn shaharlarida bo‘ladi. Sayohat xotiralari ,,Oyna“ jur. da bosilib turadi. Bu ,,xotiralar“ har 

jihatdan muhim bo‘lib, an’anaviy tarixmemuar janrining 20-asr boshidagi o‘ziga xos namunasi edi. Muallif unda yo‘l taassurotlariga, 

kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng o‘rin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan 

buyuk zotlar haqida ma’lumotlar to'playdi. Turlituman millatlar, ulaming urfudumlari, turmush madaniyati bilan qiziqadi. Ayniqsa, din, 

e’tiqod masalalariga katta ahamiyat beradi. 

Behbudiy  birinchi  o‘zbek  dramaturgi  va  teatr  arbobi.  „Padarkush

44

  p’esasini  yozdi  va  bu  asar  Samarqand  (1914  15 



yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da („Turon

44

 truppasi) sahnalashtirildi. 



Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi ko'plab matbuot namunalarida 300 dan ortiq 

maqolalar e’lon qilgan. 

1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qo‘lga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 1926— 1937 

yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan. 

4.  “Respublika”  atamasiga  izoh  bering.Lotinchadan  taijima  qilganda  "respublika"  so'zi  "xalq  ishi,  umumiy  ish"  degan  ma'nolami 

anglatadi ("res" — ish, "publika" — xalq)  

4- Bilet 

1.  XVIII asr boshlarida Qo’qon xonligi. 

Farg'ona  vodiysi  Buxoro  xonligi  tasarrufida  edi.  XVIII  asr  boshlarida  Buxoro  xonligi  ichki  kurashlar  oqibatida  zaiflashadi.  Bunday 

vaziyatdan  foydalangan  jung'arlar  Farg'ona  vodiysiga  tez-tez  bostirib  kirib,  talon-  taroj  qila  boshladilar.  Vaziyat  ichki  kuchlami 

birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog'i xo'jalar jamoasi o'z mulklarini mustaqil 

deb e'lon qildilar. Vodiydagi ming qabilasi oqsoqollari yig'ilishib, Buxoro xonligidan mustaqil davlat tuzishga qaror qilishgan. Ming 

qabilasi  yo'lboshchilaridan  biri  Shohruxbiy  hukmdor  (1710—1721)  deb  e'lon  qilinadi.l710-yilda  minglar  chodaklik  din  peshvolari 

hokimiyatini  ag'dardilar  va  Farg'ona  vodiysida  hokimiyatni  o'z  qo'llariga  oldilar.  Shu  tariqa,  Markaziy  Osiyoda  keyinchalik  Qo'qon 

xonligi  deb  atalgan  yangi  davlat  vujudga  keldi.  Tepaqo'rg'on  Shohruxbiyning  qarorgohig  aylantirildi.Shohruxbiyning  o'g'li 

Abdurahimbiy (1721 —1733) davrida Xo'jand, O'ratepa viloyatlari qo'shib olindi. U Shahrisabz ostonalariga qo'shin tortib bordi va uning 

hokimi bilan Qo'qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va Jizzaxni egallaydi. Abdurahimbiy Xo'jandga qaytib 

kelgach, qattiq betob bo'lib, vafot etadi. Qo'qon xonligi taxtiga uning inisi Abdulkarimbiy o'tiradi (1733 — 1750). U Eskiqo'rg'on qal'asi 

yonida  hozirgi  Qo'qon  shahriga  asos  solib,  o'z  poytaxtini  Tepaqo'rg'ondan  Qo'qon  shahriga  ko'chiradi.  Shahar  atrofmi  devor  bilan 

o'ratadi.Erdona hukmronligi davrida (1751—1762) xonlikning qudrati ortdi. U O'sh va O'zganni bo'ysundirdi. Erdona davrida Qo'qon 

xonligi g'arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi. Biroq hukmronlik davri urushlar bilan 

o'tdi. Toj-u taxt uchun kurash kuchaydi. Nihoyat, 1763- yilda taxtga Abdukarimbiyning nabirasi Norbo'tabiy o'tqizildi (1763 — 1798). U 

dastlab  Chust  va  Namangan  hokimlarining  isyonini  bostirdi.  Xo'jandni  qayta  bo'ysundirdi.  Manbalarda  keltirilgan  ma'lumotlarga 

qaraganda, Norbo'tabiy davrida ekinlardan mo'l hosil olinib, bozorlarda narx-navo arzonlashgan. Har tomonlama mamlakatning qudrati 

o'sgan.Norbo'tabiy  vafot  etgach,  taxtga uning o'g'li  Olimbek  o'tqizildi.  Uning  davrida (1798 —  1810)  Qo'qonning  siyosiy  mav-  qeyi 

yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o'ziga bo'ysundirdi. Natijada Rossiya 

bilan  savdo  yo'li  ochildi.  Orenburgga  boradigan  savdo  yo'llari  tutashgan  joyda  xonlikning  chegara  qal'asi  Oqmasjid  qurildi.  U  o'z 

davlatini  1805-yili  rasman  Qo'qon  xonligi  deb,  o'ziga  esa  ,,xon"  rutbasini  oldi  va  uni  Olimxon  deb  atay  boshlashdi.  Olimxonning 

markazlashgan kuchli davlat tuzishga intilayotganligi ayrim qabila boshliqlari orasida keskin norozilik tug'dirdi.Qo'qon xonligi davlat 

tuzumiga ko'ra mutlaq monarxiya edi. Davlat boshlig'i xon bo'lib, u rasman cheklanmagan huquqqa ega bo'lgan. Xon davlatni hukmron 

qabila, ruhoniylar, boshqa qabilalaming nufuzli tabaqalari, davlat boshqaruvi amaldorlari va harbiylarga tayanib boshqargan.Mulla Olim 

Mahdumxo'ja Toshkandiyning  1915-yilda Toshkentda nashr etilgan „Tarixi  Turkiston" asarida Qo'qon xonligidagi mansablarga ta'rif 

berilgan.Unda ta'kidlanishicha, xondan keyingi o'rinda qo'shbegi turgan. 

2.  Ismoil Somoniy maqbarasi to‘g‘risida ma'lumot bering. 

X asrda qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasi Buxorodagi eng qadimiy va chiroyli yodgorliklardan biridir.U hozirgi paytda ham xuddi 

1000 yil ilgarigidek chiroyli ko'rinishga ega. Somoniylar asli fors bo'lgan birinchi tojik hukmdorlaridir (eramizning 875- 999 yillari). Ular 

poytaxti Buxoro bo'lgan Ьиуик davlatni barpo etishgan. O'sha davr qurilish, san'at turlari, matematika, geometriya, fizika singari aniq 

fanlaming  yuksak  darajada  rivojlanishi  bilan  xarakterlanadi.Buxorodagi  Ismoil  Somoniy  maqbarasi  Buxoro  shahri  hududida  aniq 

hisob-kitoblarga asosan qurilgan dastlabki bino edi. Butun ilm ahli bu hisob-kitoblar qanchalik o'ta mantiqiy va shu bilan birga chiroyli 

chiqqaniga hali ham ajablanadi. Tikka, ko'ndalang, to'g'i burchak ostida terilgan pishiq g'ishtlar quyoshning turli darajadagi nurlari bilan 

yoritilgan.  Maqbara  devorlari  naqshinkor  quti  yoki  ba'zan  majnuntol  xivichlaridan  to'kilgan  savatga  o'xshab  ketadi.  Buxoroga  safar 

qilsangiz siz albatta bu yodgorlikni borib ko'rishingiz lozim. Buxoro ahlining ishonchi komil: agar siz maqbarani ko'rmagan bo'lsangiz — 

siz Buxoroni ko'rmabsiz. 

Al-Xorazmiyning  hayoti  va  ilmiy  faoliyati.Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn  Muso  al-Xorazmiy  -  (taxminan  780-850  yillarda 

yashagan) - mashhur Markaziv Osivolikqomusiv olim.U taxminan, 780-vilda Xorazmda

[1]


 (hozirgi Xivada. O'zbekiston) dunyoga kelgan 

va  850-yillarda  Bag'dodda  vafot  etgan.  Al-Xorazmiy  o‘z  umrining  aksariyatini  Bag‘dodda  Bavt  ul-  Hikmada  olim  sifatida  faoliyat 

yuritdi.Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalaming tizimli yechimi to‘g‘risidagi birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant 

kabi "algebra fanining otasi" degan unvonga sazovor Ьо‘кН.

ш

 Uning hind raqamlari haqidagi Arifinetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 



12-asrda G‘arb olamiga o'nlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib kirdi.

1

^ Al-Xorazmiy Batlimusning "Jo‘g‘rofiya" asarini ko‘rib 



chiqib,  yangiladi  va  shuningdek,  uning  o‘zi  ham  astronomiya  va  astrologiyaga  oid  bir  qancha  asarlar  yaratdi.  Al-Xorazmiy  nafaqat 

matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa qo'shqan olimdir. "Algebra" so‘zi, olimning kitobida qayd etilishicha, 




 

kvadrat tenglamani yechishda qo'llaniladigan 2 amaliyotning biri nomidan olingandir. "Algoritm" so‘zining o‘zagi esa Algoritmi bo'lib, u 

olimning  ismini  Lotinlashtirishdan  kelib  chiqqan

.^

1



  Shuningdek,  ispan  tilidagiguarismo  ‘  va  Portugal  tilidasi  algarismo"  so'zlari 

ham(ikkalasi  ham  rag  am  ma’nosini  beradi)  uning  ismidan  kelib  chiqqan.  1973  yilda  Xalaaro  astronomiya  ittifoqi  Ovdagi  kratemi 

Al-Xorazmiy nomi bilan atadi. Al-Xorazmiy krateri Ovning Yerga teskari tomonida ekvatorga yaqin joylashgan. 

Xorazmiy, Abu Ja’far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bag'dod) — matematik, astronom, geograf, 

fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma’lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bo'lib shakllangan. Bunda arab istilosidan 

so'ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani an’analari asosiy rol o'ynagan. Xalifa Horun ar Rashidning o'g'li va uning 

Xurosondagi  voliysi  al  Ma’mun  huzuriga  —  Marvga  taklif  etilgan.  819  yilda  Bag'dodni  egallagan  al  Ma’mun  Markaziy  Osiyolik 

olimlardan X., Ahmad al Farg'oniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalami o'zi bilan olib ketib, o'ziga xos ilmiy 

jamoa  tashkil  etgan.  Bu  jamoa  fan  tarixidagi  dastlabki  rosmana  akademiya  deb  qaraladigan  ilmiy  muassasa  —  "Bayt  ul  Hikmat" 

("Donishmandlik uyi") ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada X. yetakchi olim va ilmiy rahbar bo'lgan. U shu davrdan boshlab 

Bag'dodda al Ma’mun (813 — 833), so'ng al Mo‘’tasim (833 842), al Vosiq (842 —847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan. 

3.  “Enolit” atamasini tushuntirib bering. Mis-tosh, lotincha "eneus" — "mis" va yunoncha "litos" — "tosh" so'zlaridan. m.a 4-3 

ming yilliklar  

5- bilet 

1.  Afina davlati qadim zamonlarda. 

O'rta Yunonistonning janubi sharqiy qismida tog'lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mayjud edi. Mil. aw. 2-mingyillikda Attikaning 

g'arbiy qismida yunonlar "Akropof, ya'ni "Yuqori shahar" deb atalgan qal'a quradilar. Bora-bora Akropol tevaragiga odamlar ko'chib 

kelib  o'masha  boshladilar,  shu  tariqa  Afina  shahri  dunyoga  keldi.  Attika  aholisi  uch  katta  guruhga  bo'lingan  edi,  jumladan:  qullar, 

ajnabiylar (meteklar) va fuqarolar. Otasi va onasi ozod afinalik bo'lgan erkaklargina Afina fuqarosi bo'la olar edi. Afina davlati fuqarosi 

bo'lish nafaqatfaxrli, qolaversa foydali edi, negaki miloddan awalgi V asrdan boshlab davlat organlarida ishlashga muayyan haq to'lana 

boshladi. 

Eslab qoling! Attika aholisi uch katta guruhga bo'lingan edi, jumladan: qullar, ajnabiylar (meteklar) va fuqarolar. 

Faqat fuqarolar barcha huquqlardan foydalanardilar. Fuqarolar shuningdek og'ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod 

qilingan  edilar.  Forslar  ustidan  g'alaba  qozonilganidan  keyin  quldorlar  qullar  hayotini  qadrlamay  qo'yishdi,  chunki  ular  shu  qadar 

ko'payib ketganki, arzimas pulga sotilar edi. 

Kumush  konlari  mahsuloti  va  tuz  qazib  olish  Afina  davlatiga  katta  daromad  keltirar  edi.  Bundan  tashqari,  Afina  dengiz  ittifoqi 

mustahkamlanishi bilan dengiz savdosi ham rivoj topdi. Afinaning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga minglab 

qullar va xilma-xil tovarlar keltirilar edi. 

Eslab qoling! Yunon haykaltaroshlari haykallarorqali har bir o'spirinkuchJi, jismonan baquvvat va o'z vatanini himoya qilishga tayyor 

bo'lishi losimligini ifodalaganlar. Afina dengiz ittifoqi g'aznasi Afina shahrida joylashgan, shahar hukmdorlari undan o'z ixtiyoriga ko'ra 

foydalanar edi. 

2.  D.Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari” romanidagi bosh g‘oya 

D. Defoning qahramoni Robinzon Kruzo ishbilarmon, mehnatsevar, o'z kuchiga ishonuvchi inson.Robinzon kimsasiz orolda 

tirishqoqlik  bilan  uy  quradi,  idish-tovoq  tayyorlaydi.  Mebel  yasaydi,  hayvonlami  o'ziga  o'rgatadi  va  ulami  ko'paytiradi.  Robinzon 

boshqalami ham ishlashga majbur qila oladi. Bunga o'limdan qutqarib qolingan yowoyi Jumavoy obrazi misoldir. Robinzon uni o'ziga 

xizmatkor  qilib  oladi.  Robinzon  -  yangi  shakllanayotgan  qatlam  -  buijuaziya  vakili  obrazidir.  Unda  uchinchi  tabaqa  vakilining 

uddaburonligi va sog'lom fikri aks etgan. Asar mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo'lib qoldi. 

3.  Maxmud Zamaxshariyning hayoti va ilmiy faoliyati. 

Xorazm  vohasida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab allomalar yetishib chiqqan. Ayniqsa, o‘rta 

asrlarda bu diyor ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha samarali ijod qilgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon al- Beruniy, Abu 

Abdulloh  al-Xorazmiy,  Ibn  Miskavayh,  Abu  Nasr  al-Iroq,  Abu  Sayhl  Masihiy,  Abul  Xayr  ibn  al-Hammor  kabilaming  dong‘i  butun 

Mag‘ribu Mashriqqa tarqalgan. Xorazm zaminida tavallud topgan buyuk allomalardan biri Abul Qosim Mahmud az-Zamaxshariydir. 

Uning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad (ba’zi manbalarda Ahmad) bo‘lib, u hijriy 467-sana rajab oyining 

yigirma yettinchsiesda- chorshanba kuni (milodiy hisobda 1075 yilning 19 martida) Xorazmning katta qishloqlaridan biri Zamaxsharda 

tavallud topgan. Shu boisdan ham az-Zamaxshariy taxallusini olgan. U Makkada yashagan paytda iskandariyalik bir shogirdi, “Al-Aqd 

as-samiyn  fi  ta’rix  al-balad  al-amiyn”  nomli  tarixiy  asaming  muallifi  Shahobuddin  Ahmad  ibn  al-Husniy  al-Molikiyga  yo‘llagan 

maktubida o‘zi haqida “Men Mahmud ibn Umar ibn Muhammad ibn Ahmad al-Xorazmiyman, keyin az-Zamaxshariyman. Xorazmning 

bir qishlog‘iga (Zamaxsharga) mansubman. Zamaxshar to‘g‘ilgan yurtimdir”,-deb yozgan. 

Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Mahmud az-Zamaxshariy awal o‘z yurti Xorazmda, undan keyin Buxoroda taxsil ko‘rgan. 

Ko'pgina xorijiy ellarga, jumladan, Marv, Nishopur, Damashq, Bog‘dod, Макка va Hijozga safar qilgan. U tilshunoslik, lug'atshunoslik, 

adabiyot, jo‘g‘rofiya, tafsir, hadis, fiqh ilmlarida ellikdan ortiq yirik asarlar yaratgan bo‘lib, ulaming aksar qismi bizgacha yetib kelgan. 

Az-Zamaxshariy 1144 yilda Xorazmda vafot etgan. 

Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy biz avlodlarga boy va ulkan me’ros qoldirgan. U tilshunoslik, lug‘atshunoslik, adabiyot, 

aruz, jo‘g‘rofiya, tafsir, fiqh va ilm-al qiroatga oida oltmishga yaqin asar yaratgan boTib, baxtimizga ulaming aksariyati bizgacha yetib 

kelgan. 

Darhaqiqat, o‘z bilim tafakkurining chuqurligi va noyob iste’dodining keng qamrovligi tufayli az-Zamaxshariy o‘z davrida “ustoz 

ul-arab  va-l-ajam”(“arablar  va  g‘ayri  arablar ustozi”), “Faxm-l-Xvarazm”(“Xorazm  faxri”),  Makkada  o‘zoq vaqt  yashaganligi  uchun 

Jorulloh (“Allohning qo'shnsies”) kabi sharafli nomlarga sazovor boTgan edi. Hind Xusayn Toho ta’kidlaganidek, u o‘z yurti Xorazmda 

boTsa ham yoki o‘zi ziyorat qilgan Sharqning ko‘plab shaharlarida ham doimo mashhur olimlar shoir va adiblar davrasida bular, ular 

bilan qizg‘in ilmiy bahslar, munozaralarda ishtirok qilardiyu ilm ahllari uning fikriga qoToq solar edilar. Manashu ulkan obro‘-e’tibor va 

buyuk daho e’timol unga o‘z asarlaridan birida “va inniy fi Xorazm kaabat ul-adab” “rostdanham men Xorazmda adiblar uchun (bir) 

Ka’baman” deb yozishga asos boTgan boTsa kerak. 

Xajm  jixatidan  juda  katta  boTgan  va  ba’zi  hollarda  iboralami  idrok  etib  chuqur  anglash  murakkablik  tug‘dirganidan 

az-Zamaxshariydan so‘ng o‘tgan ba’zi mualliflar bu asami qisqartirib, soddalashtirib, uni muhtasar xolga keltirganlar. Shular jumlasidan 

Mavlona Muhiddin ibn al-Xatiyib Qosim ibn Yaqub (U 940/1534 yilda vafot etgan) az-Zamaxshariyning ushbu asgrini muxtasar holga 

keltirib,  uning  g'oyatda  foydali  o‘rinlarini  olib,  “Ravzu-l-axbor  al-muntaxab  min  Rabiy’u-l-abror”  -£T£abiy-ul-abror  ”  dan  tanlab 




 

(saralab) olingan xabarlar chamanzori) deb nomlab, 92(tuqson ikki) bobdan iborat boTgan asar aslini “50(ellik) chamanzor” (ravza)ga 

keltirib qisqartirgan. Bundan tashqari asaming boshqa qisqartirilgan nushalarini ham ko‘rish mumkin. Jumladan Turkiyaning Stanbul 

shahridagi  OYA  So'fiya  nomli  kutibxonasida  4331  raqami  ostida  saqlanayotgan  bir  qoTyozma  “Nuzhatu-l-musta’nis  va 

nuzhatu-l-muqtabis” (“Sururga intilganlar oromi va talabgorlar uchun (qulay) fursat ”) nomi bilan atalgan va u “Robiy’ ul-abror” ning 

qisqartirilgan  muhtasar  nusxasidir.  Shuningdek  Hindiston  (Dehlidagi)  Xudabaxsh  kutibxonasida  saqlanadigan  2607  raqami  ostidagi 

qoTyozma “Nafahatu azhor Rabiy’ul abror” (“Rabiy’ ul-abrordagi gullar xushbuyliklari”) deb atalib, u ham az-Zamaxshariyning “Rabiy’ 

ul-abror” asarining soddalashtirilgan nusxasi hisoblanadi. 

4.  “Jadid” atamasiga izoh bering. Jadid (arabcha) - yangi, yangilik tarafdori, yangilik uchun kurashuvchi. 

6- bilet 

XVI asrda Xiva xonligi. Xorazimhududida jami 20ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasidaqo’ng'irot, mang'it, nay man, 

qipchoq va qiyot qabilalari ko'p sonli va eng kuchli qabilalar bo'lgan.Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm Temuriy Sulton Husayn 

Boyqaro  boshliq  Xuroson  davlati  tasarmfida  edi.  Xorazmda  qo'ng'irot  qabilasidan  chiqqan  Chin  So'fi  hokim  edi.  U  rasman  Husayn 

Boyqaro noyibi hisoblanardi.l505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh 

Ismoilning  hukmronligi  uzoqqa  bormadi.  Vazir  shahri  qozisi  Umar  qozi  yetakchiligida  safaviylar  hukmronligiga  qarshi  harakat 

boshlanadi.Xorazmning mo'tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka Sultonning o'g'li Elbarsxonni o'tqizishga qaror 

qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo'lsa-da, 

ular  o'zaro  dushmanlik  munosabatida  edilar. 1480-  yilda  o'zaro  toj-u  taxt  uchun  kurashda  Muhammad  Shayboniyxon  tomonidan  o'z 

bobokaloni  Shaybonxon  avlodiga  mansub  Berka  Sultonning  o'ldirilganligi  buning  sabablaridan  biri  edi.Xorazmning  erksevar  xalqi 

Elbarsxon yetakchiligida 1511— 1512- yillarda Eron qo'shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa 

1511-yilda  Xorazm  mustaqilligi  tiklandi  va  bu  davlat  endi  Xiva  xonligi  deb  atala  boshlandi.  Bu  davlat  asoschisi  ham  shayboniylar 

vakillari  bo'ldi.  Xiva  xonligida  shayboniylar  hukmronligi  1770-yilgacha  davom  etdi.Elbarsxon  davrida  mamlakat  poytaxti  Vazir 

shahridan  Urganch  shahriga  ko'chirildi.  Elbarsxon  Vazir  shahrini  Eron  qo'shinlaridan  ozod  etgach,  bu  g'alaba  sharafiga  o'z  o'g'illari 

nomiga  „g'ozi"  laqabini  qo'shib  aytislmi  buyurgan.  Elbarsxon  davrida  Dashti  Qipchoqdan  Xorazmga  ko'pgina  qabilalaming  ko'chib 

kelishi yanada kuchaydi. Natijada xonlik hukmdoriarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi. Bu omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini 

qo'slmi  davlatlar  hisobiga  kengaytirib  olish  imkonini  berdi.  Chunonchi,  Elbarsxonning  1516-yilgacha  boTgan  hukmronlik  davrida 

Shimoliy Xuroson, Saraxs, Oral va Mang'ishloq egallandi.Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati singari Xiva xonligi ham bir qancha 

katta kichik  mulklarga bo'lingan.Xiva xonligining aholisi etnik, madaniy va til jihatdan bir-biridan keskin farq qiluvchi uch guruhga 

bo'lingan:lqadimiy  xorazmliklaming  bevosita  avlodlari;2turkman  qabilalari;3Dashti  Qipchoqdan  Xorazmga  ko'chib  kelgan  qabilalar. 

Ayni  paytda  ular  markaziy  hokimiyatga  bo'ysunmaslikka,mustaqillikka  intilishgan.  Bu  hoi  o'zaro  nizolami  keltirib  chiqargan.Xiva 

xonligida  yirik  o'zbek  qabilalarining  boshliqlari  amalda  mustaqil  mulk  egalariga  aylangan.  Ular  xonlikning  butun  ijtimoiy-  siyosiy 

hayotiga hal etuvchi ta'sir ko'rsatib kelganlar.XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo'ldi. Boning asosiy sabablaridan biri — 

Amudaryoning o'z o'zanini o'zgartirib, 1573-yildan boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo'yganligi bo'ldi. Daryo 15  yil davomida Oral 

dengizi  yo'nalishiga  burildiki, natijada  eski  o'zan  atrofidagi  yerlar  cho'lga  aylandi.  Aholi  esa  xonlikning  boshqa  hududlariga  ko'chib 

o'tishga majbur bo'lgan. Bundan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, 

o'zaro qabilaviy urushlar, og'ir soliqlar hamda turli to'lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qilgan. Bu hoi savdo-sotiqqa katta 

putur yetkazgan. Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan Buxoro munosabatlari sida doimo o'zaro dushmanlik munosabatlari hukm 

surgan. Buning asosiy sababi — xonliklaming doimo bosqinchilik urushlari hisobiga o'z hududlarini kengaytirishga urinishlari bo'lsa, 

ikkinchisi,  Buxoro  va  Xiva  xonligida  hukmron  sulolalaming  bir-biriga  g'anim  bo'lib  qolgan  xonadonlarga  mansubligi  edi.Xivani 

Buxoroga  bo'ysundirish  harakati  Ubaydullaxon  davrida  boshlandi.  Ubaydullaxon  1537—1538-yillarda  Xorazmga  hujum  qilib,  Xiva 

xonligini  Buxoroga  bo'ysundiradi.  Xiva  xoni  Avaneslixon  (1525—1538)  qo'shinlari  tor-mor  keltirildi,  xonning  o'zi  esa  o'ldirildi. 

Ubaydullaxon o'g'li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi. Mahalliy xalq Avaneslixon avlodlari 

boshchiligida mamlakatni ozod etdi. Ubaydullaxon yuborgan qo'shin ham tor-mor keltirildi. Abdulazizxon Urganchdan Buxoroga qochib 

ketadi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu ikki xonlik o'rtasidagi adovat va dushmanlik to'xtamadi.Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon 

II 1593-yili Xiva xonligini bosib oladi. Xiva xoni Hojimxon (1558—1602) oilasi bilan Eron shohi Abbos huzuriga qochishga majbur 

bo'ladi. 1595- yilda Xiva sultonlari  xonlikning  yirik  shaharlarini  egallaydilar. Lekin  shu  yili  Abdullaxon  II  Xiva xonligi  ustiga  yana 

qo'shin tortib keladi. Hoji Muhammad (Hojimxon) yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili Abdullaxonning vafotidan keyin Buxoro 

xonligida boshlangan o'zaro toj-u taxt uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta egallashga va o'z hokimiyatini 

mustahkamlab olishga erishadi. Bu davrda Xiva xonligi Mang'ishloq, Bolxon tog'lari, Dehiston, O'zboy, Shimoliy Xuroson hududlarini 

ham o'z tasarrufiga olgan edi. 

2.0nore de Balzakning “Inson komediyasi” romanidagi bosh g‘oya. 

XIX  asming  birinchi  yarmida  ijod  qilgan  yozuvchilardan  biri  fransiyalik  Onore  de  Balzak  (1799-1850)  edi.U  burjuaziya  jamiyatini 

haqqoniy tasvirlashda beqiyos  yozuvchi  bo'lgan. Balzak  o'z asarlarini  «Insoniy  komediya»  degan  umumiy  nom  ostida  yaratdi.Uning 

maqsadi  badiiy  obrazlar  orqali  jamiyatning  ma'naviy  qiyofasini  ochib  berishdan,  jamiyatdagi  barcha  tabaqalaming  tipik  vakillarini 

ko'rsatishdan iborat edi.Balzak romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga о 'z boyliklarini ko'paytirayotgan bankirlar va savdogarlar, 

berahm  va  shafqatsiz  sud-  xo'rlar, o'z hayotini  behuda o'tkazayotgan  mansabparast  va  shuhrat- parast  kishilar -  o'z maqsadlariga  har 

qanday vositalar bilan erishadigan kishilardir. Balzak asarlari burjuaziya jamiyatiga qarshi o'ziga xos aybnoma edi. 

3.Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyati. 

Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand yaqinidagi 

Xartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. 

Otasi  Ismoil  o‘z  davrining  yetuk  muhaddislaridan,  Mohk  ibn  Anasning  shogirdi  va  yaqinlaridan  biri  bo‘lib,  tijorat  ishlari  bilan 

shug'ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5— 

6

 yoshidan 



islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o'rganishga va yodlashga kirishadi. 

Taniqli muhaddislar — al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad 

al-Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi roviylardan birorta ham hadis 



 

qoldirmasdan  yozib  olgan  bo'lishi  va  shundan  keyingina  boshqa  shahar  yoki  mamlakatga  safarga  otlanishi  mumkin  edi.  Buxoriy  16 

yoshga yetguncha, o'z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo'l oladi. 

825 yili Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o'zi Makkada 

qoladi. Bu yerda faoliyat ko'rsatayotgan mashoyixlaming ilmiy  yig'inida qatnashadi. 827 yili Madinaga boradi. Madinadagi mashhur 

ulamolardan Ibrohim  ibn  al-Munzir,  Mutrif  ibn Abdulloh,  Ibrahim  ibn Hamza va boshqalar bilan  muloqotda bo'lib,  ulardan  hadislar 

bo'yicha saboq oladi. Bu  vaqtda Rasulullohning  sahobalari, sahobalaming  izdoshlari  turli  mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday 

sharoitda  Muhammad(as)ning  hadislarini  to‘plash  turli  shahar  va  mamlakatlarga  borishni  taqozo  qilar  edi.Istiqlol  sharofati  bilan 

Buxoriyning o'lmas merosi elyurti bag'riga qaytdi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining 

hijriy-qamariy taqvim bo'yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini 

o'rganish  va  targ'ib  qilish,  xotirasini  abadiylashtirish  borasida  katta  ishlar  qilindi.  1998  yil  23  oktyabrda  Samarqandda  yubiley 

to'ytantanalari  bo'lib  o'tdi.  Alloma  abadiy  qo'nim  topgan  Chelak  tumanidagi  Xartang  qishlog'ida  ulkan  yodgorlik  majmui 

ochildi.Buxoriyning  boy  ma’naviy  merosini  chuqur  o'rganish  va  keng  targ'ib  qilish  maqsadida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.Karimovning  tashabbusi  bilan  Imom  al-Buxoriy  xalqaro  jamg'armasi  tuzildi  (1998  yil  4  noyabr;  raisi  Zohidillo  Munawarov). 

Jamg'armaning  asosiy  vazifasi  Qur’oni  karim  va  Buxoriyning  «al-Jomi’  as-sahih»i  tarjimalarining  akademik  nashrlarini  tayyorlash, 

buyuk  islomshunoslar  ilmiy  merosini  tadqiq  etish,  diniy-falsafiy  mavzularda  ilmiy  anjumanlar  o'tkazish  va  shular  yordamida  yosh 

avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 

2000


 yildan boshlab mazkur jamg'arma o'zining ma’naviy-ma’rifiy, 

ilmiy-adabiy  «Imom  al-Buxoriy  saboqlari»  jumalini  nashr  eta  boshladi.  Jumal  xalqimizni  milliy-ma’naviy  merosimizdan  bahramand 

etish, milliy, diniy qadriyatlaming sog'lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo'ygan. O'zbekistonda Buxoriyning 

xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. 

Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag'ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 qismli film 

(1995), «Hadis ilmining sultoni» 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan.




 

 

4. 



“Renesans”  atamasiga  ta’rif  bering.(fransuzcha-qayta  yuzaga  kelmoq,yangidan  tug’ilmoq)-G’arbiy  Yevropada  uyg’onish 

davrini anglatuvchi atama 

7- 

bilet 


1.  0‘rta Osiyoda Ahamoniylar davlati. 

Mil. aw. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasi- ga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. 

Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan bin bo'lgan. Bu hududda qadim zamonlarda kassiylar, elamiy- lar singari turli 

qabilalar yashab kelgan. Mil avv. IX asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko'chib o'mashadi. 

Eron  o'zida  katta  yassitog'likni  mujassam  etgan  mamlakatdir.  Mamlakat  hududi  deyarli  hamma  to-  monidan  o‘rmon  bilan 

qoplangan tog'lar bilan qur- shalgan. Tog'oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug'ullangan, jazirama cho'l mintaqalarida chorva- 

dorlar mehnat qilgan va kun kechirgan. 

Eron  ham  Kichik  Osiyo,  Mesopotamiya,  Kavkazorti,  Orta  Osiyo  va  Hindiston  mamlakatlarini  bog'lab  turgan  karvon  yo'llari 

chorrahasida joylashgan edi. 

Mil.  aw  3-mingyillikda  Eronning  g’arbiy  qismida  Msopotamiya  bilan  chegarada  Elam  davlati  vujudga  keldi.  Bu  davlatning 

poytaxti Suza shahri bo'lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuv- lardan biria yaratilgan edi. 

Mil. aw. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g'arbda joylashgan Midiyada qabilalar ittifoqlari vujudga keldi. Mil. avv. VII asrda podsho 

Kiaksar hukmronligi davrida  Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil. aw. 612—605- yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo'lib 

Ossuriyani bosib oldi. 

Eron janubida, Fors ko'rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati — qadimgi forslar o'mashgan о‘lka joylashgan edi. Mil. aw. 

558-  yilda  Ahamoniylar sulolasidan  bo‘l-  mish  podsho  Kir IIbarcha forslami o‘z hokimiyati  ostida birlashtirdi.  Midiya  podsholigini 

bo'ysundirganidan so'ng Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurish- larini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi 

(mil.  539-yil).  Eronliklar  0‘rtayer  dengizi  sohili-  ga  chiqdilar,  Falastin  va  Finikiyani  itoatga  kirgazdilar.  Kir  II  ning  Orta  Osiyoga, 

saklarva massagetlarastiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Doro I ham davom 

ettirdilar. Kambiz Mismi zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. 

Miloddan awalgi 522- yilda shoh Doro I (mil. avv. 522 — 486-yillarda hukmdor) Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda 

bosib olingan barcha mamlakatlarda qo'zg'olonlar alangalanib ketdi. Ahamoniylar shohi Doro I ulami bostirishga kirishdi. 

Doro I butun mamlakat uchun “doroyi” deb nom- langan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. Persepoldan 0‘rtayer dfiigiziga 

qadar “shoh yo'li” degan podsho savdo yo'li qurilgan edi. Doro I armi- yani qaytadan tuzdi, saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan 

alohida harbiy o'lkalarga taqsimladi. 

Doro I Qora dengiz bo'ylarida yashovchi skif- lar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyo- dagi yunonlar koloniyalari va 

Frakiyani  bosib  oli-  shi  yunon-fors  urushlari  boshlanib  ketishiga  sabab  bo'ldi.  Doro  I  hukmronligi  davrida  Hindiston  shimoli-  dan 

0

‘rtayer dengiziga qadar yastangan ulkan im- periya barpo etildi. 



Suza, Ekbatana va b shaharlar ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari edi. 

Persepol shahrida Doro I va Kserksning muazzam xo- nalar va yuz ustunli zali bo'lgan saroyining qoldiql&ii saqlanib qolgan. Saroy 

afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol bo'rtma naqsh- larida ahamoniylar itoatga kirgazgan ko'pgina xalqlar 

va elatlaming nomlari saqlanib qolgan. Ular asosan Eron shohlariga peshkash va o'lpon keltirayotgan ho- latda tasvirlangan. 

Qadimgi  forslar  mixxatsimon  belgilar  bilan  yo-  zishgan.  Fors  shohlarining  bitiklari  Behistun  va  Naqshi  Rustam  qoyalariga, 

shuningdek, Persepol saroyi de- vorlariga chekib yozilgan. Ular yurishlar, qo‘zg‘olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar haqida 

ma’lumot beradi. 

Makedoniyalik  Aleksandr mil. aw.  330-yilda  Fors davlatini  bosib oldi. Ahamoniylar  davlati  ikki  yuz  yildan  ziyod  hukmronlik 

qilgan. 

2.  Qoraqalpoq adabiyotining asoschisi Berdaq ijodida asosiy g‘oyalari. 

Berdaq o‘zining axloqiy qarashlarida Sharqning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi. U “Izladim”, “Xalq uchun”, 

“Yaxshiroq”, “Menga kerak” kabi she’rlarida kishilaming halol mehnatini ulug'laydi. Uningcha, har bir odamning asosiy burchi xalqqa 

va uning farovonligi yo‘lida xizmat qilishdir. Berdaq axloqiy qarashlarining yana bir muhim tomoni - kishilami hurmat qilish, ayniqsa, 

qarilar, zaif va nogironlar, kambag‘al va beva-bechoralami izzat nafsiga tegmaslik, ularga iloji boricha yordam ko‘rsatishdir. Berdaq 

xuddi Navoiy kabi odamlami axloq-odobiga qarab, ulami ikkiga: yaxshi va yomonga bo‘ladi. Yaxshi odam deganda, u butun insoniy 

fazilatlami o‘zida to'plagan dono, aqlli, bilimdon, o‘zgalarga yordam beruvchi, fe’l-atvori go‘zal kishilami ko‘z oldiga keltiradi. Yomon 

odam  esa  Berdaqning  nazarida,  xalqning  ofatidir,  u  xalqni  ham,  og‘a-inini  ham  qadriga  yetmaydi.  Umuman  olganda,  shoir  axloqiy 

qarashlarining markazida insoniylik turadi. 

Berdaq  qo‘p  she’rlarida  bolalami  tarbiyalash,  kattalami  hurmat  qilish,  yosh  avlodga  vatanparvarlik,  o‘z  xalqiga  muhabbat,  xalqlar 

o'rtasida do‘stlik va birodarlik g'oyalarini singdirishga intildi.




 

 

Berdaq  qoraqalpoq  xalqining  mashhur  shoiri,  asl  farzandidir.  Qoraqalpog‘istondagi  ko‘pgina  maktablar,  ko‘chalar,  kinoteatrlar, 



kutubxonalar shoiming nomiga qo‘yilgan. Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat mukofoti ta’sis etilgan. Bu mukofot 

badiiy adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi eng yaxshi ishlarga beriladi. 

Berdaqning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug'orilgan adabiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g‘oyalari hozirga mustaqillik sharoitida ham 

o‘z tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qolmoqda. 

3.  Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati.Abu Ali ibn Sino Q‘rta Osivolik olim, favlasuf. 980-vilning 18- ivunida Buxoro yaqinidagi 

Afshona qishlog'ida tug'ilgan va 1037-vilning 16-avgustidaHamadonda vafot etgan. 

G‘arbda Avitsenna final. Avicenna) ismi bilan mashhur. 

Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan bo‘lib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga ko‘chib, 

Hurmaysan qishlog'iga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlog‘ida Sitora ismli qizga uylanib ikki o‘g‘il farzand ko‘radi. 

0‘g‘illarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — Bu-xoroga ko‘chib keladi va 

uni o‘qishga beradilar. 10 yoshga yetaretmas I.S. Qur’-on va adab darslarini to‘la o‘zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham 

shug'ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh. Notiliy edi. U el 

orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur bo‘lgani uchun otasi I.S.ni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qo'lida olim mantiq, handasa 

va falakiyotni o‘rgandi va ba’zi falsafiy masalalarda ustozidan ham o‘zib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini ko‘rgan ustozi otasiga uni ilmdan 

boshqa  narsa  bilan  shug‘ullantirmaslikni  tayinlaydi.  Shundan  so‘ng  ota  o‘g‘ilga  ilm  o‘rganish  va  bilimlarini  chuqurlashtirish  uchun 

barcha sharoitlami yaratib berdi. Abu Ali tinmay mu-tolaa qilib, turli ilm sohalarini o‘zlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh 

kabi fanlami o'qidi, xususan, tabobatni sevib o‘rgan-di va bu ilmda tez kamol topa boshladi. 

I.  S. ning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh alQumriyning xizmati katta 

bo'ldi. I. S. undan tabobat darenii olib, bu ilmning ko‘p sirlarini o‘rgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan bo‘lib, 999 y. da 

vafot etdi. 

I.  S.  17  yoshdayoq,  Buxoro  xalqi  orasida mohir tabib sifatida  tanildi. 0‘sha kezlarda  hukmdor Nuh  ibn  Mansur betob bo‘lib, saroy 

tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrug‘i butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amimi davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning 

muolajasidan  bemor  tezda  sog‘ayib,  oyoqqa  turadi.  Evaziga  I.  S.  saroy  kutubxonasidan  foydalanish  imkoniyatiga  ega  bo'ladi. 

Somoniylaming kutubxonasi o‘sha davrda butun 0‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. I. S. bir necha yil 

davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashg'ul bo‘lib, o‘z davrining eng o'qimishli, bilim doirasi keng kishilaridan 

biriga aylandi va shu paytdan boshlab o‘rta asr falsafasini musta-qil o‘rganishga kirishdi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning 

"Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlaming aksariyati I. S. ga tushunarsiz edi. Tasodifan  yosh 

olimning  qo‘liga  Abu  Nasr  Forobiyning  "Metafizika"ning  maqsadlari  haqida"gi  kitobi  tushib  qoladi  va  uni  o‘qib  chiqibgina  I.  S. 

metafizikani o‘zlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Shunday qilib, I. S. zaruriy bilimlaming barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 

yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Uijuza" tibbiy she’riy asari, o‘z qo‘shnisi va do‘sti 

Abu-lhusayn al- Aruziyning iltimosiga binoan, ko‘p fanlami o‘z ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini ta’lif etdi. 

Undan tashqari, boshqa bir do‘sti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga kura, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun va 

natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi.Qoraxoniylar 999 y. Buxoroni zabt etib, 

somoniylar davlatini ag'darganidan keyin I. S. hayotida tashvishli, notinch va og‘ir damlar boshlandi. 1002 y. uning otasi vafot qildi. Ikki 

sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 y. gacha davom etib, oxiri krraxoniylaming butkul g‘alabasi bilan tugadi. Bundam vaziyatda 

Buxoroda ortiq qolib bo‘lmas edi. Shu bois I. S. o‘z yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-a. boshlarida Xorazm qoraxoniylar 

hujumidan  birmuncha  tinch  bo‘lib,  iqtisodiy  va  madaniy  jihatdan  ancha  rivojlangan  o‘lka  edi.  Xorazm-shohlar  Ali  ibn  Ma’mun 

(997—1009)  va  Ma’mun  ibn  Ma’mun  (1009—1017)  ilmfanga  e’tiborli  hukmdorlar  bo‘lib,  olimlarga  ilmiy  ijod  uchun  qulay  sharoit 

yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da zamonasining ko‘pgina taniqli olimlari to‘plandi. I. 

S Hamadonda 1023 y. gacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga kura, shu yili Isfahonga jo‘nab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini 

shu yerda o‘tkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashg'ul bo‘lib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq 

fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ash-shifo" ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat 

kitobi" shular jumlasidan.Juzjoniyning yozishicha, I. S. garchi, jismoniy juda baquwat bo‘lsada, birok, shaharma-shahar darbadarlikda 

yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor ta’qib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy ta’sir etdi. 

U qulanj (kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida I. S. qattiqbetobligiga qaramay, u bilan birga safarga 

chiqadi. Yulda dardi qo‘zg‘ab olimning tamomila madori kuriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot etadi. Olim Hamadonda 

dafii etiladi. Uning qabri ustigal952y. maqbara ishlangan (me’-mori X. Sayxun). Makbara I. S.ga ba- g'ishlangan muzey xonalarini ham 

o‘z ichiga oladi. 

4.  “Xonaka” so‘ziga izoh bering. xonaqoh-g’aribxona,musofirxona  

8- bilet 

1.  XVI asrda Buxoro. 

Shayboniyxon halok bo'lgach, uning 

o'miga amakisi Ko'chkunchixon taxtga o'tirdi. Ko'chkunchixondan so'ng taxtga o'g'li 

Abu  Said  (1530—1533)  o'tirdi.  Undan  keyin  esa  hukmdorlik  Shayboniyxonning  ukasi  Mahmud  Sultonning  o'g'li  Ubaydullaxon 

(1533—1540) qo'liga o'tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko'chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota-meros mulk deb 

qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning otasi)ga bergan edi. Shu 

tariqa,  shayboniylaming  Movarounnahrda  tashkil  etgan  davlati  endilikda  rasmiy  ravishda  Buxoro  xonligi  deb  ataladigan  bo'ldi. 

Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy va qizilboshlilar (Ular 12 shia imomi sharaftga 12 qizil yo'llik 

matodan  salla  o'rab  yurishgan)ning  hujumlarini  bartaraf  etib,  Movarounnahmi  ulaming  harbiy-siyosiy  tazyiqlaridan  saqlab  qoldi. 

Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi har tomonlama o'sdi. Ubaydullaxon o'z davlatining chegarasini 

Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg'ol etgan qizilboshlilami bir necha marta mag'lubiyatga 

uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi o'zaro kurash va 

tarqoqlikka  barham  berdi.  Ubaydullaxon  vafot  etgach,  ichki  ziddiyatlar  yana  kuchaydi.  Hokimiyat  uchun qattiq  kurashlar  boshlandi. 

Shayboniyxon  avlodlarining  har  birida 10—12 nafardan o'g'il  bo'lib,  ulaming  har  bin  toj-taxtga da'vogar edilar. Ulaming  har bin o'z 

otamerosi  bo'lgan  hududlarda  o'z qo'shiniga  bosh bo'lib,  mustaqillikka intilar, o'zini  oliy  hukmdor  deb  his  etar hamda imkoni  bo'lsa, 

xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edilar. Ubaydullaxondan so'ng shayboniylar sulolasi vakillari o'rtasida o'zaro nizolar avjiga chiqdi. 

Buning oqibatida Abdullaxon I ning qisqa hukmronligi (1540—1541) dan so'ng mamlakatda qo'shhokimiyatchilik vujudga keldi. Ya'ni 

bir davlatda ikki hukmdor paydo bo'ldi. Biri — Ubaydullaxonning o'g'li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi — Ko'chkunchixonning o'g'li 




 

 

Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshladilar. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo'linib ketdi. Biroq qachondir, 



kimdir bu holatga chek qo'yishi kerak edi. 

Mamlakatdagi  parokandalikka  chek  qo'yish  uchun  markaziy  hokimiyatni  yana  tiklash va kuchaytirish  zarur edi. Bu  zaruriyatni  qonli 

urushlarsiz  amalga  oshirib  bo'lmas  edi.  Ana  shunday  sharoitda  kurash  maydoniga  Miyonqol  hukmdori  Iskandar  Sultonning  o'g'li 

Abdullaxon П (1534—1598) chiqdi. Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo'ybor qishlog'ida istiqomat qiluvchi, g'oyatda katta 

nufuzga ega bo'lgan shayx Muhammad Islom (1493—1563)ning ixlosi baland bo'lganligi Abdullaxonga bu kurashda juda katta madad 

bo'ldi. Muhammad Islom va uning avlodlari o'zlarining kelib chiqishini ota tomondan Muhammad payg'ambar avlodlariga, ona tomondan 

esa  Chingizxon  va  Jo'jiga  ular  edilar.  Aslzodalik  va  tasavvuf  tariqatidagi  mavqeyiga  ko'ra,  Jo'ybor  shayxlari  somoniylar  davridan 

boshlaboq davlat ishlarida muhim mansablami egallab kelar edilar. XVI asming ikkinchi yarmida Shayx Muhammad Islom, keyinchalik 

uning  o'g'li  Shayx  Abubakr  Sa'd  Buxoroda  shayxulislom  lavozimini  egallagan  edilar.  1556-yili  Muhammad  Islomning  ko'magida 

Abdullaxon  amalda  Buxoro  taxtini  egallaydi.  Muhammad  Islom  Alloh  nomidan  Abdullaxonning  faoliyatiga  oq  fotiha  bergan  edi. 

Abdullaxon II awal amakisi, Balx va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni (1557—1561), keyin otasi Iskandarxonni (1561—1583) xon 

deb e'lon qilgan bo'lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon II ning o'zi edi. Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz 

urushlarda  kechdi.  Chunonchi,  1574-yili  Balxni,  1578-yili  Samarqandni,  1583-yili  Toshkent  va  Farg'onani,  1584-yili  Badaxshonni, 

1595-yili  Xorazmni  zabt  etdi  va  o'z  davlati  tarkibiga  qo'shib  oldi.  Shundan  keyin  uning  davlati  sarhadlari  janubda  Hirotdan 

Mashhadgacha, shimolda Oral dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko'lgacha yetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana 

yagona  hukmdor  qo'li  ostida  birlashtirildi.  XVI  asr  oxirlariga  kelib  Buxoro  xonligi  nisbatan  markazlashgan  ulkan  davlatga  aylandi. 

Shunday  qilib,  XVI  asrdagi  davlatchiligimiz  tarixida  yetakchi  sulola  —  shayboniylar  sulolasi  bo'ldi.  Bu  sulola  o'zbek  davlatchiligi 

rivojiga ma'lum darajada hissa qo'shdi. Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa o'zbek davlatchiligi o'z tarixida yana bir 

bor  yuksak  darajaga  ko'tarila  oldi.Abdullaxon  II  mamlakatni  birlashtirish  yo’lida  shayboniy  sultonlaming  markaziy  hokimiyatni 

kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu maqsad yo'lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. 

Abdullaxon II  garchand davlatni  markazlashtira  olgan  bo'lsa-da,  davlatdagi  ichki  nizolarga to'la barham  bera olmadi. Shunday  qilib, 

Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o'tgach, bir asr davom etgan shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. Shayboniy Abdullaxon II 

1598-yil  fevral  oyida  vafot  etgach,  taxtga  uning  o'g'li  Abdulmo'min  o'tqizildi.  Biroq  o'sha  yili  —  1598-yil  iyul  oyida  Abdulmo'min 

fitnachilar tomonidan O'ratepa va Zomin oralig'ida o'ldirildi. Undan qolgan ikki yashar o'g'ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi. 

Taxt  uchun  kurash  boshlandi.  Buxoroning  bir  guruh  amirlari  shayboniylardan  Ibodulla  Sultonning  o'g'li  Abdulaminni  xon  qilib 

ko'tarishga  urindilar.  Shayboniylaming  boshqa  guruhi  esa  Abdullaxon  II  ning  jiyani,  Sulaymon  Sultonning  o'g'li  Balx  hokimi 

Pirmuhammadni shayboniylaming oliy xoqoni deb e'lon qiladilar.  Ichki  kurash natijasida Pirmuhammad Balxdan chaqirib olinadi va 

taxtga o'tqiziladi. Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida sodir bo'lgan og'ir vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori shoh Abbos bostirib 

kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi. Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oldi. Ayni 

paytda,  qozoq  xoni  Tavakkal  Movarounnahrga  qo'shin  tortib,  Axsi,  Andijon,  Toshkent,  Samarqandni  egallab,  Buxoro  tomon  yurdi. 

Xurosondan Buxoroga yetib kelgan Pirmuhammadxon Buxoro himoyasiga kirishdi. Xonlikning ko'pgina amirlari o'z qo'shinlari bilan 

Pirmuhammadxonga  qo'shildi.  Tavakkal  Buxoroni  2  oy  davomida  qamal  qilsa-  da,  uni  ololmay  Samarqand  tomon  chekindi. 

Pirmuhammadxon qo'shinlari uni ta'qib etib, 1599-yil avgust oyi oxirlarida Miyonqolning Uchqora mavzeyiga yetib oldilar va shu yerda 

bo'lgan jangda T avakkal qo'shinlari tor-mor keltirildi. Movarounnahr hududi ozod etildi, qozoq lashkarlari Dashti Qipchoqqa chekindi. 

Pirmuhammad  Buxoro  xonligini  yana  ikki  yilcha  idora  qildi.  Tez  orada  Jaloir,  Do'rmon  qabila  boshliqlarining  ig'vosi  bilan 

Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o'rtasidagi munosabatlar buzildi. Oxir-oqibatda Pirmuhammadxon bilan ashtarxoniy Jonibek 

Sultonning  o'g'li  Boqi  Muhammad  o'rtasida  1601-yilda  Samarqand  yaqinidagi  Bog'i  Shamol  mavzeyida  jang  bo'ladi.  Jangda 

Pirmuhammadxon yengiladi va 80 yoshida qatl etiladi. Ubaydullaxon davrida davlat Buxoro xonligi deb atala boshlandi. Abdullaxon II 

davlatchiligimiz tarixida yirik markazlashgan davlat barpo etdi. Shayboniylar sulolasi hukmronligi bir asr davom etdi. 

2.  Dramaturg va shoir Fridrex Shiller ijodidagi bosh g’oya. 

Bu davrda Germaniya 300 ga yaqin mayda-mayda knyazliklarga bo'linib ketgan edi. U yozgan pyesalar nemis xalqi uchun o'ziga xos 

ma'rifat alifbosi vazifasini o'tadi. Teatr o'rindiqlarini to'ldirib o'tirgan tomoshabinlar yoqib qolgan qahramonlari bilan birga zulmdan ozod 

bo'lishni  orzu  qilganlar.  Tomoshabinlar  obro'li,aslzodalaming,  aslida  esa  muttahamlaming  ayyorligidan  g  'azablanganlar.  Oshiq 

qalblaming  halokatiga  esa  achchiq-achchiq  yig'laganlar.Asar  qahramonlaridan  biri  Karl  Moor  o'zi  yashayotgan  dunyoning  bezagi  va 

pastkashligiga  qarshi  imish  e'lon  qilib  bunday  deydi:  «Menga  xuddi  o'zimdek  bir  necha  shoir  kishilami  beringlar  va  Germaniya 

Respublika bo'ladi». U insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida himoya qilgan:Inson qahrliroq siz о 'ylagandan, Asrlik uyquning 

yo 'lin buzib u O’zining huquqini so 'rar qaytadan 

3.  Boborahim Mashrabning hayoti va faoliyati.Mashrab (taxallusi; asl ism-sharifi Boborahim Mulla Vali o‘g‘li) (1640, Namangan — 

1711, Balx) — shoir va mutafakkir. Mashrab nomi 18—19-asrlarda tuzilgan tazkira va tasawufiy yo'nalishdagi asarlarda (masalan, Bade 

Samarqandiyning «Muzokir ul-ashob» va b.) zikr etiladi. Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maTumotlar 

nihoyatda kam. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq ma’lumot beruvchi manba yo‘q. Uning o‘z asarlarini to'plab, 

devon yoki biror majmua tuzganligi maTum emas. Faqat «Devoni Mashrab», «Devonai Mashrab», «Eshoni Mashrab», «Hazrati shoh 

Mashrab» nomlari ostida xalq orasida qoTyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ulaming kim tomonidan va qachon 

tuzilganligi noma Turn) shoiming hayot  yoTi va ijodiy faoliyati maTum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan 

namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik o'zgartirish va tuzatishlarga 

duch kelgan, turli to‘qimalar, yangi-yangi rivoyat, naqllar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan to‘ldirila borilgan. Natijada qissalarda 

tarixiy Mashrab va lining ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalq tasawuridagi to‘qima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht — rivoyatlar bilan 

qorishib ketgan. Shunday bo‘lsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yo‘lini nisbatan to‘la va bosqichma- bosqich bayon etuvchi, 

shuningdek, yaratgan asarlarining ko‘pgina qismini o‘zida jamlovchi adabiytarixiy manba sifatida ilmiy ahamiyat 

kasb


 

etadi. 


Mashrab otadan yosh  yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari  yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik o‘tkazadi. Mashrab din 

asoslari  va  falsafadan  yaxshi  xabardor  bo‘lgan  So’fi  Eshon  Mulla  Bozor  Oxund  (xo‘ja  Ubaydullo)  qo‘lida  diniy  ta’lim  oladi,  so’fiy

 

tariqatlar 



bo'yicha 

bilimini 

oshiradi, 

forsiy 


tilni 

o‘rganadi. 

Taxminan 1665  yillarda  Mulla  Bozor  Oxund  tavsiyasiga ko‘ra,  o‘sha zamonda  katta  obro‘ga ega  bo'lgan  yirik din arbobi qashqarlik 

Hidoyatullo  Ofoq  Xoja  eshon  huzuriga  boradi.  Shoir  adabiy  merosidagi  diniy  mazmun  va  tasavvufiy  yo'nalishruhidagi  she’rlaming 

ko‘pchilik  qismi  Ofoq  Xoja  dargohida  va  uning  targ'ibot-saboqlari  ta’sirida  yaratilgan.  Ofoq  Xoja  shaxsiy  xislat-  fazilatlarini  madh 

etuvchi,  uni  «piru  rahbar»  deb  tan oluvchi  baytmisralar  mujassam  bo‘lgan  g‘azal  va  muxammaslar  ham  («Koshki»,  «0‘zum»  radifli 




 

 

g‘azallar, «Qolmadi» radifli muxammas) shu muridlik yillari mahsulidir. Mashrab taxminan 1672—73 yillarda Ofoq Xoja dargohini tark 



etadi. Qissalarda  qayd  etilishicha,  bunga  Mashrabning  piri dargohidagi  kanizaklaming  biriga  ko‘ngil  qo‘ygani,  sevib-sevilgani  sabab 

bo'lgan. Ammo Mashrabning og‘ir jismoniy jazolanib quvilishi zaminida pir bilan murid o‘rtasida jiddiy g‘oyaviy ziddiyatlar bo‘lgan 

deyilsa,  haqiqatga  muvofiq  bo'ladi.  Mashrab  pin  dargohidan  ketgach,  deyarli  40  yillik  umrini  doimiy  safarda,  turli  o‘lkalarda 

darbadarlikda o‘tkazadi. Qo‘nimsiz hayotga  yuzlangan shoir, asosan, ijodiy ish bilan shug'ullanadi. Oddiy  xalqning qashshoq hayoti, 

zulmu sitam ostidagi ohu nolasi shoir qalbini larzaga soladi («Dili tig‘i sitamdin рога bo‘lg‘on xalqni ko‘rdum»...). Mashrab asarlarining 

aksariyati chuqur ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘sha davr hayoti, jamiyatdagi voqea-hodisalar bilan chambarchas bog'liq. Xususan, u 

ba’zi ruhoniylaming kirdikorlari va hiylagarliklarini fosh etadi, tekinxo'r mulkdorlar va johil amaldorlaming zo‘ravonlik faoliyatlarini 

tanqid qiladi. Mashrabning bu tur asarlari qo‘ldan qo‘lga, og‘izdan og'izga o‘tib, tez tarqalgan. Xuddi shuning uchun ham Mashrabning 

biror qishloq yoki shaharga kelishi izsiz qolmagan, odil kambag‘al xalq uni quvonch-xursandchilik va qiziqish bilan qarshi olgan. Shoir 

qo'nimsiz  hayotining  so'nggi  manzili  Balxda  ham  hokim  tabaqa  va  mutaassib  shayx-mullalar  Mashrabni  jisman  yo‘qotish  payiga 

tushadilar. Shu teskarichi guruhlarning rasmiy fatvosi va Mahmudbiy 

Qatag'onning 

hukmi 

bilan 


dorga 

osiladi. 

4. 

“Reformasiya” atamasiga izoh bering. isloh qilish 



9- bilet 

1.  XVI asrda Angliya. 

XVI asr Tyudorlar sulolasi asri bo'ldi. Bu yuz yillik Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turadi. Bular 

-  reformatsiya,  mutlaq  monarxiyaning  kuchayishi  va  dengizda  Angliya  hukmronligining  o'matilishiedi.  Angliyada  reformatsiya  qirol 

Genrix VIII hukmronligi davriga to 'g 'ri keldi. Angliyada reformatsiya xalqning talabi bilan emas, balki qirolning xohish va irodasi bilan 

amalga oshirildi. Genrix VIII qirol hokimiyatini  yanada mustahkamlash uchun cherkovni  yerdan va boshqa mol-mulklardan mahrum 

etish  haqida  farmon  chiqardi.  Ularga  qarashli  bo'lgan  yerlaming  2/3  qismi  sotib  yuborildi.  Angliyada  protestantlik  ta'limotiga  amal 

qiluvchi  cherkov anglikan  cherkovi  deb  ataldi.  Qirol  cherkov boshlig'i  deb  e'lon qilindi.  Rim  Papasi  hokimiyati  inkor etildi.  Katolik 

cherkovining  boyliklari  tortib  olindi.  Kontrreformatsiya.  Genrix  VIII  ning  qizi  Mariya  о  'z  hukmronligi  davrida  (1553-1558) 

kontrreformatsiya o'tkazishgaurindi. U o'zining cherkov boshlig'i ekanligidan foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e'lon qildi va 

katolik  cherkovini  tiklashga  kirishdi.  Mariya  parlamentning  Angliyada  Rim  Papasi  hokimiyatini  qayta  tiklash  haqidagi  qarori 

chiqarilishiga  erishdi.  Ayni  paytda  shakkoklikka  qarshi  o'rta  asrlar  qonunlari  qayta  tiklandi.  Mamlakatda  qatag'on  boshlandi,  katolik 

dushmanlari olovda  yondirildi. Shunday sharoitda ко  'pchilik  protestantlar Germaniya va Shveytsariyaga qochib ketib jon saqladilar. 

Mariyaning  qatag'on  siyosati  mamlakatda  norozilikni  kuchaytirib  yubordi.  Hukmron  tabaqalar  endi  Genrix  VIII  ning  boshqa  qizi 

Yelizavetani qirollik taxtiga о 'tqazishga qaror qildilar va Maiiya vafotidan so 'nggina bunga erishdilar. Angliya Yelizaveta hukmronligi 

davrida (1558-1603). Yangi qirolicha ajoyib shaxsiy sifatlarga, kuchli irodaga va qobiliyatga ega edi. Yelizaveta I protestantlikni davlat 

dini deb e'lon qildi. Qirolichaning o'zi «Cherkov va dunyoviy ishlaming oliy hukmdori» unvonini oldi. Cherkov ibo- datlari endi xalqning 

katta qismiga tushunarsiz bo 'lgan lotin tilida emas, balki ingliz tilida о 'tkaziladigan bo 'ldi. Yelizaveta I ning asosiy vazifalaridan biri 

mamlakat  yaxlitligini mustahkamlash edi. Dengiz  hukmronligi  uchun  kurash.  Angliyaning bu davrdagi ashaddiy dushmani katolik 

Ispaniyasi  edi.  Ispaniya  qiroli  Filipp  II  «shakkok»  Angliya  qirolichasi  Yelizaveta  I  ga  nafrat  bilan  qarardi.  Bu  davrda  Gollandiyada 

Ispaniya zulmiga qarshi harakat boshlanganda Yelizaveta I Gollandiya tarafida turdi. Oxir-oqibatda bu ikki davlat о 'rtasida 1588- yilda 

umsh kelib chiqdi. Bo'lib o'tgan jangda Angliya g'alaba qozondi. Bu mag'lubiyatdan so 'ng Ispaniya o'zini qayta o'nglay olmadi. 

2.  Buxorodagi Minorai Kalon. 

XII  asr.  1127  yil  Qoraxoniylar  davlati  amid  Arslonxon  tomonidan  qurilgan  bo'lib,  pishiq  g'ishtdan  naqshdor 

shakllar uslubida ishlangan. Balandligi 50 metr, aylanma eni 9 metr. Minoraning salla shaklidagi yuqori qismi g'isht 

o'ymakorligi  bilan  bezatilib,  kamiz  holiga  keltirilgan.  O'qsimon  tirgak  o'rtasida  Arslonxonning  nomi  hamda 

binokor ustaning ismi Baqo bitilgan. Minora ichida g'ishtin aylanma zinapoya bo'lib, mezanaga olib chiqadi. Minora 

azon chaqirish uchun masjid va madrasalar yonida yoki ularga tutash qilib qurilgan. Minorai Kalon mezanasining 

qubbasi va devorlari muazzin ovozini yanada kuchaytirib berishga xizmat qilgan. 

3.  Abu-Nasr Al-Farobiy hayoti va faoliyati. (873—950) 

O'rta  Osiyoning  ulug'  mutafakkiri  va  qomusiy  olimi  Forobiy  yunon  falsafasini  chuqur  bilgani,  unga  sharhlar  bitganligi  va 

jahonga  targ'ib  qilgani  hamda  zamonasining  ilmlarini  puxta  o'zlashtirib,  fanlar  rivojiga  ulkan  hissa  qo'shgani  uchun  "al-  Muallim 

as-soniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo'ldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (O'tror) 

degan  shaharda  turkiy  qabilaga  mansub  harbiy  xizmatchi  oilasida  tavallud  topdi.  Bo'lajak  faylasuf  boshlang'ich  bilimini  O'trorda 

olgandan so'ng, o'qishini Binkat, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag'dodga 

yo'l oldi. Olim yo'l-yo'lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda bo'ldi. Bag'dodda Yaqin va O'rta Sharq 

mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to'plangan edi. Bu yerda ko'zga ko'ringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafy maktabi, 

turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o'rgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunus (870—940)dan 

yunon  tili  va  falsafasini,  Yuhanna  ibn  Hiylon  (860—  920)dan  esa  tibbiyot  va  mantiq  ilmini  o'rgandi.  Ba'zi  tarixiy  manbalarda 

keltirilishicha, Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. 

Olim 941-yildan Damashqda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay ilm bilan shug'ullanadi, falsafa va boshqa 

fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Sayf ad-davla Abulhasan Ali (hukmronlik yillari 943—967) il-tifoti 

va hurmatiga sazovor bo'ladi. Chunki u olimlaming homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim  Forobiyni o'z saroyiga taklif etadi, lekin, u 

saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni ma'qul ko'radi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti ser-mahsul bo'ldi, bu yerda 

o'zining ko'plab asarlarini yozdi. Forobiy 949—950-yillar Misrda, so'ngra Damashqda yashadi va umrining oxirgi kunlarini shu yerda 

o'tkazdi. U Damashqdagi "Bob as-sag'ir" qabristoniga dafii etilgan. 

Mavjud  ma'lumotlarga  qaraganda,  Forobiy  160  dan  ortiq  asar  yozgan.  Lekin  ulaming  aksariyati  bizgacha  yetib  kelmagan.  Shunga 

qaramay, mavjud risolalarining o'ziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi. 

4. “Federatsiya” atamasini tushuntirib bering. (lotincha ittifoq) hududiy jihatdan muayyan siyosiy mustaqillikka ega bo’lgan bir necha 

davlatlardan iborat ygona ittifoq davlat 

 



 

 

 10- bilet 



1.  Bobil  podsholigi.  Miloddan awalgi II mingyillikdapodsholigi  Mesopotamiya janubidagi eng  yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil 

qulay geografik o'ringa ega bo'lib, Frotva Dajla daryolari 0‘zanlari deyarli bir-biriga qo'shilib ketadigan bir makonda joylashgandi. Kema- 

larda  tovarlari  bilan  birga  suzib  kelgan  aksariyat  sav-  dogarlar  bu  shaharga  qo'nib  o'tishar  edi.  “Bobil”  so'zining  o‘zi  esa  “xudolar 

darvozasf degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo'lgan. Bobilning bosh ko'chasi g'alaba 

ilohasi  Ishtar  darvozasi  bilan  tugallangan.  Bobil  dav-  latida  dehqonchilik,  hunarmandchilik,  ishlab  chiqarish  va  savdo-sotiq  yaxshi 

rivojlanadi. Ammo o'zaro urush- lar bunga xalaqit beradi. 

Miloddan  awalgi  XVIII  asrda  (mil.  aw.  1792—  1750  yillar)  Bobil  podshosi  Xammurapi  butun  Meso-  potamiyani  yagona  davlatga 

birlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. 

Xammurapi tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan. Xammurapi qonunlari hajmi jihatidan, hayotning har xil 

tomonlarini  qamrab  olishi  bilan  ilgari  mavjud  bo'lgan  barcha  qonun-  lardan  ustunlik qiladi.  Xammurapi  qonunlari  hamma  uchun  — 

badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo'lgan. Qonunlar matnlari mamlakatning barcha sha- harlarida o'matilgan tosh ustunlarga 

yozib qo'yilardi. 

Xammurapi qonunlari qat’iyligi bilan kishini lol qoldiradi. Basharti, shifokor amalga oshirgan jarrohlik muolajasi natijasida lletnor 

bevaqt vafot etsa, shifo- koming qo'llari kesib tashlamshi shart boigan. Mabodo arxitektor qurgan uy to'satdan qulab, biror kishini bosib 

qolsa, arxitektor qatl etilishi lozim bo'lgan. 

Qarzni  vaqtida  qaytarmagan  kishi  o‘z  oila  a’zolarini  qarz  bergan  kishiga  uch  yil  muddatga  qullikka  beri-  shi  shart  edi.  Mabodo 

ayblanuvchi jabrlanuvchining ko'zlariga jarohat yetkazgan bo'lsa, o‘zi ham shim- day jazolanishi, ko'zlariga jarohat yetkazilishi shart 

bo'lgan. Yong'in mahalida o'g'rilik ustida qo'lga tush- gan kimsa o'sha zahoti olovga otilgan. Qulfbuzar o'g'ri esa bundan ham qattiqroq 

jazoga mahkum etilgan: u o'zganing mulkiga tajowuz qilgan joyida o'ldirilar, o'sha yeming o'zida ko'mib yuborilar edi. 

Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo'lmasdan, xudolar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan, shuning uchun 

ham ulami so'zsiz, og'ishmasdan bajarish talab qilinardi. Qat’iyligi  va ayovsizligiga qaramay, Xammurapi qonunlari jamiyat rivojiga 

imkoniyat yaratib berdi, negaki talon-taroj, o'g'rilik va davlat mulkini o'marish kabi jinoyatlar deyarli sodir etilmasdi. 

Xammurapi  deyarli  o'ttiz  yil  davomida qo'shni  mam- lakatlami  o'ziga  bo'ysundirish  uchun  tinimsiz urushlar  olib  boradi. Xammurapi 

vafotidan keyin tog'lik kassitlar qabilasi shahami bosib oladi. Kassitlar bosqini Bobil zavolga yuzlanishiga zamin hozirladi, uzoq davom 

etgan yemirilish miloddan awalgi VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelishi bilan yakunlandi. Navuxodonosor  II hukmronligi 

davrida Bobil o'z ravnaqi cho'qqisiga erishadi. Bu hukmdor Mismi Yangi Bobil podsholigiga qo'shib oladi, lyerusalim (Quddus)ni vayron 

qilib  tashlaydi,  Bobilni  esa  mustahkam  qal’aga  aylantiradi.  Navuxodonosor  II  Jangdagi  kamonchilar  turar  joy  binolari  va  mudofaa 

devorlari qurilishida pishgan g'isht ishlatish to'g'risida farmon beradi. U hukmronlik qilgan davrda Bobil shahrining sakkizta darvozasi 

bo'lgan, ulardan har biri mamlakat bosh xu- dolaridan birining nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va 

nafis bo'lgan, hay- vonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor toshtaxtachalar bilan bezatilgan. 

Eronliklar lashkari 539- yilda bostirib kiradi. Fors- lar Bobilni zabt etadilar. Aytilgan sanadan boshlab Yangi Bobil podsholigi Fors 

davlati tarkibiga kiradi. Forslami Bobildan Makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Uning vafotidan so'ngra Bobil Salavkiylar davlati 

tarkibiga kirdi. 

Shumer  va  Akkad  Bobil  madaniyatining  eng  qadimiy  o'choqlaridan  edi.  Jahondagi  eng  qadimiy  yozuvlardan  biri  bo'lmish  Shumer 

mixxati  mil.  aw.  4-  mingyillikda  vujudga  kelgan  edi.  Bu  yozuv  dastawal  “suv”,  “quyosh”  va  boshqa  alohida  so'zlarni  anglatgan 

rasmlardan iborat bo'lgan. 

Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zoda- gonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari ta’lim oluvchi maktablar tashkil 

qilingan edi. O'quvchilar qotmagan loy taxtachalarga suyak va yog'ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Loy taxtacha- lar awal 

oftobda  quritilgan,  so'ngra  xumdonlarda  pi-  shirilgan.  Bu  taxtachalar  ilk  kitoblar  bo'lib,  o'quvchilar  asotirlar  va  afsonalami  ko'chirib 

yozishgan, o'simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro'yxatlar tuzishgan. Loy taxtachalarda mamlakatlar, 

shaharlar va qishloqlar nomlari ham sanab o'tilgan. 

Shumeriar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar to- monidan 365 kun, oy 

yili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar — munajjimlar astronomi- yaga oid bilimlarga ega bolishgan. Eng 

qadimgi rasad- xonalar baland, ko'pzinali ibodatxonalar — zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. 

Mil.  aw.  3-  mingyillikdayoq  Mesopotamiyada  turli-  tuman  dori-darmonlami  tayyorlash  bo'yicha  dastu-  rilamal  tuzilgan  edi. 

Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda dengiz bo'ylab suzishga im- koniyat bergan. 

Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan edi. 

2.  Rus tilining asoschisi A.S.Pushkin ijodidagi bosh g’oya. 

A.S.Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko'radi, uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. Shuning 

uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo'lgan cheksiz hurmat tuyg'usi barq urib turadi. 

Chunonchi, Dadon shohni oling («Oltin xo'roz haqida ertak»). U g'irt ahmoq, na xalqni sevadi va na farzandlariga mehribon 

otalik  qila  oladi.  Dadon  o'taketgan  darajada  maishatparast  va  kaltabin.  U  butun  podsholigidan,  xalqidan,  farzandlaridan  o'zga  yurtli 

makkor ayolni ustun qo'yadi. Buni xalq kechirmaydi. Natijada shoh xalqning qahr-g'azabiga duchor bo'ladi. Oltin xo'roz tepkisidan halok 

bo'lgan shohga birovning rahmi ham kelmaydi, shohning o'limi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi. 

Pop  («Pop  va  uning  xizmatkori  Baida  haqida  ertak»)  obrazini  shoir  o'ziga  xos  tarzda  aks  ettirib  eradi.  Tekinxo'r,  ochko'z, 

o'zgalar  hisobiga  umr  kechiradigan  bir  pastkash  kimsa  ekanligini  keskin  ochib  tashlaydi.  Unga  qarama-qarshi  qilib  oddiy  va  halol, 




 

 

mehnatkash va bahodir yigit Baida obrazini ijod cho'qqisiga ko'taradi. 



3.  Muhammad Rizo Ogahiyning hayoti va faoliyati. 

Muhammad Rizo Ogahiy (1809—1874) Ulug‘ o‘zbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi Muhammad 

Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida Emiyozbek mirob oilasida (1809) tug‘ildi. Uch yoshligida otasi o‘lib, amakisi Munis 

tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 yilda miroblikdan iste’fo beradi. 

Qolgan umrini ijodga bag‘ishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi. 

Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (0‘zFA Shi inv. № 938), 19 ta asami o‘zbek tiliga taijima qildi (inv. № 1214; 809.), 5 ta 

tarixiy asar  yozdi (inv. № 7474). U shoir sifatida Navoiy an’analarini davom ettirdi. «Тa’vizul-oshiqin» («Oshiqlar tumori»~) nomli 

devon  tuzgan.  Unda  18.000  misra  she’ri  jamlangan,  shundan  1.300  misrasi  forsiy  she’rlari.  U  20  ga  yaqin  she’riy  janrlarda  asarlar 

yaratgan. 

0‘zbek  mumtoz  adabiyotida  Ogahiy  bilimdon  siyosatchi,  tarixchi  sifatida  ham  yorqin  iz  qoldirgan.  U  «Rivozud-  davla»  (1844), 

«Zubdatut-tavorix» (1845—1846), «Jome’ul-voqeoti Sultoniv» (1856), «Gulshani davlat» (1865), «Shohidi iqbol» (1873) kabi tarixiy 

asarlar  yozdi.  Bu  asarlarda  Xiva  xonlari  Olloqulixon  (1825—1842),  Rahimqulixon  (1843—1846),  Muhammad  Aminxon  II 

(1846—1855),  Sayyid  Muhammadxon  (1856—1865),  Muhammad  Rahimxon  II  (1865—1872)  davridagi  voqealar  bayon  qilingan. 

Mirxond,  Xondamiming  tarixiy  asarlarini  tarjima  qildi.  Bu  asarlardan  N.Muravev,  N.Veselovskiy,  V.Bartold,  R.Ivanov,  S.Tolstov, 

Yahyo G‘ulomovlar o‘z ishlarida foydalanishgan. 

Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. Ular 

Nizomiyning  «Haft  pavkar»  (nasr  bilan),  Sa’diyning  «Guliston».  Kaykovusning  «Oobusnoma».  Mirxondning  «Ravzatus-  safo». 

Muhammad Mahriy Astrabodiyning «Tarixi Jahonkushovi Nodiriv». Zayniddin Vosifiyning «Badoe’ul-vaqoe’». 

Mahmud  G‘ijduvoniyning  «Miftohut-tolibin».  Muhammad  Muqim  Hirotiyning  «Taboqoti  Akbarshohiv».  Muhammad  Yusuf 

Munshiyning  «Tazkiravi  Muqimxoniv».  Rizoqulixon  Hidoyatning  «Ravzatus-safovi  Nosiriv».  Husayn  Voiz  Koshifiyning  «Axloqi 

Muhsiniv».  Muhammad  Vorisning  «Zubdatul-hikovat».  «Sharhi  dalovilul-havrot».  Jomiyning  «Yusuf  va  Zulavho».  Badriddin 

Hiloliyning «Shoh va gado». Nizomiyning «Haft pavkar» kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir. 

4.  “Paleolit” atamasiga izoh bering.- Qadimgi tosh asri, (yunoncha "paleos"— "qadimgi" va "litos" — "tosh" so‘zlaridan) 

11- bilet 

1.  Yunon-Baqtriya podsholigi. 

Miloddan awalgi III asr o'rtalarida Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, 

Diodot — mingta Baqtriya shahri hukmdori o'zini podsho deb e'lon qiladi. Shu voqeadan Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Mil. 

aw.  250-yilda  Salavkiylar  davlati  tarkibidan  ajralib  chiqqan  Parfiya  Baqtriyaning  raqibiga  aylanadi.  Baqtriyadan  tashqari, 

Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga So'g'diyona va Marg'iyona ham kirgan edi. Diodotdan keyin Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat 

tarixida  sezilarli  iz  qoldirmagan  Yevtidemga  o'tdi.  Yevtidemning  o'g'li  Demetriy  hukmronligi  davrida  (mil.  aw.  199—167-yy.) 

Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo'ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo'shib olingan edi. 

Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo'liga o'tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. YunonBaqtriya davlati tinimsiz urushlar 

olib borishga majbur ediki, bu hoi uning kuchsizlanishiga sabab bo'ldi. Bundan foydalangan ko'chmanchi yuechji qabilalari miloddan 

awalgi 140—130- yillarda Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. 

Madaniyatning  rivojlanishi  Yunon-Baqtriya  davlati  120  yil  yashadi.  Shu  davr  mobaynida  uning  iqtisodiyoti  va  madaniyati 

yuksaldi.  Hunarmandchilik  va  savdo-sotiq  rivojlandi,  ko'plab  shaharlar  barpo  etildi.  Baqtriya,  So'g'diyona  va  Marg'iyona 

hunarmandlari yasagan buyumlar ko'pgina qo'shni shaharlar va davlatlarga ham tarqaldi. 

Eslab qoling! Yunon-Baqtriya davlati hukmdorlari Diodot, Yevtidem, Demetriy. 

Eslab qoling! Yunon-Baqtriya davlati 120 yil hukmronlik qildi. 

Eslab qoling! Baqtra, Maroqanda, Marg'iyona Antioxiysi (Marv) va Termiz - Salavkiylar davlatining yirik shaharlari hisoblanadi. 

Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan. Dajla daryosi bo'yi — Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo'li 

qurib  bitkazilgach,  jahondagi  ko'pgina  davlatlar  bilan  xalqaro  savdo-sotiq  va  madaniy  aloqalar  jonlandi.  Baqtriya  orqali  Xitoydan 

Hindistonga boradigan karvon yo'li, shuningdek, Buyuk Ipak yo'lining janubiy tarmoqlari o'tgan edi. 

2.  Qadimgi Bobildagi Semiramida osma bog’lari. 

Qirol Navuxodonasr II tomonidan er.av. taxminan 600 yilda barpo etilgan. Bobil osma bog'lari tog'ga ayvon usulida qurilgan. Qadimgi 

tarixchilaming xabar berishicha, o'sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo'lib, o'zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur 

bo'lgan. Osma bog'lar ustun qilib yuqoriga ko'tarilgan bimecha ayvonlardan tashkil topgan. Ulaming balandligi 24 metrdan 90 metrgacha 

yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o'sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug'orilgan. Arxeologlar Furot daryosi bo'ylaridan osma 

bog'larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlami topishgan. Bu bog'lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda 

(hozirgi Iraq davlati hududida) bo'lgan. Samoviy bog'laming yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan 

bog'lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan awalgi 

6

-asrda bunyod etilgan. Podsho o'z saroy- ini baland 



sun'iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat- qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ulami 

baland tosh ustun tutib turgan. Ayvonlaming usti qamish bilan yopilib, ustidan g'isht terilgan, so'ng qo'rg'oshin plastinkalar yotqizilgan. 

Keyin yuqoriga juda ko'r miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo'ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o'tqazilib, go'zal 

bog'lar  yaratilgan.  Bu  bog'lami  sug'orish  uchun  suvni  Furot  daryosidan  olganlar.  Suvni  tepaga  ko'tarib  beradigan,  charm  idishlar 

o'matilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog'lar shu darajada go'zal ediki, 

uni yetti iqlimda uo'q «bog'i eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog'lami ko'ra olmaydilar. Furot daryosining 

dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog'lar o'mida minora cha ayvonlaming xarobalari qolgan, xolos. 

3.  Abdulla Avloniyning hayoti va faoliyati. 

Abdulla Avloniy (1874-1934) Yangi davr o'zbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan bin, bolalar adabiyoti, o‘zbek milliy teatri, 

dramaturgiyasi, matbuoti, o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo'ygan, xalqimizning asl farzandi Abdulla Avloniydir. 

Avloniy  1878-yil  12-iyulda  Toshkentning  Mergancha  mahallasida  to'quvchi  Miravlon  aka  oilasida  tavallud  topdi.  Awal  O'qchidagi 



 

 

boshlang'ich  maktabda,  so'ng  shahar madrasalaridan  birida tahsil oldi. Biroq  ko'proq mustaqil  o'qib-o'rgandi,  tez orada o'z  davrining 



savodxon, ma’rifatparvar kishisiga aylandi. Avioniy asrimiz boshlarida o'lkamizda avj olganjadidchilik harakatining faol ishtirokchisi 

sifatida millat bolalarmi savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni ozod ko'rish, farovon etish yo'lida 

fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda ko'p sohalarda faol ish olib bordi. 1907- yilda o'z uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr 

qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usuliiadid» maktablari uchun to'rt qismdan iborat «Adabivot voxud milliy she’rlar». 

«Birinchi  muallim».  «Ikkinchi  muallim».  «Maktab  gulistoni».  «Turkiv  guliston  voxud  axloq»  kabi  darslik  va  o'qish  kitoblari  tuzdi. 

Maktab-maorif  ishlariga  yordam  ko'rsatish  maqsadida  xayriya  jamiyati  tashkil  qildi.  «Nashrivot»  shirkati  tuzib,  Xadrada  «Maktab 

kutubxonasi» kitob do'konini ochdi. 

Ma’rifatparvar  adib,  dramaturg,  pedagog,  noshir  va  jamoat  arbobi  Abdulla  Avloniy  1934-yil  25-avgustda  Toshkentda  vafot  etdi. 

Toshkentdagi Botkina qabristoniga dafii etilgan. 

4.  “Shovinizm” atamasiga ta'rif bering. irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urunuvchi o’taketgan millatchilik  

12- bilet 

1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Fransiya. Iqtisodiy ahvol XIX asr so'nggi choragida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashdi. 

Chunonchi, dunyoda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo'yicha ikkinchi o'rindan to'rtinchi o'ringa tushib qoldi. Xo'sh, Fransiya  iqtisodiy 

taraqqiyoti  sekinlashuvining  asosiy  sabablari  nimalardan  iborat  edi?Awalo,  Fransiyaning  hamon  mayda  tovar  ishlab  chiqamvchilar 

davlati bo'lib qolayotganligi import hajmining eksportdan ortiq bo'lishiga olib kelgan. Bu esa o'z navbatida ichki bozoming cheklanishiga 

sabab bo'lgan. Ikkinchidan, Fransiya tabiiy boyliklari kam davlat edi. Uchinchidan, Prussiya bilan bo'lgan urush Fransiyaga juda katta 

moddiy talafot  yetkazdi. Umshda  Fransiya 13 mlrd. frank zarar ko'rdi.  To'rtinchidan, ichki siyosiy vaziyatning beqarorligi  mamlakat 

iqtisodiy ahvoliga katta salbiy ta'sir ko'rsatdi. Beshinchidan, dehqonlar xarid quwatining pastligi sanoat ishlab chiqarishi o'sishiga salbiy 

ta'sir ko'rsatayotgan  edi. Oltinchidan,  Fransiya  chetga  ko'p kapital  chiqarib yuborgan edi. Bu  sarmoyadorlarga  katta foyda  keltirardi. 

Shuning uchun ham sarmoyadorlar (kapitalistlar) o'z sarmoyalarini (kapitalini) mamlakat ishlab chiqarishiga emas, balki chetga (katta 

foiz  evaziga,  albatta)  chiqarishni  afzal  ko'rgan.  Pmssiya  bilan  umsh  tugagach,  hukmron  doiralar  о  rtasida  hokimiyat  uchun  kurash 

kuchayib ketdi. Ulami shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin edi. Birinchisi — monarxiya tarafdorlari, ikkincliisi — respublika 

tarafdorlari  edi.  1873-yilda  Germaniyaga  tovon  to'lab  bo'lindi.  Nihoyat,  Germaniya  o'z  qo'shinlarini  Fransiyadan  olib  chiqib  ketdi. 

Respublikachilar mamlakat parlamentida (Milliy Majlis) ozchilikni tashkil etganlar. Biroq, Fransiya aholisining katta qismi monarxiyaga 

qarshi  bo'lganligi  ularga  madad  bo'lardi.  Milliy  Majlisda  ko'pchilikni  tashkil  etgan  monarxiyachilar  o'z  nomzodlarini  ikki  bor 

prezidentlikka  saylagan  bo'lsalar-da,  monarxiyani  tiklashga  urinishi  natijasiz  tugadi.  Keskin  ichki  siyosiy  kurashda  oxir-oqibatda 

respublikachilar  g'alaba  qozondi.  1875-yil  Uchinchi  Respublika  Konstutsiyasi  qabul  qilindi.  Unga  ko'ra  prezidentlik  lavozimi  saqlab 

qolindi. Ayni paytda ikki palatali (Deputatlar palatasi va Senat) parlament (Milliy Majlis) tashkil etildi. Uning vakolat muddati 4 yil etib 

belgilandi.Parlament  har  ikki  palatasining  qo'shma  yig'ilishi  7  yil  muddatga  mamlakat  prezidentini  saylar  edi.  Ijroiya  hokimiyat 

prezidentga va hukumatga tegishli edi. Prezident vazirlami tayinlash, respublika nomidan tashqi siyosat yuritish, shuningdek, urush e'lon 

qilish va sulh tuzish, umumiy afv e'lon qilish kabi vakolatlarga ega edi.Hukumat a'zolarini prezident tayinlasa-da, ular parlament oldida 

javobgar edi. „Marselyeza" qo'shig'i mamlakat madhiyasi etib belgilandi. Buyuk fransuz inqilobi boshlangan (1789-yil) 14-iyul fransuz 

xalqining Milliy bayram kuni deb e'lon qilindi. O'sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan qator huquq va erkinliklar e'lon qilindi. 

Xususan, matbuot va yig'ilish o'tka- zish, siyosiy tashviqot bilan shug'ullanish kabi erkinlik va huquqlar shular jumlasidandir. Lekin, 

xotin-qizlarga saylov huquqi berilmagan 

2.  Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi. 

Amir  Temur  maqbarasining  qurilishi  1403-yildan  boshlangan  bo'lib,  ushbu  maqbarani  Sohibqiron  bobomiz  Amir  Temur 

Samarqandda  suyukli  nabirasi  Muhammad  Sultonga  atab  qurdirgan.  Maqbarada  Sohibqironning  piri  Mir  Sayyid  Baraka  va  Sayyid 

Umaming  qabri  ham  bor.  Amir  Temuming  ustozlaridan  bo’lgan  Mir  Sayyid  Baraka  1404  -  yilda  Mozandaronda  vafot  etgan  va 

Afg’onistonning Andxud shahrida dafii etilgan. Amir Temur vasiyatiga ko’ra jasadi Samarqandga SHohruh Mirzo tomonidan keltirilgan. 

Buyuk Sohibqiron o’z jasadini uning oyog’i uchiga qo’yishlarini vasiyat qiladi. Bundan tashqari, maqbaraga A. Temuming o’g’illari 

Umarshayx,  Mironshoh  va  SHohruh,  nabiralari  Muhammad  Sulton,  Mirzo  Ulug’bek  va  boshqalar  dafii  etilgan.  Amir  Temur 

maqbarasining ichki ko’rinishi to’rtburchak, iming tashqi ko’rinishi esa sakkiz tomonli prizma shaklida. Prizma ustida ko’p qovurg’ali 

gumbazni  ko’tarib  turuvchi  slindr  shakldagi  qurilma  ishlangan.  Ziyoratxona  o’rtasidagi  hazira  sahniga  qator  qabrtoshlar  qo’yilgan. 

Maqbara binosi va uning oldidagi peshtoqli darvozasi bor hovli saqlangan. Maqbaraning janub va g’arb tomonidagi g’ishtdan ishlangan 

bezaksiz katta peshtoqli gumbaz qay vaqtda qurilganligi aniq emas. Maqbara devorlari havorang, zangori va oq sirli koshinlar, geometrik 

shakldagi naqshlar bilan bezalgan. Maqbara quril;ishi Amir temuming nabirasi Mirzo ulug’bek davrida ham davom ettirilgan. Uning 

davrida qabrlaming turgan joyi o’ymakor marmar panjara bilan o’raglan. Uning buyrug’i bilan 1424 -yili maqbaraning sharq tomonida 

to’rt  qubbali  galeriya  qurildi.  Ushbu  galeriyadan  maqbaraga  kirish  mumkin.  Maqbara  interyerining  sosi  havorang,  devorlariga  esa 

naqshlar berilgan. Maqbaraning tashqi gumbazi qovurg’ali baland doira asos poyasiga o’matilgan. Amir Temur maqbarasining bugungi 

ko’rinishi XV asrdagi majmuaning saqlanib qolgan bir qismidir. Bu me’moriy ansambl O’rta Osiyoning noyob me’moriy durdonalari 

orasida alohida o’rin egallaydi. Mustaqillik yillarida ko’plab tarixiy obidalarimiz singari Amir Temur maqbarasi ham qayta ta’mirlandi. 

O’zining serhasham, mahobatli ko’rinishi qaytadan tiklandi. 

3.  Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati. 

Bobur  (taxallusi;  toTiq  ismi  Zahiriddin  Muhammad  ibn  Umarshayx  Mirzo)  (1483.14.2,  Andiion  1530.26.12,  Agra)  —  o‘zbek 

mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy 

shahzoda. 

Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug

1

 Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi 



Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi o'qimishli va oqila ayol bo Tib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, 

harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari 

Sirdaryo  bo'yida,  Axsida,  yilning  qolgan  faslini  Andijonda  o‘tkazardi.  Boburning  yoshligi  Andijonda  o‘tgan.  Bobur  barcha  temuriy 

shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko'plab 

tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilmfanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan ,,Bobur“ 

(,,Sher“) laqabini oladi. 




 

 

Bobur otasi yoTidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qo'yadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga qadar 



shu e’tiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Bobumoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va 

chorasizliqdan xalos etganini, eng og‘ir sharoitlarda rahnamolik qilganligini ta’kidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok 

boTgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494-yil iyun). 

Bobur  Temuriylar  saltanatini  himoya  qilish  va  uni  saqlab  qolish  uchun  astoydil  harakat  qilib,  Shayboniyxonga  qarshi  bir  necha  yil 

davomida  muttasil  kurash  olib  borsada,  ammo  mamlakatda  hukm  surgan  og‘ir  iqtisodiy  tanglik  va  siyosiy  parokandalik  sharoitida 

maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yil Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlaming birlashgan qo'shini Shayboniyxon tomonidan 

Sirdaryo bo'yida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 

1501—04-yillarda Bobur Farg'ona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi 

muvaffaqiyatsizlik  bilan  tugaydi.  Temuriylaming  to‘xtovsiz  janglari  va  og‘ir  soliqlaridan  toliqqan  xalq  Bobumi  qoTlamadi  va  u 

Movarounnahmi tark etishga (1504-yil iyun) majbur buladi. 

1507-yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo, bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi. 

1519-yil  bahoriga  kelib  Bobur  Hindistonni  zabt  etish  rejalarini  amalga  oshirishga  kirishadi  va  keyingi  5

—6

  yil  davomida  bir  necha 



yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrahim Lo'diyning yuz ming kishilik qo'shinini 12 

minglik askari bilan tormor qiladi hamda Dehlini egallaydi (q. Panipat janglari.). Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano 

Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha boTgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi. Agrani o‘ziga poytaxt 

sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin 

hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi. 

Hozirda uning 119 g'azali, bir masnu she’ri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qit’alari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari 

aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 

8

 masnaviy ham o‘rin olgan. 



Hindiston  yurishlari  davri  (1521)da Bobur  ,,Mubayyin“ asarini  yaratdi. Masnaviy  tarzida  yozilgan, islom  huquqshunosligi  va shariat 

aqidalariga bag'ishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid o‘sha davr ijtimoiyiqtisodiy hayoti bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar 

ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida mo‘ljallangan ,,Mubayyin“da, ayni zamonda, namoz, 

zakot va haj ziyorati to‘g‘risida ham shar’iy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur Sharq she’riyatining asosiy masalalaridan biri 

aruz  vazni,  uning  nazariyasi  va  amaliyotiga  oid  ilmiy  risolasini  yakunlaydi.  Bobur  nomini  dunyoga  mashhur  qilgan  shoh  asari 

,,Bobumoma“ ustidagi ijodiy ishini 1518—19-yilardaboshlagan (q. ,,Bobumoma“). 

Bobuming yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, „Xatti Boburiy", shuningdek musiqa san’ati va harb ishlariga maxsus bag‘ishlangan 

qator risolalari ham bo‘lgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas.,Дай! Boburiy“da muallif arab alifbosini tahrir etib, 

yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan. 

1526-yil 21-dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrahim Lo‘diyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, uning 

ovqatiga zahar qo‘shtiradi. Shuning asoratimi yoki ko‘p yillik mashaqqatli va qo‘nimsiz hayot ta’sirimi, har holda keyingi yillarda Bobur 

tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527-yil oktabrida Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini his etadi. Shunda Bobur 

o‘zi e’tiqod qo‘ygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan ,,Volidiya“ asarini she’riy tarjima qiladi. 

Bobuming  mohir  taijimon  sifatidagi  qobiliyati  namoyon  bo‘lgan  243  baytli  bu  asar  katta  ijodiy  ilhom  bilan  juda  qisqa  muddatda 

yakunlangan. Bobuming o‘z e’tiroficha, taijima tugashi hamonoq batamom sog‘ayib ketgan. 

Bu  yillarda  u  „Bobumoma"  fasllari  ustida  ishlashni  davom  ettirdi,  yangi-yangi  g‘azalruboiylar  yaratdi,  o‘z  iborasi  bilan  aytganda, 

„Hindistong'a  kelgali  aytqon  ash’omi"  tartibga  solib,  shuningdek,  „Volidiya"  tarjimasini,,Xatti  Boburiy"  bilan  bitilgan  namuna  va 

qit’alami  Movarounnahr  va  Afg‘onistonga,  Xumoyun,  Xoja  Kalon,  Hindol  va  boshqalarga  yubordi.  Humoyun  Mirzoga  atalgan 

ijtimoiy-axloqiy masalalami tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin qirralaridan biri bo‘ldi. 

4. 


“Urbanizasiya” atamasini tushuntirib bering. jamiyat hayotida shaharlar rolining va shahar aholisi salmog’ining ortib borishi 

 13- bilet 

1.  Asteklar davlati. 

Asteklar umg‘ jamoa bo'lib yashaganlar. Jamoa bosh- liqlari saylab qo'yilgan. Ekin maydonlari jamoa a’zolariga taqsimlab berilgan. 

Hukmron qabila vakillaridan tlatoani — lashkarboshi saylanib, u oliy hukmdor bo'lishidan tashqari, bosh kohin vazifasini ham bajargan. 

Asteklar xo‘jaligining asosi sug‘orma dehqonchilik bo‘lgan. Eng muhim ekin makkajo'xori  bo‘lib, undan mo‘l hosil olingan. 18 

Asteklarda hunarmandchilikning kulolchilik, to'qimachilik, mis va oltindan zargarlik buyumlari yasash sohalari yaxshi rivojlangan. Ayni 

paytda ular ma’danlami bilishmaganligi sababli bolta va pichoqlaming toshdan yasalishi davom etgan. Zargarlar qimmatbaho toshlarga 

ishlov  berib,  qadalma  naqshlar  (mozaika)  yasab,  saroy  va  ibodatxona  devorlarini  bezashgan.  Astek  hunarmandlari  ayniqsa  naqshin 

idishlar, ajoyib gazlamalar, qush patlaridan tovus kabi tovlanadigan kashtalar tikishda mohir bo'lganlar. 

Quruvchilar to'g'onlar, kanallar qurishib, xom g'isht yoki toshdan yasalgan ustunlar ustida uylar bunyod et- ganlar. Bozorlarda mol 

ayirboshlash orqali savdo yaxshi rivojlangan. 

Asteklar qo'shni mayyalar ixtirosi asosida o'zlarining quyosh taqvimini yaratganlar. Piktografik yozuv shakllangan. Asteklar dini ko‘p 

xudolikka  asoslangan  edi.  Xudolar orasida  eng e’tiborlisi, urush xudosi sharafiga hatto odamlar ham  qurbonlik  qilingan. Ibodatxona 

kohinlari  xalq  orasida  alohida  hurmat-e’tiborga  ega  bo'lgan.  Piktografik  yozuv  (lotincha  pictus  —  rasmli  va  yunoncha  grapho  — 

yozaman, rasmli yozuv) — ma’lumotning umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlami ketma-ketligi orqali eslab qolish maqsadida 

tasvirlash. Bu yozuv neolit davridan beri ma’lum bo‘lib, biron-bir tilning yozuv vositasi hisoblanmaydi. 

Poytaxt Tenochtitlanda zodagonlaming farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo'lgan. Xalq bolalari uchun 

maktablarda dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish o'rgatilgan. Zodagonlaming farzandlari esa tarix, husnixat, o’qish, hisoblash, 

astronomiya, she’riyat, notiqlik san’atlari asoslarini o'rganishgan. 

Tenochtitlanda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo'shiqchilar ko'rik-musobaqalari o'tkazilib, g'oliblar mukofotlangan. 



 

 

* Somoniylar davlati (865-999) - Movarounnahr va Xurosondagi o‘rta asr davlati. Buxoro vohasining yirik mulkdor hukmdorlarining 



sulolaviy nomi. So- moniylar davlatining tashkil topishi arab xalifaligi- ning qulashi hamda Movarounnahr va Xurosonni bosib olgan 

Somoniylaming davlat tepasiga chiqishi bilan bog‘liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eronni o‘z 

ichiga olgan 

2.  Xivadagi Ichan Qa’la majmuasi. 

Ichan qal’a. Jahonning durdona yodgorliklaridan biri bo'lgan Ichan qal’a- Xiva shahrining ichki qismidir. U o'tmishdaajdodlarimiz 

mohirlik bilan bunyod etgan 54 ta noyob tarixiy me’ moriy obidalar majmuasidan iborat. Bu majmua Ko'hna Ark (arzxona), madrasalar, 

masjidlar, maqbaralar va boshqa shu kabi inshootlami o'z ichigaoladi. 

Dunyoda bunday noyob va go'zal obidalari bilan saqlanib qolgan shaharlar juda kam. Shuning uchun ham 1961-yildayoq majmua Ichan 

qal’a  muzey  -  qo'riqxonasiga  aylantiiilgan.  Bu  muzey  -  qo'riqxonaning  maydoni  26  gektami  tashkil  etadi.  1990-yilda  esa  xalqaro 

YUNESKO tashkilotining qarori bilan Ichan qal’a jahon merosi ro'yxatiga kiritildi. 

3.  Najmiddin  Kubroning  hayoti  va  ijodi.  (1145—1221)Mashhur shayx,  yirik  tasawuf olimi, xalq  qahramoni  va otashnafas shoir 

Najmiddin  Kubro  Xiva  yaqinidagi  hozirgi  Sayot  qishlog'ida  tug'ilgan.  Uning  to‘liq  ismi  -  Ahmad  ibn  Umar  Abuljannob  Najmiddin 

al-Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy. «Shayxi valiytarosh» - «Avliyolar yetishtiradigan shayx» nomi bilan shuhrat qozongan bu ulug‘ inson 

tasawufdagi  mashhur  kubraviya  tariqatiga  asos  solgan.  Bu  tariqat  ahllari  xufiya  zikmi  targ'ib  etganlar.  Kubraviya  ta'limoti  asosan 

Markaziy  Osiyo  va  qisman  Eronga  tarqalgan.Najmiddin  Kubroning  o‘nga  yaqin  asarlari  fanga  та'1шп.  Uning,  ayniqsa,  «Al-usul 

al-ashara» («O'nta usul»), «Favoyih ul-jamol va favotih ul-jalol» («Jamol xushbo‘yliklari va jalolning kashfi»), «Risolat ul-hoif ul-hoim 

an lavmat il-loim» («Qo‘rquvchi ovvoralar va malomat etguvchi malomatiylar haqida»), «Tafsir», «Sharh us-sunna val-masolik» («Sunna 

va ezguliklar sharhi») kitoblari mashhur. Kubro o‘z asarlarini asosan arab tilida yozgan.  Faqat boshlovchi so‘fiylar uchun qo‘llanma 

sifatida  yaratilgan  «Fi  odob  us-solikin»  («Soliklar  odobi  haqida»)  asari  va  ruboiylarini  forsiyda  bitgan.  Ingliz  sharqshunosi 

J.S.Trimingem «Soliklar odobi haqida» asari tasavvufhing eroniylashuvida muhim bosqich bo‘lganligini qayd etadi. 

4.  “Aligarxiya”  atamasiga  izoh  bering.  iqtisodiy  va  siyosiy  hukmronlikning  bir  hovuch  ulkan  sarmoya  egalari  qo’lida 

to’planishi  

14- bilet 

1.  IX asrda Somoniylar davlati. 

IX asrda Movarounnahming siyosiy hayotida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Yurt- ga awal Nuh, so‘ngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri 

hukmronligi davrida o‘z nomlaridan misdan cha- qalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865-yil) keyin uning o‘g‘li Nasr Samarqandni 

markazga aylantiradi. U Movarounnahming barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko‘radi. 

IX asming oxirgi choragida Movarounnahming deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarmfiga o‘tadi. Nasr butun Movarounnahming 

hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi. 

Ko‘p o‘tmay aka-uka Nasr va Ismoil o‘rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g‘olib chiqadi. Ismoil Somoniy 

888

-yilda butun Movarounnahmi o‘z qo‘l ostiga birlashtirdi. 



Ismoil Somoniy o‘rta asrlaming qobiliyatli, serg‘ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahmi birlashtirib, 

mustahkam  davlat  tuzishga  intildi.  Shimoli  sharqiy  hududlarga  yurish  qiladi.  893-yilda  Taroz  shahrini  zabt  etib,  dashtliklarga 

qaqshatqich zarba beradi. 

Movarounnahr  aholisining  mustaqillikka  erishishi,  shubhasiz,  Arab  xalifalariga  yoqmas  edi.  Arab  xalifaligini,  bir  tomondan, 

Movarounnahrdan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum bo‘lishi nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan, cho‘chitar ham 

edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylami to‘qnashtirishga va ulaming har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o‘z 

ta’sirini  qayta  tiklashga  harakat  qiladi.  Xalifa  Mu’tazid  (892-902)  safforiylar  hukmdori  Amr  ibn  Laysga  Xuroson  bilan  birga 

Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada 900-yilda 

ular o‘rtasida umsh boshla- nadi. Umsh Ismoilning g‘alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tadi. Noilojlikdan 

xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi. 

Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o‘z qo‘l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga aylandi. 

Somoniylar  mamlakatni  boshqarishda  dastawal  ixcham  boshqamv  ma’muriyatini  tashkil  etdilar.  U  amir  dargohi  va  devonlar 

(vazirliklar)dan  iborat  edi.  Dargohda  amir  qarorgohi  va  harami  hamda  saroy  a  ’yon-  lari,  navkar  va  xizmatkorlarining  turaqoylari 

bo‘lardi. Narshaxiy- ning yozishicha, Somoniylar boshqamvi asosan vazir, mustoyfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o‘nta devon orqali 

idora  etilib,  ular  orasida  vazir  devoni  bosh  boshqamv  mahkamasi  hisoblanar-  di.  Nasr  II  (914-943)  davrida  Buxoroning  Registon 

maydonida  amir  qasri  qarshisida  devonlar  uchun  saroy  qurilib,  mahkama  mana  shu  maxsus  binoga  joylashgan  edi.  Mahkama 

xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, 

Qur’onni va shariatning asosiy qoi- dalarini yaxshi biladigan, turli fan- lardan xabardor bo'lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. 

Movarounnahming  ravnaqida  islom  dini  ruhoniylarining  hissa-  si  katta  bo‘ldi.  Shu  boisdan  ulaming  obro‘yi  oshib,  poytaxt  Buxoro 

Sharqda islom dinining eng nu- fuzli markazlaridan biriga aylan- di. Shaharlarda ko‘plab ibodatxo- nalar, shu jumladan,

70

/ne masjid, 



xonaqoh  va  namozgohlar  bino  qilindi.  Shu  davrda  Buxoro  shahrida  musulmon  Sharqi-  dagi  ilk  ilmgoh  -  madrasa  bunyod  etiladi. 

Buxoroning bu qadimiy madrasasi X asrda shahaming kavushdo ‘zlar mahal- Iasi yaqinida bino qilingan. U Faq'ak madrasasi deb yuritil- 

gan. 

2.  Artemida ibodatxonasi. 



Ma’buda  Artemida  ibodatxonasi.  Ma’buda  Artemida  sharafiga  Efes  shahrida  (bu  shahar  hozir  Turkiya  hududida  joylashgan) 

ko'Tganlami  lol  qoldiradigan  ibodatxona  qu-  rilgan.  Afsonalarga  ko‘ra  Artemida  Zevs-  ning  qizi  bo'lgan.  U  hosildorlik,  ov  va  Oy 

ma’budasi edi. Ayni paytda hayvonlar ho- miysi, shuningdek, ayollar madadkori ham hisoblangan. Artemida ibodatxonasining tomini 

qoyatoshlardan ishlangan 18 metrli ustunlar suyab turgan. 




 

 

3.  Baxouddin Naqshbandiy hayoti va ijodi. 



Bahouddin Naqshband, Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshbandal-Buxoriy (ko‘proq Bahouddin yoki Xoja Bahouddin, 

Balogardon, Xo‘jai Buz-ruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318 — Buxoro viloyati, hozirgi Kogon tumani — 1389) — 

mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi. U tug'ilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik B. N. sharafiga Qasri Orifon) deb 

atalgan.  Uning  oilasi  va  farzandlari  to‘g‘risida  aniq  ma’lumot  yo‘q.  Lekin  B.  N.  Muhammad  payg'ambar  avlodlariga  mansub 

sayyidzodalardan ekanligi qayd etilgan va ota tomondan 11-chi imom Imom Xasan al Askariyni ikkinchi o'g'li Sayyid Ali Akbami avlodi 

hisoblanadi  Otasi  Muhammad  Buxoriy  to‘quvchi  hamda  o‘yma  naqsh  soluvchi  (naqshband)  bo‘lgan.  B.  N.  taqdirida  bobosi  Sayyid 

Jaloliddin  Buxoriyning  alohida  xizmati  bor.  U  sufiylar  bilan  yaqin  aloqada  edi.  Shu  sababli  nabirasida  ilo-hiyotga  katta  qiziqish 

uyg‘otdi.B. N. xalq orasida "Balogardon" (ya’ni duo 

6

-n baloqazoni daf qiluvchi) unvoni bilan ham mashhur. 0‘z ta’limotini yaratishda 



Yusuf  Hamadoniy  va Abduholiq G‘ijduvoniy  nazariyalariga  asoslangan. Ta’limotining asosida  "Dil-ba  yor-u,  dast-ba  kor"  ("Ko‘ngil 

Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘laversin") degan shior yotadi.Hozirgi kunda 

B. N. tavalludining 675 yilligi (1993) munosabati bilan 0‘zbekistonda B.N. ta’limotini o‘rganishga ahamiyat kuchaydi. Buxoro davlat unti 

huzurida "Naqshbandiya"  ilmiy  markazi  ish  boshladi.  U  yerda  tasawufiy-irfoniy  merosni  tadqiq  etish  yo‘lga qo‘yildi.  Buxoro  davlat 

muzey-qo‘riqxonasida ham "Naqshbandiya" markazi tuzildi. 

4.  “Piktografiya” so’ziga izoh bering. (lotincha pictus-rasmli va yunoncha grapho-yozaman,rasmli yozuv) ma’lumotlaming umumiy 

mazmunini rasm orqali yoki rasmlami ketma-ketligi orqali eslab qolish maqsadida tasvirlash. 

15- bilet 

1.  Toshkentdagi VI-X asrlarda Qarluqlar davlati. 

VIII asr oxiri - IX asr boshlarida Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikkauchradi.Bo‘ysundirilgan xalqlami itoatda tutib turish arablar 

uchun tobora qiyin bo‘lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, uzluksiz davom etgan o‘zaro 

urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil dav- latlaming paydo bo‘lishiga olib keldi. 

Movarounnahming shimoliy va shimoli sharqiy hududlari- dagi hali xalifalikka bo‘ysundirilmagan chegaradosh yerlarda bir 

nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri Qarluqlar davl tidir.Qadimda Oltoyning g‘arbida, so'ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida 

yashagan 

qarluqlar  qadimiy  turkiy  qabilalardan  hisoblangan.  VI-VII  asr-  larda  ular  Turk  xoqonligi  tarkibiga  kirgan.  VIII  asr  o‘rtalarida 

Yettisuv о 'Ikasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shah- ri edi. 

Qarluqlar  davlati  hukmdori  «yabg'u»  yoki  «jabg'u»  deb  yuritilgan.X  asr  o‘rtalariga  borganda  qarluqlaming  kattagina  qismi 

musulmon boTgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome mas- jidlar bino qilingan.Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi 

daryosi vodiy- sigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan о ‘g ‘uzyurti va Farg ‘ona vodiysi; janubda esa. yag‘molar vohasi 

va Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan. 

X asrda qarluqlar Movarounnahming shimoliy hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona hamda Zarafshon vodiyla- riga kelib 

o‘mashganlar. Keyinchalik o‘troq tarzda yashaydigan mahalliy aholiga singib ketganlar. 

2.  Mustaqillik va ezgulik monumenti. 

Mustaqillik va ezgulik monumenti — Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoniaa 0‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov 

g‘oyasi bilan bunyod etilgan me’moriybadiiy maj-mua. 0‘zbekiston istiqbolining dastlabki yillari (1992)da maydonda o‘matilgan obida 

Mustaqillik  monumenti  deb  atalgan.  Ramziy  ravishdagi  Yer  sharida  0‘zbekiston  Respublikasi  xaritasi  aks  etgan  ushbu  obida  jahon 

xaritasida mustaqil 0‘zbekiston mamlakati mustahkam o‘rin olganini ifodalaydi. 2005 yil 28 dek.da ushbu monument oldiga farzan-dini 

bag‘riga bosib turgan munis o‘zbek ayoli siymosi — Baxtiyor ona haykali o‘matildi (haykaltarosh I.Jab-borov). Mustaqillik monumenti 

va Baxtiyor ona haykali Ezgulik arkasi, oq poyondoz shaklidagi keng yoTak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil qiladi. Mustaqillik va 

ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uyg‘un ifodalagan ushbu yodgorlik M. va e.m. deb ataldi. 

2004—2005 yillarda Mustaqillik maydoni pa unga tutash hududda keng koTamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Vazirlar Mahkamasi binosi tubdan qayta ta’mirlandi, Senat binosi, Ezgulik arkasi, Tasviriy san’at g‘alereyasi kabi muhtasham me’moriy 

inshootlar,  yashil  maydon  va  xiyobonlar  barpo  etildi.  Ayni  vaqtda  yangi  Mach.muriy  bino,  Biznes  markazi  qurilipchi  ni-hoyasiga 

yetmoqda.  Bunday  katta  bunyodkorlik  ishlari  tufayli  maydonning  faqat  qiyofasi  emas,  uning  vazifasidagi  mazmun-mohiyati  ham 

o‘zgardi.  Mustaqillik  maydonining  ijtimo-iy-siyosiy  hayotimizda  tutgan  muhim  o‘mi  va  ahamiyatini  inobatga  olib  hamda  xalqimiz, 

ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol g‘oyalarini, milliy g‘urur va iftixor, vatanpar-varlik tuyg‘ularini yanada chuqurroq singdirish 

maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidsntining 2006 yil 3 fevral 

da "Mustaqillik va ezgulik monu-menti to‘g‘risida" qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 0‘zbekiston Respublikasi umumxalq bayramlari 

hamda  davlat  miqyosidagi  boshqa  tantanali  maro-simlarda,  shuningdek,  mustaqil  taraqqiyotimiz,  milliy  qadriyatlari-  miz  b-p  bogliq 

muhim sanalar, kasb bayramlarini nishonlash, tantana va anjumanlar o‘tkazish munosabati bilan M. va e.m. poyiga lulchambar qo‘yish 

rasmiy marosimini bslgilagan tartibda amalga oshirish joriy etildi va boshqa tad-birlar belgilandi. 

3.  Nikolay Kopernikning hayoti va faoliyati. (1473—1543) 

Nikolay  Kopemik  1473  yilning  19  fevralida  Polshaning  Torun  shahrida  tavallud  topdi.  Uning  otasi  savdogar  bo  Tib,  bu  shaharga 

Germaniyadan ko’chib kelishgan edi. Nikolay Kopemik oilada to’rtinchi farzand boTgan. O’n yoshgacha Nikolay Kopemik farovon va 

to’qchilikda  hayot  kechirdi.  Uning  baxtiyor  bolaligi,  bo’lajak  olim  roppa  rosa  o’n  yoshga  to’lgan  vaqtda  to’satdan  qayg’uli  yillarga 

almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o’lat epidemiyasi Torunga ham yetib kelib, Nikolay Kopernikning 

otasini ham o’zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning keying taqdiri, uning o’qishi va tarbiyasi 

muammolari tog’asi Lukash Vachendore zimmasida qoldi.Aynan Boloniyada Kopemik astronomiyaga boTgan qiziqishlarini o’zining 

ilmiy faoliyatiga asos bo’ladiga darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda 

Nikolay Kopemik o’zining ebg dastlabki ilmiy astronomik kuztishlarini olib bordi. Bu kuzatishdan keyi Kopemik Oyning kvadraturada 

joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to Tin oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o’rgatilgan Ptolimey 

ta’limoti  faktlari  bilan  bunday  nomuofiqlik  Nikolay  Kopemikni  chuqur  ilmiy  mulohazalar  qilib  ko’rishga  undadi.O’zining  Italiyada 

boshlagan  astronomik  kuzatishlarini  Lidzbarkda  cheklangan  miqiyosda  davom  ettirgan  Kopemik,  Fromborkda  ulami  jadal  va  keng 

ravishda davom ettirdi. Lekin, bu hududning shimolga xo katta kenglikda joylashganligi, Visla qo’ltig’i tez tez tufayli yuzaga keluvchi 

tumanlik hamda osmonning muttasil bulutli bo’lishi Kopemikning tadqiqotlariga jiddiy xalal berardi.Kopemik kuzatuvlar olib brogan 




 

 

vaqtda hali teleskop kashf qilinmagan edi. Xattoki teleskopgacha bo’lgan eng ilg’or va aniq astronomik kuzatuv usullari hisoblangan Tixo 



Bragening uskunalari ham Kopemikda bo’lmagan. (Tixo Brage usulidagi noaniqlik ko’pi bilan ikki minut bo’lgan). Uning kuzatuvlari 

uchun  qo’llagan  asboblaridan biri  «Trikvertum»  nomli  parallaks  o’lchovchi  uskuna bo’lsa, ikkinchisi  ekliptikaning  og'ish  burchagini 

aniqlash  uchun  qo’llagan  «Goroskopiy»  nomli  uskuna  bo’lib,  quyosh  soatlari,  hamda  kvadratning  bir  turi  bo’lgan.  Yaqqol 

qiyinchiliklarga qaramasdan, tahminan 1516 yilda yozilgan «Kichik izoh» risolasida, Nikolay Kopemik o’zining ta’limotini, to’g’rirog’i 

hali  gipoteza  ko’rinishida  bo’lgan  olamshumul  g’oyalarini  bayonini  keltirdi.  Bu  asarda  u,  g’oyalar  uchun  matematik  isbotlashlar 

keltirishga urinib o’tirmadi, chunki, Kopemikning rejasi bo’yicha, ta’limotning to’liq bayoni va uning matematik isbotlashlari kattaroq va 

mukammalroq asarda batafsil yozilishi kerak bo’lgan. 

Osmon  jismlarining  harakatini  kuzatib  borib,  Kopemik  Ptolomey  nazariyasi  noto’g’ri  ekanligi  haqida  xulosa  chiqardi.  30  yillik 

mashaqqatli  mehnat  va  muttasil  kuztuvlar,  hamda  murakkab  matematik  hisoblashlardan  so’ng,  Nikolay  Kopemik  Yer  ham  oddiy 

sayyoralardan biri ekanligini, va barcha sayyoralar, shu jumladan, Yer ham Quyosh atrofida aylanishini ilmiy isbotlab berdi. To’g’ri, u 

hali yulduzlar qo’zg’almas va harakatsiz ravishda osmon sferasining eng chetki sirtida va Yerdan juda uzoq masofalarda joylashgan deb 

hisoblashda davom etardi. Lekin u o’z zamonasi uchun olamshumul va eng shov - shuvli g’oyani o’rtaga tashlagan edi. 

Nikolay Kopemik astronomik tadqiqotlardan tashqari tibbiy bilimlami ham puxta egallagan bo’lib, 30 yillarga kelib u mahoratli hakim 

sifatida ham dong taratgan edi. U Padiyada olgan tibbiy bilimlarini, keyinchalik ham mustaqil rivojlantirib borib, ko’plab zamondosh 

mashhur  insonlami  -  Pmssiyaning  Gertsoglik  va  Qirollik  amaldorlarini,  cherkovning  ko’zga  ko’ringan  namoyondalarini,  xususan 

Tideman Gize, Aleksandr Skuletti  kabilami  xavfli  va  yuqumli  kasalliklardan  davolashga  muvaffaq bo’ldi.  Shuningdek  Kopemikning 

oddiy fuqaroga ham ko’rsatgan doimiy tibiy yordami haqida polyak xalqida ko’plab ijobiy xotiralar saqlanib qolgan. U o’z davolash 

tamoyillarida, dori vositalarining ta’sir qilish mexanizmlarini aniqlashga va bemorlaming umumiy ruhiy ahvolini doimiy kuzatib borishga 

asoslangan, ijodiy yondoshuvga tayanar edi. 

4. 


“Separatizm”so‘ziga  izoh  bering.  (lotincha-ajrataman)  ajralip  chiqishga  intilish.  Shuningdek  xalqaro  huquqda  ittifoqchi 

davlatlaming ittifoqchilar ruxsatisiz va ular bilan kelishmay turib urushayotgan davlat bilan tuzilgan bitim. 

16- bilet 

1.  Qadimgi Rimga asos solinishi 

Rim shahri Tibr daryosi bo'yidagi shinamgina dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo'ylab joylashgan kichik manzilgohlar 

birlashib, katta shaharga aylandi. Rim yettita tepalikda joylashgan. Tibr toshgan kezlarda tepaliklar o'rtasidagi vodiy odam o'tolmaydigan 

botqoqlikka aylanib qolar edi. Shaharjoylashishi harbiy nuqtayi nazardan juda ham qulay bo'lgan. Da-ryo va botqoqlik lotinlami qo'shni 

qabilalar  hujumlaridan  himoya  qilar  edi.  Rivoyatga  qaraganda,  miloddan  awalgi  753-  yilda  Rim  shahriga  aka-uka  Romul  va  Rem 

tomonidan asos solingan. Dunyoga kelganlaridan so'ng chaqaloqlami o'lsin deb Tibr daryosi bo'yida tashlab ketishadi. Daryo bo'yida 

ulami Ona bo'ri topib oladi, bir cho'pon kelib olib ketmaguncha aka- ukalami emizadi va boqadi. Voyaga yetganlarida esa Tibr bo'yida 

shahar  barpo  etishga  ahd qilishadi.  Aka-ukalar janjallashib qolib, Romul o'z  inisini o'ldirib qo'yadi, shaharga esa  o'-z nomini  beradi. 

Bugungi kunda, afsonada aytilganidek, egizaklami emizgan Ona bo'ri Rimning timsoli hisoblanadi. Miloddan awalgi VI asrda Rim aholisi 

ko'p shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida esa dushmanlardan himoyalanish uchun qal'a bunyod etiladi. 

2.Samarqanddagi Registon me’moriy majmuasi 

Samarqandning  Registon maydonida 3  Madrasa  (Ulug’bek  madrasasi, Tillakori  Madrasasi,  Sherdor Madrasasi) dan  iborat  me’moriy 

majmua. Dastlab Ulug’bek madrasasi (1417—1420 yy) bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydon sharqiga Ulug’bek xonaqohi 

(1424 y), shim.ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan.ga Alika Ko’kaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida esa yog’ochdan xotamkori 

uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 15-a.ning 20—40y.larida Registon hashamatli me’moriy ansamblga aylangan. 

17-a.da Samarqand  hokimi  Yalangto’sh Bahodir  vayrona holatdagi  Ulug’bek  xonaqohi o‘miga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, 

Mirzoyi  karvonsaroyi  o‘miga  Tillakori  madrasa  masjidi  (1646/47—  1659/  60)ni  qurdirgan.  Registon  ansambli  o’zining  rang-barang 

koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan 0‘rta Osiyo me’morchligining noyob yodgorligi hisoblanadi/

l]

 



Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni bo’lib, bu erda uchta madrasa qad ko’targan: Ulug’bek madrasasi 

(1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tilla-kori madrasasi (1647-1660). Registon - qadimiy ilm, ta’lim muassasalari joylashgan 

joy bo’lib, sharqdagi shahar qurilishi san’atining eng ko’zga ko’rinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: 

„Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolami ko’rsin”, deganlar. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning 

butun  dunyo  yodgorliklari  ro’yxatiga  kiritilgan.  Registon  maydoni-  tarixda  shahaming  ilm-fan,  siyosat  va  diniy  markazi  bo’lgan. 

“Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. 

Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va 

tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon 

Samarqandning  markaziga  aylantirildi.  Ulug’bek  davri  (1409-1447)da  esa  maydon  bundan  ham  muhimroq  ahamiyatga  ega  bo’ldi. 

Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini 

(1647-1660) mujassam etadi. 

Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ulami Ko’chkunjihon 

(1527-1530)  qurdirgan  edi  va Tillakori  madrasasiga  qo’sh  qilib  bunyod  etilgan  edi.  U  1904-yilgi  zilziladan  so’ng  xarobaga  aylanib, 

1910-yili butunlay buzilgan va o’mi maydon bo Tib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida 

butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi. 

3.1saak Nyuton hayoti va faoliyati. 

Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton Grantem (Angliya) shahri yaqinidagi Vulstom qishlog‘ida 

fermer oilasida tug'ildi. 12  yoshida Grantem maktabida o‘qiy boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollejlaridan biriga kirib, uni 

tugallaganidan so‘ng bakalavr ilmiy darajasini oldi. 

Nyuton Isaak (1643-1727) Butun olam tortishish qonunini maktabda o‘qigansiz. Ana shu qonunning kashf etilishiga tasodifan daraxtdan 

uzilgan  olma  sabab  bo‘lganligi  ham  sizga  ma’lum.  Nima  sababdan  olma  hech  qayoqqa  og‘masdan  to‘ppa-to‘g‘ri  yerga  tushadi,  deb 

o‘yladi olimlardan bin. U yoshlik yillaridayoq bu masala ustida o‘ylay boshlagan, lekin uning javobini yigirma yildan keyingina e’lon 

qilgan. Bu olim buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton edi. U Grantem (Angliya) shahri yaqinidagi 

Vulstom qishlog'ida fermer oilasida tug'ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o‘qiy boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollejlaridan 

biriga kirib, uni tugallaganidan so‘ng bakalavr ilmiy darajasini oldi. 1668-yilda Nyutonga magistr unvoni berildi, 1672-yilda u London 



 

 

Qirollik jamiyati a’zosi etib saylandi, 1703-yilda esa uning prezidenti bo‘ldi. 



Isaak bolalik chog'laridanoq varrak, mexanik o'yinchoqlar yasashni xush ko‘rardi. Keyinchalik u ko'zgu, prizma va linzalami sayqallovchi 

mohir  usta  bo‘lib  yetishdi.  Ko‘zgulami  sayqallash  san’ati  Nyutonga,  ayniqsa,  yulduzli  osmonni  kuzatishga  mo‘ljallangan  ko‘zguli 

teleskopni yasashda asqotdi. Teleskopning har bir qismini ishlash juda katta mehnat va sabr-toqat talab qilardi. Matonati tufayligina u 

ajoyib teleskop yasashga muvaffaq bo'ldi. 

“Ekstremizm” so’ziga izoh bering. -o‘z maqsadiga erishish yo'lida eng keskin choralami qo'llashga tarafdorlik. 



17- bilet 

1.  XVI asrda Hindiston davlatLXVI asrda Hindistonda siyosiy tarqoqlik hukm surardi. O'zaro ichki nizolar va urushlar mamlakatni 

kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur 

vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy  yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli 

sultonligida Hindistondagi afg 'on qabilalaridan chiqqan lo'diylar sulolasi hukmronlik qilardi. Bobur Mirzo 1526- yilning 21- aprelida 

Panipat jangida Ibrohim Lo'diy qo'shinini tor-mor keltirdi. 27- aprel kuni esa Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba o'qildi. Shu 

tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya - Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o'zi bilan qolgan qo'shinga jogir 

tarqatdi.  Bu  yerlarda  xo'jalik  yuritish  ishlariga  rahbarlik  qilish  mahalliy  urf-odatlami  yaxshi  biladigan  hindularga  topshirildi.Bobur 

imperiya taxtida uch yil o'tirdi. 1530- yilda Bobuming o'limidan so'ng imperiya taxti katta o'g'li Humoyunga o'tdi.Imperiyadagi siyosiy 

ahvol. Humoyun imperiya sarhadlarini yanada kengaytirishga intildi. Bu kurashda uning asosiy raqibi Bixor va Bengaliyada joylashib 

olgan afg'on qabilalarining yetakchisi Sherxon Sur bo'ldi. Ikki sarkarda qo'shinlari o'rtasidagi jangda Sherxon Suming qo'li baland keldi. 

Mag'lubiyatga uchragan Humoyun Eronga qochib ketdi. Sherxon Sur Hindiston taxtini egalladi va shoh deb e'lon qilindi. Bu hodisa 1540- 

yilda yuz berdi. Surlar davri shiddatli va shafqatsiz ichki kurashlar bilan o'tdi. Oqibatda Hindistonda og'ir siyosiy vaziyat vujudga keldi. 

Bundan ЙЗтоуип ustalik bilan foydalandi. Taxtdan ayrilgan yillarda и turk, fors, turkman va о 'zbeklardan iborat kuchli qo'shin tuza olgan 

edi. 1555- yilda Humoyun Hindiston taxtining da'vogarlarini tor-mor etib, yana hokimiyatni o'z qo'liga qaytarib oldi. Unga taxtda uzoq 

o'tirish nasib etmadi. Oradan ко 'p vaqt o'tmay Humoyun tasodifiy falokat tufayli halok bo'ldi.Imperiya Akbarshoh davrida. Boburiylar 

sulolasi hukmdorlari ichida «Buyuk Akbar» degan unvonga sazovor bo'lgan Humoyunning o'g'li Akbarshoh 1556-  yilda otasi taxtini 

egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqni Ko'zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli и Hindistonda о 'z hukmronligini to'la va uzil-kesil o'mata oldi. 

Shuning  uchun  ham  uni  Hindistondagi  Boburiy  hukmdorlar  ichida  eng  ulug'i  -  «Buyuk  Akbar»  deb  atashgan.  Akbar  Hindiston 

tarixidagina  emas,  balki  jahon  tarixida  ham  eng  buyuk  shohdir.  Agar  yevropalik  hukmdorlar  bilan  taqqoslanadigan  bo'lsa,  Akbar 

ulug'vorlikda  ham,  omadbarorlikda  ham  ulardan  ustun  turadi.  Ishvari  Prasad,  hind  tarixchi  olimi.  Akbarshoh  bunday  buyuklikka 

osonlikcha erishgan emas. Uning asosiy raqibi Hindistondagi afg'on qabilalari yetakchilari edi. Akbarshoh qo'shini 1556- yilda afg'on 

qabilalari  qo'shinini  tor-mor etdi.  1559- yilga  kelib  taxt  uchun boburiylarga qarshi  kurashning  yetakchi  kuchlari  - afg  'onlaming  Sur 

sulolasi butunlay yanchib tashlandi. Akbarshohning hukmronlik yillari imperiyaning oltin davri bo'lgan. Akbarshoh zukko davlat 

arbobi, mohir sarkarda bo'lishi bilan bir qatorda, itoatkor o'g'il, g'amxo'r ota ham edi. Qo'l ostidagi xalqlaming turmush farovonligi doimo 

uning e'tiborida turgan. Kambag'al, beva- bechoralarga muntazam moddiy yordam ko'rsatgan. Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix 

ilmini  yaxshi  egallagan.  U  boshqa  din  vakillariga  nisbatan  ham  adolatli  siyosat  yuritgan.  Akbarshoh  musulmon  bo'lmaganlardan 

undiriladigan «jizya» solig'ini bekor qilgan. Hindlaming ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan. Imperiya hududida yagona 

savdo solig'i joriy etilgan. Ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan. Davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va 

mazhabidan qat'i nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan. Akbarshoh  barcha  fuqarolarga  din  erkinligi  bergan.  Bir so'z 

bilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlaming yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishgan. Akbarshoh yuritgan bunday 

adolatli  siyosat  boburiylar  davlatining  ulkan  imperiyaga  aylanishida,  uning  mahalliy  aholi  va  amaldorlar  tomonidan  qo'llab- 

quwatlanishida  katta  rol  o'ynadi.  Bu  esa,  o'z  navbatida,  imperiyaning  qudrati  va  shon-shuhratining  yanada  ortishiga  xizmat 

qilgan.Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati evaziga «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovor bo'lgan. 

Akbarshoh 1605- yilda vafot etgan. XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab imperiyada toju taxt uchun kurash avj oldi. Oxir- oqibatda, bu 

kurashda 1627-1658-yillarda hukmronlik qilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o'g'li Avrangzeb g'alaba qozondi. U 1658- 

yilda  Dehli  shahrini  egalladi  va  o'zini  shoh  deb  e'lon  qildi.  Avrangzeb  hukmronligi  davrida  (1658—  1707)  imperiya  hududi  yanada 

kengaydi. Ayni paytda, Avrangzeb hukmronligi yillarida imperiya inqirozi uchun zamin ham yetila bordi. Xo'sh, bu nimalardan iborat 

edi?  Awalo,  Avrangzebning  hech  kimga  ishonmasligi,  hamma  narsaga  shubha  bilan  qarashi  davlati  arkon  hamda  mahalliy  hind 

hukmdorlarining undan Ko'nglini sovitdi. 

2.  Kompozitor Lyudvik van Betxoven ijodidagi bosh g’oya. 

Betxoven  —  nemis  kompozitori,  pianinochi  va  dirijyor.  Vena  klassik  maktabining  vakili.  1792-yilda  Venaga  ko‘chgan  va  tez  orada 

o‘zining erkin va ta’sirchan, yangi ijro uslubi bilan iste’dodli pianinochi, badihachi-improvizator sifatida tanilgan. Venada (1795—1800) 

yaratgan  fortepiano  konsertlari, 

8

-chi  ,,Patetik“  fortepiano  sonatasi,  kvartetlari,  1-chi  simfoniyasi,  „Prometeyning  yaratmalari“ 



baletidayoq  Betxovenga  xos,  Buyuk  Fransuz  inqilobi  g‘oyalari ta’siri  ostida shakllangan  ijodiy  uslubi  ko‘zga  tashlandi. 27 yoshidan 

qulog‘i og‘irlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, his-tuyg‘u bilan birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven 

ijodi,  ayniqsa  1801—1812  yillarda  kamol  topdi. Qahramonlik  va demokratizm  ruxi  bilan  yug'rilgan  3-chi  (,,Qahramonnoma“), 5-chi 

simfoniyalari,  „Fidelio"  operasi,  I.  Gyotening  ,,Egmont“  fojiasiga  yozgan  musiqasi,  ,,Appasionata“  fortepiano  sonatasi,  skripka  va 

fortepiano uchun „Kreyserov" sonatasi mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch ruxi bilan sug‘orilgan 9-chi simfoniyasi 

Betxoven ijodining cho‘qqisidir. So‘nggi asarlari (28—32 fortepiano sonatalari, 12—16 kvartetlari, bagatellar)da kompozitoming yangi 

ifoda vositalari topishga intilishi seziladi. 

Musiqiy  qahramonlik  uslubini  yaratgan  Betxoven  simfonik  musiqa  tafakkuri  (q.  Simfonizm)  ko‘lamini  nihoyatda  kengaytirgan, 

kamercholg‘u va vokal musiqasi, konsert janrlarining g‘oyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrlarini isloh 

etgan. 


Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Sa’diy 

she’rlariga 2 kanon). Betxovenning 5, 7, 

8

, 9-chi simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, 



kamer ansambl va boshqa asarlari 

0

‘zbekistonda ijro etiladi. 



3.  Rojer Bekon ilmiy ijodidagi asosiy goya. 

Oksford  universiteti  professori  Rojer  Bekon  (XIII  asr)  fandagi  yutuqlarga  faqat  ilmiy  kuzatishlar  va  tajri-  balar  yo‘li  bilan  erishish 




 

 

mumkinligini is- botladi. Uning o‘zi optika, fizika, kimyo fanlariga oid tajribalar o'tkazadi. Bekon o‘zi suzadigan kema, suv osti kemasi 



va havo- da uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan. Bekonning hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarlar ichida, cherkov ta’qibida 

o'tgan. U uzoq yillar qamoqda ham bo'lgan. 

4.  “Ekspansiya”  atamasiga  izoh  bering.  buyuk  davlatlaming  o’zgalar  hududi  va  bozorlarini,  xomashyo  manbalarini  bosib 

olishga,siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlari  

18- bilet 

1.  XVI asrda Yaponiya davlati. XVI asrda Yevropada yangi jamiyat - kapitalizmning tarkib topish jarayoni davom etayotgan bir 

sharoitda Osiyo davlatlarida hamon o'rta asr davri feodal jamiyati munosabatlari davom etardi. Yaponiya ham bundan mustasno emas edi. 

XVI  asr  boshlarida  Yaponiya  o'zaro  ichki  urushlar  oqibatida  amalda  qator  mayda-mayda  davlatlarga  bo'linib  ketgan.  1507-  yOdan 

boshlab Yaponiya tarixida notinch davr boshlandi. Bu davr Yaponiya tarixiga «Kurashuvchi viloyalar davri» nomi bilan kirgan. 

O'zaro ichki urushlar faqat 1573- yilda ikkinchi syogun Asikaga sulolasi hokimiyatining ag'darilishi bilan nihoyasiga yetdi. Yaponiyani 

yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani amalga oshirish ishiga qudratli xonadon yetakchilaridan biri Oda Nobunaga rahbarlik 

qildi. Shiddatli va shafqatsiz kurashlardan so'ng Oda Nobunaga 1573- yilda Asikagani syogunlikdan mahrum etdi. XVI asr oxirlariga 

kelib u mamlakat viloyatlarining deyarli yarmini birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. Oda Nobunaga mamlakatda qator islohotlar o'tkazdi. 

Chunonchi, iqtisodiy taraqqiyotga to'sqinlik qilayotgan mahalliy soliq va bojxona to'lovlarini bekor qildi. Savdo yo'llari va Ko'priklar 

ta'mirlandi. Shaharlarga bozorlar ochish huquqi berildi. Shaharlaming tashqi savdo faoliyati ragbatlantirildi. Ayni paytda tilla va kumush 

tangalami  muomalaga kiritdi.  Oda Nobunaga  o'tkazgan  islohotlar  Yaponiyaning  siyosiy birlashuvi  va  iqtisodiy  taraqqiyotiga  yordam 

berdi. Yevropaliklarning kirib kelishi. XVI asming 40- yillaridan boshlab Yaponiyaga birinchi bo'lib Portugaliya savdogarlari kirib 

keldilar. 1543- yilda portugaliyalik Mendish Pintu Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar qatori qurol-aslaha, porox 

olib kelish va ulami oltin hamda kumushga ayirboshlash to'g'risida shartnoma imzoladi. Yevropaliklarning Yaponiyaga kirib kelishining 

eng ahamiyatli jihati, o'qotar qurolning Yaponiyaga keltirilishi hamda shu yerda ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi bo'ldi. Mendish 

Pintu  yaponlarga  o'qotar  qurollar  yasash  san'atini  o'rgatdi.  Ayni  paytda  Yaponiyaga  yevropalik  savdogarlar  ortidan  katolik  cherkovi 

ruhoniylari  ham  kela  boshladilar.Ular  yaponlar  orasida  xristian  dinini  targ'ib  etishga  kirishdilar.  Ulardan  so'ng  esa  ispan  katolik 

ruhoniylari ham bu mamlakatga kirib kela boshladilar. Syogun Oda Nobimaga Yaponiyada xristian dinining tarqalishiga homiylik qildi. 

Chunki  bu  davrda  budda  dini  peshvolari  Oda  Nobunagaga  dushman  bo  'lgan  kuchlami  qo'llab-quwatlamoqda  edi.  Ular  Yaponiyani 

yagona  davlatga  birlashtirishga  qarshi  kuchlaming  tayanchiga  aylangan  edilar.  Bundan  tashqari,  Oda  tezlik  bilan  qo'shinini  Ycvropa 

qurol-aslahasi bilan to'la qurollantirish maqsadida ham shunday qilgan edi.Yaponiyani birlashtirish uchun kurashning davom etishi. 

1582- yilda Oda Nobimaga fitna qurboni bo'ldi. Yaponiyani birlashtirish yo'lidagi ishni uning yaqin yordamchisi Toyotomi Xidayosi 

davom ettirdi. U Odaga qarshi til biriktirgan guruhni tor-mor etdi. Xidayosi Yaponiyani to'la birlashtirishga erisha olmagan bo'lsada, bu 

borada  katta  muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Xidayosi  1587-  yilda  barcha  xristian  ruhoniylarining  Yaponiyani  tark  etishi  haqida  qonun 

chiqardi.  Mamlakatda  faqat  Portugaliya  savdogarlarining  qolishiga  ruxsat  etildi.  Buning  sababi  har  ikki  tomonning  o'zaro 

manfaatdorlikka asoslangan savdo munosabatlarining o'matganligi edi.Yaponiyani birlashtirishning tugallanishi. 1598- yilda Xidayosi 

vafot etdi. Uzoq kurashlardan so'ng syogunlik hokimiyatini Tokugava Iayasu egalladi. Shu tariqa 1603- yilda Yaponiyada uchinchi 

syogun  sulolasi  -  Tokugava  xonadoni  hukmronligi  boshlandi.  Bu  sulola  Yaponiyada  1867-  yilgacha  hukmronlik  qildi  va 

Yaponiyani  birlashtirish  ishini  tugalladi.  Mamlakatda Tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati o'matildi. Biroq bu sulola nomiga 

bo'lsada, imperator hokimiyati daxlsizligini saqlab qoldi. Chunki yapon xalqi uchun imperator xudoning avlodi hisoblanardi. Shuning 

uchun  ham  imperator  hokimiyatini  bekor  qilgandan  ко'га,  uning  nomidan  о  'z  siyosatini  yuritish  oson  kechardi.  O'zini-o'zi  ajratib 

qo'yish. Tokugava Xidayosining xristianlikni ta'qib etish siyosatini davom ettirdi. 1614- yilda syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun 

chiqardi. Qonun xristian dinini imperiya dushmani deb e'lon qildi. Budda dinini hurmat qilmaydigan barcha shaxslaming Yaponiyadan 

chiqib  ketishi  talab  etildi.  Shu  tariqa  Yevropa  mustamlakachilari  Yaponiyadan  quvib  yuborildi.Bu  hoi  Yaponiyaning  Yevropa  bilan 

munosabatlariga ta'sir etmay qolmadi. Natijada Yaponiya tashqi dunyodan o'zini-o'zi ajratib qo'ydi. Xo'sh, bunday siyosat yuritilishiga 

nimalar sabab bo'ldi? Awalo, Tokugava xonadoni bunday siyosat tufayli markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka intilayotgan kuchlar 

harakatiga barham berib, Yaponiyani birlashtirish ishini nihoyasiga yetkazish mumkin, deb hisoblardi. Ayni paytda bu siyosat 

Yevropa bilan savdo-sotiq ishlarini to'la o'z qo'llariga olgan va shu tufayli markaziy hokimiyatga bo'ysunishni istamagan kuchlaming 

iqtisodiy  qudratini  sindirishi  ham  kerak  edi.  Syogun  o'zini-o'zi  ajratib  qo'yish  siyosati  yo'li  bilan  Yaponiyaning  yevropaliklar 

mustamlakasiga aylanib qolish xavfining oldini olish maqsadini ham ko'zlagan edi. Syogunning bunday xavfsirashiga asos bor edi. 

Yosimune islohotlari. Yosimune Tokugava sulolasining eng mashhur davlat arbobi sifatida tanildi. U bu suloladan chiqqan sakkizinchi 

syogun bo'lib, 1716-1745- yillarda hukmronlik qildi. U qo'riq yerlami o'zlashtirish hisobiga dehqonchilik qiluvchilami rag'batlantirish 

siyosatini  yuritdi.  Sug'orish  inshootlari  tizimini  takomillashtirdi.  Yemi  sotish,  sotib  olish  yoki  garovga  qo'yishni  taqiqlovchi  qonun 

chiqardi. Mamlakat  va  jamiyat  hayotini  tartibga solishda  u joriy  etgan  «100  moddali  Farmon»  deb  ataluvchi qonunlar to'plami  katta 

ahamiyatga ega bo'ldi. 

2.  Shoir Jiyan Jirov ijodidagi asosiy g’oya. 

u o’z sherlarida jamiyatdagi nohaqliklami, hukmron tabaqalaming kirdikorlarini,xalqqa o’tkazgan jabr-zulmlarini fosh etdi. 

3.  Samarqandning tiklanishida Amir Temur faoliyati. 

Sohibqironning  bunyodkorlik  sohasidagi  tarixiy  xizmatlari  beqiyosdir.  Tarix  bu  qo‘hna  dunyoda  o‘tgan  ko‘p  jahongirlami  biladi. 

Ulaming aksariyati faqat buzgan. Amir Temuming ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bulgan. Uning "Qay 

bir joydan bir gisht olsam, o‘miga un g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘miga unta kuchat ektirdim" degan so‘zlari buning yorqin 

isbotidir.  Amir Temurga har bir  zafarli  voqea va sevinchli  hodisani  muhtasham me’morlik obidasi barpo  etish  bilan  nishonlash odat 

bo'lgan.  Shu  maqsadda  Hindiston,  Sheroz,  Isfahon  va  Damashqning  mashhur  ustahunarmandlari  mamlakatda  hashamdor  imoratu 

inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlaming bir qator shaharlari (Bag‘dod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. 

Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara 

qurdirgan bo‘lsada, lekin asosiy e’tiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, 

o‘g‘li Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida 

bo‘lib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi. Amir Temur Keshni Movarounnahming 

madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar "Qubbat ul-ilm val-adab" unvoniga ega bo‘ldi. Saltanat poytaxti 

Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh sh.larining 

me’moru binokorlari qo'li bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bog‘-rog‘lar va bo‘stonlar 

barpo etiladi (q. Amir Temur bog'larij. Xususan Shohizinda me’moriy majmuasiga mansub Shodimulk og‘o maqbarasi, Shirinbeka og‘o 



 

 

maqbarasi  va  boshqa  quriladi.  Shaharda  Bibixonim  jome  masjidi,  Amir  Temuming  qarorgohi  Ko‘ksaroy  va  Bo‘stonsaroylar  qad 



ko‘taradi.  Umuman  olganda  Samarqand  sh.  Amir  Temur  davrida  o‘zining  qad.  o‘mi  Afrosiyobyaan  birmuncha  jan.roqda  butunlay 

yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qal’a devori bilan o‘ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza 

kabi nomlar bilan ataluvchi 

6

 ta darvoza o‘matildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o‘nlab 



sug'orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir 

Temur  Samarqand  atrofida  qad  ko'targan  bir  qancha  yangi  qishloqlami  Sharqning  mashhur  shaharlari  Dimishq  (Damashq),  Misr, 

Bag'dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temuming fikricha, Samarqand kattaligi, go'zalligi hamda tevarak- atrofining 

obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog'i lozim edi. 

4.  “Irredentizm”  atamasigaizoh  bering.  Italiyaga  qo’shnibo’lgandavlatlarda  italyanlarqismanyashaydiganhududni  qo’shib  olish 

targ’ib qiluvchi millatchilik harakati  

19- bilet 

1.  Chingizxon boshqaruvi davrida Mo’g’uliston davlati. 

Chingizxon davlati. Mo‘g‘ul qabilalari orasidagi o'zaro urushlarda, XIII asming boshlarida Temuchin (1155-1227) g'olib chiqadi. 

1206-yilda Onon daryosi bo'yidagi qurultoyda u ulug‘ xon deb e’lon qilinadi. Bosh shomon butun xalq oldida Temuchinga Chingizxon 

unvonini beradi. Chingizxon so'zi “kuchli”, “qudratli”, toza ma’nolarini anglatadi. 

Mamlakatni  markazlashtirish  maqsadida  Chingizxon  Qoraqurum  qal’asini  o'z  davlatining  poytaxtiga  aylantiradi.  Mo'g'ullar 

qo'shinni kuchaytirishga katta e’tibor qaratishgan. Tinch paytda chorvachilik bilan shug'ullangan mo'g'ullar umsh boshlanishi bilan o'nlik 

tizimdan iborat muntazam qo'shinga aylanar edi. Qo'shin  yuzboshi, mingboshi, tumanboshilar tomonidan bosh- qarilgan. Talonchilik 

bosqinlari ko'chmanchilar uchun aso- siy mashg'ulot hisoblangan. 

Mo'g'ullar qo'shini. Ko'chmanchilar qo'shini uchun urushga uzoq tayyorlanish zarurati ham bo'lmagan. 

Mo'g'ullar turmush tarzi har qanday vaqtda otni egarlab yo'lga tushishga mos edi. Mo'g'ullar ko'chma uy-o‘tovlarda yashagan. Harbiy 

yurishga tayyorlanganda yoki ko'chish paytida o'tovni o'matish uchun nari borsa bir soat, yig'ib yukni tuyasiga ortish uchun undan ham 

kam vaqt ketardi. 

Mo'g'ullaming sevimli quroli kamon edi, jangchi raqibini yuzlab metrdan nishonga ola bilgan. Jangchilaming ko'pchiligi nayza va 

qilich bilan qurollangan. Har bir ko'chmanchining kundalik hayotida ham, jang paytida ham, albatta, arqoni bo'lishi lozim edi. Qo'shni 

mamlakatlami istilo qilish jarayonida Chingizxon qo'shini devomi buzishda maxsus moslama — palaxmonlardan foydalanishni yaxshi 

o'zlashtirgan. 

Ko'chmanchilar qo'shini odatda uchta qismga bo'lingan: markaz va ikki qanot. Jang boshlanganda markaz yolg'ondan chekingan, 

dushman  uni  ta’qib  eta  boshlasa,  qanotlardan  hujumga  uchrar,  chekinayotganlar  ham  to'xtab,  j  angga  kirishardi.  Asosiy  qo'shindan 

tashqari Chingizxon ixtiyorida “keshik” deb yuritilgan maxsus gvardiya ham tashkil etiladi. Keshik favqulodda vaziyatlar uchun doimo 

jangovar holatda tutib turilar edi. 

Jangni mohirona boshqarish, kuchli va intizomli otliq qo'shinning bo'lishi, qo'shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik mo‘g‘ullarga 

g‘alaba keltirgan. 

Istilolar. Chingizxon 1211-yilda Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi. Mamlakatning batamom istilo qilinishi uning vorislari 

davrida tugatiladi. 

Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yilda boshlanganbosqinlar, Xorazmshohlar davlatiga 1219—1221-yil- larda davom etadi. 

Afg‘oniston,  Sharqiy  Eron  egallanib,  Kavkaz  orqali  1223-yilda  Dashti  Qipchoqqa  chiqadi.  Kalka  daryosi  bo‘yida  qipchoqlaming 

ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo'shini mag‘lub etiladi. 1224-yilda Chingizxon zabt etilgan hududlami o‘z o‘g‘illari: 

Jo‘ji, Chig'atoy, 0‘qtoy va Tuliga uluslarga bo‘lib, taqsimlab beradi. O'qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi. 

2.  Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi “Motamsaro ona” monumenti. 

Motamsaro ona haykali - ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan O'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlab Toshkent shahrida 1999 

yilda  bunyod  etilgan,  “Xotira  va  qadrlash”  maydoniga  o'matilgan  haykal.  Unda  farzand(lar)i  urushdan  qaytmagan  motamsaro  ona 

qiyofasi aks ettirilgan. Onaning yuzlarini ajin bosgan, qaddi bukilgan, g'amga to'la nigohlari yerga qadalgan. 

3.  Ajiniyoz Qusibay o’g’li ijodidagi asosiy g’oya. 

Ajiniyoz  shoiming,Дегак",  „Bo'ladi",  „Yaxshi",  „Yigitlar"  she'riarida  vatanparvarlik,  insonparvarlik  g'oyalari,  falsafiy  qarashlari 

ifodalangan 

4.  “Kontributsiya” so’ziga izoh bering.-urushda yetkazilgan zarar o’mini qoplash uchun mag’lub davlat tomonidan to’lanadigan to’lov  

20- bilet 

1.  XIX asrning П yarmida Turkiston general gubernatorligi. 

Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini o'ma- tish, mustahkam o'mashib olish, istilo qilingan joylami qo'ldan chiqarmaslik 

uchun,  eng  awalo,  mustamlakachilar  o'zlariga  mos  boshqaruv  tartiblarini  ishlab  chiqishi  va  uni  o'lkada  joriy  qilishi  kerak  edi. 

Mustamlakachilik siyosatini to'liq amalga oshirilishida boshqaruv tartiblari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik 

yurishlari bilan birga, turli ko'rinishlarda tashkil qilinib, tajriba-sinovlarda o'tkazilgan holda o'zgartirib borilgan. Rossiya imperiyasining 

O'rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan hududlar kengayib borgan. 

Bosib olingan hududlami boshqarish tartiblari va uning qanday bo'lishi kerakligi masalasi juda ko'p hamda uzoq vaqt imperiya hukmron 

doiralarida turli soha vakillari ishtirokida muhokama qilingan. Ushbu masalani hal qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko'zlab ish ko'rish, 

hech nimada tavakkal qilmaslik tamoyiliga tayangan holda ish olib borilgan. Turkiston general-gubematori S.M.Duxovskoy (1898-1901) 

«Turkiston o'lkasi boshqa o'lkalarga nisbatan tarixiy o'tmishi, etnografik xususiyat- larini hisobga olgan holda alohida e'tibor berilishini 

talab qiladi», degan edi. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so'ng, 1865-yil 

6

-avgustida Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora 



qilish  to'g'risidagi  Muvaqqat  Nizom»ni  tasdiqlaydi.  Boshqaruv  harbiy  zobitlar  qo'liga  o'tadi.  Ushbu  nizomda  boshqaruv  tizimi 

«harbiy-xalq boshqamvi» nomi bilan gubemator qo'lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtiriladi. Viloyat bo'limlarga bo'linib, 

ulaming boshliqlari bir vaqtning o'zida harbiy komendant ham hisoblangan. Bo'lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi 



 

 

mustamlakachi  hukumat  vakillaridan  tayinlanadigan  boshqaruvchilar  bo'ysungan.  1908-1910-yillarda  Turkiston  o'lkasini  podsho 



topshirig'i  bilan  taftish  qilgan  senator  K.Palen  ta'kidlaganidek,  «O'lkada  eng  kichik  ahamiyatga  ega  bo'lgan  boshqaruv  ham  harbiy 

boshliqlar  qo'lida  bo'lgan».  Mahalliy  aholi  vakillariga  boshqaruvning  eng  quyi  bosqichidagi  lavozimlar  berilgan.  Bularga  volost 

boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ulaming yordamchilari kirgan. General-gubematorlik devoni 

katta vakolatlarga ega bo'lgan asosiy ijrochi organ hisoblangan. Rossiya imperiyasidagi hech bir gubemiyada bunday katta vakolatga ega 

bo'lgan  boshqaruv  organi  mavjud  bo'lmagan.  Turkiston  o'lkasi  ma'muriy-  hududiy  jihatdan  viloyatlarga  bo'linib,  ulami  o'z  qo'lida 

fuqarolik  va  harbiy  hokimiyatni  birlashtirgan  harbiy  gubematorlar  boshqargan.  Viloyatlar  uyezdlarga  bo'linib,  ular  harbiy  zobitlar 

boshqamvida bo'lgan. Uyezdlar uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo'lingan. Uchastkalami uchastka pristavlari boshqargan. 

Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o'z hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkamlashni birinchi darajali 

vazifa hisoblagani uchun dastlab boshqaruv sohasida katta o'zgarishlami amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo'lgan mahalliy 

aholi vakillaridan iborat quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning saqlab qolinishiga asosiy sabab 

mahalliy aholining ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholining an'anaviy turmush tarziga katta o'zgartirishlar kiritish 

salbiy oqibatlami keltirib chiqarishi mumkin edi. Bundan tashqari, yangi bosib olingan yerlarda hali qarshilik va norozilik harakatlari 

davom etayotganligi, boshqamv tizimida faoliyat olib bomvchi odamlar bo'lmagani, o'lka sharoitini to'liq bilmasliklari dastlabki vaqtda 

mahalliy aholi vakillarini quyi boshqaruvda ishtirok etishiga yo'l bergan. Quyi boshqamv tizimining saqlab qolinishi o'lka ma'muriyatiga 

imperiya manfaatlari uchun xizmat qiladigan, o'lkadagi sharoitlami yaxshi biladigan mahalliy aholi vakillaridan o'zlariga eng ishonchli 

bo'lgan kishilami topish muammosini ko'ndalang qo'yardi. Uni hal qilishda imperiya hukumati Turkistondagi hukmronlikning dastlabki 

vaqtidayoq ishlab chiqilgan saylov tizimi yordam berdi. Uyezdlar volostlarga, volostlar o'troq aholi yashaydigan hududlarda qishloqlarga, 

chorvador aholi yashaydigan hududlar esa ovullarga bo'lindi. Boshqamv tizimining quyi bosqichida volost boshlig'i, qishloq oqsoqoli, 

ovul  boshlig'i,  xalq  sudyalari  va  ulaming  yordamchilari,  ariq  oqsoqoli,  mirob,  o'nboshi,  ellikboshilar  kabi  lavozimlarda  yerlik  aholi 

vakillari isholib borgan. 1867-yilgi «Nizom» loyihasi asosida o'troq aholi bir bosqichli tizim shaklida, ya'ni oqsoqolliklarga, chorvador 

aholi esa ikki bosqichli tizim ko'rinishidagi volost va ovullarga birlashtirilgan. Har bir oqsoqollik 100-200 xonadon, ovul 100-200 o'tov, 

har bir volost esa 1000-2000 o'tovdan iborat holda tashkil qilinishi belgilangan. O'rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib oli- 

nishi bilan bir vaqtda uni kelgusida qanday boshqarish va o'z manfaatlari yo'lida foydalanish hal qilib borilgan. Shunga ko'ra, Turkiston 

o'lkasi bosib olingan davrdan boshlab to'liq mustamlaka sifatida boshqamv tartiblariga asoslangan ma'muriy-hududiy birliklar va ulaming 

boshqamv tartiblari joriy qilib borilgan. Uning asosiy maqsadi mahalliy aholini qattiq nazoratda va tobelikda ushlab turishga qaratilgan 

edi. Joriy qilingan boshqamv tartiblari to'liq ravishda harbiy tartiblarga asoslanib, o'lkada imperiyaning siyosiy va iqtisodiy hukmronli- 

gini  o'matishga  qaratilgan  edi.  Joriy  etilgan  mustamlaka  boshqaruvi  Turkiston  o'lkasini  tashqi  dunyodan  to'liq  ajratib  qo'ydi.  O'rta 

Osiyoda Rossiya imperiyasi hukumatining yana bir asosiy maqsadi - bu imperiyaning markaziy rayonlaridan bu yerlarga aholini ko'chirib 

keltirib joylashtirish bo'lgan. O'lka ma'muriyati ko'chirib keltirilgan aholiga erkin yashashi va xavfsiz turmush kechirishi uchun yetarli 

imkoniyatlar  yaratib  berishga  harakat  qildi.  Ko'chirib  keltirilganlar  yerlar  va  kerakli  mablag'lar  bilan  ta'minlangan.  Aholini  ko'chirib 

keltirib joylashtirishdan yana bir maqsad bu o'lkada mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda qo'shimcha tayanch kuchlarga ega 

bo'lish edi. Bu siyosat mahalliy aholini ruslashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbir bo'ldi.O'rta Osiyoda bosib olingan 

hududlar ma'muriy jihatdan bo'linib, ular to'liq harbiy zobitlar qo'l ostida bo'lgan. 1877-yilda Toshkentda «Shahar nizomi» joriy etilgan 

bo'lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o'tgan edi. Duma a'zolarining 1/3 qismi Eski shahar qismidan, 2/3 qismi esa Yangi 

shahar  qismidan  saylangan.  Bunga  ko'ra,  shahaming  80  ming  mahalliy  aholi-  sidan  21  deputat,  3900  nafari  asosan  ruslardan  iborat 

aholidan  esa  48  deputat  qatnashgan.  Shahar  xo'jaligiga  oid  barcha  ishlar  Duma  qo'lida  bo'lgan.  Dumaga  rahbarlik  qiluvchi  shaxs 

general-gubemator  tavsiyasi  bilan harbiy  vazir  tomonidan tasdiqlangan. 1886-yil  12-iyulda  imperator  Aleksandr III  tomonidan  yangi 

«Turkiston  o'lkasini  idora  qilish  to'g'risidagi  Nizom»  tasdiqlandi.  Mazkur  Nizomning  asosiy  maqsadi  o'lkada  ma'muriy  boshqaruvni 

mustahkamlash  va  yerdan  foydalanish  tartiblarini  o'zgartirishdan  iborat  bo'lgan.  Nizomga  muvofiq  Zarafshon  okrugi  Samarqand 

viloyatiga aylantirildi.  Xo'jand,  Jizzax,  Kattaqo'rg'on, Samarqand  uyezdlari  uning tarkibiga  kiritildi. Amudaryo  bo'limining  bir  qismi 

Sirdaryo viloyatiga o'tkazildi. Qurama uyezdining nomi Toshkent uyezdi deb o'zgartirildi. Turkiston general-gubematorligining umumiy 

hududi  1,7  million  kv.  km bo'lib,  aholisining  soni 5,2  million  kishidan iborat  bo'lgan. O'zbeklar  va boshqa tub xalqlar 1897-yilda 5 

millionga, 1911-yilda esa qariyb 

6

 millionga yetgan. Rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslami ham qo'shib hisoblaganda 



1897-yilda 197 ming kishini, 1911-yilda esa 400 ming kishini tashkil qildi. Podsho hukumati hamisha ko'chirib keltirilganlar sonining 

ortib borishiga qaratilgan chora-tadbirlami amalga oshirib bordi. Ular mustamlaka siyosatini amalga oshirishda tayanch bo'lib xizmat 

qilishi lozim edi.m 1886-yilgi «Nizom»ga muvofiq Turkiston general-gubematorligining ma'muriy boshqaruvi yangi idora - Turkiston 

general-gubematori  Kengashi  bilan  to'ldirilgan.  Viloyat  harbiy  gubematorlari,  general-gubemator  devoni  boshqamv-  chisi,  Turkiston 

harbiy okrugi shtabi boshlig'i bu Kengashning doimiy a'zolari bo'lishgan. 

2.  Qo’qon xoni Umarxon (Amiriy) ijodidagi asosiy g’oya.  

 

3.  XIII asrda Germaniya imperatori Fridrix II ning hayoti va faoliyati. 



Innokentiy III Germaniya siyosatiga o‘z ta’sirini o'tkazgan Rim papasi bo'ldi. U deyarli barcha tomonidan unutilgan Barbarossaning 

18 yoshli nabirasini dastlab german knyazlari 1212-yilda qirol deb tan olinishiga erishadi. Uning sodiq xizmatkori -boTishiga umid qilgan 

papa Fridrix II ni oradan sakkiz yil o‘tib imperator deb e’lon qiladi. 

“G'alati”  imperator.  Fridrix  II  boshqamvi  davrida  german  knyazlari  o'zlarini  erkin  his  qila  boshlaydilar,  bu  esa  keyinchalik 

hukmdorlaming mamlakatni idora etishiga jiddiy to'sqinlik qiladi. 

Uning saroyida arab, vizantiyalik va yahudiy olimlari to'plangan. Fridrixning o'zi arab va yunon tillarini bilgan, lotin va italyan 

tillarida  ijod  qilgan.  Uning  Palermodagi  saroyi  arab  xalifalarining  saroylarini  eslatar  edi.  Imperator  Sharq  musiqasi,  raqslari,  Sharq 

adabiyoti va she’riyati, Sharq me’morchiligining havaskori bo'lgan. Sharq hukmdorlarining ayrimlari bilan do'st tutingan. 

Imperator  mamlakat  bo'ylab  harakatlanganida  uni  jangchilar  va  filbonlar  o'tirgan  fillar  kuzatib  borgan.  Fillar  ortidan  tuyalar, 

yo'lbarslar, sherlar, qoplonlar yetaklab yurilgan. Fuqarolarda bu jarayon kuchli taassurot qoldirgan. Fridrix II devonxonasida lotin tilining 

nozik jihatlaridan foydalanilib, maktublar, hujjatlar bitilganki, unga butun Yevropa taqlid qilgan. Fridrix II yozgan “Qushlar bilan ov 

qilish” asari uning bu sohadan yaxshi xabardorligidan dalolat berib, hozirgacha saqlanib qolgan. Imperator qator maktablar va Neapol 

universiteti asoschisidir. U cherkov yoki shahar kengashi emas, hukmdor tomonidan tashkil etilgan birinchi universitet bo'lgan. 

Zamondoshlari Fridrix II ning g'ayritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga “Jahon hayrati” deb nom berishgan.Fridrix II 




 

 

ning  vafotidan  so‘ng  papalar  tarafdorlari  shtaufenlar  sulolasining  barcha  vakillarini  yo'qotishga  tushadilar.Germaniyada 



1254—1273-yillarda  umuman  imperator  saylanmaydi.  Rnyazlar  1273-yilda  to'planib  Rudolf  Gabsburgni  taxtga  o'tqazadilar.  Ammo 

Gabsburglar  taxtni  uzoq  davrlar  boshqarishi  uchun  Lyuksemburglar  sulolasiga  qarshi  kurash  olib  borishiga  to‘g‘ri  keladi.  Faqat 

1437-yildagiga Gabsburglaming 369 yllik imperatorlik davrlari boshlanadi. 

4.  “Dogma” so’ziga izoh bering




 

 

21- bilet 



1.  XVI - XIX asrlarda Toshkent shahri. 

XVIII  asming  ikkinchi  yarmida  Toshkent  —  Shayxontohur,  Beshyog'och,  Ko'kcha  va  Sebzor  dahalariga  bo'lingan.Ulaming  har  birini 

mustaqil hokim boshqargan. Bu davr Toshkent tarixida to'rt hokimlik deb nom olgan. Shahar hokimlarining o'zaro urushlaridan tinkasi 

qurigan va bu kurashda Yunusxojaning qo'li baland kelayotganini ko'rgan xalq boshqa hokimlami mansabidan chetlatib, butun shaharga 

Yunusxojani hokim qilib ko'tardilar. Yunusxojaga „Hazrati eshon" unvoni berilgan, xon deb ham  yuritilgan. Yimusxoja huzurida xon 

kengashi  tuzildi,  kengashga  4  daha  mingboshilari  kiritilgan.  Kengashda  Yimusxoja  hokim  etib  tayinlandi.To'rt  hokimlik  tugatilib, 

1784-yilda yagona siyosiy hokimiyat ning vujudga kelishi natijasida mustaqil Toshkent hokimligi tashkil topdi. Anhoming o'ng tomonida 

baland va qalin devor bilan o'ralgan O'rda, ya'ni davlat mahkamasi qurildi. Unda xon qarorgohi, devonxona, zarbxona joylashgan. O'rdani 

harbiy qism qo'riqlab turgan.l796-yili Chimkent, Sayram va boshqa o'nlab shahar va qishloqlar Toshkentga qo'shib olindi. 1799-yilga kelib 

Turkiston va uning atroflaridan Chu daryosigacha bo'lgan yerlar, jumladan, Qorako'l mavzeyi Toshkentga qo'shib olindi. Yunusxoja o'ziga 

tobe bo'lgan Katta qozoq juzi yerlaridagi qabilalami boshqarish ishini o'sha urug' boshliqlariga topshirdi. Bu bilan u qozoq biylaridan o'ziga 

tayanch yaratdi. Yunusxoja qozoq qabilalari orasida katta obro'ga ega bo'lgan. Ayniqsa, Qorakesak bo'lisi sultoni Bukey Sulton bilan yaqin 

aloqada bo'lgan. Bukey Sulton va uning o'g'illari Toshkentni va rus karvonlarini qaroqchilardan himoya qilib, ulami belgilangan joyga 

yetgunicha kuzatib borganlar.Katta juz qabilalari Yunusxoja qo'shinida asosiy kuchni tashkil etib, uning Qo'qon xoniga qarshi urushlarida 

jonbozlik ko'rsatganlar. Toshkent hokimligi Qo'qon va Buxoro xonliklarini, Orenburg va Sibir bilan bog'laydigan karvon yo'llari o'tadigan 

Turkiston, Chimkent va Sayramni o'z qo'lida tutib, Markaziy Osiyo bilan Rossiyaning savdo munosabatlarida yetakchilikni qo'lga olishga 

intiladi. Bu hoi Qo'qon bilan Buxoroning Toshkentga munosabatini keskinlashuviga olib keldi. Toshkentning Katta qozoq juzi ustidan o'z 

ta'sirini  kuchaytirishi  Qo'qon  xonligining  iqtisodiy  va  siyosiy  mavqeyini  chegaralab  qo'ygan  edi.  Farg'ona  vodiysini  Rossiya  bilan 

bog'lovchi asosiy savdo  yo'li  Toshkent orqali o'tardi. Shuning uchun ham Toshkentni bo'ysundirish maqsadida 1799- yili Qo'qon xoni 

Olimxon  qo'shinlari  Toshkentga  yurish  boshlay-  dilar.  Yunusxoja  ularga  qarshi  o'z  qo'shini  bilan  chiqib,  Chirchiq  bo'yidagi  Qorasuv 

mavzeyida ularga zarba beradi. Bu g'alaba natijasida Sirdaryoning o'ng sohilidagi Qurama mavzeyi Toshkentga qo'shib olinadi.Bu davrda 

Toshkent yirik shaharga aylantirilgan, uni o'rab turgan devoming uzunligi 18 chaqirimga yaqin bo'lgan. Unda 10 ming xonadon istiqomat 

qilgan. Shahar aholisi Rossiya, Qashqar va Xitoy bilan ham savdo qilgan. Yunusxoja davrida ikki xil pul: rupiya va tanga zarb qilingan. 

Besh tanga bir rupiyaga teng bo'lgan. Shahar nazorati va soliq yig'ish Boshchixojaning qo'lida edi. Hokimning to'rt maslahatchisi bo'lgan. 

Shahar  savdosi  ustidan  qozi  va  devonbegi  nazorat  qilishgan.  Rais  shariat  qonun-qoidalari  va  bozordagi  narx-navo,  o'lchovlar  ustidan 

nazorat qilgan.XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida Toshkent bilan Rossiya o'rtasidagi savdo munosabatlari rivojlandi. Masalan, 1786- 

yili toshkentlik savdogarlar B. Ismoilov va Azizxojalar Irbit yarmarkasiga borishgan. 1787- yili Troitskdan Toshkentga 27773 so'mlik rus 

va chet el mollari keltirilgan. Ular rus va nemis movuti, qizil charm, gazmol, mis, baxmal va boshqa mollardan iborat bo'lgan. 1795-yilning 

sentabr  oyida  24  kishidan  iborat  Toshkent  savdo  karvoni  Semipalatinsk  shahriga  kelgani  hujjatlarda  qayd  etilgan.  XVIII  asming 

90-yillarida Rahmatulla karvonboshi rahbarligidagi bir guruh Toshkent savdogarlari o'z karvonlari bilan doimo Petropavlovskka qatnab 

turgan.Toshkentning qulay geografik holati Toshkent — Rossiya elchilik munosabatlarining ham rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmay 

qolmagan. Xususan, 1792-yili Muhammadxoja va Azizxoja boshliq Toshkent savdo karvoni Sibirga jo'naganida Yunusxoja ular orqali 

Sibir  ma'muriyati  nomiga  maktub  jo'natgan.  Yunusxoja  bu  savdo-  garlarga  Sibir  ma'muriyati  bilan  har  ikki  tomonni  qiziqtiradigan 

masalalar yuzasidan muzokara olib borish vakolatini ham bergan edi. Yunusxojaning elchilariga javoban Sibir ma'muriyati 1794- yilda o'z 

elchilari  T.BeznosikowaT.S.Bumashevlami  Toshkentga  jo'natadi.  Biroq  ular  Toshkentga  kela  olmay  Buxorodan  qaytishga  majbur 

bo'ldilar.  Sibir  ma'muriyatining  1796-yilda  ikkinchi  bor  yuborgan  elchilari  nihoyat  Toshkentga  yetib  keladi.  Ulami  O'rta  qozoq  juzi 

Qorakesak bo'lisi sultoni Bukeyning o'g'li Eshim Sulton kuzatib keladi. Bu faktlar Toshkent ijtimoiy-siyosiy nutuzining o'sib borganligini 

anglatar edi. Toshkent elchilari 1803-yilda Sankt- Peterburgga borib imperator Aleksandr I qabulida bo'ladilar. Toshkent mustaqilligi uzoq 

davom etmadi. Bunga Toshkent — Qo'qon munosabatlari sabab bo'lgan. Ular o'rtasida muntazam davom etgan qarama-qarshilik, kurash 

muhiti hukm surgan. Yimusxoja Qo'qon xonligida markaziy hokimiyatga bo'ysunishni istamagan bekliklar, viloyatlar bilan ittifoq tuzishga 

harakat  qilgan.  Qolaversa,  u  isyonchi  hokimlaming  markaziy  hukumatga  qarshi  kurashidan  ham  foydalanishga  uringan.  Ayni  paytda, 

Qo'qon xonligi Toshkentni butunlay egallash yo'lini tutgan. Ikki tomon qo'shinlari o'rtasidagi asosiy jang 1800-yilning kuzida Sirdaryo 

bo'yidagi G'urumsaroy (Namangan viloyatiga qaraydi) yaqinida bo'lgan. Bu jangda Toshkent qo'shini yengilgan. MuvafFaqiyatsizlikka 

uchrab,  Toshkentga  qaytib  kelgan  Yunusxoja  kasallanib,  1803-yilda  vafot  etadi.  Hokimiyatga  uning  o'g'li  Sultonxoja  o'tirdi. 

Yunusxojaning vafot etganini eshitgan Qo'qon xoni Olimxon Toshkentga o'z qo'shinini yuboradi. 1809-yilda Toshkent Qo'qon xonligiga 

qo'shib olinadi. Shu tariqa, Toshkent mustaqilligi butunlay barham topdi. 1784-yilda mustaqil Toshkent hokimligi tashkil topdi. 1809-yilda 

Toshkent Qo'qon xonligi tomonidan bosib olindi. 

2.  Konstantinopoldagi Muqaddas Sofiya ibodatxonasi. 

Me’morligi.  V.  me’morligining  rivojlangan  davri 

6

-a.ga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  davrda  Konstantinopol  jahondagi  yirik  shaharlardan  biri 



hisoblangan.  Shahar  atrofi  mustahkam  qal’a  devorlari  bilan  o‘ralib,  xandaqlar qazilgan  (5-a.ning  1-yarmi).  Shahar  markazi  (Agustion 

maydonida Qad. Rim me’morligi ta’sirida zafar toki (ark) lari, forumlar, cherkov binolari, imperator saroyi, otchopar, akveduklar qurilgan. 

V.  me’morlik  maktabida  "plinfa"  (yassi  keng  g‘isht)  ko‘p  qoTlanilgan.  Ibodatxona  qurilishida  bazilika  uslubidan  foydalanilgan. 

Keyinchalik  bu  uslub  qo‘shni  mamlakatlar  me’morligiga  ta’sir  qilgan.  Ibodat-xonalar  tashqi  ko‘rinishi  qo‘pol  va  og‘ir  bo  Tib,  ichki 

ko'rinishi esa, aksincha, o‘ta hashamdor boTgan (Salonikidagi Avliyo Dmitriy bazilikasi, 5-a; Avliyo Georgiy rotondasi, 4-a. oxirida qayta 

qurilgan).  Konstantinopoldagi  Ayo  Sofiya  ibodatxonasi  (532—  537)  yuksak  mahorat  bilan  qurilgan  mahobatli  inshoot  bo  Tib, 

gumbazining diametri 31,4 m, bal. 55 m dir. Turar joy binolari asosanko‘p qavatli, bosh tarzi ravoqli qilib qurilgan, pastki qavatida savdo 

rastalari va ustaxonalar joylashgan. 

3.  Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati. 

Turkistonlik ulug‘ alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylaming 

oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iraq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining o‘g‘li Abu 

Nasr Mansur ibn Iraq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiva. matematika. 

geodeziva.  geografiva  va  mineralogiva  edi.  U  o'zining  ,,Geodeziya“  asarida  990-vil  Kat  shahrining  geografik  kengligini  aniqlaganini 

yozadi. Ma’lumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega bo‘lish lozim. 

995-vil  Katni,  Xorazmning  ikkinchi  poytaxti,  Gurganj  (Urganch)ning  amiri  Ma’mun  ibn  Muhammad  bosib  oladi.  Beruniy  Iroqiylar 

xonadoniga mansubligi uchun Ma’munning g'azabidan qochib, Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim — 




 

 

matematik va astronom al-Xo‘jandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda o‘zining ,A1-Faxriy sekstanti" risolasini 



yozadi. 997-vil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda o‘zgarishlar bo‘lib, Ma’mun vafot etib, uning o‘miga Ali ibn Ma’mun taxtga 

chiqqan edi. 998- vil Beruniy Juqonga keldi. U Jurjonda 1004-vilgacha yashaydi. 0‘zining o‘n beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. 

Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari 1000-vil atrofida shu yerda yozilgan. 1004-vilning bahorida Beruniy 

Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib al-Hammar, 

Ibn Iraq va boshqalar ishlar edilar. 1005-vil bahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keladi. Gurganjda Beruniy 

matematika. astronomiva bilan bir qatorda fizika va mineralogivaning ba’zi masalalari bilan shug’ullandi. Minerallami aniqlash, ulami 

tizimga solishda solishtirma og’irliklardan foydalanish g’oyasi ham mana shu yerda tug’ildi. 1017-vil  yozida Mahmud G‘aznavivning 

buyrug‘iga  ko‘ra  Beruniy  asir  sifatida  G‘aznaga  olib  ketildi.  U  yerda  og‘ir  sharoitda  yashadi.  1019-vildan  keyin  ilmiy  ish  bilan 

shug'ullanish sharoitiga erishdi. 1022—1024- 

villarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni o‘zi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shug’ullandi. 

U  Paniobdagi  Nandna  qal’asi yonida  yer  shari  meridianini  bir gradusining  uzunligini o‘lchadi  va u 110,895  km. ekanini  aniqladi. Bu 

ma’lumot  hozirgi  zamon  o‘lchashlari  natijasi  —  111,1  km  bilan  taqqoslansa,  Beruniy  o'lchashlarining  aniqligi  qay  darajada  ekani 

ko’rinadi. 

U Hindistonda boMajak asari „Hindiston tarixi“ uchun ma’lumot yig‘di va uni 1030-vil yozib tugatdi. 0‘sha yili Mahmud vafot etdi va 

uning o‘miga o‘g‘li Mas’ud taxtga chiqdi. Mas’ud Beruniyga ko‘p iltifotlar ko’rsatdi. Shu sababli, Beruniy о‘zining shoh asarini Mas’udga 

bag’ishlab  „Qonuni  Mas’udiy“  deb  atadi.  Bu  asar  asosan  astronomivaga  oid  bo‘lsa  ham  Beruniyning  matematikaga  oid,  ya’ni 

trigonometriva va sferik trigonometrivada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning 

boshqa sohalariga qo’shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko'rish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston

11



,,Yodgorliklar“,  „Qonuni  Mas’udiy",  ,,Geodeziya“,  ,,Mineralogiya“  va  „Astronomiya".  Qolganlarini  quyidagicha  taqsimlash  mumkin: 



matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 

10

 ta; astrologiklari — 



21

 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan taijima asarlar — 21 ta. 

Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq ko‘p vaqtini turli kuzatishlar bilan 

o'tkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shug'ullangan va 995—996-villarda 

Kat  shahrida  diametri  15  ziro‘  (Ziro‘  —  qadimgi  o'lchov  birligi,  49  santimetr  chamasida)  bo‘lgan  doira  va  boshqa  asboblar  bilan 

astronomik  o’lchash  ishlarini  olib  borgan.  Beruniyning  152  asari  ma’lum  bo‘lib,  bizgacha  uning  faqat  30  tasi  yetib  kelgan.  Jami 

asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi 

dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag’ishlangan. U 50 yoshida qadimiy Sanskrit tilini 

o’rgandi, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi. 

4.  “Anneksiya” so’ziga izoh bering. bir davlat hududini zo’ravonlik yo’li bilan butunlay yoki qisman o’z davlatiga qo’shib olish  

22- bilet 

1.  XVIII asr oxirida Fransiya davlati. 

Lyudovik  .  XVI  qatl  etilgach,  Ispaniya,  Angliya  va  Avstriya  monarxlarining  bosqinchilik  hujumi  kuchaydi.  Jirondachilar  mamlakat 

mudofaasini yetarli darajada tashkil eta olmadilar. Buning ustiga, mamlakat janubida yerlaming shahar burjuaziyasiga sotilayotganligidan 

norozi bo'lgan dehqonlaming isyoni boshlandi. Isyonchilar qirolning qatl etilishini jinoyat deb hisoblardilar. Yakobinchilar mamlakatdagi 

bu og'ir vaziyat uchun jirondachilami aybladi. Ular Parij aholisini qo'zg'olonga chaqirdi. Boshlangan qo'zg'olon 1793- yilning 2- iyun kuni 

jirondachilar  hokimiyatining  ag'darilishi  bilan  yakunlandi.  Hokimiyat  yakobinchilar  qo'liga  o'tdi.  M.Robespyer  boshchiligida  yangi 

hukumat - jamoat qutqaruv qo'mitasi tuzildi. Favqulodda sudlar yangi kuch bilan ishlay boshladi. 

Yakobinchilarning  ichki  siyosati.  1793-  yilda  Fransiyada  yangi  Konstitutsiya  qabul  qilindi.  Feodal  to'lovlar  butunlay  bekor  qilindi. 

Dehqonlar  endilikda  o'z  yerlarining  ozod  egalariga  aylandilar.  Feodallaming  huquqlarini  tasdiqlovchi  hujjatlar  yoqib  yuborildi.  Chet 

ellarga qochib ketgan dvoryanlaming yerlari mayda bo'laklarga bo'linib sotildi. Cherkov davlatdan ajratildi. Birinchi iste'mol buyumlariga 

qat'iy narxlar o'matildi. Biroq bu tadbir kutilmaganda aks sado berdi. Savdogarlar hukumat belgilagan narxda tovarlarini sotmay qo'ydi. 

Endi ular yashirincha savdo qilishga o'tdilar. Oqibatda narx-navo Ko'tarilib ketdi. Hukumat ish haqining eng yuqori darajasini ham belgilab 

qo'ydi.  Biroq  bu  tadbir  yaxshilikka  olib  kelmadi.  Natijada  ishchilaming  ish  tashlashi  boshlandi.  Hukumat  esa  uni  shafqatsizlik  bilan 

bostirdi. Chet el bosqinchilarining hujumi va birinchi iste'mol mahsulotlarining yetishmasligi sharoitida ahvolning g'oyatda og'irlashuvi 

yakobinchilami diktatura о 'matishga majbur etdi. 

1793-  yil  sentabrda  Konvent  «Shubhali  kishilar  to'g'risida»  qonun  qabul  qildi.  Bu  qonun,  yakobinchilar  fikricha,  «shubhali»  deb 

hisoblangan barcha kishilami to tinchlik o'matilgunicha qamoqqa olish va saqlashni ko'zda tutardi. Aslida yakobinchilar o'z raqiblaridan 

terror  yo'li  bilan  qutilmoqchi  edi.  Buning  tasdig'i  o'laroq,  Konventdagi  barcha  jirondachi-deputatlar  qamoqqa  olindi  va  qatl  qilindi. 

Mamlakat ichkarisidagi isyonlar ham o'ta rahmsizlik bilan bostirildi. Yakobinchilarning shafqatsizligi chegarasiz, ayovsiz va ma'nosiz edi. 

Yakobinchilar, ayni paytda, qo'shinni mustahkamlash choralarini Ko'rdilar. Bu tez orada o'z samarasini berdi. 1794- yilda bosqinchilar 

mamlakat hududidan surib chiqarildi. Bu ozodlik urushlarida yosh kapitan Napoleon Bonapart shuhrat qozondi. 

Yakobinchilar partiyasi. Yakobinchilar ichida ichki siyosat borasida yagona birlik yo'q edi. Ular aslida turli guruhlarga bo'linib ketgan 

edilar. Yakobinchilami birlashtirib turgan omil - bu chet el bosqinchilariga qarshi kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlami bostirish 

zarurati edi, xolos. Bu ikki xavf bartaraf etilgach, guruhlar o'rtasida kurash boshlanib ketdi. Eber va Shomet rahbarligidagi yakobinchilar 

«hech kim boy ham, hech kim o'ta kambag'al ham bo'lmaydigan, hamma barcha narsaga yetarlicha ega bo'lishini ta'minlaydigan» jamiyat 

tarafdori edilar. 1794- yilda M. Robespyer tarafdorlari ulami qamoqqa oldilar va o'lim jazosiga hukm etdilar. M. Robespyer tarafdorlari 

yakobinchilaming  Danton  boshchiligidagi  «shafqatlilar»  guruhini  ham  xavfli  deb  hisoblaganlar.  Danton  mamlakatda  faoliyat 

ko'rsatayotgan guruhlaming o'zaro murosasi tarafdori edi. U barcha partiyadagi yaxshi niyatli kishilaming ittifoqini tuzish yo'li bilan o'zaro 

ziddiyatlami  bartaraf  qilishni  taklif  etdi.  Danton  inqilobiy  diktaturani  to'xtatishni,  konstitutsiyaviy  tartibga  qaytishni,  terrordan  voz 

kechishni talab qila boshladi. M. Robespyer guruhi Danton talablarini rad etdi. Danton hamda uning tarafdorlari qamoqqa olindilar va qatl 

etildilar. Mamlakatda o'matilgan terror siyosati dahshatlari hammaning tinkamadorini quritdi. Bu esa, Robespyeming obro'sini tushirib 

yubordi. M. Robespyer siyosiy kurashda qonli usul orqali raqiblarini yo'qotish bilan o'z shaxsiy halokatini ham tayyorlab bordi. Xalq qonli 

boshqaruvga  asoslangan  respublikani  yomon  Ko'rib  qoldi.  Endi  M.  Robespyeming  barcha  dushmanlari  yagona  ittifoqqa 




 

 

birlashdilar.Yakobinchilar diktaturasining ag'darilishi. Konventda M. Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna tayyorlandi. 1794- 



yilning 27- iyulida Konvent unga qarshi ayblov e'lon qildi va M. Robespyemi qamoqqa oldi. Shuningdek, Konvent uni qonundan tashqari 

deb ham e'lon qildi. Bu - sudsiz qatl etish degani edi. Hammasi bo'lib yuzga yaqin kishi qatl etildi. Shu tariqa yakobinchilar diktaturasi 

quladi. Bu inqilobning tugashi ham edi. Hokimiyat tepasiga inqilob yillarida boyib ketgan  yangi boylar deb ataluvchi yirik burjuaziya 

keldi. Hokimiyat tepasiga kelgan kuchlar termidorchilar deb nom olganlar. Ular mulkni va erkinlikni, tadbirkorlikni himoya qiladigan 

Respublika  tarafdori  edilar.  1795-  yilda  Konvent  yangi  Konstitutsiya  qabul  qildi.  U  mamlakatda  respublika  tuxumini  mustahkamladi. 

Inqilobning  feodal  tartiblami  tugatish  haqidagi  barcha  qarorlarini  tasdiqladi.  Mamlakatda  ikki  palatali  parlament  tashkil  etildi.  Ijroiya 

hokimiyat besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi. U 1795-1799- yillar mobaynida mamlakatni boshqardi. Bu davrda monarxiya 

tarafdorlari isyon ko'tardilar. Ulaming maqsadi monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq general Napoleon Bonapart Konventning xaloskori 

bo'ldi. U isyonchilar kuchini tor-mor etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak sari yo'l ochdi. 1799- yil 9- noyabrdagi davlat to'ntarishi. 

Direktoriya Shimoliy Italiyani Avstriya qo'shinidan ozod qilishi uchun Napoleon Bonapartga umid bog'ladi. 26 yoshli general bu vazifasini 

sharaf bilan uddaladi. U Avstriyani tinchlik shartnomasi tuzishga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur qildi. Shu tariqa Napoleon 

Italiyadan Parija shon- shuhratga Ko'milgan holda qaytib keldi. Endi hukmron tabaqalar Fransiyada Napoleondek qattiqqo'l siyosatchining 

hokimiyatini o'matishga fursat yetdi, degan xulosaga keldilar va davlat to 'ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozi bo'ldi. 

1799- yil 9- noyabrda Davlat to'ntarishi amalga oshirildi. Parlament Konsullik deb ataluvchi hukumat tuzishga majbur etildi. Uning tarkibi 

3  kishidan  iborat  bo'ldi  va  ulaming  har  biri  «Fransiya  Respublikasining  konsuli»  unvoniga  ega  bo'ldi.  Uch  konsuldan  biri  Napoleon 

Bonapart edi. Aslida butun hokimiyat uning qo'lida to'plandi. Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati. Gap fransuz burjua 

inqilobi  haqida  ketganida,  unga  nisbatan  «Buyuk»  so'zi  qo'shib  ishlatiladi.  Xo'sh,  nega  shunday?  Chunki  bu  inqilob  o'rta  asr  feodal 

tartiblarini to'la bekor qilgan edi. Kishining kishiga shaxsan qaramligini tugatdi. Monarxiyaning hech qanday Ko'rinishi bilan mures a 

qilmadi. 

Fransiyada respublika tuzumi qaror topdi. Angliya burjua inqilobi burjuaziya va dvoryanlar kelishuvi bilan yakunlangan bo'lsa, Fransiyada 

burjuaziya dvoryanlami yengdi. Eski jamiyat va davlat tuzumini to'la buzib tashladi. Sanoat inqilobi uchun sharoit hozirladi. 

2.  Ulug’bek (Samarqand) madrasasi. XV asr. Amir Temuming nevarasi, Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulugbek tomonidan 1417 yili 

qurib  bitkazilgan.  Uning  peshtoqida  Amir  Temur  davrida  Erondan  keltirilgan  ustaning  avlodi  Ismoil  ibn  Tohir  ibn  Isfahoniy 

al-Bannoiyning  nomi  saqlanib  qolgan.  Madrasa  Abdullaxon  II  davrida  Xo'ja  Sa'd  Jo'yboriy  tomonidan  (1586  yilda)  butunlay  qayta 

tiklangan. U o'rta asrlarda yirik madaniyat va ma'rifat maskani vazifasini o'tagan. 

3.  Mahmud Zamaxsharining hayoti va faoliyati. 

Xorazm  vohasida  azaldan  jahon  fani  va  madaniyati  rivojiga  ulkan  hissa  qo‘shgan  ko‘plab  allomalar  yetishib  chiqqan.  Ayniqsa,  o‘rta 

asrlarda bu diyor ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha samarali ijod qilgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon al- Beruniy, Abu 

Abdulloh  al-Xorazmiy,  Ibn  Miskavayh,  Abu  Nasr  al-Iroq,  Abu  Sayhl  Masihiy,  Abul  Xayr  ibn  al-Hammor  kabilaming  dong‘i  butun 

Mag‘ribu  Mashriqqa  tarqalgan.  Xorazm  zaminida  tavallud  topgan  buyuk  allomalardan  biri  Abul  Qosim  Mahmud  az-Zamaxshariydir. 

Uning  toTiq  ismi  Abul  Qosim Mahmud ibn  Umar  ibn  Muhammad  (ba’zi  manbalarda  Ahmad)  boTib,  u  hijriy  467-sana rajab  oyining 

yigirma yettinchsiesda- chorshanba kuni (milodiy hisobda 1075 yilning 19 martida) Xorazmning katta qishloqlaridan biri Zamaxsharda 

tavallud topgan. Shu boisdan ham az-Zamaxshariy taxallusini olgan. U Makkada yashagan paytda iskandariyalik bir shogirdi, “Al-Aqd 

as-samiyn  fi  ta’rix  al-balad  al-amiyn”  nomli  tarixiy  asaming  muallifi  Shahobuddin  Ahmad  ibn  al-Husniy  al-Molikiyga  yoTlagan 

maktubida o‘zi haqida “Men Mahmud ibn Umar ibn Muhammad ibn Ahmad al-Xorazmiyman, keyin az-Zamaxshariyman. Xorazmning bir 

qishlog‘iga (Zamaxsharga) mansubman. Zamaxshar to‘g‘ilgan yurtimdir”,-deb yozgan. 

Tarixiy  manbalarda  ko‘rsatilishicha,  Mahmud  az-Zamaxshariy  awal  o‘z  yurti  Xorazmda,  undan  keyin  Buxoroda  taxsil  ko'rgan. 

Ko'pgina xorijiy ellarga, jumladan, Marv, Nishopur, Damashq, Bog'dod, Макка va Hijozga safar qilgan. U tilshunoslik, lug‘atshunoslik, 

adabiyot, jo‘g‘rofiya, tafsir, hadis, fiqh ilmlarida ellikdan ortiq yirik asarlar yaratgan boTib, ulaming aksar qismi bizgacha yetib kelgan. 

Az-Zamaxshariy 1144 yilda Xorazmda vafot etgan. 

Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy biz avlodlarga boy va ulkan me’ros qoldirgan. U tilshunoslik, lug‘atshunoslik , adabiyot, 

aruz, jo‘g‘rofiya, tafsir, fiqh va ilm-al qiroatga oida oltmishga yaqin asar yaratgan boTib, baxtimizga ulaming aksariyati bizgacha yetib 

kelgan. 

Darhaqiqat, o‘z bilim tafakkurining chuqurligi va noyob iste’dodining keng qamrovligi tufayli az-Zamaxshariy o‘z davrida “ustoz 

ul-arab  va-l-ajam”(“arablar  va  g‘ayri  arablar  ustozi”),  “Faxm-l-Xvarazm”(“Xorazm  faxri”),  Makkada  o‘zoq  vaqt  yashaganligi  uchun 

Jorulloh (“Allohning qo'shnsies”) kabi sharafli nomlarga sazovor boTgan edi. Hind Xusayn Toho ta’kidlaganidek, u o‘z yurti Xorazmda 

bo‘lsa ham yoki o‘zi ziyorat qilgan Sharqning ko'plab shaharlarida ham doimo mashhur olimlar shoir va adiblar davrasida bular, ular bilan 

qizg'in ilmiy bahslar, munozaralarda ishtirok qilardiyu ilm ahllari uning fikriga qo‘loq solar edilar. Manashu ulkan obro‘-e’tibor va buyuk 

daho e’timol unga o‘z asarlaridan birida “va inniy fi Xorazm kaabat ul-adab” “rostdanham men Xorazmda adiblar uchun (bir) Ka’baman” 

deb yozishga asos bo‘lgan bo‘lsa kerak. 

Xajm  jixatidan  juda  katta  bo‘lgan  va  ba’zi  hollarda  iboralami  idrok  etib  chuqur  anglash  murakkablik  tug‘dirganidan 

az-Zamaxshariydan so‘ng o‘tgan ba’zi mualliflar bu asami qisqartirib, soddalashtirib, uni muhtasar xolga keltirganlar. Shular jumlasidan 

Mavlona Muhiddin ibn al-Xatiyib Qosim ibn Yaqub (U 940/1534 yilda vafot etgan) az-Zamaxshariyning ushbu asarini muxtasar holga 

keltirib,  uning  g'oyatda  foydali  o'rinlarini  olib,  “Ravzu-l-axbor  al-muntaxab  min  Rabiy’u-l-abror”  (“Rabiy-ul-  abror  ”  dan  tanlab 

(saralab) olingan xabarlar chamanzori) deb nomlab, 92(tuqson ikki) bobdan iborat bo'lgan asar aslini “50(ellik) chamanzor” (ravza)ga 

keltirib qisqartirgan. Bundan tashqari asaming boshqa qisqartirilgan nushalarini ham ko‘rish mumkin. Jumladan Turkiyaning Stanbul 

shahridagi  OYA  So‘fiya  nomli  kutibxonasida  4331  raqami  ostida  saqlanayotgan  bir  qo‘lyozma  “Nuzhatu-l-musta’nis  va 

nuzhatu-l-muqtabis” (“Sururga intilganlar oromi va talabgorlar uchun (qulay) fursat ”) nomi bilan atalgan va u “Robiy’ ul-abror” ning 

qisqartirilgan  muhtasar  nusxasidir.  Shuningdek  Hindiston  (Dehlidagi)  Xudabaxsh  kutibxonasida  saqlanadigan  2607  raqami  ostidagi 

qo‘lyozma  “Nafahatu  azhor  Rabiy’ul  abror”  (“Rabiy’  ul-abrordagi  gullar  xushbuyliklari”)  deb  atalib,  u  ham  az-Zamaxshariyning 

“Rabiy’ ul-abror” asarining soddalashtirilgan nusxasi hisoblanadi. 

4. 


“Dekodentlik” so’ziga izoh bering. (lotincha tanazzul) yevropa madaniyatidagi inqiroz holatini umumiy tarzada ifoda etuvchi 

tushuncha. tanazzulga yuz tutishlik,umidsizlik kayfiyati,hyotdan bezikishni aks ettiruvchi oqim  

23- bilet 

1.  XVII asrda Rossiya imperiyasi. 

XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar paydo bo'la boshladi. Bu, awalo, tovar ishlab chiqarishning, ya'ni bozorda sotish uchun 



 

 

mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishida namoyon bo'ldi.Shahar hunarmandchiligi yoppasiga mayda tovar ishlab chiqarishga aylana 



boshladi.  Mamlakat  ehtiyoji  uchun  zarar  mehnat  qurollari  ishlab  chiqarishga  mo'ljallangan  manufakturalar  vujudga  keldi.  Endi 

hunarmandlar  buyurtmaga  ishlashdan  bozor  uchun  ishlashga  o'tdilar.  Ayni  paytda  o'zlari  hambozordan  xomashyo  sotib  oladigan 

bo'ldilar. Bu jarayondan qishloq xo'jaligi ham chetda qolmadi. Tirikchilik uchun eng zarar narsa - g'alla hamma yerda tovarga aylandi. 

Ayrim  pomeshchiklar  (feodallar)  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari  savdosi  bilan  shug'ullana  boshladilar.  Krepostnoylardan  endi  obrok 

mahsulot bilan emas, balki pul bilan ham olina boshlandi. Yuqorida qayd etilgan omillar natural xo'jalik negizlariga zarba bera bordi. 

Rossiya tarixida XVII asr shaharlaming rivojlanishi boshlangan asr hamdir. Shaharlar tobora mamlakatning savdo-sanoat markazlariga 

aylana bordi. Ular orasida Novgorod, Yaroslavl, Pskov, Qozon, Nijniy Novgorod va boshqalar ajralib turardi. Eng katta shahar Moskva 

bo'lib, unda hunannandchilikning 250 turi bilan shug'ullanilar edi. Hunarmandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojlanishiga va bu, 

o'z navbatida, turli viloyatlar o'rtasida xo'jalik aloqalarining kengayishiga olib keldi. Bu esa, oxir-oqibatda hunarmandlaming bozorga 

qaramligini oshirdi. XVII asrda Rossiyada i&Qnufakturalar ham paydo bo'ldi. Bular birinchi bo'lib qora metallurgiya sohasida paydo 

bo'lgan  manufakturalar  edi.  Manufaktura  ishlab  chiqarishi  mehnat  unumdorligining  o'sishiga  olib  keldi.  Savdogar,  davlat,  podsho 

xonadoni  va  ayrim  yirik  pomeshchiklar  ham  manufaktura  egalari  edilar.  XVII  asrda  tashqi  savdo  ham  rivojlana  boshladi.  Astraxan 

(Ashtarxon) va Arxangelsk shaharlari mamlakat tashqi savdosida muhim rol o'ynadi. Boltiq va Qora dengizga chiqish imkoni bo'lmagan 

Rossiya dengiz savdo flotiga ega emas edi. Shuning uchun ham G'arbiy Yevropa davlatlari bilan savdo-sotiq ishlari Buyuk Britaniya va 

Gollandiya  savdogarlari  vositachiligida  amalga  oshirilardi.  Shunga  qaramay,  davlat  Rossiya  savdogarlarining  manfaatini  chet  el 

savdogarlaridan himoya qilishga qaratilgan qator choralami ko'rdi. Chunonchi, 1667- yilda «Yangi savdo Nizomi» joriy etildi. Unga 

ko'ra, chet el savdogarlarining rus bozorlarida chakana savdo qilishlari taqiqlandi. Shu tariqa Rossiya iqtisodiyotida ham asta-sekinlik 

bilan bo'lsa- da, yangi - kapitalistik munosabatlar shakllana bordi. Ichki savdoning rivojlanishi oxir-oqibatda butun Rossiya yagona ichki 

bozorining  tarkib  topishiga  olib  keldi.  Biroq  Rossiya  iqtisodiy  taraqqiyotda  G'arbiy  Yevropa  mamlakatlaridan  orqada  edi.  Bunga 

krepostnoylik tartiblarining tobora mustahkamlanishi asosiy sabab bo'lgan. Sober nizomi. Buning yorqin isboti 1649- yilda Zemstvo 

sobori qabul qilgan yangi nizom edi. Nizomga ко'га, dvoryanlar o'zlari egalik qilayotgan yer-mulklami votchinaga aylantirish va meros 

qoldirish  huquqiga  ega  bo'ldilar.  Dehqonlar  dvoryanlarga  uzil-kesil  biriktirilib  qo'yildi.  Ulaming  xo'jayindan  xo'jayinga  o'tishi 

taqiqlandi.  Krepostnoylik  nasldan  naslga  o'tadigan  bo'ldi.  Shu  tariqa  Sobor  nizomi  Rossiyada  krepostnoy  huquqning  shakllanishi 

jarayonini  tugalladi.Mutlaq  monarxiyaning  qaror  topib  borishi.  Rossiyada  mutlaq  monarxiyaning  to'la  qaror  topishi  Aleksey 

Mixaylovichning o'g'li Pyotr I nomi bilan bog'liqdir. U 1689- yilda taxtga o'tirdi. Pyotr I tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri, 

Rossiyani kuchli harbiy- dengiz flotiga ega davlatga aylantirish edi. U bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi. Pyotr I Polsha va 

Daniya bilan Shvetsiyaga qarshi kurash uchun ittifoq tuzishga erishdi. Shundan so'ng Pyotr I Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga 

qarshi urush boshlashga qaror qildi. 1700- yilda Rossiya - Shvetsiya urushi boshlandi. Bu urush tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan 

kirdi. Urushgacha Rossiya kuchli harbiy- dengiz floti yaratishga muvaffaq bo'lgan edi. Urush taqdirini Poltava (hozirgi Ukraina davlati 

hududidagi shahar) jangi hal etdi. 1709-  yilda bo'lib o'tgan bu jangda rus qo'shini Shvetsiya qo'shinini tor-mor etdi. Bu mag'lubiyat 

Shvetsiya  qudratiga  o'nglanmas  putur  yetkazdi.  U  endi  buyuk  davlat  maqomini  yo'qotdi.  Nihoyat,  Shimoliy  urush  1721-  yilda 

Rossiyaning  g’alabasi  bilan  tugadi.  Shu  yili  Finlyandiyaning  Nishtadt  shahrida  Rossiya  -  Shvetsiya  tinchlik  shartnomasi 

imzolandi.Urush yakuni Pyotr I ga о 'z orzusini amalga oshirish imkonini berdi. Rossiya Boltiq dengiziga chiqish yo'liga ega bo'ldi. Ayni 

paytda Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 1721- yilda Pyotr I imperator deb e'lon qilindi. Rossiya imperiyaga 

aylandi va Rossiyada mutlaq monarxiya ham to'la qaror topdi. Pyotr I islohotlari. Rossiya ma'muriy boshqaruv jihatidan gubemyalarga 

bo'lindi.  Ular  podsho  tomonidan  tayinlanadigan,  general-  gubemator  tomonidan  boshqariladigan  bo'ldi.  Podsho huzuridagi  Boyarlar 

dumasi tugatildi. Uning o'miga Senat tuzildi. Senatga qonun chiqarish va hukumatni boshqarish vakolati yuklatildi. Pyotr I zamonaviy 

qo'shin ham tuzdi. Qo'shinda harbiy xizmat umrbod muddatda o'taladigan bo'ldi. Qo'shin rekrutlikka olish yo'li bilan shakllantirildi va 

zamon ruhiga mos ravishda qurollantirildi. Pyotr I islohotlari Rossiyaning taqdirida muhim rol o'ynadi. Pyotr I vafotidan so'ng XVIII asr 

oxirigacha  (1725-  1800)  yana 

8

  nafar  Romanovlar  sulolasi  vakillari  imperatorlik  qilishdi.  Bu  о  'tgan  75  yillik  davr  islohotlaming 



mustahkamlanishi  davri  bo  'ldi.  Ayniqsa,  Yekaterina  II  hukmronligi  davri  (1762-1796)  Rossiya  tarixida  alohida  iz  qoldirdi.  Biroq, 

Rossiyada krepostnoy tuzum hukmron bo'lib qolaverdi. Dehqonlar og'ir hayot kechirdilar. Oxir-oqibatda ular bir necha marta qo'zg'olon 

ko'tarishga  majbur  bo'lganlar.  Ulaming  ichida  eng  mashhuri  Ye.Pugachev  boshchiligidagi  qo'zg'olon  edi  (1773-1775).  Qo'zg'olon 

Yekaterina  II  tomonidan  shafqatsizlik  bilan  bostirilgan.  Ye.  Pugachev  esa  qatl  etilgan.  Rossiyaning  tashqi  siyosati.  XVII-XVIII 

asrlarda ham Rossiya tashqi siyosatining asosini unga tutash bo 'lgan yerlar hisobiga kengaytirish uchun kurash tashkil etgan. Chunonchi, 

1654-  yilda  Ukraina  va  Sharqiy  Belorussiya  Rossiyaga  qo'shib  olindi.  XVII  asr  davomida  Rossiya  G'arbiy  Sibirdan  Tinch  okeani 

qirg'oqlariga, Kamchatka va Kuril orollariga qarab siljishni davom ettirdi. XVII asr oxiridan boshlab Rossiyani kuchli dengiz davlatiga 

aylantirish uchun kurash boshlandi. Bu vazifa ham bosqichma-bosqich amalga oshirila borildi. Pyotr I o'z tashqi siyosatining tig'ini O'rta 

Osiyoga ham qaratdi. O'rta Osiyo oltiniga ega bo'lish maqsadida 1714- yilda Xiva xonligiga harbiy ekspeditsiya yubordi.XVIII asming 

ikkinchi choragida Qozog'istonning bir qismi Rossiya tarkibiga qo'shib olindi. 1768- yilda Rossiya - Turkiya urushi kelib chiqdi. 1774- 

yilda Tuririyani Rossiya o'ziga qulay Kuchukqaynaiji shartnomasini imzolashga majbur etdi. Unga ko'ra, Rossiya Qora dengiz bo'yida 

harbiy  flot  qurish  huquqini  qo'lga  kiritdi.  Shuningdek,  uning  savdo  kemalari  O'rta  Yer  dengiziga  olib  chiquvchi  Qora  dengiz 

bo'g'ozlaridan  hech  qanday  to'siqsiz  o'ta  olish  huquqiga  ega  bo'ladi.  1783-  yilda  Qrim  xonligi  qo'shini  tor-mor  etildi  va  u  Rossiya 

tarkibiga qo'shib olindi. 

2.  Qo’qon xonligida Maxmur (Maxmud) ijodidagi asosiy g’oyalar. 

Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug'ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo'qondagi MadrasayiMirda o'qigan, keyin Amir Umarxon 

qo'shinida sipohilik qilgan. Maxmuming hajviy she'rlar devoni saqlangan bo'lib, unda 69 asar (3717 misra) jamlangan. She'riarida xalqqa 

jabr  yetkazgan  amaldorlami  keskin  tanqid  ostiga  oladi.  U  milliy  adabiyotda  ijtimoiy  hajviyaniyuksakpog'onagako'taradi.  „Hapalak" 

she'rida Hapalak qishlog'idagi manzarani aks ettirsa-da, aslida bu she'r butun xonlik hududidagi manzarani ifodalar edi. Mazkur she'rda 

quyidagi satrlar bitilgan edi: 

Xalqiniko'rsang agar, o'lasi-yu qoq-uxarob, Ochligidan egilib, qomatimisli kamalak. 

Boriyo'q uylarini banda bayon gar qilsam, Bir katak, ikki кара, uch olachuq, to 'rt katalak. 

O'zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo'nalishini rivoj- lantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajviygo'ylik ijodiga 

samarali ta'sir ko'rsatdi. 

3.  XIII asrda Marko Poloning hayoti va sayohatlari. 

Venetsiyalik savdogarlar — Pololar oil- asi vakillari XIII asrda mo‘g‘ullar xonin- ing Osiyoning ichkarisidagi qarorgohiga  yetib 




 

 

boradi. Marko Polo 25 yil davom etgan sayohatining 17 yilini Xitoyni egal- lagan mo‘g‘ullar xoni Xubilay saroyida xizmatda o'tkazib, 



yevropaliklardan birin- chi bo'lib bu sirli o'lkalami o'z kitobida tavsifLaydi. Yevropaliklar faqat XIX asrda- gina dengiz orqali o'tib, XIII 

asrda Marko Polo sayohat qilgan o'lkalami o‘z ko'zlari bilan  ko'radilar. Marko Poloning kitobidagi Sharq mamlakatlarining afsonaviy 

boyliklari  200  yildan  so'ng  genuyalik  dengizchi  Xristofor Kolumbda  shun-  chalik katta taassurot  qoldiradiki,  u nima  bo  Uganda ham 

Hindistonning boy sohillariga yetishga qaror qiladi. 

4.  “Shomanizm” so’ziga izoh bering. din jon va ruhlarga, ota bobolar ruhiga sig'inish  

24- bilet 

1.  XTV-XVI asrlarda Shahrisabz shahri. 

Shaxrisabz shahrining qadimiy qismi uzoq vaqt davomida shakllangan bo'lib turli me'moriy qatlamlaming ustma-ust bo'lishi oqibatida, 

shahar  devorlari  ichida  o'ziga  xos  yaxlit  bir  shaklga  kelgan.  Uning  kompozitsiyasining  asosini,  Temur  va  temuriylar  davrida  bunyod 

etilgan, unikal me'moriy obidalari tashkil qilib, ular o'zining asli ko'rinishini saqlab qolagn va shahaming o'ziga xos tarixiy ko'rinishini 

belgilab beradilar. 2000 yilda «Shaxrisabz shahrining tarixiy markazi» Umumjahon medaniy meros ro'yxatiga kiritilgan.Shaxrisabzning 

tarixiy va me'moriy obidalari: Oq-Saroy saroyi (1380-1404 yy.), Dorus-Saodat majmuasi (14-19 asr.), Dorus-Tilavot majmuasi (14-15 

asr.), Gumbazi-Saidon maqbarasi (1437-1438 yy.). Shams-ad-din qulol maqbarasi (1373 y.), Xanako Arslan-Xon (15 asr.) Chor-Su savdo 

rastasi  (15-18  asr.),  Xammom  (15  asr.),  Xanako  Mirxamid  (1914  y.),  Malik-Ajdar  masjidi  (1903-1904  yy.),  Koba  madrasasi  (16 

asr),Chubin madrasasi (19 asr), Kunchiqar masjidi (19 asr), Xazrati Imom masjidi (19 asr). 

2.  Qadimgi greklarning quyosh xudosi Geliosning haykali. 

Miloddan awalgi 304- yilda Rodos aholisi shahaming bir yillik qamaldan xalos bo'lganligi sharafiga shahar homiysi, Quyosh xudosi 

Geliosning haykalini yaratishga qaror qilgan. Haykal bronzadan ishlangan. 

Haykalning bo'yi 35 metr bo'lgan. Uni haykaltarosh Xeres 12 yil davomida bunyod etgan. Haykalda Quyosh xudosi Geliosning boshi 

Quyoshga tegib turgandek tasvir- langan. 

3.  Muhammad Narshaxiyning hayoti va faoliyati. 

Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik annarshaxiy (899—959) — tarixchi olim. Buxoroning 

Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Tarjimai holiga oid ma’lumotlar kam. Somoniylar saroy-ida kotiblik qilgan. N. 

943—944  yillarda  "Buxoro  tarixi"  ("Tahqiqi  viloyati  Buxoro")  nomli  asarini  arab  tilida  yozib,  uni  somoniylar  amiri  Nuh  ibn  Nasr 

(hukmronlik davri: 943—954)ga bag‘ishlagan. N.ning o‘g‘li Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al- Ala ibn Mansur 

ibn Muhammad ibn Ja’far asami arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997—999), ya’ni so‘nggi somoniylar 

davrigacha toTdirishgan. Nasafiyning "Kitob al-qand" ("Samarqandiya") va Abu Sa’d as-Sam’oniy (1113— 1167)ning "Kitob al-ansob" 

asarlarida N. haqida ma’lumotlar mavjud. N. o‘z tug‘ilgan qishlog'ida vafot etgan. 

Asaming asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. 1128 yil quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asami fors tiliga qisqartirib 

taijima qilgan.  1178—79  yillarda asar 2-marta  qisqartirilgan. Taijimonlar qisqartirish bilan  birga  uni  yangi  ma’lumotlar bilan maTum 

ma’noda to‘ldirganlar. "Buxoro tarixi" 36 bobdan ibo-rat bo‘lib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga bag‘ishlangan. Ki-tobning bir necha 

bobi Buxoroning barpo etilishi, qad. nomlari, qad. podshox.lariga bag'ishlangan. Asaming maxsus bir bobi Buxoro atrofidagi Karmana, 

Hyp, Tavois, Iskajkat, Sharg‘, Zandana, Vardona, Afshona, Barkat, Romitan, Varaxsha, Baykand (Poykend), Forob va boshqa 

"Tarixi Narshaxiy" kitobining birinchi begi (Yangi Buxoro, 1904). "Buxoro tarixi" kitobining birinchi beti (Toshkent, 1966).shahar va 

qishloklaming tasviriga ba-g‘ishlangan. Unda bu joylaming tarixi, axrlisi  va uning mashg‘uloti, faoliyati hamda tashqi shaharlar bilan 

munosabatlari hikoya qilinadi. Buxoro aholisining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir boTgan muhim tarixiy voqealar 

bayon  qilinadi.  Kitobda  0‘rta  Osiyoda  arab  xalifaligi  hukmronligining  o'matilishi,  islom  dinining  yoyilishi  va  Buxoroning  arablar 

tomonidan  taqsimlab  olinishi  hamda  xalifalikka  qarshi  kurashlar,  ayniqsa,  Muqanna,  Abu  Muslim  va  boshqa  boshchiligidagi  xalq 

qo‘zg‘olonlari batafsil hikoya qilinadi. "Buxoro tarixi"da 9-asrda 0‘rta Osiyoning arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va 

Xurosonda somoniylar davlatining barpo boTishi va somoniylar davrida Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan. Asarda 

Buxoroning tarixiy topografiyasiga oid maTmnotlar bo Tib, unda Buxoro shahrining darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi 

ham  ark  va  shah-ristonning  bino  qilinishi  hikoya  qilinadi.  Asar  faqat  Buxoro  tarixi-nigina  emas,  balki  butun  0‘rta  Osiyo  tarixini 

o‘rganishda hamda nodir manbadir. "Buxoro tarixi" Parij (1892)da fransuz, Buxoro (1904) va Tehron (1939)da fors, Toshkent (1897)da 

rus, Kembrij (1954)da ingliz, Toshkent (1966, 1993)da o‘zbek tilida, Dushanba (1979)da tojik tilida nashr etilgan. 

4. “Ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik” atamasiga izoh bering. ancha vaqt urug'ni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab kelgan 

ziroatchilik va chorvachilikdir. 

25- bilet 

1.  Qadimgi Sparta. 

Miloddan  awalgi  XII  asrda  Janubiy  Yunoniston  (Lakonika)  hududiga  doriylar  qabilasi  bostirib  kirdi.  Ular  mahalliy  qabilalami 

bo'ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan mahalliy 

aholi - ilotlar ham aslida yunonlar bo'lib, ular bilan bir tilda so'zlashar edi. 

Miloddan awalgi VIII-VII asrlarda qullar soni uncha ko'p bo'lmagan Afinadan farqli o'laroq Spartada qulga aylantirilgan aholi ko'pchilikni 

tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o'z hukmronligini faqat kuch bilan saqlab qolish mumkin 

boTgan. Shuning uchun ham spartaliklar o'z davlatida alohida shart-sharoitlar yaratdilar: jumladan, hamma amal qilishi lozim boTgan 

qat'iy intizom, aniq-raso rejalashtirilgan turmush tarzi hamda yengilganlarga qarshi shafqatsiz bo'lish. 

Sparta urushga tayyorgarlik ko'rayotgan bir shaharga o'xshab qolgan. Ajnabiylar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust rivojlangan, san'at 

asarlari, chiroyli ibodatxonalar va turar joy binolari ham yo'q edi. Hamma uylar bir-biriga o'xshash edi. §gurtada faylasuflar ham, rassomlar 

ham, olimlar ham yo'q edi. 

-Eslab qoling! Spartaliklar tomonidan asoratga solingan tub aholi ilotlar yunonlardan iborat bo'lgan. Ulardan tashqari Spartada fuqarolikka 

tola ega bo'lmagan - perieklar ham yashaganlar. 

Ilotlar  mamlakat  bo'ylab  joylashgan  kichik-kichik  qishloqlarda  yashar  edilar.  Ular  alohida  spartaliklami  emas,  balki  butun  boshli 

davlatning mulki hisoblanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berar, chorvani boqar va boshqa ko'plab majburiyatlami 




 

 

bajarar  edilar.  Spartaliklar  esa  faqat  jangchi  edilar.  Ular  dehqonchilik  bilan ham,  chorvachilik  bilan  ham  shug'ullanmas,  qurolni  hech 



qachon qo'ldan qo'ymasdilar. 

Ilotlardan  tashqari,  Spartada  to'la-to'kis  huquqlarga  ega  bo'lmagan  fuqarolar  —  periyeklar  ham  yashardi.  Ular  shaxsan  ozod  kishilar 

bo'lsa-da, Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qilolmas edilar. 

Qadimgi Spartada kuchli va chidamli odamlar qadrlanar edi. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga  yetishgan. Boshidan mustaqillikka 

o'rgatish maqsadida ulami deyarli boqishmasdi. Bolalar o'zlariga  yegulikni topishga majbur etilgandilar. Bunday sharoitda bolalaming 

o'g'rilik  qilishdan  boshqa  chorasi  qolmasdi.  Sparta  maktablarida  bolalami  harbiy  ishlarga  o'rgatishar,  ulami  kuchli  va  chidamli  etib 

tarbiyalashardi. Spartalik ayollami ham jismoniy mashqlar bilan shug'ul-la-nishga va sport musobaqalarida qatnashishga majbur qilishgan. 

2.  Qo’qon xonligida Gulxaniy (Muhammad Sharif) ijodidagi asosiy g’oyalar. 

U  1770-yilda  hozirgi  Tojikistonning  Tavildara  tumanida  tug'ilgan.  Boshlang'ich  ta'limni  qishlog'ida  olgan.  Muhtojlik  oqibatida 

Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Keyinchalik Qo'qonda istiqomat qiladi. Bu yerda hammomda go'lax (o't yoquvchi) bo'lib ishlaydi. 

Shu boisdan „Gulxaniy" taxallusi bilan ijod qilgan.Gulxaniy o'zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida birinchi bo'lib 

kiritgan ijodkor edi. Gulxaniyning butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan asari ,,Zarbulmasal"dir. Asardagi „Maymun va Najjor", 

„Tuya  bilan  Bo'taloq",  „Toshbaqa  bilan  Chayon"  kabi  masallari  chuqur  axloqiy-ta'limiy  ahamiyatga  ega.Asardagi  Yapaloqqush  va 

Boyo'g'li,  Ko'rqush  va  Hudhud,  Kulonkir  sulton  va  Malik  shohinlaming  o'zaro  murakkab  munosabatlari  asosida  o'z  davri  ijtimoiy 

hayotining haqiqiy manzarasini tanqidiy ifodalab beradi. 

3.  Xristofor Kolumbning hayoti va sayohatlari. (1451-1506) 

Geografik  kashfiyotlar tarixida katta  iz qoldirgan shaxs. Mashhur  sayyohlar orasida hayotining  turli  qirralarini  yorituvchi  asarlar  soni 

bo'yicha ham Xristofor Kolumbga teng keladigani kam topiladi. Chunki 1451-yilning ko'zida Italiya shimolidagi Genuya shahrida tug'ilgan 

sayyoh hayoti sir-sinoatlarga boyligi bilan haligacha turli sohalardagi tadqiqotchilar e’tiborini o'ziga tortib kelmoqda. 

Mutaxassislaming fikricha, jasur sayyoh X.Kolumb 55 yillik umrining to'rtdan uch qismini dengiz sayohatlarida o'tkazgan. Jumladan, u 

1465-yilda dastlab Genuya flotiga yollangan bo'lsa, 1470-yildan 1485-yilga qadar Portugaliya flotida xizmat qildi. 

U, asosan, savdo kemalariga yollanib, bosh vaqtlarida xaritalar tuzish, tabiiy fanlarga oid bilimini oshirish bilan mashg'ul bo'lardi. 

X.Kolumbda Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo'lini topish haqidagi g'oyaning qachon va qayerda paydo bo'lgani to'g'risida 

aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ammo sayyohning yozishicha, uning bu loyihasi Yeming shar shaklida ekanligi haqidagi qadimgi zamon 

olimlari  qoldirgan  ma’lumotlar  va  XV  asrda  Yevropada  yashagan  olimlaming  Yer  o'lchamlariga  doir  uncha  aniq  bo'lmagan 

hisob-kitoblariga asoslangan edi. 

Dengiz orqali Hindistonga borish yo'lini topish loyihasini amalga oshirish uchun taqdim etgan so'roviga portugal qirolidan rad javobini 

olgan  X.Kolumb  1485-yilda  Ispaniyaning  Kastiliya provinsiyasiga ko'chib  o'tdi.  Xuddi  shu  yerda andalusiyalik  savdogar  va  bankirlar 

yordamida o'zining birinchi dengiz ekspeditsiyasini tashkil etishga muvaffaq bo'lgan. 

X.Kolumbning  birinchi  ekspeditsiyasi  1492-1493-yillar  davomida  90  kishidan  iborat  ekipaj  bilan  uchta  -  «Santa-Mariya»,  «Pinta»  va 

«Ninya» kemalarida amalga oshirilgan. 1492-yilning avgust oyida ekspeditsiya Kanar orollaridan g'arbga tomon suzib, Atlantika okeanini 

kesib o'tdi. X.Kolumb yo'l-yo'lakay Sargass dengizini kashf etib, 1492-yilning 12-oktyabrida Bagam arxipelagiga yetib kelgan va unga 

San-Salvador, deb nom bergan. Ushbu sana hozirda Amerika kashf etilgan kun sifatida rasman tan olingan. 

Jasur  sayyoh  1492-yilning  oktyabrida  yana  bir  nechta  boshqa  Bagam  orollariga  tomon  suzib,  O'sha  yilning  dekabri  boshlarida  Kuba 

qirg'oqlarini kashf etgan va Gaiti oroligacha yetib borgan. 1493-yilning mart oyida esa «Ninya» kemasida Ispaniyaga eson-omon qaytib 

keldi.  Uning  birinchi  ekspeditsiyasi  natijalari  Yevropada  katta  siyosiy  shov-shuvlarga  sabab  bo'lgan.  X.Kolumbning  ikkinchi 

ekspeditsiyasi 1493-1496-yillarda tashkil etilib, unda 2,5 mingdan ortiq ekipaj bilan 17 ta kema ishtirok etgan. Admiral unvoni va yangi 

ochilgan yerlaming vitse-qiroli sifatida sayyoh 1493-yilning noyabr oyida Dominika, 

Gvadelupa va 20 dan ortiq Antil orollarini kashf etib, Puerto-Rikogacha yetib borgan. Kolumb 1494-yilning bahorida oltin topish ilinjida 

Gaiti orolining ichki qismlarini o'rgangan va O'sha yili yozda Kubaning janubiy qirg'oqlari, Xuventud va Yamayka orollarini kashf etgan. 

1496-yilning yozida Kolumb yangi ochilgan orollar to'g'risida juda boy ma’lumotlar bilan yana Ispaniyaga qaytgan. 

X.Kolumbning  1498-1500-yillarda  amalga  oshirilgan  uchinchi  ekspeditsiyasi  6  ta  kemadan  iborat  bo'lib,  ulardan  uchtasini  bevosita 

sayyohning o'zi boshlab borgan. 1498-yilning iyul oyi oxirida ekspeditsiya Trinidad oroli yonidan o'tib, Pariya qo'ltig'iga kirib borgan va 

Orinoko daryosining quyilish joyi hamda Pariya yarimorolini kashf etgan. Janubiy Amerika qirg'oqlari yaqinidagi yana boshqa orollami 

ham kashf etgach, Gaiti oroliga qaytib kelishgan. 1500-yilda esa X. Kolumb Hindistonga borish yo'lini topa olmaganlikda ayblanib, hibsga 

olindi va Ispaniyaga jo'natildi. Ammo kashf etgan yerlaming oltinga boyligi kabi holatlami hisobga olgan ispan hukumati keyinchalik uni 

ozod qilgan. 

Hindistonga boradigan dengiz yo'lini topish uchun yana ispan hukumatidan ruxsat olishga erishgan X.Kolumb 1502-1504-yillar davomida 

4 ta kemada o'zining to'rtinchi ekspeditsiyasini amalga oshirdi. 1502-yilning yozida Martinika oroli va Gonduras qo'ltiqlarini kashf etdi. 

Xuddi shu yerda birinchi bo'lib qadimgi mayya sivilizatsiyasi vakillariga duch kelgan. 1502-yilning avgustidan 1503-yilning may oyiga 

qadar  Markaziy  Amerikadagi  Karib  dengizining  2000  km.dan  ortiq  masofadagi  qirg'oqlarini  tekshirib  chiqqan.  G'arbga  o'tish  yo'lini 

topmagach, sayyoh shimol tomonga suzdi. Ammo 1503-yilning iyun oyida Yamayka oroli yaqinida halokatga uchragan. Yordam esa faqat 

bir  yildan  so'nggina  yetib  kelib,  X.Kolumb  1504-yilning  noyabr  oyida  og'ir  kasal  holida  Ispaniyaga  qaytgan.  X.Kolumb  Amerigo 

Vespuchchi tomonidan Amerikani yangi qit'a sifatida kashf etganiga qadar Hindistonga borganiga ishonar edi. Shuning uchun ham o'zi 

kashf etgan yerlardagi tub aholini Hindular deb atagan. Hindular iborasining hozirgi kunda ham ishlatilishidan xabardorsiz, albatta. 

4. 


“Sivilizatsiya”  atamasiga  izoh  bering.Sivilizatsiya  deyilganda  biror  xalqning  taraqqiyotda  erishgan  yutuqlari  darajasi  tushuniladi. 

Shuning uchun ham «sivilizatsiya» so‘zi o‘mida ko'pincha «taraqqiyot» so‘zi ham qo'llaniladi. Binobarin, bu ikki so‘z bir xil ma’noni 

anglatadi. Mehnat qurollarining takomillashuvi va ishlab chiqarish texnikasining ixtiro qilinishi, shaharsozlik, yozuvning paydo boTishi, 

ilm-fan,  adabiyot,  san’atning  taraqqiyoti  va  boshqalar  sivilizatsiya  yoki  madaniyat  taraqqiyotining  belgilaridir.  Osiyo  va  Afrika  ilk 

sivilizatsiya markazlari bo’lgan edi. 

26- bilet 

1.  Mil.aw. VII-VI asrlarda So’g’d davlati. 

Yozma manbalaming guvohlik berishicha, miloddan awalgi VII— 

VI  asrlarda  O'zbekiston  hududida  so'g'diylar,  baqtriyaliklar,  xorazmliklar,  sak  va  massagetelatlari  yashaganlar.  Zarafshon  v  a 



 

 

Qashqadaryo  vohasida  dehqonchilik  bilan  shug'ullanuvchi  ko'plab  aholi  istiqomat  qilgan.  Yozma  manbalarda  bu  hudud  S 



o'g'da("Avesto"da), So'g'uda (Behistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf asarlarida So'g'diyona deb nomla ngan. Bu 

hududda yashaydigan aholiso'g'diylar deb atalgan. 

Eslab qoling!  So'g'dZarafshon va Qashqadaryo  vodiysida,  Xorazm  Amudaryoning  quyi  qismida,  Baqtriya  Surxondaryo  vo  diysi, 

shimoliy Afg'oniston va janubiyTojikiston hududlarida joylashgan. 

2.  Misrdagi Aleksandriya shahri yaqinidagi Aleksandr mayog’i to’g’risida maTumot 

bering. Miloddan awalgi 283- yilda Misr sohillaridan uzoq bo'lmagan Foros orolida o'shazamonning ajoyib mo'jizasi - Aleksandr mayog'i 

bunyod  etilgan.Mayoq  kemalaming  Aleksandriya  shahri  bandargohiga  kirish  xavfsizligini  ta’minlashga  xizmat  qilgan.  Mayoqning 

balandligi 120 metr bolgan. 

Uning  eng  yuqori  qismi  gumbaz  bilan  qoplangan.  Gumbazning  ustiga  «dengiz  xudosi»  Poseydonning  7  metrlik  haykali  o'matilgan. 

Gumbazni sayqallangan gmnit (tog'jinsi) ustunlar ushlab turgan. 

Uning  ustki  qismida  mayoq  olovi  yonib  turgan  va  kechalari  dengizchilarga  uzoqdan  ko'rinib  turgan.  Mayoq  atrofiii  kuzatish  nuqtasi 

vazifasini ham bajargan. Mayoq 1500 yildan ortiq vaqt xizmat qilgan. 

3.0’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati. 

Islom Abdug’aniyevich Karimov (1938-vil 30-vanvar. Samara and shahri — 2016-vil 2-sentabr. Toshkent shahri

121

) — davlat va siyosat 



arbobi,  O’zbekiston  Resnublikasining  birinchi  prezidenti.  O’zbekiston  Qahramoni  (1994).  O’zbekiston  Ourolli  Kuchlari  Oliv  Bosh 

Oo’mondoni va 2007-vilgi prezidentlik savlovlari g’olibi, 2015-vilgi prezidentlik savlovlari g’olibi. 

0‘zbekiston  mustaailligi  e’lon  qilingunga  qadar  UzSSR  kommunistik  partivasi  birinchi  kotibi.  1991-vilda  0‘zbekiston  Prezidenti  etib 

saylandi va hozirgacha shu lavozimni egallab kelmoqda. 

Islom Karimov boshchiligida 0‘zbekiston o‘zining Konstitutsivasiga ega bo‘ldi, BMTda tan olindi va iqtisodiyoti boshqa 

MDH davlatlariga nisbatan barqaror rivojlandi. 

Hayoti va faoliyati 

Islom Karimov xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Q‘rta Osivo nolitexnika instituti (19601. Toshkent xalq xo‘ialigi institutini (19671 tugatgan. 

Mehnat faoliyati 

Mehnat faoliyatini 1960-vilda Toshkent qishloq xo‘ialigi mashinasozligi ("Tashselmash") zavodida master  yordamchiligidan boshladi. 

So‘ng  mazkur  korxonada  master,  texnolog.  1961-vildan  1966-vilgacha  V.  P.  Chkalov  nomidagi  Toshkent  aviatsiya  ishlab  chiqarish 

birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi. 1966-vilda 0‘zbekiston Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh 

mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha boTgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1983-vildan 0‘zbekiston 

SSR  Moliya vaziri, 1986-vildan  0‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti  raisining  o‘rinbosari  — respublika Davlat  plan  komitetining  raisi. 

1986—89-villarda  0‘zbekiston  KP  Qashqadaryo  viloyat  komitetining  birinchi  kotibi,  1989-yil  iyunidan  0‘zbekiston  KP  MK  birinchi 

kotibi. 1990-vil 24-martda 0‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov 0‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 

Siyosiy faoliyati 

1991-vil  31-avgustda Karimov tarixiy  voqea —  0‘zbekiston Respublikasining  davlat  mustaqilligini  e’lon qildi. 1991-yil  29-  dekabrda 

muqobillik asosida o'tkazilgan umumxalq saylovida Karimov 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-vil 26-martda bo‘lib 

o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000- yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u 

muqobillik  asosida  0‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  etib  qayta  saylandi.  0‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  89-  va 

93-moddalariga  muvofiq,  Karimov  ayni  vaqtda,  0‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Raisi,  0‘zbekiston  Respublikasi 

Ourolli KuchlariningQliv Bosh ao‘mondonidir. 

Ilmiy faoliyati 

Karimov 0‘zbekiston FA akademivasi (19941. shuningdek, iqtisod, fan, ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun o‘ndan 

ortiq  xorijiy  mamlakat  universitet  va  akademiyalarining  faxriy  fan  doktori.  professor  hamda  akademikligiga  saylangan.  Uning 

"0‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li" (1992), "Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang" (19931. 

"0‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yoTi" (19931. "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" (19941. 

"Istiqlol  va  ma’naviyat"  (19941.  "Vatan  sajdagoh  kabi  muqaddasdir"  (19951.  "0‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka  tahdid, 

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" (19971. "Barkamol avlod orzusi" (19981. "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" (19981. 

"Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo‘q"  (19981.  "Olloh  qalbimizda,  yuragimizda"  (19991.  "Ozod  va  obod  vatan,  erkin  va  farovon  hayot  — 

pirovard  maqsadimiz"  (20001.  "Tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak"  (20011.  "0‘zbekistonda  demokratik  o‘zgarishlami  yanada 

chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo‘nalishlari"  (20021  va  boshqa  a^rlarida  iqtisodiyot, 

ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, 0‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi 

va istiqboldagi vazifalar ko'rsatib o‘tilgan. Uning 

asarlari ingliz. ms, fransuz. ispan. nemis. hind, xitov. arab. korevs. turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan. 

Amalga oshirgan ishlari 

0‘zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlami haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bogTaydi. U sobiq sovet 

tuzumidan keyin paydo bo‘lgan beqaror, notinch davrda 0‘zbekiston jamiyatida barqarorlik  va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga 

millatni  yuksaklarga  ko'taradigan  ulkan  maqsad  va  vazifalar  qo‘ydi.  Karimov  0‘zbekistonda  amalga  oshirilgan  ulkan  ishlar,  tarixiy 

o‘zgarishlaming tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yoTini belgilab bergan 

atoqi  davlat  arbobidir.  Karimov  demokratik  talablar  va  xalqaro  mezonlarga  to‘la  javob  beradigan  0‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi bo‘g‘inlarini 

isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi 

va  amalga  oshirdi.  0‘zbekiston  xalqining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  hamda  ilg‘or  jahon  tajribalarini  mujassamlashtirgan  iqtisodiy 

islohotlaming  yangi  modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yo‘li iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, o‘tish davrida 

davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlami bosqichma- bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni o‘z ichiga 

oladi va u dunyoda "o‘zbek modeli" deb e’tirof etilgan. Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida 0‘zbekiston turli-tuman "sakrash"lar, 

"falaj qilib davolash"lardan voz kechib, bozor iqtisodivotiga o‘tishda o‘ziga xos yo'ldan bordi va puxta o‘ylangan dastur asosida mamlakat 

iqtisodiy  poydevorini  qura  boshladi.  Qisqa  vaqt  ichida  mamlakat  neft  va  neft  mahsulotlari,  g‘alla  mustaqilligiga  erishdi.  0‘zbekiston 

Respublikasida yuksak sifatli oltin va gaz qazib olish keskin darajada ko‘paydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, mas., avtomobilsozlik 

sanoati barpo etildi. Karimov 0‘zbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, 

chegara va ichki qo‘shinlami zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. KPSS MK boshchiligidagi mustabid kuchlar 



 

 

0‘zbekistonda  adolatsizlik  va  tazyiqlami  avj  oldirgan  yillarda  o‘zbek  nomini  nohaq  tahqir  va  haqoratlardan  himoya  qilish,  xalqning 



or-nomusini,  milliy  g‘ururini  tiklashda  fidoyilik  namunasini  ko‘rsatdi.  Karimov  mustaqil  0‘zbekiston  davlati  va  davlatchiligini  barpo 

qilish,  demokratik  fuqarolik  jamiyati  qurish  asoslarini  yaratdi,  yangi  asrda  mamlakatimiz  taraqqiyotining  asosiy  yo‘nalishlarini  ishlab 

chiqdi, yorug* istiqbol yoTida xalqni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab bormoqda.О‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom 

Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaati bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o'zgarishlarga va 

poliorgan vetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o'tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.

1

^



Mukofotlari 

Karimov  suveren  va  mustaqil  0‘zbekistormi  barpo  etish,  xalqparvar  demokratik  huquqiy  davlat  yaratish,  fuqarolar  tinchligi  va  milliy 

totuvlikni  ta’minlash,  tarixiy  adolatni  tiklash  ishiga  qo‘shgan  ulkan  hissasi  hamda  bu  borada  matonat  va  jasorat  ko‘rsatganligi  uchun 

"Mustaqillik" (1996), Amir Temur (19981 ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlaming va nufuzli xalqaro 

tashkilotlaming orden va medallari bilan mukofotlangan. 

4. 

“Reporatsiya” so’ziga izoh bering.-(lotincha tiklash) xalqaro hududda urushda ko’rilgan zarami to’la yoki qisman qoplash uchun 



yengilgan davlat tomonidan g’olib davlatga to’lanadigan to von  

27- bilet 

1.  VII-IX asrlar Arab halifaligi haqida so’zlab bering. 

Xalifalikning vujudga kelishi. Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin uning yaqin safdoshi Abu Bakr (632— 634) xalifalikka (“o‘rinbosar”) 

saylanadi.  Uning  boshqaruvi  davrida  Arabiston  yarim  oroli  aholisi  islomni  to‘liq  qabul  qildi.  Keyingi  xalifa  Umar  (634—644)  islom 

dunyosida o‘zining saxiyligi, adolatparvarligi va din masalalarida qat’iyligi bilan shuhrat qozongan. Uning davrida arablar Falastin, Suriya, 

Misr va Liviyani, Eronning katta qismini istilo qilganlar. 

Usmon xalifaligi davrida (644— 656) Eron to'liq bosib olingan. Arab qo'shinlari Dog'istonni egallab, Amudaryo sohillariga chiqadi. 

Usmon davrida Qur’on oyatlari to‘planib yagona kitob holiga keltirilgan. So'nggi xalifa Ali (656—661) hukmronligi o‘z raqiblari bilan 

to‘xtovsiz urushlarda o’tadi. 

Xalifalik  qo'shinlari  VIII  asr  boshlarida  Shimoliy  Afrikani  to'liq  bo‘ysundiradi.  Toriq  ibn  Said  boshchiligida  arablar  qo'shini 

711-yilda keyinchalik uning nomi bilan atalgan Gibraltar (Jabal at Tariq — “Toriq tog‘i” so‘zidan) bo‘g‘ozidan o'tib Ispaniyani bosib 

oladi.  Yevropaga  yurishlar  Bordo  shahri  bo‘sag‘alariga  qadar  davom  etadi.  Puate  jangida  732-yilda  franklar  hukmdori  Karl  Martell 

arablami yengib, ulaming Fransiyaga yurishlariga chek qo‘yadi. 

Sharqda  arablar  Kavkazorti  va  0‘rta  Osiyoni  bosib  olib,  aholini  islom  diniga  kiritadilar.  Xalifalikning  Sharqqa  yurishlari  O'rta 

Osiyoda Talas, Hindistonda Mo'ltonga qadar davom etadi. Natijada, VII— VIII asming birinchi yarmida ulkan hududlami egallagan davlat 

— Arab xalifaligi tashkil topadi. 

Xalifalikda  yer-mulk munosabatlari.  Arablar istilo  qilgan barcha  mamlakatlardagi  yerlar davlatniki  deb  e’lon qilinsa- da, amalda 

awalgi egalari qo'lida qoladi. 

Suriya va Eron istilo etilgach, arab zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlami taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar. Lekin xalifa 

Umar yemi egalarida qoldirishni buyuradi. 

Istilo qilingan mamlakatlar hukm dorian, janglarda halok bolgan amaldorlar, hokimiyat vakillari yer- lari xalifalik xazinasiga o'tardi. 

Bunday yerlar nihoyatda katta maydonlami tashkil etgan. 

Arablar  joriy  etgan  yer  solig‘i  -  xiroj  hosilning  1/3  ni  tashkil  etgan.  Islomni  qabul  qilmagan  boylardan  48,  o‘rta  hollardan  24, 

kambag'al dehqon va hunarmandlardan 12 dirhamdan jizya solig'i olingan. Chorva mollari va savdodan olingan zakot 1/40 hissani tashkil 

etgan. Xalifalikda qullar mehnatidan ham foydalanilgan. 

Arablarga  qarshi  xalq  qo‘zg‘olonlari.  VIII—IX  asrlarda  istilo  qilingan  mamlakatlarda  qator  xalq  qo‘zg‘olonlari  bo'lib  o‘tgan. 

Iroqning Kufa shahrida 685—687-yillarda bo'lib o'tgan qo‘zg‘olonda arab va forslar — shahar kambag'allari va hunarmandlar qatnashgan. 

O'rta Osiyoning janubi Marv vohasida 747-yilda bosh- langan Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonda aholining barcha toifalari 

ishtirok  etadi.  Qo‘zg‘olon  Movarounnahr  va  Xurosonni  qamrab  oladi.  Abu  Muslim  boshchiligidagi  qo‘zg‘olon  natijasida  Umaviylar 

hukmronligi tugatilib, xalifalikda boshqaruv yangi sulola Abbosiylarga o'tadi. 

Arab xalifaligi 632—1258-yillarda hukm surgan. Unda Umaviylar (661—750) va Abbosiylar sulolalari (750—1258) hukmronlik qilgan. 

Movarounnahr markazi Sug'diyonada 769—783-yiHarda Muqanna boshchiligida yirik xalq qo'zg'oloni bo'lib o'tadi. Qo'zg'olonchilar uzoq 

yiHar arab qo'shinlariga qarshi mu- vaffaqiyatli kurash olib boradilar. Ozarbayjonda 815-yilda Bobek boshchiligidagi qo‘zg‘olon ham 20 

yildan  ortiq  davom  etadi.  Tarixda  “  qizil  kofylaklilar”  nomini  olgan  bu  qo'zg'olon  qatnashchilarining  shiori:  “  Qirq  yil  qul  bo  'lib 

yashagandan bir кип ozod bo ‘lib yashagan та ‘quir — bo'lgan. 

Xalq  qo‘zg‘olonlari,  urushlar, hokimiyat  uchun  kurashlar  xalifalikning  siyosiy  inqiroziga  sabab boladi.  Xalifalikdan  birinchi  mustaqil 

amir- lik 756-yilda Ispaniyada tashkil topdi. U X asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oldi. IX asrdan Misr, 

Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillikka erishadi. Ab- bosiylar qo‘lida Yaqin Sharq va Arabiston yarim oroli qoladi, xolos. Mo‘g‘ul 

xoni Xuloku 1258-yilda Bag‘dodni egallagandan so‘ng, Arab xalifaligi barham topadi. 

2.  “Qatag’on qurbonlari xotirasi” memorial majmuasi. 

“Qatag’on Qurbonlari xotirasi” muzeyi -O’zbekiston Fan tizimidagi ilmiy -ma'rifiy muassasa. O’zbekiston respublikasi prezidentiningt 

“Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida” 2001 yil 1 maydagi farmoni asosida Toshkent shahrida “Shahidlar xotirasi” 

yodgorlik majmui 2002 yil 31 avgustda barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimyati davrida vatan ozodligi yilidagi faoliyati hamda 

xatti-harakati  uchun  qatag’on  etilgan  vatandoshlar  xotirasini  adabiylashtirish  maqsadida  tashkil  qilingan.  Muzeyning  ilmiy-tematik 

ekspozitsiyasi kuydagi 7 bo’limdan iborot, 19 asming qrtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi 

xalq  qo’zg’olonlari,  Turkiston  muxtoriyatining  tugatilishi  va  20  yillardagi  qatag’on,  “Quloqlashtirish”  kompaniyasi  30  yillarda,  30 

yillardagi  qatag’on,  40-50  yillardagi  qatag’on,  80  yillardagi  qatag’on.  Mustaqil  O’zbekistonda  qatag’on  qurbonlari  xotirasining 

e'zozlanishi. Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilar: qatag’onchilik siyosatining paydo bo’lish sabablari va oqibatlarini tadqiq e’tish va 

uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqorolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat 

tantanasi  uchun  kurashishgan  fidoiy  ota-  bobolarimizning  xotirasiga  hurmat  ruxida  tarbiyalash,  qatag’on  qurbonlari  xotirasini 

abadiylashtirish, ulami yod etish bilan bog’liq ma'naviy- ma'rifiy tadbirlami amalga oshirish va targ’ib etish, qatag’on qurbonlari hayoti va 

faoliyatini o’rganish, ilmiy-ijodiy merosini to’plash, nashirga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz 

hamda horijdagi turli hujatlar va boshqalar. Eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitish borish. Muzey “Shahidlar xotirasi” hayriya 

jamg’armasi bilan hamkorlikda “Qishloq fojiasi” “Abdulla Qodiriy” (S. Mirvaliyev), “Cho’lpon” (N. Karimov) tadqiqotlari, Munawarqori 



 

 

Abdurashidxonov  va  Botuvning  “Tanlangan  asarlar”  ini  nashr  etgan,  O’zbekiston  hujjatli  va  badiiy  filmlar  kino  studiosi  hamda 



“Ozbektelefflm”  studiosi  bilan hamkorlikda  “Barhayot  xotira”  ,  “Armoniy  yillar ko’zgusi”,  “Fidoiy  olim”,  “Mirtemir”  singari  hujjatli 

filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob me'moriy inshootlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. 

A. Karimov tashabbusi va g’oyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan. Bino ananaviy me'morlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, 

ravoq) qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20x20 m.), balandligi 20m. Gumbazli (balandligi 6.2 m, 

diametri 5, 8 m., feruza rang gumbazi “Shahitlar xotirasi” yodgorlik majmuyidagi ayvon gumbazi bilan uyg’un), bino atrofi kengligi 4 m. 

Bo’lgan ochiq ayvon bilan o’ralgan, undagi 28 ta ustun va to’sinlar hamda to’rt tarafdagi kirish zinapoyalari binoga o’ziga hos salobat 

baxsh etadi. Binoning pastki qismida texnik-muhandislik, ma'muriyat va boshqa shimcha xonalar joylashgan, ular ko’rgazma zali bilan 

maxsus yo’lak va zinapoyalar orqali uzviy bog’lanadi. Bino bezagida marmar, haqiq, granit toshlar, rangli koshinlardan foydalanilgan, 

yog’och (A.  Abdullayev,  S.  Rahmatullayev, N.  Sohibnazarov  va boshqalar), ganchkorlik  (M.  Murodov  va boshqalar), naqqoshlik (A. 

Karimov  va  boshqalar),  koshinkorlik  (M.  Mamajonov,  R.  Muhammadjonov,  M.  Shedring,  V.  Gan  va  boshqalar),  gumbazning  ichki 

bezagida murakkab iroqi muqamas mahorat bilan qo’llanilgan. Binoni barpo etishda Toshkent shahar me'morlik bosh boshqarmasi hamda 

“Usto” ijodiy uyushmasi ustalari faol ishtirok etgan. 

3.  Kamoliddin Bexzod hayoti va faoliyati. 

Bekzod  Kamoliddin (1455—Hirot—  1536)—buyuk  miniatyurachi  musawir,  Sharq  uyg‘onish  davri  yetuk  san’atkori. Hirot  miniatyura 

maktabi  asoschisi;  muzahhiblar  yetakchisi,  ustozi.  "Ikkinchi  Moniy"  degan  faxriy  unvonga  sazovor  bo’lgan.  Tarixchilardan  Mirzo 

Muhammad Haydar, Do‘st Muhammad va Qozi Ahmadning ma’lumotlariga ko‘ra, B.ni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqosh o‘z 

tarbiyasiga olgan. B. musawirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan o’rgangan, o’z ijodida musawir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini 

davom  ettirib,  uni  rivojlantirgan  va  kamolga  yetkazgan,  yosh  musawir  iste’dodi  juda  tez  shakllangan.  Bunda  Alisher  Navoiyning 

murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o‘sha davming  yetuk san’atkorlari 

Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, 

Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Hyp kabi xattotlar ijod bilan band bo’lganlar. B. shu kutubxonada, ayniqsa, 

xattot Sultonali Mashhadiy va  Yoriy Muzahhib bilan  yaqin ijodiy hamkorlikda bo’lgan. B. ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu 

yerda—Navoiy va boshqa san’atkorlar ijodi ta’sirida kamol topgan. 

B.  musawir  sifatida  tanilgach,  Sulton  Husayn  saroyiga  xizmatga  chaqirilgan.  1487  yil  Sulton  Husayn  farmoni  bilan  B.  saltanat 

kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy o’z davrining badiiy akademyyasiga aylanadi. Uni mutaxassislar "Nigorxonayi 

Behyud" yoki "Behzod akademiyasi" deb ataganlar (q. Hirot minniatyura moktabi). Musawir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik 

davrida qizg’in ijod bilan band bo’ddi, ko’plab mo”tabar qo’lyozmalami yaratishga rahnamolik qildi, ma’lum qismini nafis rasmlar bilan 

ziynatlashda  shaxsan  ishtirok  etdi,  qator  zamondoshlarining—Navoiy,  Jomiy,  Sulton  Husayn  va  boshqalaming  chexrakushoy 

(portret)larini yaratdi, bir guruhyoshlarga rassomlik sirlarini o’rgatdi. 

1507—10 yillarda  B.  Hirotni  egallagan  Muhammad  Shayboniyxon  xizmatida bo’ldi.  Bu  davrdan  bizgacha  B.  yaratgan  Shayboniyxon 

portreti yetib kelgan. 1510 yil Hirot shahri safaviylar qo’liga o’tadi. 1520 yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm o’rgatishi 

uchun B.ni o’z saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi, 1522 yil esa maxsus farmon bilan rassomni o’z kutubxonasidagi kitobat axli 

(kotib, naqqosh, muzaxlib, jadvalkash, halkor, zarko’b, lojuvardsho’y va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524 yil Shoh Ismoil 

vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham B. katta obru va e’tiborga ega bo’lgan. Tabrizda B. Sulton Muhammad, Og’a Mirak va Mir 

Mansur  kabi  musawirlar  bilan  hamkorlikda  ijod  qildi.  Qozi  Ahmadning  maTumotiga  ko’ra,  B.  hayotining  oxirida  ona  shaxri  Hirotga 

qaytgan va shu yerda vafot etgan. Musawiming qabri Ko’hi Muxtor (Murod tog’i; Afganistan xududida)ning xushmanzara joyida. 

O’rta Sharkda 17-asrgacha rassomchilikda asosiy taraqqiyot yo’nalishini belgilab bergan B. ijodi uning zamondoshlari tomonidan yuqori 

baholangan.  B.  o’zidan  oldingi  rassomlar  an’analarini  davom  ettirdi  va  boyitdi.  Asarlarining  tarxi  murakkab,  erkin  harakatlarga  boy, 

yorqin, jozibador ranglardan tuzilgan bo Tib, ular o’zaro uyg’un. Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, ishonarli va ta’sirchan 

tasvirlangan. Chiziqlar nihoyatda nozik, ranglar nafis ishlangan. Portretlarida inson ma’naviy qiyofasi, ruhi, histuyg’ulari, xulqatvorini aks 

ettirishga ahamiyat bergan. 

B.  ijodi  va  merosi  san’atshunoslar,  rassomlar  tomonidan  keng  o’rganiladi.  B.  nomini  abadiylashtirib,  O’zbekiston  Prezidenta  Islom 

Karimovning  farmoni  (1997 yil  23  yanvar)ga  binoan  Kamoliddin  Behzod nomidagi  Davlat  mukofoti  ta’sis  etildi;  Milliy  rassomlik  va 

dizayn institutita B. nomi berildi. 

O’zR  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  (1997  yil  23  dek.)ga  binoan,  Toshkent,  Samarqand  shaharlarida  va  xorijiy  mamlakatlarda 

YUNESKO homiyligida B. tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi 

4.  “Koloniya” so’ziga izoh bering.-qadimgi davrlarda o’z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarga asos solingan manzilgoh 

va shaharlar 

28- bilet 

1. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi. 

Qo'shbegi har kuni shaxsan hukmdorga amirlikdagi ahvol to'g'risida ma'lumot berib turardi. Barcha amaldorlar qo'shbegi tomonidan, faqat 

oliy  amaldorlargina  amiming  o'zi  tomonidan  tayinlanar  edi.Xazina  va  zakot  yig'imini  boshqargan  devonbegi  lavozimi  ahamiyati  va 

mavqeyi  jiha-  tidan  qo'shbegidan  keyin  turardi.  Sudlov,  notarial  ishlari,  ta'lim  muassasalarini  ruhoniylar  boshqargan,  bosh  qozi  esa 

diniy-sudlov  ishlariga rahbarlik  qilardi.Joylarda qonunlaming  ijro  etilishi, diniy  amallaming  bajarilishi, axloqiy  mezonlar,  bo- zordagi 

tarozilar va o'lchovlar ustidan nazorat ishlarini rais boshqarardi. Rais o'z navbatida bosh qoziga bo'ysunardi. Bosh raisning o'zi amir va 

bosh  qozi  oldida  ma'lumot  berish  uchun  shaxsan  mas'ul  bo'lgan.  Uchala  oliy  amaldor  -  qo'shbegi,  devonbegi  va  bosh  qozi  har  doim 

Buxoroda bo'lishi shart edi. Amirlikdagi beklar va ulaming mol-mulkini askarlar qo'riqlashgan. Mahalliy ma'muriyat - aminlar, oqsoqollar 

hamda bekliklar vakillari va ruhoniylardan iborat bo'lib, ular amir farmonlarini so'zsiz ijro etishlari shart bo'lgan. Butun Buxoro amirligi 

bekliklarga bo'lingan edi. Beklar shaxsan amir tomonidan tayinlanar va lavozimidan bo'shatilardi. Beklar atrofida ulaming qarindoshlari 

yoki  yaqin  kishilaridan  tayinlangan  ulkan  amaldorlar  guruhi  jamlangan.Davlatni  himoya  qilish  uchun  amiming  xalq  ko'ngillilari  va 

qo'shinlardan saralab olingan xos lashkari bo'lgan. Lashkarga to'pchiboshi (to'pchilashkar) rahbarlik qilgan. Biroq, XIX asr oxiriga kelib 

amir  lashkari  shoshilinch  tarzda  yig'iladigan,  yomon  harbiy  ta'lim  ko'rgan  va  sodda  qurollar  bilan  ta'minlangan  dehqon-  lardan  iborat 

bo'lgan.  Bunday  lashkaming  bosh  maqsadi  -  zarur  bo'lganda  Ark  qarshisida  safga  yig'ilish  edi.  Lashkar  tartiboti  amalda  XIX  asr 

boshlaridan beri isloh qilinmagan, harbiy ish sifatsiz va qo'shin qnrol-yarog'lari o'ta qoloq darajada edi.Mamlakat daromadlarining katta 

qismini shaxsiy manfaatlariga sarf qiluvchi amaldor va xizmatchilar davlat ravnaqi va taraqqiyoti uchun kamdan kam qay- g'urardilar. Shu 



 

 

bois  amirlikning  zaruriy  sarf-xarajatlari  bir-biriga  qon-qarindosh  amaldorlar  zimmasiga  emas,  balki  oddiy  xalq  gardaniga 



tushardi.Mahalliy ma'muriyat - aminlar, oqsoqollar, bekliklar vakillari va ruhoniylardan iborat bo'lib, amir farmonlarini so'zsiz ijro etishlari 

shart bo'lgan. Amirlikdagi dehqonlaming aksariyati nochorlikda kun kechirardi. Chunki yer va yerga ishlov berish vositalari amir va uning 

amaldorlari qo'lida edi. Davlat amaldorlari moddiy ta'minoti uchun zarur moliyaviy mablag'lami bekorga sarf qilardilar. Amir Abdulahad 

Peterburgga,  imperator  huzuriga  katta  sovg'a-salom  bilan  har  yili  qatnardi.  Shuningdek,  u  Qrim  va  Kavkazga  borganida  qimmatbaho 

sovg'alami va saroylami xarid qilardi. Bu odat ulkan sarf-xarajatlami talab qilardi va ushbu xarajatlar oddiy aholi yelkasiga og'ir yuk bo'lib 

tushardi.Buxoro amirligida asosiy soliqlami aholining 90% ga yaqinini tashkil etuvchi dehqonlar to'lardi. Bu soliqlami to'lash uchun ular 

savdogarlar,  sudxo'rlar  va  yirik  zamindorlarga  tegishli  yerlarida  arzimagan  haq  evaziga  mehnat  qilishga  majbur  edilar.  Natijada  og'ir 

jabr-zulm bilan murosa qila olmagan xalq oshkora norozilik- larga jazm qilardilar. Garchi bu norozilik iqishlarining aksariyati stixiyali, 

uyushmagan  bo'lsa-da,  ular  amirlikning  eski  boshqaruv  uslubi  o'z  ahamiyatini  yo'qotib  borayotganligini  ko'rsatardi.  Qolaversa, 

dehqonlaming aksariyati soliqlaming ko'pligidan kasodga uchrab, qishloqlardan shaharlarga kelib yollanib ishlashga majbur bo'lganlar. 

Amir  Muzaffar  hukmronligi  davrida  nohaqlik  haddan  tashqari  oshib  ketdi.  Bu  davrda  soliqqa  tortishning  natura  shakli  (mahsulot 

ko'rinishida)  o'miga  naqd  pul  ko'rinishidagi  yig'imlar  asosiy  o'rinni  egallagan  edi.Amirlikda  azaldan  xiroj  va  zakot  asosiy  soliqlar 

bo'lsa-da,  yerdan  olinadigan  xiroj  solig'i  miqdori  ayrim  viloyatlarda  hosilning  40-50%  iga  yetardi.  Bu  miqdor  amirlikning  yillik 

daromadlarining yarmidan ko'pini tashkil etardi. Bundan tashqari, xiroj bilan bir qatorda kafsan, dorug'ayi muzd, ya'ni xirmonlami xatga 

olgani uchun amaldorga qo'shimcha maosh ham undirilardi. Bog'lar va polizlardan olingan daromadlar uchun alohida yig'im - tanobona 

to'langan.Dehqonlar  ma'muriyat  vakillari  ulaming  yerlami  egallab  olishidan,  mahalliy  hokimiyat  va  sud  hokimiyati  xodimlarining 

poraxo'rligi hamda tovlamachiligidan aziyat chekishardi. Odatda, dehqonning soliq to'lashga puli bo'lmasa, uning mol- mulki tortib olinar 

edi. Kasodga uchrash, qashshoqlashish, amaldorlaming o'z vakolatlarini suiiste'mol qilishlari dehqonlami qo'zg'olon ko'tarishga majbur 

qilardi.  Natijada,  amirlikdagi  eng  yirik  qo'zg'olonlardan  biri  1885-yilda  Baljuvon  bekligida  shijoatli  va  xalqparvar  Vose  ismli  kishi 

rahnamoligida ko'tarildi. Ketma-ket ocharchilik yillaridan keyin baljuvonlik dehqonlar ilk bora 1885- yilda mo'l hosil yig'ib olishgandi. 

Soliq yig'uvchilar esa nafaqat o'sha yil uchun, balki o'tgan kamhosil yillar uchun ham xiroj to'lashni talab qilishdi. Bunday soliq undirishni 

adolatsizlik deb bilgan dehqonlar uni to'lashdan bosh tortadilar. Amaldorlar zo'ravonligi va ijtimoiy zulm qurolli qo'zg'olonga undagan 

minglab  dehqonlar  Vose  atrofida  uyushdilar,1885-yil  iyul  oyining  oxirgi  kunlarida  qo'zg'olon  ko'targan  dehqonlar  va  amir  Muzaffar 

lashkari  o'rtasida  jang  bo'ladi.  Tayyorgarlik  ko'rmagan  va  mehnat  qurollari  bilan  ko'chaga  chiqqan  dehqonlar  mag'lubiyatga  uchradi. 

Qo'zg'olon  yo'lboshchilari  jumladan,  Vose  ham  qo'lga  olinib  qatl  etildi.  1888-yili  Ko'lob  bekligida  boshlangan  yirik  dehqonlar 

qo'zg'olonlari  Pomir  chegara  qo'shinlarining  yordami  bilan  bostirildi.  1889-yil  may  oyida  Kalif  bekligida  ham  qo'zg'olon  bo'lib 

o'tdi.l885-yil  Baljuvonda,  1888-yili  Ko'lob  bekligida,  1889-yil  may  oyida  Kalifda  dehqonlar  qo'zg'olon  ko'tardilar.  Bu  paytda 

hunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri gilam va namat tayyorlash bo'lgan. Buxoro gilamlariga chet ellarda ham 

talab katta bo'lib, amirlik savdogarlari ulami ko'p miqdorda xorijga, jumladan, Rossiyaga olib borib sotar edilar. Bundan tashqari, O'rta 

Sharq mamlakatlari, Turkiston bozorlarida ham Buxoro gilamlari xaridorgir edi. Ichki va tashqi bozorlarda Buxoro ip-gazlama matolari, 

ko'nchilik, zardo'zlik, kumush va oltin kandakorlik buyumlari, bo'yoq va sovun mahsulotlari ham mashhur bo'lgan. Buxoro ustalarining 

oltin  va  kumushdan  yasagan  buyumlari,  ayniqsa,  dong  taratgan  edi.  Amirlikning  deyarli  barcha  shaharlarida  mohir  zargarlar  mehnat 

qiladigan ustaxonalar mavjud edi. Ular yasagan mahsulotning barchasi o'ziga xos nozik naqsh- lar bilan bezatilardi. Buxoro kulolchilik 

buyumlari bozori ham chaqqon bo'lib, kulollar butun amirlik shaharlarida keng tarqalgan edi. Buxoro amirligida azaldan rivojlanib kelgan 

o'ziga xos ko'rinishdagi hunarmandchilik mavjud bo'lgan. Hunarmandlaming asosiy daromadlari behisob soliqlami to'lashga ketardi. Shu 

bois ular o'z ustaxona va korxonalarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun qo'shimcha mablag'larga ega emasdi. XIX asming 

oxirida Buxoro amirligi Rossiya, Afg'oniston, Hindiston, Eron va Kavkaz bilan savdo aloqalariga ega bo'lgan. Buxoro, Choijo'y, Karki, 

Termiz va Kogon (Yangi Buxorojda Rossiya firmalarining idora va omborxonalari mavjud edi. Rossiya va Buxoro amirligi o'rtasida tovar 

aylanishi yil sayin o'sib bordi. Buxoro amirligi hududi katta foyda keltiruvchi tranzit savdo uchun ham qulay edi. Rossiya va Afg'oniston 

o'rtasidagi  barcha  savdo  yo'llari  Buxoro  amirligi  orqali  o'tardi.  Rossiya  Buxoro  orqali  Afg'onistonga  katta  miqdorda  movut,  chinni 

buyumlar,  baxmal, chit, gugurt  va  kerosin  chiqarar  edi. 1887-yilda amirlik hududi  orqali  dastlabki  temiryo'l  o'tkazildi.  Buxorodan  15 

kilometr masofada Yangi Buxoro stansiyasi qurilishi boshlab yuborildi. Bu yerda amir saroyi va Rossiya siyosiy agentining qarorgohi ham 

barpo etildi. Endilikda Buxoro  amirligi  temiryo'l  orqali  Toshkent, Orenburg va  Moskva bilan  bog'langandi. 1888- yilga  kelib Buxoro 

amirligi hududida rus qishloqlari vujudga kela boshladi. Buxoroda Rossiya davlat banki bo'limi ochildi. Bundan tashqari, ikkita paxta 

tozalash zavodi, Yevropa namunasida ikkita mehmonxona barpo etildi. Eski Buxorodagi qo'shbegi uyi va Rossiya imperatorining siyosiy 

agentligi qarorgohi ilk paydo bo'lgan telefon aloqasi bilan bog'langan edi. Stixiyali - uyushmagan, to'g'ri tashkil etilmagan harakat. 

2. Qo’qon xonligidagi shoir Uvaysiy ijodidagi asosiy g’oyalar. 

Jahon otin Uvaysiy (1780—1845) Atoqli shoira, o‘zbek shoirlari murabbiysi Jahonotin Uvaysiy Marg‘ilonda tug‘ilgan. Otasi Siddiq bobo 

ikki tilda she’rlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi bo‘lib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiyni Hojixon ismli kosibga 

uzatishgan,  biroq  shaxsiy  hayoti  quvonchli  kechmagan.  U  Nodira  bilan  hamdardlikda  Qo‘qonda  xon  saroyida  yashay  boshlaydi.  65 

yoshligida Marg‘ilonda vafot etadi. 

Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalaming qarashlari asosida maydonga kelgan inson takdiri, shaxe erki va ma’rifatparvarlik 

g'oyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni e’zozlash, odamlami tabiat va xayet 

nozne’matlaridan  bahraMand  bo'lishga  imdash,  do‘stlik,  vafo  va  sadoqat  haqidagi  ulug‘vor  niyatlarini  Qur’on  oyatlari,  hadislar  va 

tasawufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning she’rlarida tariqatning talab va qoidalariga taallukli bo‘lgan 

talqinlar ko‘p uchraydi:Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yo‘q ogoh,Qabih guftor mardumdin ko‘ngul dog

1

 o‘ldi, dog‘ o‘ldi.U. o‘z 



asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb to'rida avaylovchi vafodor yomi ulug'laydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh xar 

tong  ufqdan  bosh  ko‘tarib,  o‘zining  otashin  nuri  bilan  olamga,  odamlarga  o‘z  mehr  va  shafqatini  sochadi.  Shoira  yor  va  oftob 

tashbihlaridan qarshilantirish san’ati orqali eng go'zal tuyg‘ular silsilasini yaratadi. Uning lirik qaxramoni mushohadakor donishmand, 

vafoli oshiq. 

Uning anor haqidagi mashhur chistoni o‘zining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida 

ko‘zga tashlanadi:Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon,Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon?Tuynugin ochib, 

alaming holidan olsam xabar.Yuparida parda tortug'liq tururlar, bag‘ri qon. 

3.  Mirza Ulug’bek hayoti va faoliyati. 

Mirzo  (keyinchalik  Sulton)  Muhammad  ibn  Shohruh  ibn  Temur  Ulug‘bek  Ко‘ragon  —  Temurivlar  davlatining  hukmdori, 

Shohruhning o‘g‘li. Buyuk 0‘zbek astronomi (Yulduzshunos) va matematiki. 




 

 

Ulug‘bek 1411-yildan 1449-yilgacha bugungi Q‘zbekiston. Toiikiston. Turkmaniston. Oirg‘iziston. 



Janubiy Oozog'iston. Eron va Afg‘oniston Turkistonida hukmdorlik qilgan. 

Mirzo  Ulug'bek  o‘n  beshinchi  asming  nobig‘asi,  Amir  Temuming  sevimli  nabirasi  va  Shohrux  Mirzoning  o‘g‘li  bo  Tib,  asl  ismi 

Muhammad Tarag‘aydir. Yoshligidan uni ,,Ulug‘ bek“ deya izzat qilishgan va yosh shahzoda keyinchalik ayni shu nom bilan mashhur 

boTgan. Xat-savod, diniy va dunyoviy ilmlaming asoslari yosh Muhammad Tarag'ayga begona emas edi. U Buyuk Yulduz bilimdoni va 

riyoziydon boTgan, Our'oni Karimni yoddan bilgan. Ulug‘bekning onasi Gavharshod begim boTsa ham, Temur saroyida hukm surgan 

an’anaga ko‘ra shahzoda sohibqironning katta xotini Sarovmulk xonim tarbiyasiga topshiriladi. 3- 4 yoshlaridayoq shayx Orif Ozariy unga 

murabbiy qilib tayinlanadi. U yoshligini ko'pincha Q‘rta Sharq va Hindistonda o‘tkazgan boTib Amir Temur oTimidan keyin Samarqand 

ya’ni Koshg‘arli 

Mahmudga ko‘ra Samizkentda yerlashgan. Keyinchalik Otasi Shohrux Mirzo Hirotni o‘z davlatining boshkenti etib tayinlagach, o‘n-olti 

yoshlik Ulug‘bek 1409 - yilda Samarqand boshchisi boTib, 1411 - yilda esa Movarounnahr xonliklarining erkin hukumdori boTgan. 

Hukmdorlik yillari 

Temur vafotidan so‘ng temuriylar o‘rtasida hokimiyat uchun jang avj oldi. Kurashlar 

natijasida  Xuroson  va  Movarounnahrda  ikki  mustaqil  davlat  yuzaga  keldi.  1409-vilda  Ulug'bek  markazi  Samarqand  boTgan 

Movarounnahrga hukmdor boTdi. Ulug‘bek bobosi kabi harbiy yurishlar qilmadi. 1425-vilda Shermuhammadxonni yengib, 1427-vilda 

Baroqxonga magTub boTgach, 20 yil mobaynida harbiy yurish amalga oshirmadi. 

Me’morchilik ishlari 

Mirzo  Ulug‘bek  davrida  Samarqand  gullab-yashnadi.  Uning  farmoyishi  bilan  1417-vilda  Buxoroda.  1420-  vilda  Samarqandda  va 

1433-vilda GTjduvonda madrasalar barpo etildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim gigsjidi, Amir Temur maqbarasi. 

Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, Ulug‘bek karvonsaroy, -tim, chorsu, hammom kabi talay jamoat 

binolari ham barpo ettirgan. Samarqanddagi XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Bu inshoot 

Ulug‘bek farmoyishi bilan 1428-1429 - yillarda Ko‘hak tepaligida bunyod etilgan. 

Ilmiy-madaniy merosi 

Ulug‘bek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish "Ziii iadidi Ko‘ragoniy" deb 

nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulug‘bek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, she’rlar ham yozgan. Alisher Navoivning „Majolis 

un-nafois“  asarida  uning  she’rlaridan  namunalar  keltirilgan.  Olimdan  bizga  4  ta  asar  meros  qolgan:  1)  „Ziii  iadidi  Ko‘ragoniv“  — 

astronomiyaga  oid;  2)  Jir  daraia  sinusini  aniolash  haoida  risola“  —  matematikaga  oid;  3)  „Risolavi  Ulug‘bek“  —  yulduzlarga 

bag'ishlangan; 4) „Tarixi arba’ ulus" (To'rt ulus tarixi) — tarixga oid. 

U 1437 - yilda 994 yulduz to‘plamini "Ziii sultoniv" asarida tartib berganki, u hozirgi paytda ham yulduzlar bilimi sohasida dunyoning eng 

buyuk asarlaridan biri sanaladi. Ushbu asar 1665 - yilda Oxfordda Thomas Hyde tamonidan, 1843 - yilda Fransiva Badly tamonidan va 

1917 - yilda Edward Ball Knobel tamonidan yangidan tahrirlanib bosilgan. Ulug'bek undan keyin bir yilni 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa va 15 

sonya deb belgilagan. Ulug'bek ushbu hisobida faqatgina 25 soniya xato qilgan ekan. Undan boshqa Ulug'bek yer yuzini o'rtalik kailigini 

23.52 daraja deb belgilagan va u yuz yillar bo'yicha eng to'g'ri va aniq oTcham deb topilgan

m



Matematika 



Uchburchaklar bilimida esa Ulug‘bek soya va tanjont qimatlarini sakkiz o'nlik kasr ya sakkiz xona a’shoryagacha aniq belgilagan. 

Ulug'bek davrida ko'pgina asarlar arab va fors tilidan eski o'zbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada 15000 dan ortiq 

kitob bo'lgan. 

O'limi.Otasi Shohrux Mirzo oTimidan keyin Ulug'bek Balxga yurish qildi, chunki Mirzo Alavuddavla ibn Bovsunqur Mirzo Hirotdagi 

Temuriylar hukmdorligiga da’vogarlik qilgan edi. Murg'obda bo'lib o'tgan ushbu to'qnashuvda Ulug'bek g'olib bo'lib Hirot tomon harakat 

qildi, ammo Alauddavlaning akasi Mirzo Abul Oosim Babur bilan bo'lgan to'qnashuvda mag'lubiyatga uchrashib, Balxga qaytib kelgach 

o'z o'g'li Abdullatifiii fitnasi tufayli 1449-yilda oktyabming 27-sanasida, ya’ni 55 yoshida Samarqand yaqinida o'ldirildi^. Ulug'bekning 

yaqinlaridan biri Abdulloh, uni Samarqandning Amir  Temur maqbarasi ziyoratgohida keltirgan. 1830 -  yilda olmon Yulduzshunoslari 

Johann Heinrich von Madler oyda bor bo'lgan kraterlaming birini Ulug'bek nomiga musammo qildi. 

4.  “Muhaddis” so’ziga izoh bering. hadis to’plovchi  

29- bilet 

1.  XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Germaniya. 

Fransiya-Prussiya  urushi  davom  etayotgan  bir  paytda,  ya'ni  tinshning  tugallamshi  1871  yilning  18-yanvarida  barcha  german 

davlatlarining  monarxlari  Versalda to'planib,  Prussiya qiroli  Vilgelm  I  ni  Germaniya imperatori  deb  e'lon qildilar. Bu  Germaniyaning 

ikkinchi marta imperiya deb e'lon qilinishi edi. Shunday qilib, butun Germaniya hududining 2/3 qismida joylashgan, aholisining esa 60% 

yashayotgan Prussiya monarxiyasi  yetakchiligida Germaniyaning  birlashuvi  tugallandi.  Yagona va  yaxlit  Germaniya imperiyasi  barpo 

qilindi.l871-yil  aprelida  imperiya  reyxstagi  umum-german  konstitutsiyasini  qabul  qildi.  Germon-  konstitutsiyasi  qobul  qilindi 

Germaniya  imperiyasi  ittifoqchilar  davlati  bo’lib  qoldi.  Elzas-Lotaringiya  imperiya  tarkibiga  hokim  (shtatgalter)  tomonidan  idora 

qilinadigan  „maxsus  imperiya  viloyati"  bo'lib  kirdi.  Hokimni  imperatoming  o'zi  tayinlardi.  Imperiyaga  kirgan  ayrim  davlatlar  o'z 

konstitutsiyalari, vakillik muassasalarini (landtaglarini) saqlab qoldi.Konstitutsiyaga muvofiq, imperiyaning oliy vakolatli muassasalari 

Ittifoq Kengashi (Bundesrat) bilan Reyxstag edi. Konstitutsiyada birlashgan Germaniyada Prussiya gegemonligi mustahkamlab qo'yildi. 

Imperator  urush  e'lon  qilar,  sulh  tuzar,  xalqaro  munosabatlarda  imperiya  nomidan  ish  ko'rardi.  Ayni  paytda,  u  imperiya  qurolli 

kuchilarining bosh qo'mondoni ham edi. Imperator o'z ixtiyori bilan Reyxstag va I Ittifoq Kengashi sessiyalarini chaqirish,ochish, tarqatib 

yuborish yoki muddatini cho'zish, imperiya kanslerini tayinlash va vazifasidan ozod etish huquqlariga ega edi.l871-yil konstitutsiyasiga 

binoan,  imperator  bir  vaqtning  o'zida  Prussiya  qiroli  ham  hisoblanardi.Germaniyaning  birinchi  imperiya  Otto  fon  Bismark  kansleri 

lavozimiga Otto fon Bismark tayinlandi. U davlat boshqaruvida katta tajribaga ega bo'lib, deyarli 20 yil davomida (1871—1890) mamlakat 

hukumatini boshqardi. Bismark Germaniya tarixida „Temir kansler" laqabi bilan nom qoldirdi.Reyxstag, konstitutsiyada ko'rsatilganidek, 

umumiy  saylov  huquqi  asosida  besh  yil  muddatga  saylanardi.  Lekin  amalda  saylov  huquqi  faqat  nomigagina  umumiy  edi.  Harbiy 

xizmatchilardan  tashqari,  25  yoshga  to'lgan  erkaklargina  saylov  huquqidan  foydalanardi.70—80-yillarda  Germaniya  iqtisodi  gurkirab 

rivojlana boshladi. Uning sanoat mahsulotlari barcha qit'a davlatlari bozorlariga kirib bordi. Xo'sh, qanday omillar Germaniya iqtisodining 

gurkirab rivojlanishiga sabab bo'ldi? Bosh omil — Germaniyaning birlashtirilganligi edi. Bu birlashuv tufayli yagona ichiki bozor vujudga 

keldi. Ya'ni, bojxona to'siqlari olib tashlandi. Yagona pul, o'lchov va og'irlik birliklari joriy etildi.Ikkinchi omil—Fransiyaning talanishi 

bo'ldi. Fransiya 3 yil ichida 5 mlrd. frank tovon to'lashga majbur etildi. Undan tortib olingan temir rudasiga boy Lotaringiya bilan Saar 



 

 

toslik ko'mir koni birgalikda Germaniya og'ir sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.Uchinchidan, Germaniya tadbirkorlari boshqa 



davlatlar tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalandi. Ishlab chiqarishga eng ilg'or texnologiya hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etdi. 

Ayniqsa,  Tomson  tomonidan  fosfor  olish  jarayonining  soddalashtirilishi  Germaniya  sanoatining  gurkirab  rivojlanishi  uchun  katta 

imkoniyatlar  yaratdi.  Chunki,  Germaniya  fosfor  rudalarining  asosiy  makoni  edi.To'rtinchidan,  sanoatning  tez  sur'atlar  bilan 

militarlashtirilishi  ishlab  chiqarishining  rivojlanishiga  ta'sir  etmay  qolmadi.  Fransiyadan  undirilgan  tovonning  ma'lum  qismi  harbiy 

buyurtmalar  uchun  to'landi.  Bu  omillar,  ayni  paytda,  Germaniyani  agrar  davlatdan  industrial  davlatga  aylantirdi.Germaniya  kimyo 

sanoatida jahonda birinchi o'ringa chiqib oldi. Temiryo'llar uzunligi 1890-yildagi 43 ming km dan 1914- yilga kelib 68 ming kilometrga 

yetdi. Temir va po'lat ishlab chiqarishda esa AQSHdan so'ng ikkinchi o'ringa chiqdi. Cho'yan ishlab chiqarish 1892—1912-yillar orasida 

4,9 min.  tonnadan  17,6  min.  tonnaga o'sdi.Sanoat  rivojlanishi bilan ishlab chiqarish  tobora  yirikroq  kor- xonalarda  to'plana bordi. Bu 

davrda liar birida 1000 dan ortiq ishchi ishlaydigan korxonalar soni 600 taga yaqinlashgan edi.Ayni paytda, sanoatda ishlab chiqarishining 

markazlashuvi kuchaydi. Masalan, ko'mir qazib chiqarish, cho'yan va po'lat eritish asosan 4 ta monopoliya qo'liga o'tdi 1914-yilga kelib, 

Germaniyada sanoat ishlab chiqarishi 1871- yilga nisbatan 7 marta ko'paydi. Sanoat korxonalarida 1907-yilda qa- riyb 10,4 min. nafar 

ishchi  ishlar  edi.Sanoat  ishlab  chiqarish  hajmi  jihatdan  Germaniya  dunyoda  AQSH  dan  keyin  ikkinchi  o'rinni  egalladi.  Mehnat 

unumdorligi 40 yilda deyarli ikki baravar oshdi. Qishloq xo'jaligi ham tez sur'atlar bilan taraqqiy eta boshladi. 

2.  Qo’qon xonligida shoira Nodira (Mohlaroyim) ijodidagi asosiy g’oyalar. 

Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon —1842, Qo‘qon) — shoira, ma’rifatparvar va davlat arbobi. "Komila" va "Maknuna" 

taxalluslari bilan ham she’rlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan, Farg‘ona hukmdori Olimxonning tog'asi. 

Olimxon ukasi Umarxonga Marg'ilon hokimligini beradi va uni 1807 yilda N.ga uylantiradi. N.shu xonadonda she’r yezishni mashq qiladi, 

shoira  Uvaysiy  bilan  tanishadi,  uni  muallima  sifatida  saroyga  taklif  etadi.  N.ning  turmush  yo‘ldoshi  Amir  Umarxon  ham  Amiriy 

taxallusida ijod qilgan. 

N.ning adabiy merosi o‘z g‘oyaviybadiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz she’riyatning go‘zal namunalaridandir. N. she’riyatining 

asosini lirika tashkil etadi. N. muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U go‘zallik va sadoqatni, Sharq xotin- qizlarining dardalamlari, ohu 

fig‘onlarini kuyladi. Shoira o‘zini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks 

etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yog‘du ekanligini kuyladi:Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar 

odamsan, muhabbat ixtiyor etlN.ning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuyg'ular doirasidan 

yuqori  ko‘tarilib,  odamiylikni  chuqur  idrok  qilish  vositasiga  aylantiriladi.  N.  insonning  eng  yuksak  fazilati  vafodorlikda  deb  biladi. 

Shoiraning forstojik tilidagi mebosh radifli gazalida vafo mavzui keng doirada kalamga olinadi. 

Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi hislatlami ma’rifat, ya’ni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd 

etadi, odam ana shu sharafli hislatlami o‘z ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitkadamlik bilan ko‘ngil ganjinasida asramog‘ini 

obrazli qilib tasvirlaydi. Odamzod shu sifatlardan maxrum bo‘lar ekan, u riyo yo‘liga kirib ketadi. 

3.  Burxoniddin Marg’inoniyning hayoti va faoliyati. 

BURHONIDDIN MARG'INONTY (to‘liq ismi  Abulhasan  Ali  ibn Abubakr  ibn  Abduljalil al-Farg‘oniy  al-Rishtoniy  al-  Marg‘inoniy) 

(1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlog‘i — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom. Dastawal otasi Abubakr ibn Abduljalil, 

so‘ng  Simom  Bahouddin  Ali  ibn  Muhammad  Asbijobiy  qo‘lida  tahsil  ko‘rdi.  Rishton,  Marg‘ilon,  Buxoro,  Samarqand  va 

Movarounnaxming boshqa shaharlarida islomiy ta’lim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom qozondi. Shayxulislom bo'lib 

yetishdi. 1149 yil haj safariga bordi. В. M. Samarqand shahridagi Chokardiza kabristonga dafn etilgan. В. M. fiqh bo'yicha asosiy asari 

"Bidoyat ul-mubtadi’" ("Boshlovchilar uchun qo‘llanma")ni hanafiya nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abut Hasan al-Quduriy (1029 

yil v.e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 yil v.e.) asarlariga tayanib yozgan. B. M.ning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy 

jihatdan foydalanish  qiyin  bo‘lgan.  Shu sababli  B.  M.ning  o‘zi  8  jildli  sharh  — "Kifoyat  ul-Muntahiy"  ("Yakunlovchilar uchun tugal 

ta’limot")ni yozishga karor qilgan. Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-Hidoya" (qisqacha nomi "Hidoya" — "To‘g‘ri yoT')ni yaratadi 

(1178). В. M. bu kitobda o‘sha zamonlarda mo‘minmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy 

munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko‘p murakkab muammolami 

islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida bir necha tillarga tarjima 

etilib ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi bo‘yicha eng aniq, izchil, mukammal asar bo‘lgan. Undan asrlar davomida islom 

huquqshunosligi  bo‘yicha nufuzli  huquqiy  manba  — asosiy  qo‘llanma sifatida foydalanilgan (q.  Hidoya).  Shu  sababli  alloma  nafaqat 

ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham "hidoyat yo‘lining sarboni" deya katta hurmat-e’tibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining 

dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. 

B.M. yana bir qancha asarlar yozgan: "Nashr al-mazhab" ("Mazhabning tarqalishi"), "Kitob at-tajnis val-maziyd" ("Fuqarolik huquqini 

taqdim  etish"),  "Kitob  ul-faroiz"  ("Majburiyatlar  haqida  kitob"),  "Maziyd  fi  furu  ulhanafiy  ("Hanafiya  mazhabiga  qo‘shimchalar")  va 

boshqa U o‘z asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy mulkchilik), moliyaviy faoliyat, 

jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni ko‘rish 

masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuygusi, o‘z davrining huquqiy mszonlari asosida yashash, o‘zganing mol-mulkiga 

ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehroqibat kabi ezgu tushunchalaming mohiyati ochib berilgan. B. M.ning 

o‘zi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo‘lidagi fidoyiligi, kamtarligi o‘z asarlarida bir"on 

marta ham "men" degan so‘zni ishlatmay, "bu zaif banda aytadi", deya hokisorlik bilan izoh berishida ham ko‘rinib turadi. 

B. M.ning ilmiy merosi o‘z ahamiyatinn yo‘qotmagan. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari B. M.ning 

fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. 0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng uning ilmiy  merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, 

asarlarini  chop  etish  ishlariga katta e’tibor  berila  boshlandi. 0‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti  I.A.  Karimov  tashabbusi bilan В.  M. 

vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo‘yicha) (2000) keng nishonlandi. 

Shu munosabat bilan Marg‘ilon shahri markazida В. M. yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o‘matildi. 

4. 


“Traktat” so’ziga izoh bering. -xalqaro shartnoma, bitim  

30- bilet 

1 .XI X asrda Liberiya davlati. 

Xcrsh, Afiikada mustaqil Liberiya davlati qay tariqa tashkil topgan edi? Uning tashkil topishi AQSHda qulchilikka qarshi kurash bilan bog 




 

 

'liqdir. 1816- yilda AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullami Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi. Natijada, 1821- yilda Gvineya 



qirg'oqlarida 13 ming km

2

 yer maydoni sotib olindi. U yerda Monroviya (AQSH Prezidenti Monro nomidan olingan) manzilgohi tashkil 



etildi va Amerikaning sobiq qul negrlaridan bir qismi bu yerga joylashtirildi. Joylashib olgan sobiq qui negrlar manzilgoh hududini tobora 

kengaytirib bordilar. 1847- yilda esa Liberiya (erkin) davlati tuzilganligini e'lon qildilar. O'z davlatlarida G'arbiy Yevropa va Shimoliy 

Amerikaning ilg'or andazalaridagi tartib-qoidalami joriy etdilar. Mamlakat konstitutsiyasi barcha fuqarolaming qonun oldida tengligini, 

yashash, erkinlik, xavfsizlik va baxt har bir fuqaro huquqi ekanligini e'lon qildi. Ayni paytda xalq hokimiyatning manbai ekanligi, e'tiqod 

erkinligi, matbuot va so'z erkinligi, sudning mustaqilligi tamoyillari ham belgilab qo'yildi. Liberiya Buyuk Britaniya va Fransiya o'rtasidagi 

raqobat munosabatlaridan ustalik bilan foydalanib, o'z mustaqilligini saqlab qola oldi 

2. Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi. 

Ulug’bek rasadxonasi 1424 - 1428 - yillar mobaynida Samarqand shahri yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yida qurilgan. Rasadxona Mirzo 

Ulug’bek farmoniga muvofiq qad ko’targan bo’lib, uni bunyod etishda Ulug’bekning ustozi Qozizoda Rumiy va G’iyosiddin Jamshid bosh 

-  qosh  bo’ladilar.  Rasadxona  joylashgan  ushbu  mavze  mahalliy  aholi  o’rtasida,,  Naqshi  jahon,,  degan  nom  bilan  mashhur  bo’lgan. 

Rasadxonaning asosiy qismi radiusi 40,2 metrli sekstant bo’lgan. Ulug’bek rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar va tadqiqotlar tufayli 

1018  ta  qo’zg’almas  yulduzlaming  o’mi  va  holati  aniqlanib,  ulaming  astranomik  jadvali  tuzildi.  Shu  davrda  olib  borilgan  tadqiqotlar 

asosida  matematika  va  astranomiya  fanlariga  oid  ko’plab  nodir  asarlar  yaratildi.  Mirzo  Ulug’bekning  say’  —  harakatlari  natijasida 

rasadxona o’z zamonasi sharoitiga mos mukammal astranomik asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi. 

Bimdan  tashqari  ushbu  rasadxona  qoshida  fanning  deyarli  barcha  sohalariga  tegishli  qariyb  o’n  ming  jild  kitob  mavjud  bo’lgan 

zamonasining boy kutubxonasi ham tashkil qilinadi. Ulug’bekning vafotidan so’ng (1449) rasadxona qarovsiz holga kelib, xaroba holga 

kelib qoladi, uning asboblari buzib tashlanadi. olimlar Samarqandni tark etishadi. Rasadxona ayovsiz urushlar tufayli XVI - XVII asrlarda 

yo’q  bo’lib  ketadi.  Nihoyat  arxeolog  olim  V.  L.  Vyatkin  XVII  asrga  oid  bir  vaqf  hujjatni  Samarqandlik  keksa  olim  qo’lidan  olishga 

muvaffaq  bo’ladi.  Shu  asosda  rasadxonaning  saqlangan  yer  osti  qismini  topadi.  Rasadxona  qoldiqlari  topilgan  tepalik  yer  sathidan 

balandligi  taxminan  21  metr,  sharqdan  g’arbga  cho’zilgan  kengligi  qariyb  85  metr,  janubdan  shimolga  cho’zilgan  uzunligi  170  metr 

keladigan tabiiy toshli balandlikdan iborat. Qazishma ishlari olib borilgan vaqtda turli rangdagi ko’pgina koshin g’ishtchalar, shuningdek, 

mozaika  bo’lakalari  ham  topilgan.  Tarixiy  manbalardan  ma’lum  bo’lishicha,  devordagi  suratlarda  osmon  gumbazi,  samoviy  jismlar, 

ulaming joylashishi, sayyoralaming orbitalari, qo’zg’almas yulduzlar, dengizlar, okeanlar, tog’lar bo’yicha iqlim mintaqalariga bo’lingan 

yer kurrasi va h. k. lar tasvirlangan. XVII - XVIII asrlarga oid adabiyotlarda 

Ulug’bek rasadxonasi haqida gapirilib, uning ulkanligi va ulug’vorligi  ko’rsatib o’tilad. Rasadxonaning balandligi 31 metr bo’lgan va 

rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta - kichik hujralar qurilgan. 

3.  I. Gasprinskiy hayoti va faoliyati. 

Sharq bilan G’arbni takoslab, musulmonlar va turkiylar dimyosi, hususan Rossiya tassarrufidagi musulmonlaming jaxon tarakkiyotidan 

uzilib kolayotganini krim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo’lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo’k qilish, 

ma’naviyat-ma’rifat orkali tarakkiy topgan mamlakatlar darajasiga ko’trish harakatini boshlab berdi. U maorifni isloh qilish, maktablarda 

dunyoviy fanlami o’kitish masalalarini ko’tardi. Gaspirali 1884  yilda  Krimdagi Bokchasaroyda birinchi jadid maktabiga asos soldi. U 

tashkil kilgan maktab o’kuvchilari uchun o’kuv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. 40 kun ichida 12 ta o’kuvchining savodini chikarib, tezda 

shuhrat  kozondi.  «Taq'imon»  gazetasini  chikarib,  o’z  g’oyalarini  tarkata  boshladi.  1888  yilda  «Rahbari  muallimin  yoki  muallimlarga 

yo’ldosh»  kitobini  nashr  etib,  jadid  maktablarining  kurilishi,  dars  o’tish  mazmuni,  jihozlanishi,  sinov  va  imtixonlar  olish  usullarini 

ko’rsatdi. 

Ismoil Gaspirali g’oyalari Turkiston, Buhoro amirligi va Xiva xonligiga ham kirib keldi. U 1893 yilda O’rta Osiyoga kelib, ilg’or 

ziyolilar bilan uchrashdi. Buhoro amiri huzurida bo’lib, bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Ana shundan keyin Turkiston ziyolilari 

jadidlar g’oyasini ko’llab maorifni isloh qilish, «usuli jadid» maktablarini ochishga kirishdilar. 



4.  “Imperiya” so’ziga izoh bering-hukmdoming cheklanmaganhokimyatijoriy etilgan, boshqa ko’plab xalqlami bo’ysindirgan davlat 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish