Curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy termiz -2020


 Biologik ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlari



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/105
Sana02.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#88663
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Bog'liq
3.2.Biologiya-fanini-oqitish-metodikasi

 
2.2. Biologik ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlari 
Har  qanday  o‘quv  fanini  o‘qitishda  uning  mazmuni  nihoyatda  katta 
ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Bunga  asosiy  sabab  o‘quv  fani  mazmuni  o‘sha  fanning 
o‘ziga xos yo‘nalishi, o‘qitish tizimi,  metodlari, vositalarini belgilab beradi. O‘quv 
fanining  mazmuni  o‘quv  dasturlari,  darsliklari,  o‘quv  qo‘llanmalari  orqali 
aniqlashtiriladi.   
Umumiy  o‘rta  ta’lim  muassasalarida  biologik  ta’limning  tarkibiy  qismlari 
bo‘lib,  botanika,  zoologiya,  odam  anatomiyasi  va  fiziologiyasi  hamdassitologiya, 
biokimyo,  genetika,  evolyusion  ta’limot  majmuasidan  iborat  bo‘lgan  biologiya 
o‘quv fanlari hisoblanadi. Mazkur o‘quv fanlaridan turli xil o‘simliklar, hayvonlar, 
odamlarning  tashqi,  ichki  tuzilishi,  hayot  faoliyati,  tashqi  muhit  bilan  bog‘liqligi 
to‘g‘risida  hamda  hujayra,  uning  organoidlarining  tuzilishi,  funksiyasi,  irsiyat  va 
o‘zgaruvchanlik,  evolyusion  ta’lim  va  shu  kabi  bilimlar  beriladi.  Biologik 
ta’limning tirik tabiatdagi narsa-hodisalarni alohida-alohida o‘rganish emas, balki 
ularning  bir  yaxlitligini,  o‘zaro  bog‘liqligini  ifoda  etgan  holda  o‘qitilishi  taqozo 
qilinadi.   
Didaktikada ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari juda ko‘p tadqiqotchilar 
tomonidan  aniqlangan.  Jumladan,  akademik  I.YA.  Lerner  tomonidan  ta’lim 
mazmunining  tarkibiy  qismlariga  quyidagilar  kiritilgan:  bilimlar  (ilmiy 
tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar); faoliyat usullari (ko‘nikma va 
malakalar); ijodiy faoliyat tajribalari; qadriyatlar tizimi. 
Biologiya o‘quv fanining bilimlar tarkibiy qismiga birinchi navbatda ilmiy 
tushunchalar  kiradi.  Ular  biologiyaning  ayrim  sohalariga  oid  xususiy  va 
biologiyaning  barcha  sohalariga  xos  bo‘lgan  umumiy  biologik  tushunchalardan 
tashkil topadi.  
Umumiy  biologik  tushunchalar  qatoriga  organizmlarning  hujayraviy 
tuzilishi,  modda  va  energiyaning  almashinuvi,  organizm  va  muhitning  o‘zaro 
birligi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organik olam evolyusiyasi tushunchalari kiradi.  
Biologiya o‘quv fani mazmunining bilimlar tarkibiy qismiga g‘oyalar ham 
kiradi.  Biologiya  ta’lim  mazmunida  o‘quvchilar  ongiga  quyidagi  g‘oyalar 
singdiriladi:  organik  olam  evolyusiyasi;  tirik  tabiat  tuzilishining  har  darajada 
ekanligi;  organ  tuzilishi  bilan  funksiyasining  o‘zaro  bog‘liqligi;  biologik 
sistemalarning  tabiiy  muhit  bilan  aloqadorligi;  o‘z-o‘zini  boshqarish;  nazariya 
bilan amaliyotning birligi. 


38 
 
 
Biologik  qonunlar  ham  biologiya  o‘quv  fani  mazmunining  tarkibiy  qismi 
hisoblanadi.  Biologik  qonunlar  sirasiga  Mendel  va  Morganning  irsiyat  qonunlari, 
Ber qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning biogen migrasiyasi qonuni va h.k.  
Biologiya  fani  mazmunining  yana  bir  komponenti  ilmiy  nazariyalardir. 
Umumiy  o‘rta  ta’lim  biologiya  o‘quv  ta’lim  mazmuniga  CH.Darvinning  organik 
olam  evolyusion  nazariyasi,  A.N.Seversovning  filembriogenez  nazariyasi, 
T.Morganning xromosoma nazariyasi va hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan. 
YUqorida  qayd  etilganidek,  ta’lim  mazmunining  asosiy  qismini  bilimlar 
(ilmiy tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar) tashkil etadi. 
Faoliyat  usullari  ko‘nikma  va  malakalardan  iborat  bo‘lib,  o‘quvchilar 
tomonidan  o‘quv  dasturida  ko‘zda  tutilgan  ko‘nikma  va  malakalarni  egallashini 
belgilaydi. 
Ta’lim  mazmunining  uchinchi  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  ijodiy  faoliyat 
tajribalari  o‘quvchilarning  avval  o‘zlashtirgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini 
yangi  kutilmagan  vaziyatlarda  qo‘llash  orqali  tarkib  toptiriladi.  SHu  sababli, 
o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida bilimlarni tayyor axborot shaklida emas, balki 
muammoli  vaziyatlarni  vujudga  keltirish  natijasida  o‘quvchilarning  avvalgi 
mavzularda  o‘zlashtirgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  yangi  kutilmagan 
vaziyatlarda  qo‘llashiga  imkon  yaratishi,  ularda  mustaqil  va  ijodiy  fikr  yuritish 
ko‘nikmalarining tarkib topishiga zamin tayyorlashi zarur. 
Ta’lim  mazmunining  to‘rtinchi  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  qadriyatlar  tizimi 
o‘qitish  jarayonida  ta’lim-tarbiyaning  uzviyligini  ta’minlash,  o‘quvchilarni  milliy 
va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalashni  ko‘zda  tutadi.  Mazkur  tarkibiy 
qismni  o‘quvchilarda  shakllantirish  biologiyani  o‘qitishda  ta’lim-tarbiya 
masalalariga bog‘liq holda yoritiladi.  

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish