Glossariy
1. Absalyut balandlik- mutloq balandlik yer yuzudagi muayan nuqtani okean o’rtacha
sathidan tik balandligi. Baland nuqtalar (q) belgi, past nuqtalar (-) belgilanadi va nivelir
yordamida aniqlanadi. M.D.H Fin qo’ltig’idagi Kron shtadid futshtogidan hisoblanadi.
2. Absalyut namlik-bir metr kub havodagi suv bug’i miqdori.
3. Avtamor tuproq-yer osti suvlarining ta’siri bo’lmagan sharoitda vujudga kelgan tuproq.
M: Qora, Kashtan, Bo’z tuproq.
4. Adir-O’rta Osiyo tog’lari etagidagi cho’l va chala cho’l qirlar. Neogen va Antropogen
davrining cho’kindi tog’ jinslaridan tarkib topgan.
5. Allyuvial tekislik-oqar suvlar oqiziqlarni chuquroq joylardan cho’kib qolishidan
vujudga kelgan tekislik.
6. Allyuvial tuproq-daryo vodiylaridagi allyuvial yotqiziqlardan vujudga kelgan tuproq.