Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 11.09.2020 y. kuchga kiritilgan.
(11.09.2020 yil №0479/20/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Izoh:
«Status NEW» turkumidagi tarif rejalarda «Perezagruzka» xizmati mavjud. Ushbu xizmat orqali abonent ihtiyoriy o’zi tarif rejadagi abonent to'lovni
muddatidan avval yechilishini va paketlarning yangidan taqdim etish imkoniyatini beradi. Xizmatga ulanish kodi - *5#. «Perezagruzka» xizmati
yoqilganidan so'ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig'i kuyadi. Keyingi oylik abonent to'lov yechilishi va trafik taqdim etish
vaqti 1 oylik interval bilan (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda), ya’ni oxirgi yechilgan abonent to’lov sanasi a sosida amalga oshiriladi.
Xizmatni ulash uchun Abonent balansida tarifga ulanishning minimal qiymatiga teng miqdori bo'lishi kerak.
Oylik abonent to'lovining yechilish sanasi 1 oy interval oralig'ida (oyning birinchi kuniga bog’liq bo’lmagan holda) amalga o shiriladi. Keyingi oylik
abonent to'lovi yechilishi va tegishli bonuslar yechilishi ertalab soat 00:00 dan 06:00 gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to'lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent
hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda
yechiladi. Hisob yetarli mablag’gacha to’ldirilgandan so’ng oylik abonent to'lovi yechilib, tarif bo’yicha daqiqalar, SMS va MB taqdim etiladi.
Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to'lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida
yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval
mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent
hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan
chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng
kuyadi.
Taqdim etilgan bonuslarning sarflanishi faqat raqamning aktiv holatida bo’lganda, foydalanish mumkin.
Trafik taqdim etilishiga qadar, qo’ng’iroqlar, SMS va internet tarif rejaga muvofiq sarflanadi. Ulangan paketdan foydalanishn i boshlashdan oldin,
*103#/*101#/*105#/*106#*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
Tarif bo'yicha oylik abonent to'lovi o'z vaqtida to'langan taqdirda, oy davomida sarflanmagan barcha yo’nalish uchun Mb paketining qoldig’i kuymaydi va
keyingi oyga o’tadi. Shunda oldingi oydan o’tgan va yangi oyda taqdim etilgan trafikning maksimal umumiy hajmi: «Status Platinum NEW» uchun –
200 000 MB, «Status Gold NEW» uchun - 60 000 MB, «Status Silver NEW» uchun - 36 000 MB gacha yetishi mumkin. Agar abonent to'lovining
navbatdagi yechilishi Abonent raqami hisobida mablag' yetarli bo’lmaganligi sababli sodir bo'lmasa, trafik qoldig'i kuyib ketadi.
Tarifga kiritilgan boshqa paketlar bo'yicha trafik qoldig'i keyingi oyga o'tmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o'tganidan keyin kuyadi.
Ushbu rejalardagi abonentlar uchun alohida ajratilgan 0777 raqami orqali 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi;
Ushbu rejalardagi abonentlar hisobi nol yoki noldan kam bo’lgan balansda ham tarmoq ichidagi kirish, hamda bo shqa uyali aloqa operatorlari
raqamlaridan kirish qo’ng’iroqlarini qabul qiladi;
Agar «Status NEW» turkumidagi tarif rejalarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqasiga o’tish Kompan iyaning ochiq ofislarida
ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. Agarda tarifga ulanish paytida
“oltin raqam” berilgan bo’lsa, va shu tarifdan 1 yildan ko’proq foydalanilgan bo’lsa, “oltin raqam”ni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o’tish imkoni
mavjud.
«Status NEW» turkumidagi tarif rejalarga o'tish narxi - 0 so'm. Boshqa tariflardan «Status NEW» turkumidagi tarif rejalarga o'tishda abonentga
qo'shimcha 100 MB taqdim etiladi.
Kontent-xizmatlar va ma'lumot xizmatlariga qo'ng'iroqlar va SMS yuborish tarif bo'yicha kiritilgan daqiqalar va SMS paketidan sarflanmaydi.
Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 40 daqiqani tashkil etadi.
O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston,
Turkmaniston, Afg'oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi;
Sputnik 1 - Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476), Sputnik 2 - Inmarsat В,
Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216 ), Sputnik 3 - Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(коды: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817), Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD,
Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87 067, 87068,
87069).
Do'stlaringiz bilan baham: |