Ommaviy ofertaning №1 Ilovasi
Narxnoma 11.09.2020 y. kuchga kiritilgan.
(11.09.2020 yil №0479/20/UZ sonli buyruqqa asosan)
Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Boshqaruv tizimi sertifikatlangan, ISO 9001:2008
Kunlik mini SMS-paketlari
Paketlarning nomi
SMS 20
SMS 50
Bepul Mahalliy SMS
20
50
Ulanish narxi, so’m
0
0
Kunlik abonent to’lovi, so’m
500
1000
Ulanish uchun hisobdagi minimal miqdor, so’m
600
1100
Xizmatga ulanish kodi
*110*161#
*110*162#
Xizmatni o’chirish kodi
*110*160#
Foydalanilmagan SMSlarni tekshirish kodi
*105#
Izoh:
- Shuni ma’lum qilamizki, tariflar va qo'shimcha xizmatlar bo'yicha internet-trafik, daqiqalar va SMS-xabarlar qoldig'i xaqida ma'lumot xabarlar 06:00 dan 00:00
gacha bo'lgan vaqtda amalga oshiriladi.
- «SMS 20» va «SMS 50» paketlari bo’yicha taqdim etilgan SMS trafik kun tugaguncha amal qiladi. Keyinchalik (ulangan SMS paket o’chirilgunga qadar) har kuni
SMS paket bo’yicha abonent to’lovi yechilib SMS trafik taqdim etiladi.
- Paketning 1 kunlik amal qilish muddati tugaganidan so’ng sarflanmagan SMSlar qoldig'i kuyadi;
- Taqdim etilgan SMS trafik ishlatib bo’linganidan so’ng foydalanilgan SMSlar tarif rejaga asosan narxlanadi.
- Axborot-ko’ngil ochar qisqa raqamlaridan foydalanganda SMS paketlar amal qilmaydi;
- «SMS 20» va «SMS 50» SMS paketlari to’liq o’chirilganda foydalanilmagan SMSlar qoldig’i abonent to’lovi yechilganda belgilangan muddatgacha amal qiladi.
«SMS 20» paketi ulangan bo’lgan vaqtda qo’shimcha ravishda «SMS 50» paketi ulansa yoki aksincha hollarda birinchi ulangan paket o’chiriladi, unga tegishli bo’lgan
ishlatilmagan SMSlar qoldig’i oxirgi ulangan paketga qo’shiladi va amal qilish muddati oxirgi ulangan paketning muddatiga teng bo’ladi.
- E’tibor bering, «SMS 20» va «SMS 50» paketlari bo’yicha har kunlik abonent to‘lovi olinishi va SMS trafik taqdim etilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan
vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi. SMS trafik taqdim etilganligini *105# orqali tekshirganingizdan so’ng paketlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz. SMS trafik
taqdim etilmaguncha SMS-xabarlardan foydalanishingiz tarif rejangizga asosan narxlanadi.
- Hisobingizda yetarli mablag' bo'lmagan hollarda hamda hisobingiz salbiy bo’lgan vaziyatlarda SMS paketlar uchun to'lov olinmaydi va paketlar bo’yicha tegishli SMS trafik
ham taqdim etilmaydi;
- Abonent raqami faol bo'lmagan yoki blok holatida bo’lgan vaziyatda oxirgi xarid qilingan paketning amal qilish muddati o'zgarmaydi, shu bilan birga paket uchun
abonent to'lovi olinmaydi, SMS trafik taqdim etilmaydi;
- Abonent raqami blok holatidan chiqarilganda SMS paket uchun to'lov olinadi va SMS trafik taqdim etiladi;
- «SMS 20» va «SMS 50» paketlari bo’yicha taqdim etilgan SMSlar birinchi navbatda sarflanadi.
- SMS paketlar faqat O'zbekiston Respublikasi hududida raqami aktiv holatda bo’lgan abonentlar uchun amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |