Tabiiv nerestni o‘tkazish
Baliqchilik xo'jaligi uchun tabiiy nerest jarayonini o'tkazish eng
javobgar davr boiib, uni yaxshi oikazish uchun oldindan tayyorgar-
lik ko‘rish zarur. Asosiy diqqat nerestni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun
hovuzni tanlashdan iborat, so'ngra nasldor zotlarni yaxshilab boqish-
84
dan ham iborat. Tanlangan hovuzdan vuksak suv o'simliklari (rdest,
shoxbarg, urut, qo'g'a, xara) bilan 15—20% maydon qoplangan bo'lgani
ma’qul. Agar biinday sharoit bo'Imasa, sun’iy nerestilisha tashkil qili-
nadi, masalan, mojavelnik, tuya shoxlaridan dasta yasaladi va hovuzga
joylashtiriladi. Xo'jalik imkoniyatiga qarab, mutaxassisning mahoratiga
qarab ish yuritiladi. Nerestilisha materiali namga chidamli bo'lsin. Bu
ishni ham bosh baliqshunos bajaradi.
Yulg'un shoxlaridan, qantishdan ham sun’iy nerestilishalar yasash
mumkin, suvda tez chirimasa bo'lgani. Nerest uchun tanlangan hovuzga
ota-ona baliqlarni qo'yishdan 24—40 soat oldin suv qo'yish tavsiya etiladi.
Nerest paytida suv sathi 40—60 santimetr bo'lgani ma’qul. Hovuz ba-
liqchilik xo'jaligi sharoitida juft-juft uyalar tashkil qilib va to'da shaklidan
qo'yish turlari farq qilinadi. Agarda juft-juft usuli tanlansa, unda hovuzga
bitta ona va bitta ota baliq qo'yib yuboriladi. Agarda in yoki uyali usul
tanlansa unda 1:2 1:3 1:4 sxenta tanlanadi. Demak, bir ona zot uchun
ikki, licit, to'rt erkak ajratiladi. 10 ona zot + 20 ota zotlar tashkil qiladi.
Ya’ni birga ikki nisbat tanlanadi, in 1 i (gnezdavoy) ko'paytirish usuli keng
tarqalgan va ko'proq qo'llaniladi. Havo harorati 18-20 gradus bo'lishi
bilan ajratilgan ota-ona baliqlar antiparazitar vanna orqali yaxshilab yu-
viladi va oqar suvga yaxshilab yuvib, so'ngra hovuzga qo'yib yuboriladi.
Otalangan uvildiriq 80—85% normal hisoblandi. Nerest o'tishi bilan dar-
hol ota-onalarni olib, yozgi havuzlarga o'tkazish lozim. Ota-ona baliqlar
ni ertalab yoki kechki soatlarda ovlash va yozgi havzaga o'tkazish lozim.
Agar ota-ona baliqlar ajratilmasa, ular o'z chavoqlarini yeb qo'yadi.
Ko'pchilik xo'jaliklarda ota-ona baliqlar nerest hovuzida qoldiriladi.
Bu esa salbiy ta’sir ko'rsatadi. Chunki ota-ona baliqlar o'z lichinkalarini
yeb qo'yishlari mumkin. Nerest hovuzlarni bo'shatish va boshqa o'stirish
havzasiga ko'chirish baliqlarning otalanish jarayoni o'tib bo'lgandan
keyin 6—7 sutka o'tishi bilan amalga oshiriladi. Chavoqlar harakatlani-
shi bilan, ular himoyasiz bo'lganliklari sababli yirtqichlar o'ljasiga ayla-
nadi. Ular lichinkali rivojlanish davrida ko‘p talafot ko'radi.
Masalan, ko'l baqasi 1 sutka davomida 3 kunlik lichinkalardan 20
ta yeb qo'yadi, katta it baliq to 5—8 ta, suvsar qo'ng'izlarining lichinka-
lari 7—9 tagacha, suv soxta chayoni, ondatra to 4 -8 ta baliq lichinka
larini yeydi. Xo'jalikiting bosh baliqshunosi eng avval lichinkalar nobud
bo'lishi oldini olislti va ozuqa bazasini (mayda dafniya) yaratish bo'yicha
kompleks ishlarni bajarishi kerak. O'stiruvchi hovuzlarga begona baliqlar
(sudak) kirmasligi, zararkunandalardan himoyalangan bo'lishi, baliq
chavoqlarini 6—7 kundan boshlab tabiiy oziqa bilan oziqlantirish shart.
8 5
17-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |