O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

Baliq-o‘rdak hovuzlari
Suvliklardan kompleks ravishda foydalanish usullaridan biri baliq 
bilan birgalikda suv qushlari — o’rdakni birga o‘stirishdir. Baliq o‘stirish 
qoidalariga amal qilgan holda bu usulni qoilash, ya’ni qo’shimcha ra­
vishda o‘rdak o'stirishni yoiga qo’yish amaliy va iqtisodiy ahamiyatga 
ega. Bu esa aholini sifatli o'rdak go’shti bilan ta’minlash imkoniyatini 
yaratadi. Natijada ya’ni baliq bilan o’rdakni birga boqishda bularni yak- 
ka-yakka boqishdan ko’ra, mahsuldorlik ancha yuqori boiadi.
0 ‘rdaklar hovuzlarda boqilganda o‘z ekstratlari bilan (go‘ngi) hovuz- 
ni organik moddaga boyitadi. Suvning organik moddaga boyishi plank­
ton organizmlarini ko‘paytiradi. Bu esa baliq ozuqasining ko‘payishiga 
imkoniyat yaratadi. Natijada baliq mahsuldorligi ancha oshadi. Muta- 
xassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, har bir gektar suvlikka 25 bosh o’rdak
188


qo‘yilganda ular xuddi hovuzga 6—8 tonna go‘ng tashlanganday o’g’itlash 
xususiyatiga ega. 0 ‘rdak chiqindisi ta’sirida suv havzasining yuqori dara- 
jali suv o'simliklarining miqdori o’zgaradi. O’rdaklar yoki g’ozlartomoni- 
dan dag'al suv o‘simliklari, yumshoq suvo’tlari katta miqdorda iste’mol 
qilinadi, natijada baliqlarning erkin harakati uchun sharoit yaratiladi. 
O’rdak o’stiriladigan hovuz suvida ammoniy va nitratlarning miqdori 
oshadi va protokoklar, evglenasimonlar, yashil va ko’k-yashil suvo’tlari, 
diatom suvo‘tlarining miqdori va biomassasi ko‘payadi. O’rdaklar suv 
umurtqasiz hayvonlarini, karp iste’mol qilolmaydigan yoki kam miq­
dorda iste’mol qiladigan hayvoniarni, masalan, ninachi lichinkalarini, 
suv qo‘ng‘izlarini, suv kandalalarni, ntayda xashaki baliqlarni yeydi. 
O’rdaklar suv tubini kavlabbalchiqdagi SO-,, N-,S kabigazlarto’planishiga 
yoi qo’ymaydi. Yuqori darajali suvo’tlarnining ko’payib ketishi oldini 
oladi. Baliq o’stiriladigan hovuzlarda o’rdaklarning yaxshi semirgani, 
tuxum qo’yish jarayonining ko'payganligi kuzatilgan. O’rdaklar asosan 
suvdan tashqarida maxsus joylarda boqiladi. O’rdaklarga beriladigan 
ozuqa hovuzlarda berilmaydi.
Tovar baliq yetishtiradigan hovuzlarga har bir gektariga 250 
dona, og’irligi 20 g keladigan o’rdakchalar qo’yib yuboriladi. Bu 
o'rdakchalarning og’irligi oradan 60—70 kun o’tishi bilan 2,0 kg ga- 
cha yetishi mumkin va o’rdaklar tirik yoki so’yilgan holda realizatsiya 
qilinadi (sotuvga chiqariladi). Shunday qilib, baliq-o’rdak hovuzlarini 
tashkil qilgan baliqchilik hovuz xo’jaliklari qo’shimcha mahsulot olib, 
ratsional foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Kombinatsiyalashgan unumli bo’lgan baliq-o’rdak hovuzlari­
ni tashkil qilish hovuzlarda o’rdaklarni son jihatdan to’g’ri hisoblab 
qo’yishga bog'liq. Shunday hisoblash kerakki, baliq boqiladigan ho­
vuzlarga qo’yiladigan o’rdaklar soni ortiq yoki kam bo’lmasligi kerak. 
O’rdak qo’yilgan hovuzlarning suvi tez-tez analiz qilib turilishi lozim, 
o’simliklarning o’sish darajasini tekshirib turish kerak. Agarda ho- 
vuzda o’stiriladigan tovar baliq soni ko’p bo’lsa, ya’ni har bir gektariga 
5000—8000 dona bo’lganda, o’rdaklar soni ancha kam bo’lishi kerak. 
Chunki baliqlar kombikorm bilan boqilganda o'rdak soni normadan 
oshiq bo’lsa, unda baliqlar ozuqasiga sherik bo’ladi. Bu esa baliq mah- 
suldorligiga ziyon yetkazishi mumkin. Agarda suv havzasida yumshoq 
(xara, rdest, urut, nitchatka, sipregara, ulotiriks) suvo’tlari ko’payib ket- 
gan bo’lsa, albatta o'rdaklar soni (300—450 dona/ga) ko'paytiriladi.
O’rdak o’tkazish soni normaga nisbatan ko’paysa baliq mahsuldorligi 
ancha kamayadi, chunki zoobentosni ko’p iste’mol qilib baliqlarga nis-
189


batan raqobat ko'chayadi. Ozuqa bazasi kamayishiga sabab bo‘ladi. Bir 
vaqtning o'zida organik modda ko'payadi, suvni organik jihatdan iflosla- 
nishiga sabab bo'ladi. Natijada suvda zamburug'lar ko'payib, baliq jabra- 
lari kasallanadi, baliq o'sishdan qoladi va nobud bo‘ladi. Shu jumladan, 
o'rdaklar ham zararlanadi - paranifoz bilan kasallanadi. Shuning uchun 
ham baliq-o‘rdak boqish uchun qoidalarga rioya qilish zarur. Bu ishga 
mas’uliyatsizlik bilan qaralsa, na baliq, na o‘rdak bo'lmasligi ham mum- 
kin. Albatta ilmiy asoslangan baliq-o'rdak nisbati ishlab chiqilishi zarur. 
Masalan, bar 1000 dona baliqqa 25 dona o'rdak to'g'ri kelishi kerak.
Baliq va o'rdaklarning birga o‘sishi uchun qulay sharoit yaratish 
zarur. Har birgektar hovuzda tovar baliq o‘stirish uchun hovuz chuqurli- 
gi 1,0 m bo'lsa, bir yoz davomida 200—250 dona o'rdak, baliqlar soni 
esa 5000 dona gacha mo'ljallanadi. Lekin o‘rdak normasini belgilashda 
hovuzning suvo‘tlari bilan qoplash darajasiga e’tibor beriladi. Agarda 
suvo'tlari kamroq bo‘lsa o'rdaklar soni 100-125 dona tavsiya etiladi. 
O'rdak o'stirishni maqsad qilganda avvalo suvo'tlari miqdori, so'ngra 
hovuzning tuproq xarakteriga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Organik moddasi kam bo'lgan suv havzalarining o'g'itlashga talab 
katta. Ammo yuksak suvo'tlari bilan qoplagan hovuzlarga o‘rdak yoki 
g'oz sonini ko'paytirish ham mumkin. Buning uchun o'rdaklarning 
sutkalik ratsionini aniqlash zarur. Nerest hovuzlarida, chavoq boqiladi- 
gan o‘stiruvchi hovuzlarda o‘rdak boqilmaydi.
Tovar baliq boqiladigan hovuzlarning alohida uchastkalarida kichik- 
kichik to'da shaklida o'rdak-g'oz boqiladi. Bundan maqsad tovar baliq 
yetishtiriladigan hovuzlarning maydonidan ratsional foydalanishdan 
iborat. Hovuzning qirg'oqlarida o'rdaklar uchun inlar qurib, ular tez- 
tez suvdan chiqib o'z vaqtida oziqlanishi kerak.
Baliqlarni oziqlantirishda shunga e’tibor berish kerakki, ularga 
o'rdaklar xalaqit bermasin. Buning uchun baliqlar ertalab oziqlantirilib 
bo'lgandan keyin o'rdaklar inlaridan chiqarib yuboriladi. Baliq-o'rdak 
hovuzlarining oziqlantiriladigan joylari qirg'oqlardan ancha uzoqda 
joylashtiriladi.
Hovuzlarga segoletkalarni qo'yish paytida va kuzgi baliq ovlash pay- 
tida o'rdaklar suvga chiqarilmaydi. Bahorda endigina qishdan chiqqan 
segoletkalar nihoyatda holsiz bo'ladi va ularni hovuzning qirg'oqlarida 
saqlaydilar. Bunday paytda o'rdaklar hovuzlarga chiqarilsa, darhol ba­
liqlarni yeb qo'yadilar. Shu sabablarga ko'ra o'rdaklarni suvga qo'yib 
yuborish, ko'lni baliqlashtirilgandan keyin bir oy o'tishi bilan amalga 
oshiriladi.
190


Suvi chiqmaydigan mayda ko'llarda baliq boqiladigan suvliklarida 
chuqurligi 1 m bo'lgan ko'llarning bar bir gektar suvlik yuzasiga 100 
dona o'rdak qo'yish mo'ljallanadi. Agarda o'rdak ko'lga qo'yilsa suv or- 
ganik ifloslanadi va qishda zamor holatiga olib keladi. Buning uchun 
baliq-o'rdak hovuz suvi doimiy ravishda almashinib turishi kerak. Suv 
kirib chiqishi zarur.
0 ‘rdakni monokulturada ham o‘stirib yaxshi natijaga erishish mum- 
kin, yana polikultura shaklida, ya’ni baliq-o'rdak usulida boqish ham 
mumkin.
Bu usulning muvaffaqiyati to'g'risida ba’zi bir misollarni keltira- 
miz. Masalan, Krasnodar o'lkasidagi «Krasnodarskiy» xo‘jaligida baliq- 
o'rdak polikulturasini yo'lga qo'yib yuqori iqtisodiy natijalarda erishil- 
gan. Bu xo'jalikning ikkita hovuzida 80 ga maydonda 15000 o‘rdak 
boqilib, 2739 s o‘rdak mahsuloti olingan, shu jumladan bar bir gektari- 
dan 30 s dan baliq mahsuloti olingan (Privezentsev, 1980).
Baliq-o‘rdak boqish usuli XXR, Vengriyada, Germaniyada keng 
rivojlangan. Vengriyada o‘rdaklar 2 hafta boqilib, so'ngra tovar baliq 
yetishtiriladigan hovuzlarga qo'yib yuboriladi. 50—60 kun boqiladi. 
Shu muddat ichida o'rdaklar 2,5—4,0 kg massaga ega bo'ladilar. Har 
bir suvlikda ikki va uch yillik karp boqiladigan hovuzlarda 800 dona 
o'rdak-baliq bilan boqiladi. Har bir gektar suvlikdan 2 tonna o'rdak 
massasi va 1 tonna baliq mahsuloti olingan. Maydoni 50 gektar bo‘lgan 
hovuzlarda suvdagi orolchalar tayyorlanadi. Lekin o'rdaklar hovuz- 
dan tashqarida boqiladi. 0 ‘rdaklar suv havzasidagi yumshoq o'tlarni 
yeb hovuzlarni tozalaydi. Hovuzlarning baliq mahsuldorligi har bir 
gektarda 200—600 kg gacha oshadi. Germaniyada baliqchilik hovuz 
xo'jaliklarining har bir gektariga 200—300 dona o'rdak ham qo‘yib 
yuboriladi. 0 ‘rdaklar to 2,5 kg gacha yetadi, bu esa 51 kun ichida 
amalga oshiriladi. Baliq mahsuldorligi esa bir gektaridan 100—150 kg 
gacha oshgan.

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish