VI BOB
DORIVOR 0 ‘SIMLIKLARNI MADANIY SHAROITLARDA
0 ‘STIRISH IMKONIYATLARI
Hozirgi paytda tibbiyotda 232 ga yaqin dorivor o'sim liklardan
foydalaniladi. Ularning 48% y o w o y i holda o'sadigan dorivor
o ‘simliklar bo'lsa, qolgan qismi madaniy sharoitlarda o'stiriladigan
va xomashyosi chctdan keltiriladigan o'sim liklar hisoblanadi [31].
0 ‘zbekiston Respublikasida birinchi marta dorivor o ‘simliklami
etishtirish ishlari 1973 yilda Toshkent viloyati B o'stonliq tumanida-
gi xo'jaliklarda amalga oshirilgan. Keyinroq (1978 yilda) Namangan
viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o'sim liklar o'stirishga
ixtisoslashgan o'rm on xo'jaligi tashkil qilindi. Bu xo'jalik dalalari-
da qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor timoqgul,
na’matak, achchiq shuvoq (erman), bo'lakli ituzum, mayda gulli
tog'rayxon, moychechak, arslonquyruq, valeriana va boshqa dorivor
o'sim liklar o'stirilgan.
Ulardan yig'ilgan dorivor mahsulotlar O 'zbekiston dorixonala-
rini ta’minlash va qayta ishlash uchun Chimkent kimyo-farmat-
sevtika zavodi va boshqa korxonalarga jo ‘natilgan. Hozirgi kunda
dorivor o'sim liklam i o ‘stirib yetishtiradigan maxsus ixtisoslashgan
xo'jaliklar () ‘rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi tizimida va Buxoro,
Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo hamda Toshkent viloyat-
larida tashkil qilingan.
O 'zbekiston Respublikasi FA ga qarashli Toshkent botani-
ka bog'ining katta ilmiy xodimi Q.H. X o'jaev, keyinchalik shu
bog'ning dorivor o ‘simliklarni madaniylashtirish va iqlimlashtirish
laboratoriyasining mudiri, katta ilmiy xodim Yu.M. Murdaxaev,
Toshkent farmatsevtika instituti farm akognoziya va botanika ka-
fedralarining ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda qo'shni respublika-
lardani hamda dunyoning boshqa geografik hududlaridan keltirilgan
67 turdagi dorivor o'sim liklam i Toshkent shahri iqlim sharoitlarida
o'stirishga erishdilar [31].
Ushbu tadqiqotlar Toshkent viloyati sharoitlarida timoqgul, qa
lampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor valeriana, fenxel
168
(dorixona ukropi), dorivor moychechak, qora andi/, njgon (/irai kur-
moni), arpahodiyon, oddiy dastarbosh, n a’matak tin Ian, luilasimon
amorfa, qizil angishvonagul, yoyiq erizimum, kcruln tin lai i, Kavkaz
yamsi, Manchjuriya araliyasi, tog ‘jumrut, sano (kassiya) tin Ian. pa-
triniya, tuxumak, besh b o ‘lakli arslonquyruq, dorivor zangvizorba,
yarim butasimon sekurincga, b o ‘rigul turlari, qoraqobiq turlari, bel
ladonna, meksika bangidevonasi, pol-pola, bo‘lakli ituzum, gangitu-
vchi buzulbang va boshqa dorivor o ‘simliklami yetishtirish imkoni-
yatlari mavjudligini ko ‘rsatdi.
K o‘pgina mahalliy va introduksiya qilingan dorivor o ‘simliklar
agrotexnikasi Butunrossiya dorivor o ‘simliklar instituti (VILR) ham
da uning tajriba stansiyalarida, Botanika bog‘larida ishlab chiqilgan.
Bu yo‘nalishda VILR va uning tajriba stansiyalarini xizmati katta
bo‘lib, ular chet eldan kcltirilgan bir qancha tropik va subtropik do
rivor o ‘simliklami MDH tuproq-iqlim sharoitlarida o ‘stirishning
agrotexnika qoidalarini ishlab chiqqanlar.
Respublikamizning turli hududlarida joylashgan o'rm on va ixti-
soslashgan xo'jaliklarda quyidagi dorivor o ‘simliklar o ‘stirilmoqda:
xinin daraxti, koka butasi, aloe turlari, ortosifon, dixroa, zaytun,
sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi, kalanxoy turlari,
uyatchang mimoza, to‘q qizil passiflora, rauvolfiya turlari, soxta-
kashtan, sal'ora, pushti katarantus (bo'rigul), yumaloq bargli Ste
faniya, evkalipt turlari, ginkgo, ituzum, moychechak, kalendula,
pol-pola, topinambur va boshqalar. Ushbu ishlar poyoniga yetgani
y o ‘q, kelgusida Respublikamizga yangi dorivor o ‘simliklarni in
troduksiya qilish va ulami mahalliy sharoitlarga iqlimlashtirish ish-
lari rcjalashtirilmoqda.
Sug‘oriladigan maydonlarda o ‘stiriladigan dorivor o\simliklar
yovvoyi holda o ‘sadigan dorivor o ‘simliklardan katta farq qiladi,
y a ’ni o ‘stiriladigan dorivor o ‘simlik mahsulotida begona o ‘simliklar
aralashmasi b o ‘lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida o ‘stirilgan
dorivor o ‘simliklar serhosil va biologik faol moddalarga ham boy va
hosildorligi ham yuqori b o ‘ladi. Dorivor o'sim liklam i seleksiya qi
lish, serhosil shakllarini va turlarini tanlab olish, ulami chatishtirish
orqali durugaylarini yaratish y o ‘li bilan ekiladigan dorivor o ‘sim-
liklaming hosildorligini va tarkibidagi biologik faol b o ‘lgan kim-
yoviy birikmalar miqdorini oshirish mumkin.
Demak, b a ’zi bir dorivor o ‘simliklarni madaniy sharoitlarda o ‘s-
tirish va ulam ing mahsulotlarini tayyorlash y o w o y i holda o ‘sadigan
dorivor o'sim liklar mahsulotini yig'ishga qaraganda iqtisodiy jihat-
dan ancha arzonga tushadi. O 'zbckistonda dorivor o'sim liklar aso-
san turli tuproq iqlim hududlarida joylashgan “0 ‘zfarmsanoat” dav-
lat aksiyadorlik korporatsiyasi, “Shifobaxsh” ICHB va Qishloq va
suv xo‘jalik vazirligiga qarashli 0 ‘rmonchilik bosh boshqarmasi-
ning ixtisoslashgan xo‘jaliklarda yetishtirilmoqda.
Respublikamizning qariyb hamma viloyatlaridagi ,,Farmatsiya“
ishlab
chiqarish
birlashmalari
qoshida
dorivor
o ‘simliklar
o ‘stiradigan maydonchalar taslikil qilingan bo'lib, ularda viloyat
dorixonalar talabiga binoan tegishli o'sim liklam i o'stirmoqdalar.
Hozirgi kunda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi
dorivor o'sim liklarga ixtisoslashgan “Dorivor o ‘simliklar” MCHJ
ixtisoslashgan xo'jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor mar
marak (mavrak), dorivor timoqgul, dorivor moychechak, ituzum,
- arslonquyruq, pol-pola, n a’matak va boshqa dorivor o'sim liklar
o'stirilmoqda.
Yangi dorivorlik xususiyatiga ega o'sim liklam i o'rganish, ulami
madaniylashtirish va xomashyosi asosida yangi samarali ta ’sir etu-
vchi dorivor preparatlami ishlab chiqish ishlari doimiy ravishda
o'tkazilm oqda. Dorivor o'sim liklam ing organizmga ta’siri ulam
ing tarkibidagi birikmalaming miqdoriga bog‘liq. Bu birikma
lar o'sim likning turli organlarida turli miqdorda to'planadi. Dori
tayyorlashga o'sim likning kcrakli qismlari ham turli muddatlarda
yig'iladi. Masalan, po'stloq, kurtak erta bahorda, barg o'sim lik
gullashi oldidan yoki gullaganda, gullari to 'la ochilganda, meva va
urug‘lari to 'liq pishganda, yer osti organlari (ildizi, ildizpoyasi va
piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda yig'iladi va tayyorlanadi.
Dorivor o'sim liklam ing ta’sir etuvchi moddasi - alkaloidlar,
turli glikozidlar (antroglikozidlar, yurakka ta ’sir etuvchi glikozidlar,
saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi mod
dalar, efir moylari, vitaminlar, smolalar va boshqa faol birikmalar
bo'lishi mumkin. K o'p o'simliklardan mikioorguni/inlui va viruslar-
ni yo'qotadigan antibiotiklar va fitonsidlurga boy dorivoi picparatlar
layyorlanadi. Odatda bir guruhga xos o'zaro yuqin kunyoviy birik-
malar bir oila yoki turkumga mansub o ‘simliklarda udiiuydi, sliu
bilan birga ba’zi kimyoviy birikmalar bir-biriga yaqin bo'lm agan.
turli oilalarga mansub o ‘simliklar tarkibida ham bo'lisln mumkin.
Qadim zamondan boshlab inson y o w o y i holda o'sadigan
o ‘simliklardan turli kasalliklarni davolashda foydalanib kcladi.
Ilozirgi davrda dorivor o ‘simliklami turlari k o ‘payib, xalq tabobati
amaliyoti ham shifobaxsh o ‘simliklar bilan boyigan.
Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o ‘simliklaming aksariyati
asrlar davomida xalq tomonidan keng ishlatilib kelingan o ‘simliklar
hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda dorivor daraxt-buta o'simliklardan
ko‘proq anjir, anor, bodom, grek yong‘og‘i, xandon pista, oshlov
chi totim, eman, o ‘rik, chetan, n a’matak, zirk, Chakanda, do‘lana,
tog‘jum rut, cherkez, chetan, jiyda, chilonjiyda, k o ‘p yillik va bir yil
lik dorivor o ‘simliklardan achchiqmiya, dorivor gulxayri, ja g ‘-jag‘,
zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, sachratqi, choyo‘t, shildirbosh,
shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio‘t, moychechak, yalpiz
va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan - paxikamin, isiriqdan
garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirbosh-
dan sferofizin alkaloidlari olinadi. Anor po‘stidan gijja haydovchi
pelterin tanat va ckstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparat
lari balg‘am ko‘chiruvchi va yumshatuvchi, ja g ‘-jag‘ va lagoxilus
dorilari qon ketishni to ‘xtatuvchi, pista bujg‘uni va choyo‘tdan
tayyorlangan dorilar mcda-ichak kasalliklarini davolovchi sifa
tida, zirk o ‘simligidan berberin alkaloidi, n a’matakdan S vitamini,
Chakandadan Chakanda moy olinadi.
Dorivor o ‘simliklar ta ’sir etish mexanizmiga k o ‘ra 2 xilga ajrati-
ladi: ta ’sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab - alkaloidli, gliko-
zidli, efir moyli, vitaminli, fiavonoidli va boshqalar; farmakologik
ko'rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, ux-
latuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta ’sir qiluvchi, markaziy
nerv tizimini qo‘zg ‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va hokazo
dorivor o ‘simliklar. “0 ‘zfarmsanoat” kimyo-farmatsevtika zavod-
larida 0 ‘zbekistonning mahalliy sharoitlarida o ‘sadigan va madaniy
sharoitlarida ekib o‘stiriladigan dorivor o'sim liklam ing xomashyo
si asosida turli-tuman dorivor prcparatlar tayyorlanadi. Masalan,
oqqurayning ildizi va mevasidan pcsni davolashda qo'llaniladigan
psoralen, yapon soforasi g'unchasidan fiziologik faol ta’sir etuvchi
mtin, omonqoradan galantamin alkaloidi, kendirdan strofantin, si-
marin, yurak glikozidlari, chcrkezdan salsolin alkaloidi, zirkdan ber-
berin alkaloidi, Chakanda mevasidan Chakanda moyi, na’matakdan
S vitamini va boshqa prcparatlar tayyorlanadi.
Yuqorida ay(ib o'tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga
yaqin dorivor o'sim liklam ing mahsulotidan foydalaniladi. Ushbu
dorivor o'sim liklar mahsulotining 48% y o w o y i holda o'sadigan
o'sim liklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitlarida joylashgan fer-
mcr va davlat xo'jaliklam ing dorivor o'sim liklar o ‘stiriladigan da-
lalaridan tayyorlanadi. Qolgan 22% “aralash” gumhni tashkil qiladi,
ya’ni bu guruh dorivor o‘simliklar mahsuloti ham yo w o y i holda
ham sanoat plantatsiyalarda o'sadigan, o'sim liklardan yig'iladi.
Kcyinchalik “aralash” gumh dorivor o'sim liklardan tayyorlanadi-
gan dorivor mahsulotlaming salm og'i umumiy yig‘iladigan dorivor
mahsulot miqdorida yil sayin oshib borishi kutilmoqda.
Buning asosiy sababi sug'oriladigan maydonlarda o'stiriladigan
dorivor o'sim liklar mahsuloti yil sayin ortib bormoqda. Farmatsevtika
korxonalari va aholining dorivor o ‘simliklar mahsulotlariga ehti-
yojining o'sib borishi natijasida ulaming xomashyosini tayyorlash
miqdori ham ko'paymoqda. Bu esa o 'z navbatida qator dorivor
o'sim liklam ing tabiiy zahiralarini kamayib ketishiga, natijada ular-
ning xomashyosini tayyorlanishini keskin chegaralashga yoki bu-
tunlay taqiqlashga olib kelmoqda. Masalan, O 'zbckistonda y ow oyi
holda o'sadigan bozulbangning yer ustki qismi va piyozining ko'p
tayyorlanishi natijasida ularni zaxirasi tabiiy o'sish joylarida juda
ham kamayib ketdi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu o'sim lik
O 'zbekiston “Qizil kitobiga” kiritilgan.
Ushbu o'sim liklam i tabiiy sharoitlarda xomashyosini tayyor
lash hozirgi paytda to'xtatilgan. Dorivor o'sim liklar mahsulotiga
muntazam ravishda talabning oshib borishi va uni yo w o y i holda
o'sadigan o'sim liklar zaxirasi yctarli cmasligidau, iilarni madaniy-
lashtirishni taqozo etadi, y a’ni ushbu o'sim liklam i sup.'oriludigan
mintaqalarda madaniy sharoitlarda o'stirish agrotexmkasini isli-
lab chiqish davr talabi b o'lib qolmoqda. B a'zan kamyob dorivoi
o'sim liklar xomashyosiga talabkatta bo'lsa-yu, lckin ularning tabiiy
zaxiralari yig'ish uchun r.oqulay tog'li joylarda yoki kam miqdorda,
katta hududlarda tarqoq holda uchrasa, bu dorivor o'sim liklam ing
xomashyosini tayyorlash sug'oriladigan yerlarda o'stirishdan qim-
matga tushadi. Shuning uchun bunday o'sim liklam i madaniy sha
roitlarda o'stirish maqsadga muvofiqdir.
Y o w o y i holda o'sadigan dorivor o'sim liklar xomashyosini kat-
ta hajmda tayyorlashning asosiy qiyinchiligi ulam ing mahsulotlarini
yig'ib olish uchun maxsus qishloq xo'jalik texnikalarini yo'qligidir.
Madaniy sharoitlarda b o'lsa bu kabi muammolar yo'q, y a ’ni sano-
at plantatsiyalarida o'stiriladigan dorivor o'sim liklar mahsulotlari
qulay sharoitlarda va ta’sir etuvchi kimyoviy biologik faol mod-
dalari k o 'p to'plangan davrlarda turli qishloq xo'jaligi mexanizmlar
yordamida yig'ib olish mumkin.
Tibbiyot maqsadlari uchun juda zarur va qimmatli bo'lgan do
rivor mahsulotlar respublikamizda uchramaydigan tropik yoki sub
tropik iqlimli mintaqalarda o'sadigan o'sim liklardan tayyorlanadi-
gan bo'lsa, imkon qadar shunday o'sim liklam i o'zim izda o'stirish
imkoniyatlarini yaratish zarur. Masalan, hozirgi kunda zaytun
o'sim ligi Surxondaryo viloyatining Denov hududida o'stirilmoqda,
Chakanda o'sim ligini Respublikamizda madaniylashtirish ishlari
olib borilmoqda va hokazo.
Hozirgi kunda tabiiy holda o'sayotgan dorivor o'sim liklam i za
xiralari antropogen omil ta ’sirida tobora kamayib bormoqda. Buning
o'm in i to'ldirish va xalqimizni dorivor o'sim liklar mahsulotlariga
bo'lgan ehtiyojini qondirish maqsadida dorivor o'sim liklar turlarini
ko'paytirish va ulami O'zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarini
hisobga olgan holda sug'oriladigan mintaqalarda keng miqyosda
ekib o'stirish maqsadga muvofiqdir. O 'zbekistonda farmatsevtika
sanoatini dorivor o'sim liklar xomashyosi bilan ta’minlash maqsadi
da yaqin yillar ichida dorivor o'sim liklam i ekib o'stiradigan fermer
va boshqa ixtisoslashgan x o ‘jaliklar sonini ko ‘paytirish maqsadga
muvofiq b o ‘lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |