Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


ANTROPOGEN LANDSHAFTLARDA HAYVONOT DUNYOSINI



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   414
Bog'liq
Туплам

ANTROPOGEN LANDSHAFTLARDA HAYVONOT DUNYOSINI
MUHOFAZA QILISH 
Raupov B.N., Holiqova S.N. 
Qarshi davlat universiteti 
Hayvonlar tirik tabiatning ajralmas qismi bo‘lib, inson uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-
darmon manbai, transport va qishloq xo‗jalik vositasidir. Ba‘zi hayvon turlari akvarium baliqlari, 
sayroqi qushlar va ba‘zi sut emizuvchilar estetik zavq baxsh etadi. Kasallik tarqatuvchi, zararkunanda 
va sanitar hayvonlar turlari ham mavjud. Har bir hayvon turi biosferada o‗zining ekologik ahamiyatiga 
ega.
Yer sayyorasida inson sonining oshib borishi, mavjud moddiy ne‘matlarga bo‗lgan talabni ham 
keskin ortiishiga olib keldi. Ayniqsa XX-asrda inson o‗z faoliyati bilan hayvonot dunyosiga bevosita 
va bilvosita ta‘sir etdi. Bu jarayon insonning yangi yerlarni o‗zlashtirishi, ov qilish, iqlimlashtirish, 
chatishtirish, ko‗paytirish, qirib tashlash kabi ko‗rinishlarda sodir qilindi. Masalan, XX-asrning 
o‗rtalariga qadar Madagaskar orolida 12000 tur o‗simlik va 19000 tur hayvon yashagan. Oroldagi 
o‗rmonning 93 % kesib yuborilishi oqibatida o‗simlik va hayvon turlarining yarmiga yaqini yo‗qolgan, 
qolganlari ham xavf ostida turibdi.
Respublikamiz tomonidan ―Ko‗chmanchi hayvonlar yovvoyi turlarini muhofaza qilish 
to‗g‗risida‖gi (BONN konvensiyasi-SMS) konvensiyalari 1997 va 1998 yillarda imzolandi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1993 yil 3 sentabrda ―Noyob va yo‗qolib ketayotgan 
hayvon va o‗simlik turlarini muhofaza qilishni kuchaytirish va ulardan foydalanishni tartibga solish 
haqida‖, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 dekabrdagi 600-sonli 
―Yovvoyi hayvon va o‗simliklarni muhofazasini kuchaytirish bo‗yicha va ulardan foydalanishni 
tartibga solish to‗g‗risida‖gi qarorlari, 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan ―Hayvonot dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish to‗g‗risida‖gi qonun va boshqalar bilan hayvonot olamini 
tartibga solinishi belgilangan. 
Hayvonot olamining kamayib borishiga yana bir bilvosita sabab, bugungi kunda kishilar 
egallagan xudud quruqlikning 70% qismini tashkil etib, buning natijasida aksariyat yovvoyi, yirtqich 
hayvonlar yashaydigan xududlar qisqarib, ularning ozuqa topolmay qirilib ketishiga sabab bo‗lmoqda. 
Bundan buyon madaniy landshaft xududi yanada kengayib boraveradi. Xozirda ko‗pgina yovvoyi 
hayvonlar, qushlar, cho‗l toshbaqalari, tulki, ba‘zi ilon turlari tabiiy yashash xududi qisqarishi tufayli 
xulqiy o‘zgarishlar xosil qilib, insonlar yashaydigan madaniy landshaftga kirib kelmoqda. Masalan: 
Fransiya va Ispaniyada yovvoyi tulkilar ba‘zi axoli yashash joylariga oziq qidirib kirib kelyapti. 
Demak hayvonlarning xulqiy-etologik moslashishlaridagi o‘zgarishlarni o‘rganishni kuchaytirish 
kerak va bu olingan ma‘lumotlardan ularni sun‘iy ko‘paytirishda foydalansa bo‘ladi. 
Ko‗pgina yovvoyi qushlar kabutar, musicha, qaldirg‗och, mayna va yovvoyi mushuk 
respublikamizda azaldan axoli yashash joylarida yashab kelgan. Ular kishilarga halal bermay, 
zararkunanda hashoratlarni qirishda yordam berib, bino tomlarida mavsumiy yoki doimiy yashaganlar, 
ko‘payganlar. Keyingi yillarda Respublikamiz shaharlarida zamonaviy ko‗p qavatli binolarni 
qurilmoqda. Bu yaxshi albatta, lekin ko‗pchilik bino tomlarining tashqi tomondan butunlay 
yopilganligi, tom ostiga qushlar va yovvoyi mushuk kabi hayvonlar kirishi va yashashi uchun 
imkoniyat qoldirmayapti. Natijada kabutar, musicha kabi qushlar kamayib bormoqda. Aslida bu 


113 
hayvonlarning ko‗pchiligi zararkunanda xashoratlarni qirib, xalq xo‗jaligiga foyda keltiradi. 
Maqsadimiz ba‘zi shu kabi hayvonlarni muxofaza qilish uchun, xozirda barpo etilayotgan zamonaviy 
binolar tom qismini loyihalashda ekologik talablar xisobga olinib, zararsiz va azaldan yashab 
kelayotgan qushlar uchun kirish joyi qoldirilsa yanada yaxshi bo‗lardi.
Respublikamiz bo‘yicha muxofazaga olingan xududlar umumiy maydoni 2mln ga bo‘lib, 350 
dan ortiq hayvon turlari muxofazaga olingan, 6ta buyutmaxona va 1ta ekomarkaz ish yuritmoqda. 
Qonunbuzarlarga nisbatan moddiy, ma‘muriy, jinoiy javobgarliklar mavjud. Lekin bu ko‘rilayotgan 
tadbirlar bilan kutilgan natijaga erishish qiyin bo‘lmoqda. Dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida 
yuqolib borayotgan hayvonlarni ko‘paytirishni xususiy ferma vakillari moddiy daromad olish 
maqsadida rivojlantirishgan va kelgan daromadning bir qismi ekologik muxofaza maqsadida 
sarflanadi, o‘tgan davrlar mobaynida bu usul o‘zini oqladi. Respublikamizda ham bunday ijobiy ishlar 
ko‘lami kengayib bormoqda. Kishilar kamyob mo‘ynali hayvonlar va baliq turlarini shaxsiy 
ho‘jaliklarda ko‘paytirmoqdalar. Bu bilan muhofazaga muhtoj tur ko‘paytirilmoqda va daromad 
olinmoqda. Masalan Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida xususiy tuyaqush fermasi tashkil etildi 
va tuyaqush ko‘paytirish kutilganidan xam yaxshi natija berdi. Demak respublikamizda hududidagi 
kamyob, yo‘qolish arafasida turgan hayvonot vakillari, jayron, ustyurt qo‘yi, tuvaloq, prejivalskiy 
otlarini xususiy ko‘paytirishni tashkil etish va yo‘lga qo‘uyish maqsadga muvofiq.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish