Qobiq turbali i a. q –––––––Turba ichida turba i a. q



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana15.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#887064
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qobiq turbali i a. q –––––––Turba ichida turba i a. q

Konveksiya 
Endi misolni sho‘rvaning qaynash jarayoniga ko‘chiramiz. Qozon ostiga olov 
yoqsangiz, avvaliga sho‘rvaning suvi tinch turaveradi. Bunda, issiqlik suvning 
issiqlik o‘tkazuvchanligi evaziga, pastki qatlamlardan yuqoriga uzatiladi. Suvning 
harorati ko‘tarilgani sayin, issiqlik o‘tkazish jarayoni o‘zgara boshlaydi. Chunki, 
endi 
konveksiya
jarayon ishga tushadi. 
Idish tubiga yaqin turgan joydagi sho‘rva suvi qizib kengayadi. Qizigan, issiq 
suvning solishtirma og‘irligi, qozoning yuqoriroq qatlamlarida turgan teng 
hajmdagi, lekin nisbatan sovuqroq suvning solishtirma og‘irligidan ko‘ra yengilroq 
bo‘ladi. Bu esa butun sho‘rva sistemasini muvozanatdan chiqaradi va 
qo‘zg‘alishga olib keladi. Natijada, qizigan va yengillashib qolgan qaynoq suv 


yuqoriga ko‘tariladi. Uning o‘rniga esa yuqoridan nisbatan sovuqroq suv tushib 
keladi. 
Biroq, jarayon shugina bilan chegaralanib qolmaydi. Chunki, joy almashgan 
qaynoq va sovuqroq suvlar juda tezlik bilan yana o‘rin almashinishiga to‘g‘ri 
keladi. Sababi, idish tubiga tushib kelgan suv, u yerdagi yuqori harorat evaziga 
darhol qiziydi va isib, u ham yuqori ko‘tarila boshlaydi. o‘z navbatida, avvalroq 
tepaga chiqib olgan boyagi issiq suv ham, u yerda biroz sovib zichlashadi va 
og‘irlashib, yana tubga sho‘ng‘iydi. Natijada, sho‘rva sistemasi baribir beqaror 
holatda qolaveradi. Issiq va sovuq suv bir-birini o‘rin almashtirib, idish bo‘ylab 
pastga va tepaga aylanaveradi. Natijada, butun sho‘rva massasining doimiy 
sirkulyatsiyasi yuzaga keladi. Buning oqibatida biz qaynayotgan sho‘rvada 
sirkulyatsion 
oqimlarni 
kuzatamiz. 
Aynan 
o‘sha, 
yuqoriga-pastga 
sirkulyatsiyalanish jarayonini fanda 
konveksion toklar
deyiladi. Siz oshxonada 
sho‘rva qaynayotganida uning yuzasiga diqqat qilsangiz, konveksiya jarayonini 
amalda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. yoki, Buning uchun choy uchun qo‘yilgan va 
choynakda qaynab chiqqan suvni ham kuzatishingiz mumkin (umuman ochiq 
idishda qaynayotgan har qanday suvni kuzatsangiz bo‘ladi ). 
Konveksion toklar - tabiatda anchayin keng tarqalgan issiqlik almashinish 
usulidir. Konveksiya hodisasi yulduzlar qa'rida ham yuz beradi. Xususan, bizning 
yulduzimiz - 
Quyosh
 ichkarisida ham, aniqrog‘i, Quyosh yadrosi va Quyosh toji 
oralig‘ida favqulodda ulkan miqyosli konveksiya jarayoni boradi. Aynan ushbu 
jarayon Quyosh qa'rida kechayotgan termoyadro reaksiyalari natijasida ajralib 
chiqayotgan issiqlik energiyasini Quyosh sirtiga olib chiqadi (
Quyosh o‘z 
energiyasini qayerdan oladi?
). 150 million km naridagi Quyoshni qo‘ya turing, 
shundoqqina oyoq ostimizda - 
Yer mantiyasida
 ham muntazam konveksiya 
jarayoni 
boradi 
va 
uning 
natijasida 
biz 
plitalar 
tektonikasi
ni 
kuzatamiz. 
Sayyoramiz atmosferasi
dagi konveksion oqimlar butun Yer yuzi 
bo‘ylab iqlimning qanday bo‘lishini hal qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Atmosferadagi konveksiya jarayonlari ekvator va unga yaqin issiq hududlardan 


isigan havo va suv massalarini qutblar tomon tashib boradi va butun boshli 
mintaqalar va materiklarning iqlim xususiyatlarini belgilab beradi. Hattoki, alohida 
holda olingan bitta shahar miqyosida ham konveksiya juda muhim o‘rin tutadi. Siz 
nima sababdan shahar joylarning harorati qishloqlardagidan bir-ikki daraja baland 
bo‘lishini fikr qilib ko‘rganmisiz? Buning sababi ham o‘sha konveksiyaga borib 
taqaladi. Shaharda qizigan asfalt yuzasidan iliq havo muntazam ko‘tarilib turadi va 
uning o‘rniga sovuqroq havo tushib, doimiy sirkulyatsion oqim hosil qiladi. Shu 
sababli, katta shaharlarda, ayniqsa, avtomobil harakati zich va jadal bo‘lgan yirik 
megapolislarda o‘ziga xos mahalliy mikroiqlim yuzaga keladi. 
Umumlashtirish o‘rnida shuni ta'kidlaymizki, konveksiya - moddaning 
harakati evaziga issiqlik uzatilishi jarayonini yuzaga keltiradigan jarayondir. 
Muayyan bir joyda issiqlikni o‘ziga yig‘ib olgan modda muhit bo‘ylab 
harakatlanib, issiqlikni o‘zi bilan tashib yuradi va nisbatan joyga borgach, u o‘zi 
tashib kelgan issiqlikni o‘sha joydagi sovuqroq moddalarga, xususan, atrof 
muhitga uzatadi. Konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlikning bir-biridan tubdan 
farq qiladigan joyi aynan shunda. Ya'ni, issiqlik o‘tkazuvchanlikda issiqlikni 
uzatayotgan moddaning o‘zi joyidan qo‘zg‘almaydi; konveksiyada esa, issiqlikni 
modda o‘zi bilan tashib yuradi. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish