2.
Tarx qismidagi zinapoya qismlarining to’g’ri chizish.
Xonadon ichiga joylashtirilgan zinapoyalar.
Bunday zinapoyalar ikki qavatli
xonadonlar uchun mo‟ljallangan bo‟lib, ularning kengligi 0.9 metrdan kam
bo‟lmasligi kerak. Og‟ish burchagi esa 1:1,75 dan 1:1,5 zina satxlari esa 28x16
santimetrdan 27x17 santimetrgacha bo‟ladi. Bu xil zinapoyalarda burchakdagi
aylanali zinapoyalar ham ishlatiladi, lekin bular mebel va boshqa jihozlarnn olib
chiqishda, bolalar va qariyalarning chiqib tushishida noqulaylik tug‟diradi.
Zinapoyaarni dahliz, yo‟laklarda yoki umumiy xonada joylashtirish mumkin.
Zinapoya umumiy xonaga joylashtirilgan bo‟lsa, u xona ichini estetik boyitishga
yordam beradi, ammo umumiy xonani yurib o‟tadigan xonaga aylantirib ancha
noqulaylik tug‟dirish mumkin. Zinapoyalarni yotoqxona yoki oshxonaga
joylashtirish man etiladi. Xonadon ichidagi zinapoyalarning parametrlari quyidagi
formula bo‟yicha hisoblanadi:
2h+a=60-64sm,
Bu yerda, a-qadam oralig‟i o‟lchami; h-zina pog‟onasi balandligining o‟lchami;60-
64sm-odam o‟rtacha qadamining o‟lchami
(1-rasm).
Zinapoya marshlari bo‟yicha chiqib turuvchi konstruktsiyaning pastki
qismigacha bo‟lgan masofa 2m dan kam bo‟lmasligi kerak.
1-rasm.
Xonadon ichidagi zinapoya turlari: A - bir marshli zinapoyalar; B –
zinapoya ostidagi eng kam o‟tish joyining balandligi; V – ikki marshli zinapoyalar.
Umumiy foydalanadigan zinapoyalar
turar uy - joynning tashqi muhit bilan
qulay va yaxshi bog‟lanishi uchun xizmat qiladi. Zinapoyalar yo‟iq /zina
tugunining ichida/ oynaband derazalar bilan butunlay o‟ralgan yoki yarim ochiq
zinapoya va ochiq o‟ralmagan bo‟lishi mumkin. Ochiq zinapoyalar shu joylashgan
xona orqali yoritilsa, yo‟iq zinapoyalar uchun alohida derazalar o‟rnatilishi kerak.
Yorug‟lik tushadigan darchalarning o‟lchami yer o‟lchamining 1/15 qismiga
to‟g‟ri kelishi kerak va ochiladigan derazalar bilan tahminlanishi kerak. Zinapoya
tuguni va xonadonlarga kiradigan eshiklar yo‟iq xolda yahni oynasiz va oyna
/framuga/ zich holda yo‟ilgan bo‟lish kerak. Zinapoyalarning ostki qismidan
unumli foydalanish uchun uning tagiga hojatxona, shkaf yoki har xil narsalarni
saqlaydigan javonlar joylashtirilishi mumkin.
Qurilish va loyihalash normalari bo‟yicha shimol va o‟rta iqlim zonalarida
faqat yo‟iq holatdagi zinapoyalar ishlatilishi mumkin, lekin amaliyot shuni
ko‟rsatadiki, bunday zinapoyalar ishlatilgan uylarning dahlizlari qish paytida juda
sovib ketishini kuzatildi, shuning uchun kirish eshiklari 2 qavatli qilib yoki dahliz
oldiga kichkina dahliz /shlyuz/ qurilishi kerak. SHuning uchun janubiy hududlarda
isitadigan va yo‟iq zinapoyalar ishlatilishi kerak. Ochiq, umumiy bo‟lgan
zinapoyalar faqat 2 qavatli uylar uchun, ko‟p qavatli uylarda esa evakuatsiya qilish
uchun mo‟ljallangan bo‟ladi.
Tarxiy tuzilmasi bo‟yicha zinapoyalar bir marshli, ikki marshli, uch va to‟rt
marshli bo‟ladi. Zinapoyalardagi zinalarning soni 18 tadan oshmasligi kerak.
Marshlarning qiyaligi nisbati 1:1,75 dan 1:2 gacha olinadi. 1:2 nisbatko‟proq
amaliyotda ishlatiladi, chunki bunday zinapoyalardan ko‟tarilish va tushish ancha
qulay , bunda zinapoyalarning o‟lchami 30 va 15 santimetrni tashkil etadi.
O‟zbekiston iqlim sharoitida, issiqyoz paytida zinapoyalardan ko‟tarilish ancha
qiyin bo‟lganligi tufayli o‟rta va baland qavatli uylar uchun zinapoyalar nisbati 1:2
qilib olinadi, qavatlarning balandligi 3 metr bo‟lganda 20 ta zinacha /18 ta zinacha
+2 zinapoya maydonchasi/ kerak. Demak, bir marshli zinapoyalar gorizontal
holatda 18x0,3=5,4 metrni, ikki marshli zinapoya 9x0,3=2,7 va uch marshli
zinapoya 6x0,3=1,8 metrni tashkil etadi. Marshning eng kichik kengligi
1.05metrqilib qabul qilingan. Ikki marsh orasidagi masofa 30 sm. dan kam
bo‟lmasligi kerak. Zinapoya tugunining ichki o‟lchami marsh va maydonchaning
o‟lchami, yahni qavatlardagi va kvadratlar orasidagi yig‟indidan iborat.Qavatlar
orasidagi maydonchaning kengligi marshning kengligidan kichik bo‟lmasligi,
qavatlardagi esa 15-20 sm. kengroq bo‟lishi kerak. Andozali (tipovoy) qurilma
elementlarining sonini kamaytirish maksadida hamma maydonchalar kengligi bir
xil qilib (qavatdagi kenglik 4,2 m) olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |