"ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/57
Sana15.12.2022
Hajmi1,6 Mb.
#886599
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Industrial iqt uslubiy yangi

bozorga kirib olish narxi
yoki 
demping 
narx
deb ataladi. 
Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiqlaydi, shu 
sababli firmalar uni yashirin qо‘llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini 
kechib yuborish shaklida bо‘ladi. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Baho siyosati davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas qismidir. 
2. Baho va baholashning mohiyati, ahamiyati va mazmuni. 
3. Baho funksiyalari. 
4. Bahoning turlari. 
5. Sanoat ishlab chiqarishida baholash tizimini yaxshilash yо‘llari. 
6. Xorijiy mamlakatlarda baho va baholash. 
15- MAVZU: Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish.
 
REJA: 
 
1. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning mohiyati va ahamiyati. 
2. Sanoatni joylashtirish tamoyillari. 
3. Sanoatni joylashtirish omillari. 
4. Ayrim sanoat tarmoqlarini joylashtirish xususiyatlari. 
5. Sanoatni joylashtirishdagi siljishlarning iqtisodiy samaradorligi. 
6. Erkin industrial-iqtisodiy zona. Uning mohiyati ahamiyati, mazmuni. 
 
Uslubiy ko’rsatmalar 
Sanoatni mamlakat hududida oqilona joylashtirish – jamiyat qurilishining 
eng muhim vazifalaridan biri bо‘lib, respublika va har bir iqtisodiy rayon xalq 
xо‘jaligini yuqori darajaga kо‘tarish va rivojlantirishning zaruriy shartidir.
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi kuchlar va uning eng muhim elementi bо‘lgan 
sanoatni joylashtirishning asosiy qonuniyatlari ishlab chiqarish usuli bilan 
belgilanadi. Shu sababli hozirgi bozor munosabatlarini shakllantirishda, uning 
barcha tarmoqlarini joylashtirishda iqtisodiy islohotni davlat amalga oshirmoqda 
va bu uning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda uni amalga oshirish milliy 
iqtisodiyotimizning hozirgi holati va strategik vazifalari bilan belgilanadi. 
Sanoatni joylashtirish deganda, uni yer shari hududida, shuningdek, ayrim 
mamlakat yoki iqtisodiy rayonlarda taqsimlanishi tushuniladi.
Sanoat ishlab chiqarishini joylashtirish uning hududiy tashkil etish 
shakllarini ifodalaydi va u korxona (firma)larni ma’muriy va iqtisodiy rayonlarda 
joylashtirishda namoyon bо‘ladi. 
Milliy iqtisodiyotning bu real sektorini joylashtirish ham bevosita hududiy 
mehnat taqsimoti bilan bog‘liq. Ijtimoiy mehnat taqsimoti unsuri bо‘lgan hududiy 
mehnat taqsimoti (HMT) soddaroq qilib aytganda, turli joylarning mamlakat yoki 
viloyatlar, tumanlar, shaharlarning har xil mahsulot ishlab chiqarishga 


ixtisoslashishidir. Natijada ana shu joylarning iqtisodiy «bashorati» shakllanadi va 
ularning hududiy tizimdagi о‘rni о‘z ifodasini topadi. 
HMT keng ma’noda – bu ishlab chiqarish sohalarini (tarmoqlarini) 
hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholisi, mehnat va boshqa resurslari kabi 
hamda mintaqa bozorining hajmi, aholisining sotib olish qobiliyati, infratuzilma va 
komunikatsion tizimning rivojlanganligi darajasi kabi omillarga qarab 
joylashtirilishini nazarda tutadi. 
Sanoat ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish - kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarish jarayonini yuqori sur’atlarda amalga oshirish, mamlakat tabiiy 
boyliklaridan har tomonlama samarali foydalanish va buning natijasida ijtimoiy 
mehnat unumdorligini yuksaltirish, har bir korxonada mahsulot tannarxini 
pasaytirish, mamlakat barcha iqtisodiy hududlarini bir tekis rivojlantirish, shahar 
va qishloq hamda sanoat va qishloq xо‘jaligi о‘rtasidagi tafovutni yо‘qotish, 
mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirish imkonini beradi. 
Sanoatning oqilona joylashishi transport va qishloq xо‘jaligining 
joylashishiga hamda yangi shahar va qishloqlarning paydo bо‘lishiga, ayrim 
iqtisodiy 
hududlarning 
muayyan 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
bо‘yicha 
ixtisoslashuviga olib keladi.
Sanoatni iqtisodiy hududlar bо‘ylab joylashtirish ijtimoiy ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga katta ta’sir kо‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayoniga 
uzluksiz erishish, tejamkor ijtimoiy mehnat unumdorligi о‘sishi hamda aholining 
moddiy va madaniy faravonligining kо‘tarilishi sanoat ishlab chiqarilishini 
joylashtirishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligi mezonidir. 
Ishlab chiqarishni joylashtirishning fundamental qoidalari, ya’ni tamoyillari 
mavjud bо‘lib, ular ishlab chiqarish kuchlarini, xususan, sanoatni mamlakat 
bо‘yicha oqilona joylashtirish, iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda ilmiy asos 
bо‘lib xizmat qiladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 

sanoat ishlab chiqarishini avvalambor xomashyo, yoqilg‘i-energetika 
manbalariga yaqin va nihoyat, sanoat mahsulotlarini iste’molchi hududularga 
tobora yaqinroq joylashtirish; 

iqtisodiy hududlar о‘rtasida mehnatni oqilona taqsimlash va iqtisodiy 
hududlar xо‘jaligining majmuali rivojlanishini ta’minlash; 

har qaysi viloyat va tumanlarning iqtisodiy rivojlanish darajasini 
baravarlashtirishga intilish; 

sanoat tarmoqlarini joylashtirishda respublikaning mudofaa strategiyasiga 
asoslanish;

mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarda о‘zaro teng manfaatli munosabatlarni 
о‘rnatish, xalqaro mehnat taqsimoti negizida samaradorlikka erishish, jahon 
xо‘jaligiga integratsiyalashuvni jadallashtirish; 

sanoat korxonalarini joylashtirishda hududning ekologik vaziyatini hisobga 
olish, atrof – muhitga chiqindilar chiqarishning meyoriy normalariga asoslanish va 
hokazo.


Sanoatni xom ashyo va yoqilg‘i-energetika manbaiga yaqinlashtirish va 
ishlab chiqarishni mamlakat hududi bо‘ylab bir tekis joylashtirish intensiv ravishda 
ruy 
beradigan 
fan-texnika 
taraqqiyoti 
imkoniyat 
tug‘diradi. 
Elektronizatsiyalashtirishning har taraflama rivojlanishi, ishlab chiqarishni 
kompyuterlashtirish, yangi texnologiyalardan keng foydalanish, sanoat ishlab 
chiqarishining tabiiy jug‘rofiy (geografik) muhitga tobeligini, qaramligini 
susaytiradi, sanoatni joylashtirish punktlarini ancha erkin (puxta) tanlab olishga 
moddiy-texnik 
shart-sharoitlar 
yaratib 
beradi. 
Elektronizatsiyalash 
va 
ximiyalashtirish ishlab chiqarish sohasiga yangidan-yangi materiallarni, ishlab 
chiqarish chiqindilarini, ikkilamchi resurslarni jalb etadi. Xomashyodan majmuali 
foydalanish turli xildagi ishlab chiqarishlarni birlashtiradi. 
Sanoatni joylashtirishning iqtisodiy samaradorligi ijtimoiy mehnat 
unumdorligida namoyon bо‘ladi. Iqtisodiy rayonlar о‘rtasida mehnatni oqilona 
taqsimlash va iqtisodiy rayonlar xо‘jaligining majmuali rivojlanishi sanoatni 
joylashtirishning muhim tamoyili bо‘lib xizmat qiladi. 
Ishlab chiqarishni joylashtirishning yana bir muhim tamoyili - 
mamlakatlararo dо‘stlik va о‘zaro iqtisodiy yordam asosida tashkil topgan xalqaro 
mehnat taqsimotidir. Bunday mehnat taqsimoti har bir mamlakatda oqilona 
iqtisodiyot tarkibini barpo etish va rivojlanishi uchun tabiiy va iqtisodiy jihatdan 
qulay sharoitga ega bо‘lgan sanoat tarmoqlarining ixtisoslashuvini ta’minlaydi. 
Yuqorida qayd qilingan tamoyillarni amalga oshirishda korxonalar va 
hududiy ishlab chiqarish majmualari joylashtiriladigan joylarni tanlashga ta’sir 
kо‘rsatuvchi omillar e’tiborga olinadi. 
Sanoatni joylashtirishga tabiiy va texnik-texnologik, demografik, iqtisodiy, 
ekologik omillar, ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, transport 
vositalari, ishlab chiqarishni joylashtirish harakteri ta’sir kо‘rsatadi. 
Tabiiy omillarga: foydali qazilmalar, gidroenergetika va о‘rmon 
boyliklarining miqdor va sifat kо‘rsatkichlari, hududning iqlim sharoitlari, tabiiy 
suv yо‘llari hamda mehnat resurslarining joylashishi kiradi. Yuqoridagi barcha 
omillar ekologik omil bilan hisoblashishlari shart. Hozirgi ekologik vaziyat shuni 
taqozo etadi. Tog‘-kon sanoati va gidroenergetika tarmoqlarida tabiiy sharoit 
korxonalarining texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlariga ta’sir kо‘rsatadi va bu tarmoq 
korxonalarini joylashtirish foydali qazilmalar va gidravlik resurslar joylanishiga 
bog‘liq bо‘ladi. Qora metallurgiya va kimyo sanoati korxonalarining joylashishi 
asosan suv resurslariga bog‘liq. 
Aholi va ishlab chiqarishning joylashishi о‘rtasida о‘zaro mustahkam aloqa 
mavjud. Mehnat resurslarining geografik joylashishi, avvalo, kо‘p mehnat 
sarflanadigan sanoat tarmoqlarining joylashishiga ta’sir etadi. Shuning uchun aholi 
siyrak bо‘lgan hududlarda kо‘p mehnat talab qiladigan sanoat tarmoqlari 
(asbobsozlik, radiotexnika, yengil sanoat) joylashtirilmaydi. 
Sanoatni 
joylashtirishda 
– 
konsentratsiyalash, 
ixtisoslashtirish, 
kooperativlashtirish va kombinatlashtirish kabi ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil 
qilishning progressiv shakllari katta rol о‘ynaydi. Ishlab chiqarishning 
konsentratsiyalashuvi natijasida korxona iste’mol qilishi uchun juda katta 


xomashyo va energetika bazasini vujudga keltirish, korxona mahsulotini iste’mol 
qiluvchi hududni kengaytirish talab qilinadi. Natijada transport harajatlari oshib 
ketadi, korxonalarni joylashtirish nuqtasi va maydonini tanlash masalasi ancha 
qiyinlashadi.
Ixtisoslashtirish ham sanoatni joylashtirishga xuddi konsentratsiyalashtirish 
kabi ta’sir kо‘rsatadi, chunki ixtisoslashtirish bir turdagi mahsulot ishlab 
chiqarishni mujassamlashtirishdan iboratdir. Shuning uchun ixtisoslashtirish 
darajasi oshgan sari transportga talab ortib boradi. Korxona (firma)larni u yoki bu 
hududga joylashtirishda bunday harajatlarning miqdorini albatta, hisobga olish 
kerak.
Korxonalarni kooperativlashtirishning sanoatni joylashtirishga ta’sirini 
hududiy ishlab chiqarish majmualarini barpo qilish misolida kо‘rish mumkin. 
Hududiy sanoat majmui uzoq vaqt о‘zaro kooperativlashgan aloqa qiluvchi har xil 
sanoat tarmog‘iga xos bо‘lgan bir qator korxonalardan iborat. Kooperativlash 
omilini hisobga olmay turib joylashtiriluvchi obyekt yoki majmualarning iqtisodiy 
samaradorligini tо‘g‘ri aniqlash mumkin emas. 
Ishlab chiqarishni kombinatlashtirish sanoatni joylashtirishga turlicha ta’sir 
kо‘rsatadi. Kombinatlar – yuqori mujassamlashgan korxonalar. Shuning uchun 
ularni joylashtirish mujassamlashtirishga о‘xshashdir. 
Sanoatni joylashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlaydigan yana bir 
kо‘rsatkich mahsulot tannarxidir. Boshqa hududlarda joylashgan korxonalar 
mahsulotining tannarxi rivojlangan hududlardagi korxonalarnikidan bir muncha 
past bо‘lishi mumkin. Lekin bunday yuqotish mamlakat miqyosida amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyot tufayli barham topadi. 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish