Bo’yoqchilik ishlari bo’yash kameralarida (12- rasm) bajarilib, bo’yash va gruntovkalash
bo’yoqsepgichlar (7.13-rasm) yordamida amalga oshiriladi.
12- rasm.
Bo’yolash-quritish kamerasi, mod. NORDBERG YeCONOMIC
Eng ko’p tarqalgani bosim ostida bo’yoq sepish (0.3-0.7MPa) bo’lib, u mahsus jihozlar talab
qilmaydi. Buning uchun bo’yoq eritgichlar yordamida suyultiriladi. Lekin bunda bo’yoq qurigach,
eritgich uchib ketadi va yuzadagi bo’yoq zarrachalari orasida yoriqlar hosil bo’lib, yuzaning zanglashga
qarshi xususiyati, ko’rinishi va sifati pasayadi. Takomillashgan bo’yash usullaridan biri - kamroq
eritgichga ega bo’lgan bo’yoqlardan foydalanish, bo’yoq 50-70
0
S gacha qizdiriladi va 0.15MPa bosim
ostida sepiladi, natijada buyoqni 25% gacha tejash mumkin. Bu usul bo’yoqni yuzaga tekis va qalinroq
sepish imkonini beradi va yuza silliq chiqadi. Ammo, yong’inga qarshi xavfsizlik qonunlariga asosan,
bo’yoqchilik ustaxonalarida bo’yoqni faqat issiq suv bilan isitish mumkin, lekin isitish anjomi bo’yash
kamerasida bo’lishi mumkin emasligi qiyinchiliklar tug’diradi.
13-rasm.
Bo’yoq sepgich va bo’yoq haydash uskunasi.
Hozirgi vaqtda bo’yoqni maxsus jihozlar yordamida 10-30 MPa bosim ostida, 0.17-1.0 mm
diametrli sepgichlar yo damida sepish usulidan ham foydalanilmoqda. Bu usulda mehnat unumdorligi
juda yuqori va bo’yashda katta maydondan foydalaniladi. Bu usulda quyuq bo’yoqlarni eritmasdan turib
foydalanish mumkin. Bo’yash vaqtida tumanlik hosil bo’lishi juda kam va kerakli bo’yoq qalinligiga bir
sepishda erishish mumkin. Bo’yalgan yuzaning ko’rinishi boshqa usullarga qaraganda pastroq, chunki
yuqori bosim hosil qilish uchun foydalaniladigan plunjerli nasoslar bo’yoqni bir tekis sepilishini unchalik
ta’minlay olmaydi. Lekin hozirda bu kamchilikni bartaraf etish yo’llari topilgan. Bo’yash ishlari
texnologik jarayoni quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: metall yuzani bo’yashga tayyorlash (zangdan,
eski bo’yoqdan yuzani tozalash), shpatlevka surtish (yuzaga surtiladi va silliqlanadi), gruntovka surtish
(GF-021 surtib, 1.5-2.0 soat quritiladi), bo’yash (ML-12, ML-197, ML-110 turidagi bo’yoqlar sepilib,
yuza 130-140 S da 20 soat davomida, shundan 2 soat changga, 6 soat yopishqoqlikka, 12 soat
mustahkamlikka quritiladi). ASK ga keluvchi avtomobillar rangi turli xil bo’lganligi uchun, kerakli
rangdagi bo’yoqni topish mushkul, shuning uchun kerakli rangni tayyorlash zarur. Ishlab chiqarishda turli
bo’yoq ranglarini hosil qilish uchun uch xil, ya’ni qizil, sariq va havo ranglardan foydalanilib, maxsus
bo’yoq aralashtirgich qurilma yordamida tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda kompьyuter
yordamida avtomobil rangini spektral analiz qilish va bir-biriga qo’shiladigan bo’yoqlarning miqdorini
aniqlash keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: