AZS va ular yonidagi stantsiyalarda…… 39%.
Mustaqil ASSlar…………………… 40%
Diler stantsiyalari ……………………
15%
Avtokorxonalar ustaxonalarida………
6%
SHuningdek, ASStantsiyalar, avtoustaxonalarning umumiy soni:
Frantsiyada (70 mln. avtomobil)...
50 ming
Germaniyada (50 mln. avtomobil)...
20 ming
Angliyada (25 mln. avtomobil)...
35 ming bo’lgan.
50,3
12,4
2,5
20
0,2
11,4
3,2
1. “Узавтотеххизмат” хиссадорлик бошқармаси
2. “УзАвтоЛада” хиссадорлик
ассоциацияси
3. “Тошкент “Лада” хиссадорлик ассоциацияси
4. Мустақил автосервис корхоналари (хусусий сектор)
5.Қўшма ва чет эл автосервис корхоналари
6. Автотранспорт корхоналари
2-rasm.
Respublika-mizda
avtoservis xizmati ko’rsatuvchi
sub’ektlar tamonidan bajarila-
yotgan xizmatlar hajmini
taqsim-
lanishi.
Bu mamlakatlarda ASSlarning turli xillarini uchratish mumkin:
1. Umumiy maqsadlarga mo’ljallangan stantsiya asosiy bajaradigan ishlari TXK va ta’mirlash,
eng muhimi savdo;
2. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish stantsiyalari;
3. Tez xizmat ko’rsatish stantsiyalari (12 minut ichida) ma’lum xildagi mayda TXK va ta’mirlash
ishlarini bajarib beradi;
4. Avariya natijasida shikastlangan avtomobillar kuzovlarini tiklovchi stantsiyalar.
5. Harakat xavfsizligi stantsiyalari (yo’l politsiyasiga qarashli).
6. Maxsus ishlarni bajaruvchi ixtisoslashgan avtoustaxonlar (shinalar,
akkumulyatorlar, kuzovlar,
agregatlar, elektr va elektron jihozlari va h.k.)
7. Ko’chma stantsiyalar avtombillar to’xtab turadigan va saqlanadigan joylarda tez texnik yordam
ko’rsatadi.
CHet eldagi barcha turdagi ASSlar va avtoustaxonalar
asosan kichik hajmli, ba’zan oilaviy
korxonalardir. Masalan, AQSHdagi ASSlarning hajmi quyidagicha:
3-9 avtojoyda (1-3postli)……...
45-50%.
10-20 avtojoyda (4-6 postli)....
20-25%
21-35 avtojoyli (7-10 postli)…
15-20 %
35 dan ko’p avtojoyli (10dan ko’p postli) 10-15 %.
SHuni aytish kerakki, mustaqil ASSlar va avtoustaxonalarning 85 %i yuk avtomobillariga ham
xizmat ko’rsatish imkoniyatiga egadirlar.
ASSlarda ishlaydigan ishchilarni soni o’rtacha AQSHda-4,2 kishini, Frantsiyada-4,5 kishini,
Italiyada-5,2 kishini tashkil etadi. Barcha turdagi avtoservis korxonalarining texnologik jihozlar,
asbob-
uskunalar, diagnostika-nazorat jihozlari va o’lchov asboblari bilan ta’minlanganligi talab darajasida.
Iqtisodiy rivojlangan barcha dunyo mamlakatlarida avtoservis va avtomobil transportining ehtiyot
qismlari TXKvaT uchun zarur bo’lgan materiallar bilan ta’minlash masalasi ijobiy hal qilingan. Buning
uchun uzluksiz, ishonchli va barqaror ta’minlash tizimi beto’xtov ishlab turadi.
AQSHdagi yana bir “Continental Rebuilders and Servies”firmasi
ham yuk avtomobillari,
uzatmalar qutisi va orqa ko’priklarini ta’mirlash bilan shug’ullanadi. Agregatlarni ta’mirlashga
yuborilayotgan transport kompaniyalari ta’mirlangan agregatlar ishonchliligini, ularga sarf bo’lgan
ehtiyot qismlar va shuningdek, ulardagi moylarning tarkibini aniqlash natijalariga tayanadilar. Firma
ta’mirlashning individual, ya’ni yakka usulini qo’llaydi. Bu usulga ko’ra
xar bir motorning qismlarga
ajratilishdan boshlab to uni ta’mirlab dinamometrik sinovdan o’tkazishga qadar bqlgan barcha ishlar bir
ishchi tomonidan bajariladi. Bu ishchining ismi-sharifi shu motorning pasportiga yozib qo’yiladi. Bu esa
ishchining aybi bilan sodir bo’ladigan buzilishlarni 1%ga qadar kamaytirgan. Firma ta’mirlangan katta
quvvatli motorlar uchun uch xil kafolat beradi: A-uzoq masofalarga qatnovchi shatakchi avtomobillarga-
176ming km yoki 13 oy, V-yuk avtomobillariga 120 ming km yoki 12 oy,S
-yaqin masofalarda ishlovchi
avtomobillarga 80 ming km yoki 6 oy.
SHuningdek, “Arrow HD” firmasi ham 50 yildan ko’proq vaqtdan buyon avtomobillar elektr
jihozlari, ilashuv muftalari va suv nasoslarini ta’mirlash bilan shug’ullanadi. Ta’mirlagan buyumlariga
160 ming km yoki 6 oy muddatga kafolat beradi. Avtomobillar qismlarini ta’mirlashga shunga o’xshash
yondoshish-lar dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlarida ham mavjud.
Ilg’or xorij tajribasida mijozlar bilan ishlash masalasiga juda katta e’tibor beriladi.
Mijozlar barcha zarur ma’lumotlar bilan ta’minlanadi, ular uchun
turli qulayliklar yaratiladi,
masalan, avtomobilni xizmatga olib kelish va xizmatdan chiqqandan so’ng egasiga eltib berish yoki egasi
talabiga ko’ra uyida, garajida xizmat ko’rsatish, doimiy mijozlar uchun xizmat xaqini bir qismidan
kechish va h.k. Xullas, bu sohada ilg’or chet el tajribasini jiddiy o’rganish, ulardan o’z
amaliyotimizda
ijodiy foydalanish masalasi oldimizda turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: