qiyofasi, tozalik va shinamlik, hurmat va ehtiromda namoyon bo’ladi. Malakaviy axloqni yaxshilash
xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish, ular bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish va
iqtisodiy rag’batlantirish orqali amalga oshiriladi. Xizmatning estetik madaniyati–xizmat ko’rsatish
estetikasi, interer, xodimning estetik qiyofasidan iborat. Xizmat ko’rsatish estetikasi mijozning korxonaga
kelishidan yaxshi ta’surot olishi, ko’ngildagidek sharoitning mavjudligi va salonlarning qulayligiga
asoslanadi. Xodimning estetik qiyofasi tozalik, orastalik, korxona belgisi tushirilgan firma kiyimida
namoyon bo’ladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi texnika va texnologiyani qo’llash, xizmat ko’rsatishning
yangi shakllarini taklif etish.
Avtoservis korxonasi o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish,
mijozlarni jalb qilish, o’zining raqobatbardoshlik afzalliklarini oshirish uchun ishlab chiqarishni
rivojlantiradi, ilg’or texnologiyani qo’llaydi, xizmat ko’rsatishning yangi shakllarini taklif etadi. Buning
uchun yangi texnika va texnologiyani qo’llash, zamonaviy avtomobillar, sifatli ehtiyot qismlar va
avtoekspluatatsion materiallar bilan savdo qilish, yuqori malakali savdo xodimlarini ishga jalb qilish,
xizmatning yangi turlarini (avtomobillar prokati, boshqa korxonalar, shu jumladan ATKlar bilan
kooperatsiya ishlarini tashkil qilish) rivojlantirish, avtomobillarga tez texnik yordam ko’rsatish, abonentli
xizmat ko’rsatishni tashkil etish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash avtomobilsozlik firmalarining avtomarkazlaridagi
distribyutorlari yoki dilerlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomobillarning eng yangi rusumlarini va
ehtiyot qismlarini sotish, ularga kafolatli xizmat ko’rsatish ham firmaning vakolatli dilerlariga
topshiriladi. Avtomobili ta’mirda bo’lgan mijozga bir necha soatga yoki kunga avtomobilni prokatga
berib turish ham mijozlar sonini ko’paytiradi va korxona raqobatbardoshliligini oshiradi.
Avtomobilni prokatga berish amaliyoti 1960 yillarda Toshkentdagi ikkinchi taksomotor parkida
tajriba sifatida sinab ko’rilgan, ammo tashkiliy muammolar tufayli davom ettirilmagan edi. Xorijiy
mamlakatlarda avtomobillarni prokatga berish, shu jumladan, avtoservisga kelgan mijozlarga ham uni
qo’llash keng rivojlangan. Bizda ham bu ilg’or tajribani yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq.
Aholining o’z avtomobillariga o’zlari xizmat ko’rsatishlari uchun avtoservislarda o’z-o’ziga xizmat
ko’rsatish postlari tashkil etiladi.
Avtoservis korxonasida mijozning kutish vaqtini kamaytirish maqsadida “Avtomobil kalitini
berish” tamoyili bo’yicha xizmat ko’rsatish ham mijozlarni jalb qilishning samarali yo’llaridan biri.
Bunda mijoz o’z avtomobil kalitini avtoservis korxonasi xodimiga topshiradi, u esa xizmat bo’yicha
buyurtma rasmiylashtirishdan tortib to ta’mirlangan avtomobilni egasiga topshirguncha bo’lgan amallarni
bajaradi.
Qishloq sharoitida avtoservisni tashkil etishda shaxsiy tadbirkorlikni rivojlantirish yoki ko’chma
avtoservis ustaxonasi xizmatini tashkil qilish keng imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: