Transformatorlarni ishlatish



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana14.12.2022
Hajmi0,74 Mb.
#885451
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Transformatorlarni ishlatish

Rele himoyasi, signal berish va avtomatika qurilmasi
. Rele 
himoyasi qurilmalari bilan ta’minlangan transformatorlar ikki guruh 
xodisa: transformator shikastlanganida va avariya ishchi rejimi sodir 
bo‘lganda signal berishi zarur.
Rele himoyasi qurilmalari ishlab ketishiga sabab bo‘ladigan 
shikastlanishlarga 
quyidagilar 
kiradi: 
chulg‘amlar va chiqish 
ulamalaridagi fazalar aro va bir fazali qisqa tutashuv; chulg‘am 
o‘ramlaridagi qisqa tutashuv; kirish izolyatorlarida qisman teshilish; 
transformator bakida va rostlash qurilmasida gaz ajralib chiqish va 
bosimning ortishi.
Rele himoyasi transformatorning quyidagi avariya rejirlarida ishlab 
ketadi va uni himoya qiladi:
- tashqi qisqa tutashuv natijasida hosil bo‘ladigan o‘ta katta toklarda;
- o‘ta yuklanishlarda; 


- moyning sathining pasayib ketishida. Rele himoyasi qurilmasi 
maxsus panellarda o‘rnatilib, boshqarish shchiti xonasiga joylashtiriladi. 
Transformatorlarni shikastlardan himoya qilish uchun ularning quvvatlari 
va qurilma xarakteriga ko‘ra quyidagi himoya turlari qo‘llaniladi: 
- differensial himoya - kuchli transformatorlarning ichki 
shikastlanishlaridan asosiy himoyasi bo‘lib, ikki koplekt tok 
trnsformatorlari bilan chegaralangan ichki zonadagi qisqa tutashuvlarda 
ishlab ketadi (ishlash prinsipi toklar miqdori va yo‘nalishlarini 
taqqoslashga asoslangan);
- vaqt bo‘yicha kutmasdan tokni uzish - kichik quvvatli 
transformatorlarda o‘rnatiladi va ichki shikastnanishlarda eng sodda va 
tezkor himoya hisoblanadi; 
- tashqi qisqa tutashuvlarda o‘ta katta toklardan himoya (maksimal 
tok himoyasi shu turdagi eng oddiy himoya hisoblanadi); 
- o‘ta yuklanishdan himoya - signal kelishi bilan ta’sir etadi va tok 
relesi va vaqt relesidan iborat. 
Moyli transformatorlar va rostlash qurilmalarining bir qator ichki 
shikastlariga sezgirligi va tuzilishining soddaligi bilan farqlanuvchi gaz 
relesi va qayta ulash qurilmasi keng qo‘llaniladi. Transformatorlar ichki 
shikastlanishlari, 
aksariyat, 
moyning 
va 
boshqa 
izolyasion 
materiallarning 
parchalanishida 
ajralib 
chiquvchi 
gaz 
bilan 
xarakterlanadi. Gazlar transformator qopqog‘iga ko‘tarilib, bak va 
kengaytirgichni bog‘lab turuvchi moy o‘tkazgichga joylashtirilgan gaz 
relesi orqali kengaytirgichga tushadi. Transformatorlar quvvatiga qarab, 
ularga o‘rnatiladi-gan relelarning bir necha turlari mavjud.
BF80/Q turdagi gaz relesi konstruksiyasini (5.3-rasm) ko‘rib 
chiqamiz. YUqori qismida gaz pufakchalari yig‘iladigan rele asosi, 
korpus 
1
hisoblanadi. Korpus gaz borligini va uni taxminiy hajmini 
ko‘rsatib turadigan ikkita ko‘rish shisha oynalari bilan ta’minlangan. 
Korpus qopqog‘ida gazlarni chiqarib yuboradigan kran, tegida - moy va 
quyqalar chiqarib yuboriladigan burama po‘kak bilan yopilgan teshik 
mavjud. Korpus ichkari qopqog‘ida, doyimiy magnitlar bilan bog‘langan 
va bu magnitlarni germetik kontaktlar boshqaradigan, uchta 
ta’sirlanadigan 
2, 3, 4
elementlardan tuzilgan releni o‘yilgan qismi 
mahkamlangan. Gerkonlar zanjiri rele chiqishi va maxsus kabel 
yordamida transformator gaz himoyasi rele sxemasiga ulangan. Ta’sir 
elementlari - sharsimon ichi kavak plastmassa po‘kaklar 
2
va 
4
- erkin 
aylanadigan gorizantal 
5
o‘qqa ekssentrik kiydirilgan. Uchinchi ta’sir 
element 
3
parrak shakliga ega bo‘lib, gorizantal o‘qda erkin aylanadi va 


pastki po‘kak yonida joylashgan. 
Gaz kam (sekin) ajralib chiqishida (katta bo‘lmagan shikastlanish), 
rele 6 ichidan moy asta-sekin siqib chiqarila boshlaydi. Gaz hajmi ma’lum 
miqdorga (250÷300 sm
3
) etgach, yuqori po‘kak pastga tushadi va u bilan 
bog‘liq bo‘lgan magnit to‘g‘ri keladigan gerkonni tutashtiradi. Reledan 
moyning butkul chiqib ketishi bilan, shu tarzda pastki po‘kak ishlab ketadi 
(masalan, bakdan sezilarli darajada moy oqishi). Gazlarni jo‘shqin 
chiqishi bilan sodir bo‘ladigan shikastlanish sezilarli darajada bo‘lsa, moy 
bosimi ostidagi (strelka bilan ko‘rsatilgan) yoki gaz moy aralashmasi 
bosimidagi parrak ma’lum burchakka buriladi, ostki po‘kakka ya’ni o‘sha 
kontaktga ta’sir qiladi.
SHunday qilib, gaz relesi transformator shikastlanish darajasini 
ajrata oladi: ustki po‘kak gerkoni signal datchigi sifatida, ostki po‘kak 
gerkoni - o‘chirishga buyruq berish uchun ishlatiladi.
Gaz himoyasi ishlab ketishining sabablari va shikastlanish harakteri 
haqida, releda yig‘ilgan gaz, uning miqdori, rangi va kimyoviy tarkibi 
tadqiqotiga asosan fikr yurgizish mumkin. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish