Global shahar
-1915 yilda britaniyalik P.Geddes ―dunyoviy shahar‖ deb atagan
atamaning sinonimi bo‘lib, 1990-yillar boshida amerikalik olim S.Sassen
ishlarida ―global SHahar‖ nomi bilan paydo bo‘ldi. Global shahar aholi sonidan
qat‘iy nazar, xalqaro miqyosda muayyan funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan
shaharlardir. London, Syurix, Jeneva dunyoning moliyaviy markazi, Singapur,
Kuala-Lumpur xalqaro turizm markazi va b.
SHaharlar ierarxiyasi-
shaharlarning aholi soniga ko‘ra egallagan o‘rni.
Geourbanistikada SHaharlarning o‘lchami ularning aholi soni bilan o‘lchanadi.
SHaharlarning funksiyalari-
geografik mehnat taqsimotida shaharlarning
bajaruvchi vazifalari bo‘lib, unda aholining iqtisodiyot tarmoqlarida bandlik
tarkibi asos qilib olinadi. Bu ko‘rsatkich mamlakat SHahar joylari bo‘yicha
o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lishi lozim.
Yashil zona-
shahar atrofi zonasiinng bir qismi bo‘lib, SHahar havosini tozalash
maqsadida barpo etilgan bog‘lar, o‘rmonlar, madaniy daraxtzorlar.
Urbanistik tarkib
–mamlakat (rayon) shaharlar to‘ri va tarkibida turli toifa
shaharlarining mavjudligi, tutgan o‘rni va mavqei tushuniladi.
Hududiy urbanistik tarkib- mamlakat turli rayon va viloyatlarining har xil
toifadagi shaharlar va xususan, yirik markazlar bilan ta‘minlanganlik darajasi
nazarda tutiladi.
shahar kengashi
-
hududiy jihatdan ajralgan bo‘lsada, rivojlanishi (boshqaruvi)
shahar bilan bog‘liq bo‘lgan bir yoki bir necha shahar, shaharcha yoki qishloq
ham kiritiladi
SHaharcha
-
sanoat korxonalari, kommunal xo‘jalik, qurilish, temir yo‘l
stansiyalari hududida joylashgan, aholi soni 2 mingdan kam bo‘lmagan va ular
oila a‘zolarining 2/3 qismi noqishloq xo‘jalik sohalarida band bo‘lgan aholi
manzilgohidir.
yuridik shahar
- Ayrim xorijiy mamlakatlarda shahar ikki qismdan iborat bo‘lib,
uning o‘z ma‘muriy hududiy chegaralari doirasidagi qismi
geografik shahar
-
yuridik
shahar o‘z chegarasidan atrofda ham davom etadi,
aholi soni esa statistik ma‘lumotlarda ―shahar atrofi bilan‖ deb ko‘rsatiladi.
resurs shahar-
Qazilma boyliklarni o‘zlashtirish asosida shakllangan shaharlar.
Bunday shaharlar, odatda, o‘z atrofi, qishloq joylar bilan kam bog‘langan
bo‘ladi. Ularning nomlari ham ko‘pincha kon nomini anglatadi, masalan, Gazli,
Jezqazg‘an, Toshko‘mir, Magnitogorsk va boshqa resurs shaharlar odatda kichik
bo‘ladi, agar shahar hayoti shu resurs bilangina bog‘liq bo‘lsa, resurs tugagach
shahar inqirozga uchrashi mumkin
shaharlar to‟rini -
barcha shaharlarning bir-birlari bilan transport yo‘llari orqali
bog‘lanib, muayyan hududda to‘r hosil qilishi
“o‟lik shaharlar
‖ –shahar mavjud, lekin, turli sabablarga ko‘ra aholi
yashamaydi.
millioner shahar
-aholi soni 1 mln.dan ortgan shahar
124
SHaharlar Ierarxiyasi
- shaharlarning aholi soniga ko‘ra kattadan kichikka
qarab pog‘onasimon joylashishi. Pog‘ona shakli qancha to‘g‘ri va to‘la
bo‘lsa, mamlakatda shaharlar mutanosib rivojlanayotganini bildiradi.
SHaharlar gipertrofiyasi
-shaharlarda aholi va ishlab chiqarishning haddan
ziyod ortib ketishi
SHaharlarning genetik tipologiyasi
-shaharlarning qachon va qanday omil asosida
shakllanishiga ko‘ra guruhlanishi.
Poytaxt shahar
- shaharlarning siyosiy markaz, dorulsaltanat, mamlakatni
boshqarish, uni siyosiy, ilmiy —texnikaviy, ijtimoiy — iqtisodiy jihatdan
tashkil qilishdan iborat funksiyani bajaruvchi shahar.
Soxta urbanizatsiya
- Urbanizatsiya ko‘rsatkichining hamma joylarda- ham
real hududiy— iqtisodiy vaziyatni aks ettirmasligi. Masalan, Rossiya
Federatsiyasining
CHukotka
o‘lkasida-yoki Kamchatka, Magadan
viloyatlarida, Qoraqalpog‘istonda urbanizatsiya ko‘rsatkichi, tabiiy
sharoitning qishloq xo‘jaligi uchun noqulay bo‘lganidan aholi asosan
shahar joylarda to‘planadi va urbanizatsiya darajasi yuqori bo‘ladi.
Monofunksional shahar-
bir yoki ikki sohaga ixtisoslashgan shahar. Odatda
bunday shaharlar kichik bo‘ladi.
Ruurbanizatsiya
-shahardan ko‘chib borgan aholining qishloq joylarda shahar
hayoti va madaniyatini yoyishi.
Rayon planirovkasi
-muayyan hududda ishlab chiqarish korxonalari, aholi
joylashuvi, xizmat ko‘rsatish, transport va boshqa infratuzilma
elementlarini hududning geografik, iqtisodiy, qurilish-arxitektura,
muhandislik-texnik shart-sharoitlari va imkoniyatlarini hisobga olgan
holda hududiy tashkil etishning nazariy va amaliy masalalari bilan
shug‘ullanadi. Rayon planirovkasi iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning
amaliyot bilan bog‘liq bo‘lgan muhim yo‘nalishidir.
shaharsozlik
- me‘morlikning bir yo‘nalishi. Unda hududning tabiiy-iqlimiy
va iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlari, sanitariya-gigiena, qurilish–texnika,
ijtimoiy-madaniy taraqqiyot darajasi, milliy o‘ziga xosligi, shaharning
vazifalari, ekologik holati va boshqalar hisobga olinadi. shaharsozlikda
yangi shahar, shaharcha, qishloqlarni qurish, qadimiy shaharlarni
muhofaza qilish (rekonstruksiya qilish), shaharlarni kengaytirish, me‘moriy
majmualar bunyod etish bosh reja asosida amalga oshiriladi va loyihalar
tuziladi. Bunday loyihalar buyurtmalar orqali shaharsozlikka ixtisoslashgan
ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlarida bajariladi.
Bosh reja
- shahar yoki uning muayyan qismlarini rivojlantirish, qurish,
rekonstruksiya qilish uchun ilmiy asosda ishlab chiqilgan istiqbol reja.
shaharsozlik kodeksiga asosan hududiy planlashtirishning asosiy hujjati.
SHahar, shaharcha va qishloqlar uchun ham Bosh rejalar ishlab chiqiladi.
Bosh rejalar asosida shahar va qishloqlarda qurilish ishlari olib boriladi.
125
Do'stlaringiz bilan baham: |