MB
ni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim.
Bundan buyon
axborot
so‘zini
ma’lumot
so‘zidan farqlaymiz, ya’ni
axborot
so‘zini
umumiy tushuncha sifatida qabul qilib,
ma’lumot
deganda aniq bir belgilangan narsa yoki
hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi
axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan
tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish
mumkin.
T i z i l m a l a sh t i r i sh
– bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni
kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular
tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn
fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet
sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy
texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va
foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga
oshirishni nazarda tutadi.
Loyihalash
— moʻljallangan obʼyektlar (apparat va asboblar, bino va
inshootlar, yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar,
radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va
poyabzallar, mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va
namunalari)ni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish
jarayoni. Fan va texnikaning barcha sohalarida qoʻllaniladi. U i. t. ishlari,
iqtisodiy va texnikaviy hisob-kitob, smeta tuzish, chizmachilik va chizmalarni
koʻpaytirish amallarini oʻz ichiga oladi, chizmalar asosida koʻpincha obʼyekt
(bino, mashina va boshqalar)ning maketi tayyorlanadi. Biror bir obʼyektni
individual (yakka tartibda) va tipaviy (ommaviy tartibda) L. mumkin. L.ni
maxsus tashkilotlar, firmalar yoki guruhlar amalga oshiradi. Bular sohalar
boʻyicha yoki ixtisoslashtirilgan tarzda ish yuritadi. Biror obʼyektni L.da
standartlashtirilgan detallar, agregatlar, uzellar va meʼyoriy hujjatlardan keng
foydalaniladi.
U
shbu bosqichlarda amalga oshiriladi: loyiha topshirigʻi, loyiha yechimi va
loyiha sinovi. L oy iha topshirigʻida boʻlajak obʼyektni qurishning shartsharoitlari
va mak,-sadga muvofikligi asoslanadi va uning tafsilotlari belgilanadi. Loyiha
yechimida boʻlajak obʼyektning rejasidan tortib toki tayyor holigacha boʻlgan ishlar
belgilab olinadi. Loyiha sinovida tayyor loyiha maxsus tuzilgan dastur asosida
tekshiriladi.
Bu bosqichlarni amalga oshirishda i. t. ishlari va muhandislik-qidiruv
ishlarini bajarishga ham toʻgʻri keladi. Hozir L. jarayonini avtomatlashtirishga
ayniqsa keng eʼtibor berilmoqda. Bunda tashkiliy
-texnikaviy vositalar, elektron-
hisoblash mashinalari, kompyuterlar, avtomatika vositalaridan foydalaniladi. Bu
vositalar majmui "inson va mashina" tizimini, yaʼni avtomatlashtirilgan L. tizimini
tashkil qiladi. Bu tizim insonni murakkab va sermehnat hisoblash, qiyin jadvallarni
tuzish ishlaridan ozod qiladi, L.ni ancha tezlashtiradi.
[1]
XULOSA
Relatsion ma'lumotlar bazalari ko'pincha meros o'rnini egallagan ierarxik
ma'lumotlar bazalari va tarmoq ma'lumotlar bazalari, chunki RDBMSni amalga
oshirish va boshqarish osonroq edi.
Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi
- bu
qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi
ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni
tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi
.
Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha
tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |