«AUDIT» FANIDAN
BAHOLASH MEZONLARINI QO`LLASH BO`YICHA
USLUBIY KO’RSATMA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT MOLIYA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
Toshkent moliya instituti
“Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi
mudiri
_________ M.Raximov
2019 yil “___” _____________
AUDIT FANIDAN
_____________
S I L L A B U S
Jami soat: 196
Shu jumladan, Ma’ruza: 56
Amaliy mashg’ulot: 56
Mustaqil ta’lim: 84
Sillabus kafedraning 08.08.2019-yil №1-sonli yig’ilishida muhokama qilingan
va tavsiya etilgan.
Toshkent-2019
AUDIT
O’QUV KURSINING SILLABUS
(2019/2020 o’quv yili)
O’quv
kursining
to’liq nomi:
Audit
Kursning qisqacha
nomi:
Audit
Kod: A
Kafedra:
Audit va iqtisodiy tahlil
O’qituvchi haqida
ma’lumot:
Avazov Ilhom Ravshanovich
Qo’shmatov Otaxon Qurbonalievich
iavazov86@mail.ru
qotaxon@mail.ru
Semestr va o’quv
kursining
davomiyligi
7-semestr; 36 hafta
O’quv
soatlari
xajmi:
jami:
196
x
shuningdek:
x
ma’ruza
56
x
seminar
56
x
amaliy
x
mustaqil ta’lim
84
x
Yo’nalish nomi va
shifri
5230900– Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
O’quv
kursining
statusi
Asosiy o’quv kursi
Dastlabki
tayyorgarlik:
Kurs “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”, “Buxgalteriya hisobi”, “Iqtisodiy
tahlil” fanlaridan o’zlashtirilgan bilimlarga asoslanadi.
Kursning predmeti va mazmuni: fan iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mulkdorlar
manfaatini himoya qilish va ularning mulklarini samarali boshqarish, undan oqilona foydalanishni
ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki samarali ichki audit tashkil qilingan
korxonada yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarning hamda bularning natijasida
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli xil jarimalar hamda ko’zda tutilmagan harajatlarning oldi
olinadi. Shu sababli mamlakatimizda korxonaning har tomonlama samarali faoliyat yuritishi,
iqtisodiy barqarorlikka erishishi uchun ichki auditorlar xizmatidan foydalanishi zaruriyati paydo
bo’ladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida auditning kasbiy faoliyati, auditning nazariyasi, auditorlik faoliyati,
auditorlik tekshiruvi, boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida audit fanlarini o’rganishda umumiy
ma’lumotlarni qamrab olgan. O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limning o’rni, Toshkent moliya
institutining faoliyati, oliy o’quv yurtlaridagi o’qish jarayonini tashkil etishning ilmiy asoslari,
mustaqil ish va talabalar mehnatini ilmiy tashkil etish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil
etish, auditorlik kasbining tarixiy rivojlanishi, auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari, audit
kasbiga qo’yiladigan talablar, audit faniga kirish, auditorlik faoliyati, auditorlik tekshiruvlarini
tashkil etish, auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish va ularning amaldagi ijrosini
ta’minlash, auditorlk tekshiruvlarida dalillar olish, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va
auditorlik malaka sertifikatini olish va unga qo’yiladigan talablar, auditning xalqaro standartlari,
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar auditi, investitsiyalar auditi, materiallar auditi, tayyor
mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar va ularning sotilishini auditi, pul mablag’lari va ular bilan
hisoblashishlar auditi, mehnat va ish haqi muomalari auditi, majburiyatlar auditi, xususiy kapital
auditi, moliyaviy natijalar auditi, moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish muomalalari
auditi, xarajatlarni turkumlash va baholash ularning auditi, mahsulot tannarxini muomalalari
auditi, byudjetlashtirish va xarajatlar auditini o’tkazish, O’zbekiston Respublikasida ichki audit
xizmatini tashkil etish va uni rivojlantirish yo’nalishlari bugungi kunda buxgalteriya hisobini
rivojlanishga olib keladi hamda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jixatdan taraqqiy etishiga
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |