A. Tanlash ko‘lami, kuzatish birligi.
B. Tanlash birligi, tanlash uslublari.
C. Saylab olish hajmi, salmoqli (reprezentativ) tanlash.
D. A va B.
E. A, B va D.
7. Qanday tanlashga uyg‘unlashgan tanlash deb ataladi?
A. Tasodifiy sonlar jadvali bo‘yicha tanlash.
B. Tasodifiy va sistematik tanlash usullarining yig‘indisi.
C. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir sondan boshlab, har bir doimiy interval tanlab
olingan usul.
D. A va B.
E. A, B va D.
8. Tanlov o‘tkazishda auditorlik tashkiloti o‘rganiladigan butun to‘plamni alohida guruhlar (quyi
to‘plamlar)ga bo‘lish nima, deb ataladi?
A. Stratifikatsiyalash.
B. Dispersiyalash.
C. Ekstrapolyatsiyalash.
D. Determinlash.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
9. Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning natijalari tahlilini qaysi
hujjatda aks ettiradi?
A. Auditorlik shartnomada.
B. Auditorlik hisobotida.
C. Auditorlik xulosasida.
D. Auditorning ishchi hujjatlarida.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
10. Tekshiriladigan to‘plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish ehtimolining
ta’minlanishi nima, deb ataladi?
A. Dispersiya.
B. Ekstrapolyatsiya.
C. Reprezentativlik.
D. Stratifikatsiya.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
12-MAVZU.
AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI
MAVZU BO‘YICHA TESTLAR
1. Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish qaysi jarayonda vujudga keladi?
A. Audit rejasining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini
umumlashtirish va baholash jarayonida.
B. Audit dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini
umumlashtirish va baholash jarayonida.
C. Audit rejasi va dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi
natijalarini umumlashtirish jarayonida.
D. Audit rejasi va dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi
natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
2. Auditor qaysi hollarda katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko‘rsatuvchi holatlarni obyektiv
baholashi shart emas?
A. Tekshiruv uchun zarur bo‘lgan, auditorga o‘z vaqtida taqdim qilinmagan dastlabki hujjatlar yoki
ma’lumotlarga doir xo‘jalik muomalalari mavjud bo‘lganda.
B. Mutaxassislar hisob-kitoblarida nomuvofiqliklar bo‘lganda.
C. Inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash vedomostlari bilan
rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar
bo‘lganda.
D. Katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so‘rovlariga kutilgan javoblar olinmaganida.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
3. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining umumiy tavsifi auditorlik hisobotining qaysi qismida
ko‘rsatiladi?
A. Adresat.
B. Kirish.
C. Tahlil.
D. Yakuniy.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
4. Auditorlik xulosasi nechta qismdan iborat?
A. 2;
B. 3;
C. 4;
D. 5;
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
5. Auditorlik xulosasiga qaysi qatorda to‘liqroq va aniqroq javob berilgan?
A. Moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda
ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq
bo‘lgan hujjat.
B. Buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi
to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt
moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat.
C. Moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida
belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda
ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyektga taqdim etilgan hujjat.
D. Moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida
belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining maxfiy fikri yozma shaklda
ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq
bo‘lgan hujjat.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
6. Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ayrim qaysi hollarda yuzaga keladi?
A. Auditor mustaqilligini yo‘qotganida.
B. Balans tuzilgan sanadan keyin jiddiy hodisalar sodir bo‘lganda.
C. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan audit o‘tkazish sohasi cheklab qo‘yilganida.
D. Ayrim murakkab vaziyatlar tufayli audit o‘tkazish sohasi cheklab qo‘yilganida.
E. Barchasi to‘g‘ri.
7. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida
qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborotlar auditorlik hisobotining
qaysi qismida ko‘rsatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |