6-jadval.
“Nur” OAJ 31 - dekabr 2013 - y. holatigaMoliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
Ko‘rsatikich
So‘mma ming so‘mda.
1. Sotishdan sof tushum
7 135,6
2. Sotilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi
5 971,3
3. Yalpi foyda
1 164,3
4. Boshqa daromadlar
1 472,3
5. Boshqa xarajatlar
656,5
6. Sof foyda
1980,1
7-jadval.
Quyida keltirilgan jadvallar asosida ma’lumotlarni shakllantiring bazaviy ko‘rsatkichlar hisob-
kitobi
Bazaviy ko‘rsatkich
Bazaviy ko‘rsatkichni
moliyaviy hisobotdagi
ko‘rsatkichi, so‘mmada.
Muhimlik
darajasi,
%
Muhimlik darajasi,
so‘m.
8-jadval.
Muhimlik darajasini balans aktiviga nisbatan taqsimlash
Balans aktivining moddalari
So‘mma,
ming. so‘m.
Salmoq, %
Muhimlik darajasi,
ming so‘mda.
1. Uzoq muddatli aktivlar – jami
45 282,3
shu jumladan:
Asosiy vositalar
45 282,3
2. Joriy aktivlar – jami
2 832,6
shu jumladan:
Materiallar
675,9
Debitorlar
1 823,1
Pul mablag‘lari
40,1
Boshqa joriy aktivlar
293,5
BALANS
48 114,9
Talab qilinadi:
1.
Muhimlik darajasini aniqlash uchun bazaviy ko‘rsatkichlarni shakllantiring.
2.
Umumiy muhimlik darajasini aniqlang.
3.
Barcha hisob-kitoblarni auditorning ishchi hujjatida aks ettiring.
4.
Aniqlagan ko‘rsatkichlaringiz bo‘yicha umumiy xulosa bering.
Masala. Auditorlik firmasi mijozining 3 ta katta magazinlari mavjud. Uning har birida bir
nechta bo‘limlari bo‘lib, ular kamida 5 yilda bir marta hujjatli tekshirishdan o‘tishi kerak. Auditor
oldiga risk yuqori bo‘lgan bo‘limlarni mukammal tekshirish vazifasi qo‘yilgan. Magazinlarning har
birida ichki nazorat bo‘limi mavjud. O‘tgan yili magazinlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan.
Talab qilinadi:
1.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.
2.
Auditor riskni baholash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?
Masala. «ODIL-AUDIT» firmasi sizning auditorlik firmangizga tekshiruv o‘tkazib berish
yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik firmasi bilan shartnomaning buzilish sababi auditorlik
xulosasining o‘z vaqtida taqdim qilinmaganligidir.
«ODIL-AUDIT» firmasining ikkita bo‘linmasi mavjud bo‘lib, ularning birinchisi bosh ofis
bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo‘lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini
o‘rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan shartnoma asosida amalga
oshiriladi. Ikkinchi bo‘linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo‘lib, elektr buyumlarini
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Ikkala bo‘limda ham buxgalter mavjud bo‘lib, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi
bo‘lim daromadli bo‘lib, ikkinchi bo‘limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi
bo‘limni sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo‘limning menedjerlari yuqori malakali
bo‘lib, ishni to‘g‘ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aksiyalar kursini ko‘tarish maqsadida
tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
Talab qilinadi:
3.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.
4.
Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.
Masala. Ichki xo‘jalik riski 80%, nazorat riski 50%, aniqlanmaslik riski 10% bo‘lganda
auditorlik riskining maqbul to‘plamini aniqlang. Holatlarga baho bering, ko‘rsatkichlarni mohiyati
tushuntiring.
Masala. Quyidagi keltirilgan ko‘rsatkichlar asosida aniqlanmaslik riskini aniqlang.
Auditorlik riskining maqbul to‘plami 0,05, ichki xo‘jalik riski 0,75, nazorat riski 0,30.
Holatga baho bering, ko‘rsatkichlar mohiyatini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |