Masala. Sizning auditorlik firmangiz mijozga moliyaviy hisobot tayyorladi. Uch haftadan
so‘ng mijoz telefon orqali qaysidir hujjatda xatoga yo‘l qo‘yilganligini e’lon qildi.
Talab qilinadi: Xatoni yuzaga kelmasligi borasida qanday sifat nazorati tadbiri amalga
oshirilishi lozim. Holatlarni tahlil qiling.
Masala. Yuridik shaxs hisoblangan o‘quv markazimizga ustav fondida davlatga qarashli
ulushi bo‘lgan korxona asos solgan. Shu yo‘nalishda savol tug‘iladi: tashkilotimiz har yilgi
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladimi? Uni o‘tkazmagan taqdirimizda bizga nisbatan
ma’muriy jazo qo‘llaniladimi? Eshitishimizcha, joriy yilning 1-mayiga qadar biz DSIga tegishli
auditorlik xulosasini taqdim etishimiz lozim ekan. Ustav fondida davlatga tegishli bo‘lgan ulush
mavjud bo‘lgan tashkilot unitar (yoki shu’ba, qaram) korxona shaklida barpo etilgan mustaqil
yuridik shaxsning ta’sischisi bo‘lgan taqdirda, u ustav fondida davlatga tegishli bo‘lgan ulushga ega
xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadimi?
Masala. Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) sifatida 12-yildan beri faoliyat yuritib kelaman,
o‘tgan davr ichida umuman tekshirish o‘tkazilmagan. Bu borada quyidagi savollar tug‘iladi:
1. Soliq organi tadbirkorning necha yillik faoliyatini olib tekshiradi?
2. YaTT faoliyati davrida to‘plangan hujjatlarni necha yil saqlashi shart?
3. Tekshiruvchilarning 5 yildan avvalgi hujjatlarimizni talab qilishi to‘g‘rimi?
4. Tadbirkor 5 yildan avvalgi bo‘lib o‘tgan ishlari uchun javob beradimi?
Masala. Soliq tekshiruvlari, ularni o‘tkazish tartiblari va tekshiruv dalolatnomalarini tuzish
masalalari qanday hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona buxgalterlari tomonidan auditorlardan
quyidagi masalalarga tushuntirish berish so‘raldi:
- Bizning kichik korxonamiz umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadi. Prezidentning
2011-yil 4-apreldagi PF-4296-sonli farmonining tekshirishlar muddatlarini uzaytirishga yo‘l
qo‘ymaslik va 2014-yilga qadar tekshirishlarni taqiqlash to‘g‘risidagi me’yorlari nazorat-kassa
mashinalari, to‘lov terminallarini qo‘llash, savdo qoidalari rejadan tashqari qisqa muddatli
tekshirishlarga tatbiq etiladimi?
- Qisqa muddatli tekshirish chog‘ida soliq inspektorlari bizga uning tayinlanganligi
to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etdilar, biroq Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga hech qanday
yozuv qayd etmadilar. Tekshirish dalolatnomasini tanishish uchun bizga taqdim etmadilar, biz hatto
uni tuzgan yoki tuzmaganliklarini bilmaymiz. Biz tekshirish natijalariga qo‘shilmaymiz.
Tekshiruvchilarning harakatlari qonuniymi, biz ularning haqiqiy emas, deb topilishini talab qila
olamizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: