O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Mahsulot tannarxini hisoblashni tekshirish



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/362
Sana11.12.2022
Hajmi6,62 Mb.
#883579
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   362
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

5.Mahsulot tannarxini hisoblashni tekshirish 
Kalkulyatsiya
- bu ayrim turdagi mahsulotlar birligining yoki butun tovar mahsulotlarning 
tannarxini aniqlash usulidir. Kalkulyatsiya muayyan turdagi mahsulotga nisbatan xarajatlarni 
guruhlash usuli sifatida, ishlab chiqarish jarayonining istalgan bosqichida mahsulot (ish, xizmat)lar 
tannarxining har bir tarkibiy elementini kuzatib borish imkonini beradi. Shu boisdan, mahsulot (ish, 
xizmat)lar birligining tannarxini hisoblashni tekshirish ishlab chiqarish xarajatlari auditining muhim 
bo’lagi hisoblanadi.
Auditor xarajatlarning sarf-xarajat moddalari bo’yicha ularning maqsadi va vujudga kelish 
joylariga qarab guruhlanishini hamda bevosita yoki bilvosita yo’l bilan mahsulot (ish, 
xizmat)larning har bir turiga olib borilishini bilishi zarur. Iqtisodiyot tarmoqlarida sarf-xarajatlar 
tarkibi turlicha va tegishli tarmoq (yoki tarmoqlararo) yo’riqnomalar va uslubiy tavsiyalar bilan 
belgilanadi.


 
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashni tekshirishda auditor quyidagilarning 
to’g’riligini aniqlaydi: 
-
mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) uchun qilinadigan xarajatlarning turkumlanishini; 
-
xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisobga olish va hisobdan chiqarish 
(taqsimlash); 
-
yaroqsizlik (brak) dan va bekor turib qolishdan ko’rilgan yo’qotishlar; 
-
tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash; 
-
bilvosita sarflarni taqsimlash; 
-
xarajatlarni hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblash usullarini 
qo’llash; 
-
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga doir schyotlarning o’zaro bog’lanishi 
(korrespondentsiyasi)ni tuzish; 
-
ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma, analitik va sintetik hisobini yuritishni; 
-
xarajat schyotlari bo’yicha analitik va sintetik hisob yozuvlarining bosh daftar hamda 
balansdagi yozuvlarga mos kelishi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashda har xil usullar qo’llaniladi.
Sanoat ishlab chiqarishida tannarx hisoblash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: oddiy usul, 
normativ usul, buyurtmalar usuli, bosqichlar usuli.
Auditorlik tekshiruvining vazifalaridan biri - tanlangan kalkulyatsiyalash usulining 
asosliligini tasdiqlashdan iborat.
Xarajatlar mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilish xususiyatiga ko’ra muayyan 
mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri olib boriladigan bevosita va bilvosita 
xarajatlarga bo’linadi.
Bilvosita xarajatlar ko’p elementli bo’lib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda 
belgilangan qaysidir ko’rsatkichga mutanosib ravishda alohida mahsulot turlari o’rtasida 
taqsimlanadi. Qanday ko’rsatkichga mutanosib taqsimlash usulini har bir korxona tarmoq 
xususiyatidan kelib chiqib mustaqil aniqlaydi. Masalan, sanoatda mutanosib taqsimlash ko’rsatkichi 
sifatida quyidagilar qo’llaniladi: 
-
asosiy ish haqi; 
-
qurilmalarni saqlash va ishlatish uchun qilinadigan smeta (normativ) xarajatlar; 
-
mahsulot massasi va hajmi; 
-
ishchilar tomonidan ishlangan kishi-soatlar; 
-
qurilmalarning mashina-soatlar soni.
Auditorning vazifasi korxona hisob siyosatida qabul qilingan va amalda qo’llanilayotgan 
bilvosita sarflarni taqsimlash usulining to’g’riligini tasdiqlashdan iborat.
Bir necha turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi (har xil mahsulot ishlab chiqaruvchi) 
korxonalar bilvosita xarajatlarini ular o’rtasida taqsimlamaydigan holatlar auditorlik amaliyotida 
tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda har xil mahsulotlar tannarxlarining buzib ko’rsatilish hollari 
sodir bo’ladi, haqiqiy moliyaviy natijalar yashiriladi.

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish