Ishlab chiqarishga mo’ljallangan asosiy vositalarni sotib olish va ularning dastlabki
qiymatini shakllantirishga oid xo’jalik muomalalarini buxgalterlik hisobining schyotlarida
aks ettirishga doir misollar.
№
Muomalalar
Summa
so’m
Korrespondentsiyalanuvch
i schyotlar
Dt
Kt
1.
Sotib olingan yig’ma mebel uchun schyot-faktura aktseptlandi:
Harid qiymatiga
to’langan: QQS summasiga
120000
24000
0820
4510
6010
6010
2.
Mebelni tashib keltirgan transport idorasining schyot fakturasi
aktseptlandi:
Ta’rif bo’yicha ko’rsatilgan xizmat qiymati
qo’shilgan qiymati solig’i (QQS) summasiga
15000
3000
0820
4510
6010
6010
3.
Mebelni yiãish uchun ish haqi hisoblandi.
4000
0820
6710
4.
Byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar hisoblandi:
ijtimoiy sug’urta fondiga
nafaqa fondiga
bandlik xizmati fondiga
1440
80
80
0820
0820
0820
6520
6520
6530
5.
Ob’ekt hisobga qabul qilindi:
Dastlabki qiymatiga (0820 schyotni yopish)
140600
0140
0820
6.
To’langan qo’shilgan qiymat solig’i hisobga o’tkazildi.
27000
6410
4510
Asosiy vositalarning kirimiga oid muomalalarni tekshirishda ob’ektlarning dastlabki qiymati
to’g’ri shakllanganligiga e’tibor berish kerak. Chunki, u mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga
qo’shiladigan, har oylik amortizatsiya (eskirish) summalarini aniqlashda asos bo’lib hisoblanadi.
Bunda 0800- «Kapital qo’yilmalarni hisobga oladigan schyotlar»ning ma’lumotlari tekshiriladi. Bu
schyotlarda sotib olinib yoki qurib bitkazilib, balansga qabul qilinishi lozim bo’lgan (0120 schyot
debeti va 0810 schyotning krediti) ob’ektning dastlabki (inventar) qiymati aniqlanadi. Umumiy
qoidalarga ko’ra u (QQS) asosiy vositaning dastlabki qiymatiga kiritilmaydi.
Lekin ushbu qoidadan amaldagi qonunchilik bilan o’rnatilgan ayrim mustasnoliklar mavjud.
Xususan, qo’shilgan qiymat solig’i asosiy vositalar qiymatiga quyidagi hollarda kiritiladi: agar
asosiy vositalar imtiyoz berilgan (QQS to’lashdan ozod qilingan) mahsulot ishlab chiqarish, ish
bajarish, xizmat ko’rsatish uchun sotib olingan bo’lsa, hisob va hisobot tizimining soddalashtirilgan
rejimida ishlaydigan kichik tadbirkorlik sub’ektlari asosiy vositalarni sotib olganida asosiy vositalar
byudjet ajratma (assignovaniya) lari hisobidan sotib olinganda;
korxonada yangi qurilish pudrat usulida amalga oshirilganda, qurilish bo’layotgan vaqtda
pudratchiga to’langan QQS qurilayotgan ob’ektning inventar qiymatiga qo’shiladi.
Qurilish xo’jalik usuli bilan amalga oshirilganda ham korxona har oyda 0810
«Tugallanmagan qurilish» schyoti debetida oy davomida aks ettirilgan xarajatlar summasiga
nisbatan belgilangan miqdorda byudjetga QQS hisoblaydi (Debet 0810 schyot, Kredit 6410 schyot).
Auditor pul o’tkazish yo’li bilan sotib olingan, qurib bitkazilgan, tayyorlangan asosiy
vositalar ob’ektlariga doir xarajatlar, mazkur ob’ektning dastlabki (inventar) qiymati
shakllanadigan, 0810, 0820, 0840 va 0890 schyotlarda hisobga olinayotganligini tekshirishi lozim.
Bunda asosiy vositalarning dastlabki (inventar) qiymatiga qo’shiladigan xarajatlarning
tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |