g‘ami zanjiri orqali amalga oshirilganda esa anchagina kichik
qiymatga ega bo‘ladi. Chunki o ‘zgarmas tok qo‘zg‘atish chul-
g‘ami zanjirining quvvati yakor zanjiri quvvatining 1-5% ni tash
kil qiladi.
4. Berilgan tezlikda mo‘tadil
ishlashi yuklama mdmentini
berilgan og‘ishida aylanish tezligining o ‘zgarishi bilan tavsif-
lanadi va u mexanik tavsifning qattiqligiga bogiiq tavsif qancha
qattiq bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi. Agarda tezlik rostlanayot-
ganda tavsif qattiqligi o‘zgarsa, u holda tezlikning berilgan qiy
mati atrofida tebranishi ham o‘zgaradi.
5. Tezlik rostlanayotgandagi yo‘nalish, ya’ni tezlikning
asosiy tezlikka nisbatan ortishi yoki kamayishi rostlash turiga
bog‘liq. Asosiy tezlik kuchlanish
va magnit oqimining nominal
qiymatlariga mos keladi. Bu tezlik, dvigatel zanjirlarida hech qan
day tashqi qarshilik bo‘lmaganda olinadi, ya’ni w ning asosiy
nuqtasi tabiiy mexanik tavsifda bo‘ladi.
0
‘zgarmas tok dvigateli
tezligi yakor zanjiridagi qarshilikni o‘zgartirish orqali rostlanadi.
Dvigatel rejimida bir xil yuklamada dvigatel tezligi qarshilikni
oshirganda kamayadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, qarshilikni o ‘zgar-
tirib (kiritib) rostlash asosiy tezlikka nisbatan faqat pastga qarab
amalga oshiriladi. Bunga teskari ravishda
magnit oqimini kamay-
tirib rostlash esa normal yuklamalarda tezlikning ortishiga olib
keladi, ya’ni bu holda rostlash asosiy tezlikdan yuqori tezlikka
tomon amalga oshiriladi.
6
. Dvigateldagi joiz yuklam a tezlikni rostlash turiga bog‘liq.
Tezlikka nisbatan yuklama momentining o ‘zgarishi turli sanoat
mexanizmlari uchun turlichadir. Masalan, ko‘p mexanizmlar
0
‘z-
garmas momentda tezlikni rostlashni talab etadi. Bunday mexa-
nizmlarga ko‘tarma kranlar, prokat stanlari kiradi. Masalan, tokar-
lik dastgohida tezlikni rostlash quvvat o‘zgarmagan holda amalga
oshirilishi kerak. Ba’zi mexanizmlarda
mahsulotga ishlov berish
jarayonida chiziqli tezlikni (yoki kesish tezligini) o‘zgarmas holda
saqlab turish talab etiladi. Bu sharoitda kesish tezligining kuchga
ko'paytmasi o ‘zgarmas quvvatni beradi.
Prinsipial jihatdan mos ravishda dvigatel quvvatini tanlash
bilan (katta quvvatdagi dvigatel tanlab) tezlik rostlanayotganda
quvvat yoki yuklama momentini har qanday o‘zgarishini ta’min-
lash mumkin. Lekin bu holda dvigatel tezligini rostlash tejamsiz
boMishi mumkin. Chunki dvigateldan turli tezliklarda bir xilda
foydalanib bo‘lmaydi va ishlayotganda
bir xil tezlikda dvigatel
to‘la yuklanmagan bo‘lib qoladi.
Dvigatelning to‘la yuklanmasligi dvigatelni ishlatish (foyda-
lanish) ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Chunki
dvigatelning FIK kamayadi, o‘zgaruvchan tokda esa bundan tash-
qari quvvat koeffitsiyenti ham kamayadi. Shuning uchun iloji
boricha dvigatel barcha tezliklarda to‘la yuklangan rostlash usu-
lini tanlash kerak.
Dvigateldagi joiz yuklama uning
qizish darajasi bilan chek-
lanadi. Qizish darajasi o‘z navbatida dvigateldagi energiya sarfiga
bog‘liq bo‘lib, bu sarf asosan dvigateldan oqayotgan tok bilan
aniqlanadi.
Agar barcha tavsiflarda ishlayotganda tokning qiymati dviga
telning nominal toki qiymatiga teng bo‘lsa, bu holat dvigatelni
barcha tezliklarda to‘la yuklanganligini ko'rsatadi.
Rostlash tavsifida ishlayotganda, joiz yuklama, tokning nomi
nal qiymati bilan aniqlanadi va turli rostlash usullari uchun tur-
licha bo‘ladi.
3.2. BOSHQARILUVCHI TO‘G‘RILAGICH-
DVIGATEL TIZIMLARI
Zamonaviy elektr yuritmalarida boshqariluvchi to‘g‘rilagich-
dvigatel (.
BT-D
) tizimi keng qo‘llaniladi. Ular katta kuchlanish
1000 V gacha toki bir necha ming ampergacha bo‘lgan ko‘p fazali
boshqariluvchi tiristor va tranzistorli to‘g‘rilagichlami o‘z ichiga
oladi.
BT-D
tizimining foydali ish koeffitsiyenti
G-D
tizimnikidan
ancha ortiq. Yuritmaning
elektromagnit inersiyasi
G-D
tizimiga
o‘xshab generator qo‘zg‘atish chulg‘ami ikkita mashinaning yakor
zanjiri inersiyasi bilan emas, faqat asosan dvigatel yakori iner
siyasi bilan aniqlanadi.
Statik o ‘zgartgich (ВТ) qo‘lanilganda
BT-D
tizimining ishon-
chliligi
G -D
tizimiga qaraganda ikki marta ortadi. Shu bilan birga
yuritmaning massa - hajm o ‘lchamlari ham kamayadi. Keltirilgan
afzalliklar
BT-D
tizimining hozirgi kunda keng ko‘lamda qo‘lla-
nilishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Ventil o‘zgartgichlarining boshqarish
tizim larini yaratish
prinsiplari va tasnifi. Bir fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar-
ning ishlash prinsipini 3.1-rasmdan tushuntirish mumkin. Sinx-
ronlashtiruvchi qurilma SQ arrasimon kuchlanish generatori AKG
ni boshqaradi. Bu generator faza bo‘yicha tarmoq kuchlanishi
U,
bilan sinxronlashtirilgan davomiyligi 180° elektr gradusiga teng
bo‘lgan ustun kuchlanishi
Ullsl
ni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: