XII BOB.KORXONA STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH
Tayanch so’z va iboralar:
Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanish, himoyalanuvchi strategiya, xujumkor
strategiya, missiya, maqsad, strategiyani shakllantirish bosqichlari.
12.1.Korxona strstegiyasi va uning turlari
Har qanday korxonaning uzoq muddatli samarali faoliyati, uning iqtisodiy
o‘sishi va rivojlanishi, potensial inson kapitali va boshqa resurslardan eng qulay va
oqilona tarzda foydalanish imkonini beruvchi strategik yo‘nalishlarni tanlash bilan
belgilanadi. Strategiya korxonaning barqaror iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishini,
mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishni ta‘minlamog‘i lozim.
Shu o‘rinda
“o’sish”
va
“rivojlanish”
tushunchalarining mohiyat va mazmuni
turlicha ekanligiga e‘tibor qaratish lozim.
―O‘sish‖ – korxona o‘lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining
kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv
hajmining o‘zgarishi.
Rivojlanish esa birinchi navbatda xo‘jalik tizimining sifat jihatidan o‘zgarish
va yangilanishi, barcha bo‘limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va
mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko‘zda
tutadi.
Nazariya va amaliyotda iqtisodiy tizimlarni rivojlantirishning 3 asosiy
konsepsiyasi ajratiladi.
Ideal – tadbirkorlik obektiga fan–texnika taraqqiyoti doirasida zaruriy
innovatsiyalarni joriy etish asosida samaradorlikni oshirishni ta‘minlaydigan
o‘zgarishlar kiritish.
Real – moliyaviy – iqtisodiy holatdagi dastlabki salbiy belgilar aniqlanishi
bilan korxonada qisman reforma (qayta o‘zgarishlar) ni amalga oshirish.
Radikal – boshqaruvni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va
ishlab
chiqariladigan
mahsulot
raqobatbardoshligini
oshirish,
mehnat
unumdorligini
oshirish,
xarajatlarni
kamaytirish,
moliyaviy
natijalarni
yaxshilashga yo‘naltirilgan tub islohotlarni amalga oshirish.
Rivojlanishdan farqli ravishda korxonada ishlab chiqarishning o‘sishi
quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Gorizontal – mavjud va yangi bozorlarda bir xil turdagi mahsulotlar ishlab
chiqarish va sotish hajmlarini ko‘paytirish orqali (geografik ekspansiya);
Vertikal – texnologik jihatdan o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarishni tashkil
etish yoki birlashtirish orqali ta‘minotchi yoki iste‘molchiga yaqinlashtirish:
Diversifikatsiyalangan – turli ishlab chiqarishlarni bir konglomeratga
birlashtirish.
O‘sish korxona iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ichiga
shakllanish, o‘sish, yetuklik, pasayish, barqarorlashuv kabi davrlarni oladi.
Amaliyotda rivojlanish va o‘sish o‘zaro aloqadorlikda, bir – birini to‘ldirgan
holda maydonga chiqadi.
Biznes sohasida strategiya quyidagilar tarzida namoyon bo‘ladi:
– korxonaning uzoq muddatli maqsadlariga erishish bo‘yicha tashkiliy–iqtisodiy
choralar tizimi;
– maqsad, imkoniyat va xodimlar imkoniyatlarini ta‘minlaydigan yo‘nalishlar
sifatida;
– asosiy maqsadga erishish uchun muammolarni va resursni belgilayligan harakat
dasturi;
– korxonaning raqobat ustunligiga erishishini ta‘minlaydigan samarali ishchan
konsepsiya;
– maqsadga erishish vositasi;
– istiqbolni tadqiq etish;
– korxona faoliyatini boshqarish uslublari tizimi;
– korxona faoliyati uchun istiqbol yo‘nalishlar majmui.
Korxona miqyosida iqtisodiy strategiya mohiyati 4 ta muhim savolga
javobda namoyon bo‘ladi:
korxona hozir qanday iqtisodiy–moliyaviy holatda?
uning istiqboldagi istalgan va real holati qanday?
kuchli va zaif tomonlarni, xatar va imkoniyatlarni e‘tiborga olgan holda
rivojlanishning qanday muqobil yo‘nalishlari mavjud?
tanlangan strategiyani qanday harakatlar, uslub va vositalar bilan amalga
oshirish mumkin?
Mazmuniga ko‘ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy
bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni ko‘zda tutadi.
Korxonada strategik yechimlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
– korxona joylashadigan joyni tanlash;
– ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiyalash;
– ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy huquqiy shaklini, mehnatni va ishlab
chiqarishni tashkil etishning shakllarini o‘zgartirish;
– innovatsiyalar – yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, yangi mahsulot turlarini
yaratish, bozorlarga chiqish;
– korxonalarni qo‘shilishi va mulkchilikning boshqa shakllariga o‘tkazilishi.
Strategiyalarni shakllantirishda tadbirkorlikning quyidagi tamoyillariga rioya
qilish lozim:
– ijodiy yondashuv – yuzaga keladigan muammolarni ko‘ra olish qobiliyati;
– innovatsiya – texnika va texnologiyalardagi, mehnatni tashkil etish, tovar va
bozor siyosatidagi o‘zgarish va yangilanishlarga tayyorlik;
– moslashuvchanlik;
– korxona faoliyatining barcha sohasini e‘tiborga olish;
– o‘zining kuchli tomonlarini rivojlantirish;
– strategiyani amalga oshirilish qobiliyati;
– samaradorlik;
– ichki ustunliklarni hisobga olish va xodimlar motivatsiyasini kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |