1.2. Kursni o’rganish uslubiyati.
Ilm yoki fanning metodologiyasi deyilganda uni bilish va o‘rganish
faoliyatining shakllari hamda usullari tushuniladi. Shu fan bo‘yicha masalani
o‘rtaga tashlash, tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish. shuningdek,
aniqlangan natijaning haqiqiyligi, ya‘ni o‘rganilayotgan ob‘yektga muvofiqligi
jihatidan tekshirish metodologiyasini qo‘llashning eng muhim tomoni hisoblanadi.
Demak, metodologiya - bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘li, voqelikni amaliy
yoki nazariy o‘zlashtirish usullarining majmuasidir.
―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish ― fanining metodologik
asosini dialektika bilimining umumiy nazariyasi tashkil etadi. Bu nazariyaga
binoan masalalar va voqeliklar o‘zaro aloqadorlikda, bir-birini taqozo etish, vaqt
va fazoda ularning o‘zgarishi va rivojlanishida eskilik bilan yangilikning kurashida
ko‘rib chiqiladi.
Dialektika usuli muammolar o‘rganilayotganda omillar va shart-sharoitlarning
namoyon bo‘lishi va yuz berishi ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy
ekanligini inobatga olishni taqozo etadi. Dialektika usuli o‘z ichiga mantiqiy va
namunaviy usullarni oladi.
O‘rganishning mantiqiy usuli quyidagi yondoshishlarda o‘z aksini topadi: rejali
iqtisodiyot nuqtai nazaridan, tarmoqlararo, tizimtik, kompleks, optimallashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida bu fan har turli xususiy usullardan,
jumladan, mushohada, abstrakt tafakkur, induksiya va deduksiya, analiz va sintez,
monografik usul, statistik usullar (sifat va miqdor, indeks, guruhlash, balanslik va
u bilan bog‘liq bo‘lgan normativ usul, extimollar), iqtisodiy - matematik
modellashtirish, optimallashtirish, modellashtirish, anketalash, ekspertli baholash,
iqtisodiy eksperiment (tajriba) dan foydalanadi.
Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi
darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan
jarayonning asl mohiyatiga e‘tiborni qaratishdir.
Bu usul yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga
ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Tahlil bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni
izchillik bilan o‘rganish.
Sintez bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit
jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir.
Namunaviy usul o‘z mazmuniga binoan ma‘lum bilim, maslaxat, tavsiyalar
beradigan tajribani umumlashtirishni bildiradi.
―Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish ― faniga oid barcha
masalalarni yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator usullar yordamida o‘rganish,
tahlil qilish bu fanni o‘rganuvchilarning va uning muammolari yechimini hal
etuvchilarning bilimi va ilmiy saloxiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |