11-bob.
AXBOROT-KUTUBXONA M UASSASA-
LARINING ICHKI M E’YORIY
HUJJATLARI
Hujjatlar idora ichida,
shuningdek,
boshqa muassasalar,
sheriklar, vositachilar bilan tashkiliy-huquqiy, me’yoriy, ishlab
chiqarish munosabatlarini mustahkamlaydi va qarorlar qabul
qilish uchun asos bo‘ladi, ularning
bajarilishini qayd qiladi,
tahlil va umumlashtirish vositasi ma’lumot ishi uchun material
bo'lib xizmat qiladi.
Axborot-kutubxona muassasalarining ichki me’yoriy hujjat-
larini tashkil qiluvchi hujjatlar ro‘yxati, awalo, uning tashkiliy-
huquqiy statusiga, shuningdek, boshqa omillarga, ta’sischi, ish-
bilarmon sheriklar va h.k.lar talabiga ham bogiiq.
Yuridik shaxs hisoblanuvchi axborot-kutubxonada hujjatlar
ro‘yxati korxona, muassasa, tashkilotning tuzilmaviy boiinmasi
hisoblanuvchi uncha katta boim agan
axborot-kutubxonaga
nisbatan toiiqroq boiadi.
Asosiy me’yoriy hujjatlar ro‘yxati:
1.
Ta’sis etuvchi shartnoma — axborot-kutubxona muassa-
salarida tashkil etish haqidagi mulkdorning qarori.
2. Axborot-kutubxona muassasalar ustavi — asosiy ta ’sis
etuvchi hujjat.
3. Axborot-kutubxona muassasalari haqida nizom — yuridik
shaxs statusiga ega boimagan axborot-kutubxonalar uchun aso-
siy tartibga soluvchi hujjat.
4. Axborot-kutubxona muassasalaridan foydalanish qoi-
dalari — axborot-kutubxona va
foydalanuvchi munosabatini
tartibga soluvchi asosiy majburiy hujjat.
5. Axborot-kutubxona muassasalarning ichki mehnat tartib-
qoidalari — 0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvo-
fiq ma’muriyat va axborot-kutubxona xodimlari o‘rtasidagi o‘za-
ro munosabatlar haqidagi hujjat.
90
www.ziyouz.com kutubxonasi
6. Kollektiv (jamoaviy) shartnoma axborot — kutubxonadagi
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hujjat.
7. Axborot-kutubxona muassasalarining shtat jadvali.
8. Axborot-kutubxona muassasalari bo‘linmalari
tuzilishi
haqidagi nizom — axborot-kutubxonadagi tashkiliy-boshqaruv
munosabatlarini tartibga soluvchi hujjat.
9. Xodimlar bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar).
10. Faoliyatning alohida jihatlari haqidagi nizom: pullik
xizmatlar, shartnomaviy munosabatlar,
xodimlar mehnatini
moddiy rag‘batlantirish va boshqalar.
11. Xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari.
12. Direktor (bo‘lim mudiri)ning buyruq va farmoyishlari.
13. Kollegial, e'tiborli va jamoatchilik boshqaruv organlari-
ning (yig‘ilish, majlis, kengash va boshq.) qarorlari.
14. Yuqori organlar va tashkilotlarning me’yoriy hujjatlari.
15. Axborot-kutubxonachilik va noshirlik ishi standartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: