Mavzu. Innovatsion loyiha va dasturlarni iqtisodiy tahlil qilish va baholash uslubiyoti


 Innovatsion loyihalarni baholash uslubiyati



Download 130,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.12.2022
Hajmi130,84 Kb.
#880722
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu

9.2. Innovatsion loyihalarni baholash uslubiyati.
Milliy iqtisodiѐtni barqaror о‘sishini ta’minlashda innovatsion iqtisodiѐtning ishtiroki va 
joriy qilinganligi makro, mezo va mikroiqtisodiy darajadagi belgilari orqali aniqlash mumkin. 
Mamlakatda innovatsion iqtisodiѐtning joriy etilganligi makroiqtisodiy darajada belgilar 
quyidagilarda namoѐn bо‘ladi: 
-qonunchilik bazasi va me’ѐriy hujjatlarning innovatsion iqtisodiѐtni har tomonlama 
qо‘llab-quvvatlash va himoya qilish nuqtai nazaridan yangidan qabul qilinganligida;
-mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil etish va biznesni yuritishni moliyalashtirishning 
yangi institutlarini tashkil etilganligida. Ma’lumki, xо‘jalik yuritishning har qanday shaklida joriy 
etilaѐtgan yangi texnologiya, g‘oya ѐki innovatsion iqtisodiѐt moliyaviy mablag‘ orqali 
moliyalashtirishni talab etadi. Innovatsion iqtisodiѐtni joriy etgan mamlakatlar tajribasiga e’tibor 
qaratadigan bо‘lsak bu sohani moliyalashtirishda davlatning byudjet mablag‘lari va xususiy 
mablag‘lar hisobidan amalga oshirilgan. Uning miqdori mamlakat YAIMga nisbatan baholanadi;
-ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatishning barcha bо‘g‘inlarida bosqichma-bosqich asosiy 
va ѐrdamchi fondlarni zamonaviy texnoliyalar bilan almashtirish siѐsatining joriy etilganligi. 
Xususan, bu borada gap ketganda, asosan mamlakat ishlab chiqarish jaraѐnida foydalanilaѐtgan 
asosiy vositalarning ѐshiga e’tibor qaratiladi. Masalan, yaponiyada asosiy ishlab chiqarish 
vositalar har 6-7 yilda, AQShda 8-9 yilda, Germaniyada 9-10 yilda tо‘liq yangilanadi, ya’ni ularda 
asosiy vositalarning о‘rtacha foydalanish davri mos ravishda, 6,5, 8,5 va 9,5 yili tashkil etadi. 
Innovatsion iqtisodiѐt jadal qо‘llanilgan sharoitda ushbu kо‘rsatkich yanayam qisqaradi. 
Ta’kidlaganimizdek, mamlakatda innovatsion iqtisodiѐtni joriy etilganligining keyingi 
belgilaridan biri mezoiqtisodiy darajada namoѐn bо‘ladi. Tadqiqotlar natijasida, innovatsion 


iqtisodiѐt qо‘llanilganda mezoiqtisodiy darajada quyidagi jaraѐnlar sodir bо‘ladi. 1.Hududlarning 
innovatsion faolligi ortadi. Bu mamlakat hududlarini qisqa, о‘rta va uzoq muddatga mо‘ljallangan 
investitsion va iqtisodiy rivojlantirish dasturlari orqali amalga oshirilib, ushbu dasturlar qabul 
qilingandan sо‘ng, ularni amaliѐtda joriy etilishi va о‘zining ijtimoiy-iqtisodiy samarasi 
hududlarning innovatsion faolligi ortib borishi ѐki pasayishida kuzatiladi.
2.Hududlardagi asosiy va yetakchi sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishning tarkibiy о‘zgarishi va 
diversifikatsiyalashuvi yuz beradi.
3. Mamlakat hududlarida investitsiyalarni jalb etish va asosiy fondlarni modernizatsiya qilish 
muhiti paydo bо‘ladi. Yuqorida davlatning ichki va tashqi siѐsatining asosiy yо‘nalishlari sifatida: 
―mamlakatda biznes muhitni yaratish, bozor mexanizmlari, qoida va tartibini joriy etish va 
ularning tо‘liq amal qilishini ta’minlash‖ ekanligini ta’kidlagan edik. Mazkur fikrimizni ushb 
mavzuda rivojlantirish orqali ta’kidlamoqchimizki, mamlakat iqtisodiѐtida innovatsion 
iqtisodiѐtni joriy etilganligi darajasini mezoiqtisodiy darajadagi kо‘rsatkichlari sifatida hududlarda 
gaz, suv va elektr-energiya ta’minoti hamda yо‘llarning sifatini keltirish maqsadga muvofiq. 
Xususan, О‘zbekistonda aynan shu infratuzilmaning yetarli va uzluksizligini ta’minlanishi 
innovatsion iqtisodiѐtni samarli joriy etish imkoniyatini beradi, shu bilan birga hududlarga 
investitsiyalarni jalb etish va asosiy ishlab chiqarish vositalarini modernizatsiya qilish muhiti 
paydo bо‘ladi. Biz innovatsion iqtisodiѐtni joriy etish darajasini belgilovchi makro va 
mezodarajadagi belgilarini atroflicha kо‘rib chiqdik, ta’kidlaganimizdek uning mikrodarajagi 
belgilari ham mavjud, ularning asosiylari bо‘lib: korxona va tashkilotlar hamda xizmat kо‘rsatish 
bо‘g‘inlarida asosiy va ѐrdamchi fondlarning yangilanishi, ishlab chiqarish unumdorligi va 
rentabelligining oshishi, ishlab chiqarish jaraѐnlarini tarkibiy о‘zgartirish va diversifikatsiyalash, 
yetarli darajada moliyaviy mablag‘larga ega bо‘lish kabi kо‘rsatkichlarda namoѐn bо‘ladi. 
Tadqiqotlar va о‘rganishlar natijasi shuni kо‘rsatmoqdaki, iqtisodiѐtda innovatsion iqtisodiѐtni 
belgilovchi kо‘rsatkichlar juda kо‘pqirralidir. Ularni barchasini mazkur mavzuda keltirishning 
birinchidan imkoniyati yо‘q, ikkinchidan ahamiyatga ega ham emas.
Innovatsiya nazariyasining rivojlanish tarixi о‘rganib, о‘tgan asrning ikkinchi yarmidan 
innovatsiyalar iqtisodiѐtni barqaror о‘sishini ta’minlovchi eng asosiy vosita bо‘lganligiga xulosa 
qilishimiz mumkin. О‘z navbatida innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiѐtni salohiyatiga baho 
berishda innovatsiya indikatorlarini ishlab chiqish va amaliѐtga joriy etish alohida ahamiyat kasb 
etadi. Iqtisodiy adabiѐtlarda innovatsion rivojlanish samaradorligini baholashdagi indikatorlar 
tizimi innovatsiyalarning hususiyatlariga va turli boshqa omillarga bog‘liq ravishda hisoblanadi. 
Binobarin, bugungi kunda halqaro amaliѐtda iqtisodiѐtni innovatsion rivojlanish darajasini 
baholashning Innovation Index WB, Innovation Capacity Index, Global Innovation Index 
INSEAD, Innovation Index WEF kabi kо‘rsatkichlari mavjud. Ushbu kо‘rsatkichlarning 


ahamiyati va hisoblash usullarining о‘ziga xos hususiyatlari turlicha bо‘lib, har bir inovatsion 
rivojlanish indeksi ma’lum bir tahliliy va boshqaruv vazifalarini bajarishga mо‘ljallangan.
Tak’idlash joizki, innovatsiya indekslarini hisoblash asosan Jahon banki41, Xalqaro 
iqtisodiy forum (The World Economic Forum WEF), BMTning rivojlantirish dasturi (the UN 
Development Program UNDP), BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti (the UN Industrial 
Development Organisation UNIDO), YEIning Yevropa innovatsiyalari komissiyasi (EU 
Commission European innovation) kabi xalqaro tashkilotlari buyurtmasiga asosan RAND 
Corporation va boshqa yirik xalqaro analitik kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi. 
Shunindek, ushbu tahlillar davlat hukumatlarining milliy iqtisodiѐtning innovatsiya salohiyatiga 
baho berishi, yirik investorlar ѐki xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan mablag‘ ajratishda 
davlatning innovatsiya siѐsati oldidagi vazifalarini belgilab olish maqsadida о‘tkaziladi.
Dunѐning yetakchi davlatlarining ilg‘or tajribalariga nazar tashlaydigan bо‘lsak, bugungi kunda 
mamlakatlarning innovatsion salohiyatini о‘lchashda miqdoriy va sifatni aniqlovchi hamda turli 
omillarga bog‘liq ravishda о‘zgarib turuvchi 100 ga yaqin indikatorlar (indeks) amal qiladi43. 
Ushbu indekslarni hisoblashda ta’lim, ilm-fan, texnologiyalar, inson kapitali, innovatsion va 
ijtimoiy-siѐsiy muxit, rasmiy milliy statistika ma’lumotlari, aholi va tegishli mutaxassislardan 
olingan sо‘rov natijalari birlashtirilgan holda yaxlit tizimga keltiriladi. Masalan, 2015 yilning 
global innovatsiya indeksini (GII-2015) hisoblashda 79 ta kо‘rsatkich bо‘yicha dunѐning 141 
mamlakatining innovatsion-iqtisodiy salohiyati baholangan. Shuningdek, ushbu indeksni 
hisoblashda dunѐning 400 dan ortiq yirik kompaniyalari mutaxassislaridan sо‘rov о‘tkazilganligini 
e’tirof etgan holda, innovatsiyalarning global rivojlanish tendensiyasiga ham baho berishimiz 
mumkin.
Bizga ma’lumki, keyingi yillarda ekologik muammolar yuzaga kelgani sababli olimlar 
innovatsion ekotizimni barpo etish bо‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda. О‘z navbatida, 
rivojlangan mamlakatlarda inson kapitaliga va innovatsiya inftrutuzilmasiga yо‘naltirilgan 
investitsiyalar innovatsion ekotizimni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda

Download 130,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish