Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari


-rasm. U rug‘ni tu p ro q q a ekib ko‘mish usullari: a - urug‘ni tekislangan dalaga; b - egatga; d - cho‘qqisi



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/55
Sana05.12.2022
Hajmi1,93 Mb.
#879619
TuriУчебник
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
bA4EESzhazix8FNG0uWjFXdwQ53H1NsAL3hTK4yI

124-rasm.
U rug‘ni tu p ro q q a ekib ko‘mish usullari:
a - urug‘ni tekislangan dalaga; b - egatga; d - cho‘qqisi
tekislangan pushtaga; e-janubga qaratib olingan pushtaga;
f - W simon egatga; g - plyonka ostiga.
Pushtaga ekish usuli bahorda quyosh nuridan to‘g‘ri 
foydalanib, tuproqni tezroq qizdirib, ekishni ertaroq boshlash 
uchun qo‘llaniladi. Pushtalar ko‘pincha kuzda, olib qo‘yilib, 
maxsus jihozlangan seyalka yordamida uning ustiga urug‘ ekiladi 
(124- 
d
rasm). Ayrim joylarda pushtalarga quyosh nurini tik 
tushirib, yerni ekin ekish uchun tezroq yetiltirish maqsadida, 
pushtalarni 30° ostida janub tomonga qaratib tayyorlanadi (124- 
e
rasm).
W
simon egatga ekish usuli (124- 
f
rasm) kuchli shamol 
esadigan va tuprog‘i sho‘rlangan mintaqalarda qo‘llaniladi. 
W
harfi 
shaklidagi egat tubida tuz miqdori kamroq bo‘ladi, uning yon 
tomonlaridagi tuproq uyumlari yosh nihollarni kuchli shamoldan 
himoyalaydi.
Plyonka ostiga u ru g ‘ ekishning istiqboli katta, chunki 
plyonka yopilgan joy tuprog‘i erta bahorda tez isib, urug‘ni 7-10
217


kun oldin ekib tabiiy namlikda tezda undirib olish imkoni bo‘ladi. 
Natijada hosildorlik sezilarli darajada oshadi (124- 
g
rasm).
Tuproq tarkibi, holati, iqlim sharoiti va urug‘ning
xossalarini e'tiborga olgan holda ekish usulini to ‘g ‘ri tanlash
ahamiyatga egadir.
A grotexnik talablar. Urug‘larni ekadigan mashinalarning 
ishiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi. Urug‘ni tayinlangan 
m e’yorini o ‘zgarishi ±3 % dan oshmasligi kerak. Urug4 yer 
maydoni bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi lozim. Qo‘shni qatorlarda 
ekilgan urug‘ miqdori bir-biridan don ekishda 6%, dukkakli 
ekinlarni ekishda 10%, chigit ekishda 10% dan ortiq farq qilmasligi 
talab qilinadi. Ekilayotgan urug‘ning seyalka qismlariga tegib 
shikastlanishi don ekishda 0, 2%, dukkakli ekin ekishda 0, 7%ni 
tashkil qilishi kerak.
Seyalkalarning tasnifi. Ekin turiga qarab, chigit, don, 
makkajo‘xori, lavlagi, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urug‘ini 
ekadigan turlardagi seyalkalar ishlatiladi. Ular orasida faqat bir 
turdagi urug‘ni ekadigan maxsus va bir-biriga o ‘xshash bir necha 
turdagi urug‘larni ekadigan universal turlari ham bo‘ladi. Ayrim 
kombinatsiyalashgan seyalkalar urug‘ ekish bilan bir vaqtda 
mineral o‘g‘itni ham tuproqqa ko‘mib keta oladi. Urug‘ ekish 
usuliga ko‘ra seyalkalar qatorlab, to r qatorlab, uyalab, kvadrat- 
uyalab, donalab, sepib va plyonka ostiga ekadigan tu rla rg a 
bo‘linadi. Traktorga ulanish usuli bo‘yicha tirkalm a va osma 
turlarga ham bo‘linadi. Don seyalkalari, asosan, tirkalma bo‘lib, 
maxsus moslama yordamida bir nechta seyalkalardan qamrov 
kengligi katta bo‘lgan agregat tuzilib, uni quvvati ko‘p bo‘lgan 
traktorga ulanadi. Ulardan katta maydonli dalalarga urug‘ ekishda 
foydalanish mumkin. O‘lchamlari cheklangan maydonlarga 
ekiladigan ekinlar (paxta, lavlagi, sabzavot...) uchun osma 
seyalkalardan foydalangan m a’qul.
Ishchi qismlarini joylashishiga ko‘ra seyalkalar monoblokli, 
modulli va seksiyali turlarga bo‘linadi. Monoblokli seyalkada 
yaxlit rama bo‘lib, unga hamma ishchi qismlar o ‘rnatiladi (125- 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish