Ishlarini bajarilish tartibi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/21
Sana05.12.2022
Hajmi0,56 Mb.
#879593
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Choriyev laboratoriya ishi

 
Laboratoriya ishi №5 
 
Аrоmаtik аminlаr bo`yichа bаjаrilаdigаn sintеz (аnilin nitrоbеnzоlni qаytаrish а) qаlаy 
b) tеmir yordаmidа qаytаrish, m-nitrоаnilin, о-аminоfеnоl sintеzi) 
 
Anilin sintezi. 
Reaktivlar :
10,3 ml nitobenzol, 20g temir (mayda kirindisi), 90ml xlorid kislota (d – 1,18), 
kaliy gidroksid, dietil efir. 
Ish mo’rili shkafda bajariladi! 
Sig’imi 500 ml li tubi yumaloq kolbaga 10,3 ml nitrobenzol va 20 g temir qirindisi solinsdi. 
So’ngra oz-ozdan, taxminan 1-2 ml dan, konsentrlangan xlorid kislota qo’shiladi. Har gal kislota 
qo’shilganidan so’ng kolba 25-30 mm uzunlikdagi nay yoki havo sovitgich o’rnatilgan rezina 
probka bilan bekitiladi va kolbadagi mahsulot yaxshilab aralashtiriladi. 20 ml xlorid kislota 
qo’shilgandan keyin uning qolgan qismi (70 ml) 8-10 ml li portsiyalarga bo’lib qo’shiladi. Agar 
qaytarilish reaksiyasi shiddatli borsa, kolba suv bilan sovitiladi. Xlorid kislotaning hammasi 
qo’shib bo’lingach kolba vaqti-vaqti bilan chayqatib turilgan holda qaynayotgan suv hammomida 
30 min davomida qizdiriladi. Nitrobenzol hidi chiqmay qolishi reaksiya tamom bo’lganidan darak 
beradi. So’ngra aralashmaga ishqoriy muhit hosil bo’lguncha ehtiyotlik bilan 30 g natriy 
gidroksidning 40 ml suvdagi eritmasi qo’shiladi. Bunda suv bug’i bilan haydash asbobi tayyorlab 
qo’yilgandan keyin, aralashmaga ishqor eritmasi quyiladi, aks holda, anilinning bir qismi 
bug’lanib ketishi mumkin. Anilin qaynoq reaksion aralashmadan suv bug’i bilan haydab olinadi. 
yig’gich kolbada yig’ilgan suvli emulsiya asta-sekin qavatlarga ajratiladi. Sovitgichdan rangsiz 
distilyat ajrala boshlagandan so’ng yana 80 ml ga yaqin suyuqlik haydaladi. Anilin suvda sezilarli 
darajada eritdi. Shu sababli uni mumkin qadar to’la ajratib olish uchun hayadab olingan mahsulot 
osh tuzi bilan to’yintiriladi. Buning uchun har 100 ml distilyatga 20 g yaxshi maydalangan natriy 


12 
xlorid qo’shiladi. Aralashtirib turilgan holda osh tuzi eritiladi va anilin ketma-ket 40, 20 va 20 ml 
efir bilan ekstraksiyalab ajratib olinadi. Ekstraktlarni qo’shib kaliy gidroksidning bir necha qattiq 
bo’lakchalari bilan quritiladi va asbobdan uzoqroqda, 65-70
0
C gacha isitilgan suv hammomida efir 
haydaladi. Efir haydalib bo’lingandan keyin o’sha kolbadan havo sovitgichi orqali anilin 
haydaladi. Anilin miqdori 30 g atrofida. Anilin (aminobenzol) – o’ziga hos hidli, rangsiz yoki och 
sariq rangli suyuqlik, yorug’lik ta’sirida va havoda qorayadi, suvda yomon eriydi (20
0
C da 3% va 
100
0
C da 6%), spirt, efir, benzol bilan aralashadi. Molekulyar massasi 93,14; suyuqlanish 
temperaturasi 6,15
0
C; qaynash temperaturasi 184,4
0
C;
20
4
d
1,0217; 
20
D
n
1,5863. Anilin kuchli 
zahar. 
S i f a t r e a k s i y a l a r i. Anilinning oksidlanishi. 
1. Probirkada 4 tomchi anilin 10 ml suvda eritiladi, bir necha tomchi xlorid kislota 
qo’shiladi va kaliy bixromatning kristallaridan bir necha donasi 2 ml suyultirilgan sulfat kislotada 
eritiladi. Aralashma ehtiyotlik bilan qizdirilganda to’q yashil rang va qora cho’kma hosil bo’ladi 
(«qora anilin»). 
2. Probirkaga 2 tomchi anilin, 20 ml suv va 2-3 tomchi xlorli ohak eritmasidan qo’shiladi. 
O’ziga hos binafsha rang hosil bo’ladi. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish