R. O. Ismatov Nammqi, "Menejment" kafedrasidotsenti, iqtisod fanlari


X iz m a t k o 'r s a t is h v a s e r v i s ( 2 0 1 7 yil I- chorak)



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/325
Sana05.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#879482
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   325
Bog'liq
Стратегик менежмент

X iz m a t k o 'r s a t is h v a s e r v i s ( 2 0 1 7 yil I- chorak)
166


жумладан; киш лок жумладан; киш лок
# Хизматлар номлари 
млн.сум
жоиларида*
(млн.сум)
жоиларида*
(улуши, %)
усиш
суръати, %
1
^ Хизматлар хажми - 
жами
Алока ва
1
657061.1
1
171504.4
1
26.1
1
113.4
2 ахборотлаштириш 
хизматлари
40127.9
393.3
1
106.2
3 Молия хизматлари
74723.3
13368.3
17.9
126.7
4 Транспорт хизматлари 170634.2
69759.89999999999 40.9
113.6
^ Яшаш ва овкатланиш 
хизматлари
26799.8
4350.9
16.2
111
6 Савдо хизматлари 
Кучмас мулк билан
223495.8
65204.7
29.2
110
7 боглик булган 
хизматлар
15298.8
2024.1
13.2
108
8 Таълим хизматлари
30918.4
2731.8
8.800000000000001
2731.8
^ Согликни саклаш 
хизматлари
4222
770.7
18.3
117.1
^ Ижара ва прокат 
хизматлари
Компьютерларни ва
7759.4
1233.2
12.2
110.1
^ ^ маиший товарларни 
11 таъмирлаш 
хизматлари
6374.7
4648
72.90000000000001
110.4
12 Шахсий хизматлар
Меъморчилик,
мухандислик
17451.4
5162.3
29.6
5162.3
13 изланишлари, техник 
синовлар ва тахлил 
сохасидаги хизматлар
4253.8
413.2
9.699999999999999
110
^ Бошка турдаги 
хизматлар
35001.6
1441
4.1
133.7
Aholiga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish va yurtdoshlarimizning turmushi 
darajasini yaxshilash yuzasidan mamlakatimizda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
. Jumladan, xalqimiz farovonligini yuksaltirish maqsadida 2009 yil - “Qishloq 
taraqqiyoti va farovonligi yili”, deb e’lon qilinib, qishloqlarimiz infratuzilmasini 
tubdan yaxshilash, zamonaviy uy-joylar barpo etish, qishloq aholisining turmush 
darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan alohida davlat dasturi 
tasdiqlandi. Ana shunday ulkan o ‘zgarishlarning tashabbuskori bo‘lgan Prezidentimiz 
Islom Karimovning 2012yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari hamda 2013yilga m o‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi m a’ruzasida ushbu 
sohani rivojlantirishga yana bir bor e ’tibor qaratilib, 2013yilda qishloq joylarda
167


namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish ko‘lamini yanada 
kengaytirish alohida o‘rin tutishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Qabul qilingan Davlat dasturi asosan quyidagilarga yo‘naltirilgan:
■ qishloq aholi punktlarining arxitekturaviy rejalashtirilishini tashkil etish, 
qishloqda turar-joy va ijtimoiy soha ob’ektlari barpo etilishini loyihalashtirish 
tizimini tubdan takomillashtirish;
■ qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada 
rivojlantirish asosida qishloqdagi turmush sifatini oshirish;
■ mamlakatimizning 
o‘zida 
qurilish 
materiallari 
ishlab 
chiqarishni 
kengaytirish, yig‘ma konstruksiyalar va mahalliy materiallardan foydalangan holda, 
qishloqda ob’ektlar qurilishining industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etish va 
boshqalar.
"Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat dasturiga muvofiq qishloq 
qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash, 
qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy 
qurilishida uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida 
2009 yil 30 martda O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1083-sonli qarori 
bilan “Qishloq qurilish bank”i tashkil etildi.
Namunaviy loyihalar asosida uy-joy qurilishiga oid normativ-huquqiy hujjatlar 
quyidagilar hisoblanadi:
■ “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi to ‘g‘risida 
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1046-sonli 
qarori;
■ «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to ‘g ‘risida 
O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli qarori;
■ «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining faoliyatini tashkil 
etish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to ‘g ‘risida 
O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 martdagi 90-sonli 
qarori;
■ «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to ‘g ‘risida»gi O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 
avgustdagi PQ-1167-sonli qarori;
■ «Tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy 
qurilishi uchun «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 
imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to ‘g ‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 
O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 25 maydagi 148-son 
qarori;
■ «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida «Qishloq qurilish invest» 
injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari
168


to ‘g ‘risida»gi O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 
oktyabrdagi 280-sonli qarori;
■ O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 
"Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini ko‘p martalik transh 
bo‘yicha moliyalashtirish dasturini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora- 
tadbirlar to ‘g ‘risida" gi 2012 yil 11 yanvardagi PQ-1683-sonli qarori;
■ O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 14 yanvardagi “2012 yilda 
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish 
dasturi to ‘g‘risida”gi PQ-1687-sonli qarori;
■ O ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 12 oktyabrdagi 
“2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibda uy-joylar 
qurilishi bo‘yicha dasturni tayyorlash choralari” to ‘g ‘risidagi 291-sonli qarori;
■ O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi “2013 yilda 
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha individual uy-joy qurilishi bo‘yicha 
dastur to ‘g ‘risida”gi PQ-1902-sonli qarori.
Mamlakatimizdagi "Qishloq qurilish invest“ injiniring kompaniyasi O ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2009 yil 3 avgustdagi PQ-1167-sonli qaroriga muvofiq 
qishloq joylarda uy-joy qurilishini tashkil etish bo‘yicha yagona buyurtmachi 
tashkilot hisoblanadi.
"Qishloqqurilishloyiha" MCHJ esa qishloq aholi punktlarini arxitekturaviy 
jihatdan rejalashtirishni tashkil etish va qishloq qurilishini loyihalashtirish tizimini 
tubdan yaxshilash, shu asosda qishloq qiyofasini tubdan o ‘zgartirish maqsadida 
tashkil qilingan korxona hisoblanadi.
O ‘zbekistonda namunaviy uy-joy qurilishini tashkil qilishning namunaviy 
loyihasi "Qishloqqurilishloyiha" loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan va 
tasdiqlangan 
uy-joy 
loyihasi 
bo‘lib, 
zamonaviy 
qurilish 
materiallari 
va 
texnologiyalarini yurtimiz mintaqalarining tabiiy iqlim sharoitlarini va joylarning 
relefini, ijtimoiy demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi.
Namunaviy uy-joy qurilishi fuqarolarga kredit berish yo‘li bilan iste’molchilarga 
sotiladi va fuqarolarga kredit ajratish shartlari quyidagicha:
■ muroj aat qilgan kunida 18 yo shga to ‘ lgan;
■ kreditga layoqatli qishloq fuqarolariga;
■ namunaviy loyiha bo‘yicha uy-joy qiymatining 25 foizdan kam bo‘lmagan 
miqdorda boshlang‘ich badalini to ‘plaganlaridan so‘ng;
■ eng kam ish haqining 1000 barobarigacha (shuningdek, uy-joy smeta 
qiymatining 75 foizigacha);
■ imtiyozli foiz stavkasi bilan;
■ asosiyqarzniqaytarishbo‘yichabiryilmuddatgaimtiyozlidavrbilan;
■ 15 yil muddatgacha kredit ajratiladi.
169


Aholi tomonidan kredit olish esa quyidagicha belgilangan:
1. Qishloq qurilish injiniring kompaniyasining tegishli filialiga murojaat qilib, 
namunaviy loyihani tanlaydi va dastlabki shartnomani tuzadi.
2. Loyiha qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi mablag‘ni omonatga qo‘yib, 
kredit olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim etadi.
3. Bank tomonidan dastlabki badal qo‘yilgani va kredit ajratishga ijobiy xulosa 
berilganidan so‘ng QQI IK xududiy filiali bilan uy-joy qurilishi uchun asosiy 
shartnoma imzolanadi.
4. QQI IK bilan tuzilgan shartnoma asosida qurilish bosqichma-bosqich 
moliyalashtiriladi. Bunda avval 25 foiz avans to ‘lovlari, ular moliyalashtirilganidan 
so‘ng kredit, keyin yakuniy to ‘lov amalga oshiriladi.
5. O b’ekt davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va uy-joy egasiga 
topshiriladi.

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish