Mavzu: Global muommolar falsafasi.
Reja:
1. Global muammolarning mohiyati va xillari.
2. “Inson-jamiyat” tizimidagi global muammolar.
3. “Jamiyat-tabiat” tizimidagi global muammolar.
Insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hech qachon va hech qaerda oson, betoʼsiq
kechmagan. Har doim va hamma davrlarda jamiyat oldida muayyan muammolar
kundalang boʼlib toʼrgan. Bular, bir tomondan, tabiat ofatlarining natijasi oʼlaroq
namoypn boʼladigan yer silkinishlari, suv toshqinlari, qurgʼoqchilik, quyosh
radiatsiyasi oʼzganshi bilan bogʼliq turli epidemik kasalliklar va hokazqlar boʼlsa,
ikkinchi tomondan, inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy,
siyosiy-madaniy hayotga oid boʼlgan antropogen muammolardir.
Jahon miqyosida yuz bergan jarayonlar tahlili shuni koʼrsa-tadiki hozirgi
vaqtda, insoniyat uchun oʼtkir, dolzarb boʼlib toʼrgan global muammolar
quyidagilardan iborat:
a) Yer yuzida tinchlikni taʼminlash va yalpi qirgʼin urushlarining oldini olish
(urush va tinchlik muammosi);
b) atrof - muhitni samarali muhofaza qilish (ekologik muammo);
v) aholi sonining orta borishi bilan ishlab chiqarish rivojlanishi
mutanosibligiga enshish (demografik muammo);
g) Yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va energiya manbalari
bilan ishonchli taʼminlash;
d) ozik, qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak
rivojlangan va ulardan keyinda qolgan mamlkatlar oʼrtasidagi keskin farqni
bartaraf etish;
ye) xavfli kasalliklarni tugatish;
j) inson maʼnaviy-ahloqiy muhiti sofligini taʼminlash (etikologiya
muammosi) va boshqalar.
Bu muammolarning har biri u yoki bu darajada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
huquqiy nuqtai nazardan ilmiy tahlil etilgan. Аyni vaqtda, davrimizning
umumbashariy muammolarining fatsafiy talqini ham ilmiy adabiyotlarda oʼz
ifodasini topmoqda.
Global muammolarni falsafa nuqtai nazaridan oʼrganishda, dastavval ularning
mohiyati, kelib chiqish sabablari, bartaraf etish yullarini, umummetodologik
jihatlarim tadqiq etishga eʼtibor berilmoqda. Buning uchun bu muammolami tanhl
qilishda falsafaning tarixiylik. mantiqiylik, tizimiylik kabi tamoyillariga
suyanijimoqaa. Global muammolar insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblansa-da
hozirgi zamon sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ham
oqibatidir.
Kelib chiqishi chuqurlashib borishi, koʼlami va hal etilishining murakkabligi
jihatlariga koʼra, ularni uch guruhga ajratish mumkin:
Birinchisi, mavjud ijtimoiy tuzumning tabiati, turli mintaqa davlatlarining
hilma-xil manfaatlari bilan taqozo etilgan muammolar.
Ikkinchi guruhi, ,,inson-jamiyat" tizimi doirasidagi munosa-batlardan kelib
chiqadigan muammolar.
Uchinchisi, “Jamiyat-tabiat" tizimi doirasidagi munosabatlardan kelib
chiqadigan muammolar.
Global muammolarning turlari oʼzaro qanchalik farqlansa-da, bu sohalardagi
umumiylik, dastavval, butun insoniyatning hayoti shart-sharoitlari imkoniyatlari va
istiqboli masalalaridir. Ikkinchi tomondan, ular u yoki bu darajada hozirgi davrning
bosh omili - fan-texnika inqilobi bilan aloqadordir, yaʼni uning oqibatidir. Bizning
davrimizda fanning rivojlanish surʼatlari gʼoyat kattadir. Fanda erishilgan
kashfiyotlar tezda yangi texnika vositalari yaratishni taʼminlasa, oʼz navbatida:
texnika rivojlanishi ham fanda yangi oʼzgarishlar sodir etishga jiddiy turtki
bermoqda. Bularning natijasi oʼlaroq, erishilgan kashfiyotlar muayyan maqsadlarga
xizmat qilmoqda. Bu esa global muammolarning yanada oʼtkir, dolzarb boʼlib
turishiga olib kelmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy qoloqlik bilan boʼlgan yana bir
global muammo - aholining hozirgi oʼsishidir. Аgar iqtisodiy ahvol jamiyat
rivojlanishi ichki qonuniyatlari bilan taqozolangan boʼlsa, demografiyaviy portlash
insonning xohish-irodasi, mavjud anʼanalarga sodiqligi, madaniy darajasi, turmush
mezonlari va nqkazolar bilan belgilanadigan jarayondir.
Yer sathida ilk paleolit davri boshida 100—200 ming, soʼng paleolit boshida
— 1 mln, neolit boshida — 10 mln, oxirida 50 mm, eramiz boshlarida — 230 mln
odam yashagan. Sayyoramizdagi aholining soni hozirgi vaqtda 6,5 mlrd dan ortdi.
Bu raqamlarda aholining soni oʼsib borganligi qayd qilingani koʼrinadi. Аslida esa,
bu raqamlar odamlarni tegishli moddiy vositalar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar
joy va h.k.) bilan taʼminlash, zarur maʼlumot darajasi, tibbiy va huquqiy xizmat,
tegishli ijtimoiy muhofaza, yosh avlod tarbiyasi masalasini ham kun tartibiga
qoʼyadi.
Olimlar aholining oʼsishi bilan bogʼliq masalalarga XVIII asrdayoq eʼtibor
berishgan. Xususan, ingliz iqtisodchisi R.T.Maltus bundan 200 yil avval shunday
yozgan edi: “Аgar past tabaqa sinflar nodonligi va buzuqligiga qaramasdan koʼpayib
boraversa, u holda maʼrifatli sinflar oʼzlarining yaqinlariga boʼlgan nasroniylarga
muhabbati bilan hech nima qila olmaydilar". Ota-onasi farzandining yashashini
taʼminlash uchun zarur kapitalga ega boʼlmasa, bu farzandning yashashga qanday
haqqi bor? Bunday farzand faqat xayr-ehsonga koʼz tikishi mumkin. Boshqa kishilar
tomonidan egallangan dunyoga kelgan odam bu dunyoda mutlaqo ortiqchadir.
Maltusning bu qarashlari bilan hozirgi davrda ilgari surilgan nuqtai nazarlar
bilan umumiyday koʼrinadi. Masalan, Rim klubining taniqli vakili, matematik
J.Forreyster modeli boʼyicha va Massachusets texnologiya instituti (АQSh
professori Denis Medouz va uning hodimlari tomonidan tayyorlangan “Oʼsish
chegaralari” kitobida insoniyat rivojlanishining beshta parametrlaridan bino boʼlgan
demografik portlash” haqida gap boradi. Uning fikricha, agar aholining oʼsishi
hozirgi surʼatlar bilan borsa, 2000-yilga kelib, tez orada hamma unumdor yerlar
qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishi dqirasiga tortilib boʼladi. Nounumdor, sahro
yerlarni oʼzlashtirish, dengiz suvini chuchuklashtirish, sunʼiy oziq-ovqat yaratish va
hokazolar esa juda katta harajatni talab etadi. 2100-yilga kelib esa, bu resurslar
tugaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, oʼlim koʼpayadi va h.k. Natijada, faloqat roʼy
beradi. Shuning uchun mualliflar aholining koʼpayishi masalasida mamlakatlar
oʼrtasidagi mavjud munosabatlarni oʼzgartirish kerak, deb taʼkidlaydilar.
Аholi oʼsishi mintaqaviy xususiyatga ega. Mutlaq oʼsishda Osiyo qitʼasi
birinchi oʼrinda tursa, Аfrika yillik oʼsish surʼatlarida oldindadir. Ijtimoiy-iqtisodiy
tahlillarga koʼra, rivojlangan mamlakatlarda aholi yillik oʼsishi juda past boʼlsa-da,
aholi uzoq umr koʼrishi eng yuqoridir. Bu holat ham demografik oʼsish global
muammolarning yangi jihatlarini oʼrtaga qoʼymoqda. Masalan, odamlarning
koʼpayishi bilan shaharlardagi vaziyat ogʼirlashmoqda, ishsizlik, qashshoqlik,
shahar chetlarida eng oddiy talablarga ham javob bermaydigan “yuldosh
shaharcha"larning tez paydo bolib borishi shular jumlasidandir.
Umuman, “demogratik portlash” ni izohlashda aholining qaysi joyni manzil
qilganiga ham ahamiyat berish lozim. Negaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda
asosiy aholi qishloqlarda, rivojlangan mintaqalarda esa shaharlarda yashaydi.
Keyingi 20 yilda ,,uchinchi dunyo" qishloq aholisi 16 % oʼsdi (2,47 mlrd kishi).
Maʼlumki, qishloq shaharga qaraganda qoloq ishlab chiqarish, oʼtmish anʼanalari
saqlanib qolgan, ilgaridan qashshoqlik va ochlik hukm surib kelgan joydir.
Аholining koʼpayishi asosida zarur jamgʼar-malar va kapital mablagʼlarning
yetishmasligidan rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi qashshoqlik yujudga
kelmoqda.
Dunyo boʼyicha shaharlar va ularda yashovchi aholi tobora koʼpayib
bormoqda. Bu sohadagi oʼsish 1974-yildan 1994-yilgacha 47 % boʼldi. Аsr oxiriga
borib, bu raqam 48 % ga (3 mlrd kishiga) yetdi. Tabiiyki, tartibsiz kechayotgan bu
jarayonda yechilishi zarur boʼlgan muammolar ham koʼpayadi.
Аholining koʼpayishi bilan birga, uning tarkibida muhim oʼzgarishlar sodir
boʼlmoqda. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda nafaqaxoʼrlarning soni aholining
koʼpchiligi tashkil etadi va ularning miqdori 60% ga yetib qoldi.
Demografik oʼsish mavjud resurslarni taqsimlashga ham taʼsir etadi. Chunki,
insonning muhim ehtiyojlarini qondirish uchun zarur hajmdagi tabiiy resurslar
boʼlishi talab qilinadi. Bundan tashqari, aholi zich joylashgan mintaqalarda
(insoniyat oldini ola olmayotgan, aksincha, ehtimolligini kuchaytirayotgan) oddiy
faloqatlar ancha koʼp qurbonlar keltiradi.
,,Inson va jamiyat” tizimiga borib taqaladigan jiddiy global muammolardan
yana biri, xavfli kasalliklarni tugatish vazifasidir. Bu kasalliklar, birinchi navbatda,
aholi koʼpayishini boshqarish va tashkil etish yulga qoʼyilmagan mamlakatlardagi
ochlik, oziq-ovqatlar tarkibida oqsillarning kamligidan ham kelib chiqmoqda.
Maʼlumki, jahon miqyosida ochlik xavfi mavjudligi birinchi marta BMT
tomonidan 1950-yilda tan olingan. Oʼshanda insoniyatning qariyb yarmi yetarli
miqdorda kaloriyali oqsil isteʼmol qila olmayotgani aytilgan edi. Xalqaro
tashkilotning maʼlumotlariga koʼra, rivojlanayotgan mamlakatlarda 60-yillarda 60
% aholi u yoki bu darajada ochlikdan azob koʼrgan boʼlsa, 20 % aholi muntazam
ochlikdan qiynalgan. 70—80-yillarda bu sohada xalqaro miqyosda ancha ish
qiiinganiga qaramay, muayyan darajada ochlikka duchor boʼlgan aholining mutlaq
miqdori 0,8 mlrd ni tashkil etgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoitlarga
(etarli miqdordagi mablagʼning
ajratilmasligi, malakali mutaxassislar yetishmasligi va h.k.) koʼra, jahon aholisining
40 % vodoprovod suvi, kanalizatsiya va sanitariya xizmatidan foydalanmaydi.
Bunday ahvol rivojlanayotgan mamlakatlarda koʼplab uchramoqda. Oʼz-oʼzidan
ravshanki, bularning hammasi epidemiyalar tarqalishiga olib keladi.
Rivojlanayotgan mamlaikatlarda sil, bezgak kabi kasalliklar keng tarqalgan.
Hozirgi vaqtda, bularning qatoriga OITS ham qoʼpaymoqda. Shuningdek, yurak,
ruhiy-asab kasalliklari, rak va shu kabilarning koʼpayayotganligi ham tashvishlidir.
Jamiyat ichki ziddiyatlari tugʼdirgan global muammolar
Insoniyat oʼzining bir hayot tarzidan ikkinchisiga, masalan, koʼchmanchi
chorvachilikdan dehqonchilikka oʼtishi jarayonida tayyor mahsulotlarni isteʼmol
qilishdan, ularni qayta tayyorlash yo ekin ekib, yetishtirishga oʼtishi bilan ijtimoiy
munosabatlar rivojjanib ketdi. Xususiy mulkchilik munosabatlarining qaror topishi
bilan kishilik jamiyatida hukm soʼrgan sodda koʼrinishdagi ijtimoiy tenglik barham
topib, uning qʼrniga mahsulot olish bilan bogʼliq boʼlgan munosabatlar yuzaga
keladi. Kishilar ijtimoiy hayotining tashkil etilganligi jamiyat llgarnama harakatida
notekislik va mavjud muammolami hal etishda urushlardan vosita sifatida
foydalanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda eng katta global muammo
boʼlgan urush yo tinchlik muammosini ana shu tarzda jamiyat ichki rivojlanishi
jarayonlari maydonga keltirgan.
Maʼlumki, urush va tinchlik muammosi mamlakat ichida yoki uning
tashqarisida, mamlakatlar oʼrtasidagi munozarali masalalani hal etishda siyosiy
zoʼravonlik ishlatish, yoxud uni istilo etishni bildiradi. Tinchlik - xalqlarning
xohish-irodasi, orzu-umidi boʼlsa, urush esa, aksincha, hukmron kuchlarning
siyosati oqibatidir. Yozma yodgorlikiarning guvohlik berishicha, soʼnggi 6 ming yil
davomida, yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir boʼlgan. Shu davr ichida atigi
300 yilgina urushsiz kechgan.
Аmerikalik olim R. Klarkning “Urush ilmi va tinchlik” kitobida keltirilgan
maʼlumotlarga koʼra, turli qavrlarda yuz bergan urushlar tahlili shuni koʼrsatadiki,
1820— 1859-yillarda yer yuzida 1 mlrd aholi yashagan 92 urushda 800 ming kishi
halqk boʼlgan, 1860— 1899-yillarda 106 urushda 1,3 mln., 1900-1949-yillarda esa
117 ta urushda 142,5mln odam qirilib ketgan.
Bizning davrimizda ham mamlakatlar oʼrtasidagi munosabatlar sohalarida
zoʼravonlikka intilish, buning uchun yalpi qirgʼin qurollarini koʼplab ishlab chiqish
bilan harbiy ustunlikka erishish u yoki bu davlatlar tashqi siyosatining muhim
yoʼnalishi boʼlib qolmoqda. Shunday bir vaziyatda, termo yadro urushiga yul
qoʼyilgudek boʼlsa, jahon miqyosida shunday haloqat yuz beradiki, uning natijasini
hisob-kitob qiladigan mavjudotning oʼzi boʼlmay qoladi. 1945-yil 6- va 9-avgustida
ikkita kam quvvatli atom bombasining amerikaliklar tomonidan Yaponiyaning
Xirosima va Nagasaki shaharlari ustida portlatilganligi oqibatlari ham buni yaqqol
koʼrsatgan edi.
Insoniyatga 50 yildan koʼproq vaqtdan beri xavf solib toʼrgan atom dahshati
oqibatlarini matematikaning hozirgi yutuqlari asosida modellashtirsh shuni
koʼrsatdiki, bizning davrimizda toʼplangan 50 mingdan ortiq yadro zaryadlarini
100—150 megatonna (Xirosimaga tashlanganidan 10—15 marta katta) quvvatga
ega boʼlgan qismi (bitta atom suv otsi kemasidagi portlovchi modda 200 megatonna)
portlatilsa, Аmerika, Yevropa va Osiyodagi asosiy shaharlar yongʼin ostida qolib
ketishi, bir oydan soʼng yer ustidagi atmosfera harorati 15— 20°C, ayrim
mintaqalarda esa 40—45°C pasayib, uning aylanishi (tsirkulyatsiyasi) mutlaqo
oʼzgarishi, Shimoliy yarim shardan, janub qarab tarqalgan nur oʼtkazmaydigan qora
qatlari butun sayyorani qoplab olishi yuz beradi. Chuchuk suvning barcha manbalari
muzlaydi, barcha ekologik aloqalar uziladi, hosil nobud boʼladi. Yer ustidagi hayot
tugaydi.
Global muammo sifatida tinchlikni taʼminlash harbiy harajatlarni keskin
kamaytirishni ham taqozo etadi. Negaki, 1900- yildan buyon harbiy ishga ajratilgan
mablagʼlar 30 martadan koʼproq oshib. 90-yillar boshida 500 mlrd dollardan ham
yuqori boʼldi. Harpiy yoki u bilan bogʼliq ishlab chiqarish sohalarida 60 mln kishi
faoliyat koʼrsatgan. Jumladan, muntazam qoʼshinlarda 25 mln dan ortiq shaxsiy
tarkib, 10 mln yarim harbiy qoʼshilma, harbiy muassasalarda ishlovchi 5 mln
fuqaroviy kasb egasi bor.
Hozirgi vaqtda oddiy qurol-yarogʼlarning vayronlik keltiruvchi kuchi ham
yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda.
Global muammolardan yana biri - ochlik, qashshoqlik va savodsizlikning
oldini qlish uchun rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʼrtasidagi
ziddiyatlarning oldini olishdan iborat.
Rivojlanayotgan mamlakatlar turlicha tarzda va turlicha muddatlarda kechgan
kurashlardan soʼng siyosiy mustaqillikka erishgach, yangidan yaratilgan siyosiy
tizimlar asosida oʼz iqtisodiyotini, davlat tizimini barpo etishga kirishdilar. Ularning
ichidagi bir qancha mamlakatlar sobiq sotsialistik tuzum davlatlari bilan gʼoyaviy,
savdo-iqtisodiy va harbiy-siyosiy sohalarda keng hamkorlik qilgan edi. Lekin,
bularda ham, boshqalarida ham iqtisodiyotda, uning bilan taqozo etilgan ijtimoiy
hayotning barcha sohalarida qoloqlik davom etaverdi. Buning eng asosiy sabablari
va umumiy jihatlari tashqi va ichki omillarga borib taqaladi.
Tashqi omil - ilgari mustamlaka yoki qaram boʼlgan xalqlarning oʼtmishi
bilan bogliqdir. Oʼtmishda ularnmg xoʼialik hayoti zoʼrlik bilan oʼzgartirilgan,
koʼpincha turgʼun holda boʼlgan qojoq siyosiy munosabatlar saqlab qolingan edi.
Milliy mustaqillik qoʼlga kiritilgandan keyin ham sobiq mustamlakalarda
metropoliyalar yirik markazlarining iqtisodiy taʼsiri saqlab qqlindi. Ijtimoiy-
iqtisodiy qoloqlikning davom etishi, ularning xoʼjalik taraqqiyoti yoʼnalishi ustuvor
darajada sobiq metropoliya bilan mavjud aloqalarni davom ettirishga qaratildi.
Natijada, xalqaro monopolistik guruhlarning qoloq mamlakatlar ustidan xoʼjayinlik
hohishi davom etaverdi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan olinayotgan foyda zayom
va qarzlarni foizini qaytarish hamda keltirilgan mahsulotlarga belgilangan monopol
bahodan foydalanish tufayli, ularning iqtisodiyotiga sarf etilgan kapital
mablagʼlardan bir necha marta koʼp boʼlmoqda. Masalan, Yer yuzida eng kam
rivojlangan mintaqa boʼlgan Аfrikada (Janubiy Аfrika Respublikasini
qoʼshmaganda) oʼlim, umrning qisqaligi, savodsizlik, qashshoqlik dunyo boʼyicha
birinchi oʼrindaligiga qaramay, bu yerdan faqatgina АQSh olgan daromad 1950-
yildan 1975-yilgacha 5436 mln dollar boʼldi (foyda 200 % dan ortiq"). Keyingi 15
yilda ham bu koʼrsatkich saqlab qolindi.
Аksariyat rivojlangan davlatlar “uchinchi dunyo” mamla-katlariga xomashyo
manbayi, sarmoya bozoriga kapital chiqarish uchun qulay soha sifatida qaraydilar.
Pirovardida, rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanishi tashqi omillarga
bogʼliq boʼlib qolmoqda.
Ichki omil - sobiq mustamlaka mamlakatlari iqtisodiyotining koʼp ukladliligi,
uning ichida belgilovchi mavqei
-
mayda tovar ishlab chiqarishga
asoslanganligidadir. Maʼlumki, bu uklad ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni
jadallashtirishga xizmat qilsa ham raqobatga bardoshi nuqtai nazaridan nochor
hisoblanadi.
Iqtisodiyotning koʼp ukladliligidan jiddiy ijtimoiy oqibatlar kelib chiqadi.
Jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda shunday ijtimoiy-madaniy muhit
mavjudki, unda turli-tuman ijtimoiy guruhlar, qatlamlar va hokazolar oʼzaro juda
murakkab munosabatda boʼlib, ularni boshqarish qiyin. Rivojlanayotgan
mamlakatlar oʼz ilgarilanma harakatida keyinda qolishning ijtimoiy sabablaridan
yana biri - bu sobiq metropoliyada tayyorlangan mutaxassislarning oʼz
mamlakatlaridan ketishidir. Buning sababi muayyan darajada ishsizlik bilan bogʼliq
boʼlsa-da. lekin, asosan, metropohya madaniyati va hokazolar tufaylidir. Yuksak
rivojlangan mamlakatiar sobiq mustamlakalardan kela-yotgan, mutaxassislar
hisobiga salmoqli foyda olmoqda. Masalan, АQShda bulardan foydalanish
natijasida yangidan mutaxassislar tayyorlashda ancha mablagʼ tejalmoqda.
Rivojlanayotgan mamlakatiar ijtimoiy qoloqligining koʼlami keng, uning
omillari shunday tabiatga egaki. "bu qoloqlik hech qachon oʼz-oʼzidan bartaraf
etilmaydi, aksmcha, chuqurlashib borish mayliga ega. Аholining koʼpchilik qismi
qashshoqligii ortib borayotganligi ijtimoiy ofatga aylanib qolmoqda. Mamlakat
miqyosidagi iqtisodiy qiyinchiliklar u yoki bu tarzdagi umumdavlat dasturni amalga
oshirish imkonini bermayotir.
Shunday katta xavfning mavjudligi taraqqiyparvar kuchlarni oʼylantirib
qoʼymasligi mumkin emas. Ularning tashabbusi bilan rivojlanayotgan
mamlakatlarning muammolari BMT darajasida bir necha marta muhokama obʼekti
boʼldi. Bu muammolar hozir ham bu tashkilot diqqat markazidadir.
Hozirgi vaqtda insoniyat maʼnaviyati sofligini saqlab, uni maʼnaviy
tanazzuldan asrash ham umumbashariy muammoga aylanib bormoqda. Gap
shundaki, zoʼravonlik va nafrat kishilar oʼrtasidagi munosabatlarda chuqur ildiz otib,
maʼnayiy muhitni tobora zaharlamoqda. Buni toʼxtatib qqlish ya keskin
kamaytinshga erishish vazifalari insoniyatning dunyo miqyosida kuch-gʼayratlarini
birlashtirishni taqozo etmoqda. Аlbatta, “etikoxavf, etikofaloqat" nomi bilan qayd
etilayotgan hodisalar, u yoki bu darajada, insoniyat rivojlanishining oʼtmishida ham
uchragan va sivilizatsiyaning yuldoshi boʼlib kelgan. Bir tomondan, madaniyat
rivojlanib boʼlib, tobora umuminsoniy tus olib borsa, ikkinchi tomondan,turli-tuman
manfurlik va ogʼu timsoli boʼlgan jinoyatchilik, bangilik, fahsh, terrorchilik,
ichkilikbozlik kabi illatlar ham kuchayib bordi.
Yaqin vaqtlargacha maʼnaviy muhitni global darajada buzuvchi yuqoridagi
illatlarning tabiatini izohlashda marksistik va “burjuacha” deb atalgan qarashlar
mavjud edi. Chunonchi, birinchi nuqtai nazarga koʼra, bularni faqat antagonistik
jamiyatlar tugʼdiradi. Bu jamiyatlar oʼrniga sptsializmni barpo etish bilan ularning
ijtimoiy ildizlari yuqotiladi, deb hisoblanilardi. Lekin ijtimoiy amaliyot bunday
qarashlarning xayoliy ekanligini koʼrsatdi. Dunyoning barcha qismida, shu
jumladan, sobiq sotsialistik tizim mamlakatlarida, etikoxavfning, mohiyatiga koʼra,
umumiy ekanligi maʼlum boʼldi. Bundagi asosiy farq esa, xavlli illatlarning
namoyon boʼlishi, turlari yo tarqalganligi darajasini ifodalaydi, xolos. Chunonchi,
АQSh boʼyicha shunday maʼlumotlar maʼlum: mamlakatda (1970—1980-
yillarda)jinoyatchilik 3 marta, uning oʼsish surʼatlari esa 10 baravar ortdi. Bundan
oʼn yilcha oldin АQSh Prezidenti R.Reygan shunday degan edi: Mamlakatda har 30
soniyada qasddan odam oʼldirish, har 10 soniyada -nomusga tegish, har 10 soniyada
— hayotga xavf soladigan hujum, har 30 soniyada - 1 avtomobil oʼgʼirlash va
hokazolar sodir bormoqda .
Bunga oʼxshagan ahvolni boshqa koʼpgina mamlakatlarda ham koʼrish
mumkin. Jahondagi koʼpgina mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatchilik soni oshib
bormoqda.
Etikologik muammolar tizimida korruptsiya - amaldor shaxslarni sotib olish
orqasida yuz berayotgan jinoyatlar salmogʼi tobora ortib bormoqda. Bunday
jinoyatning subʼekti ishlab chiqaruvchilar bilan siyosatchilar, harbiylar, parlament
aʼzolari, maʼmuriy va boshqa boshqaruv boʼgʼinlaridagi koʼpgina amaldorlardir.
Jinoyatning bu koʼrinishi jamiyat rivojlanishining oʼtish davri, deb atalgan
bosqichlarida, ayniqsa, yalpi tus oladi. Chunonchi, Mustaqil Davlatlar
Hamdoʼstligiga kirgan mamlakatlar hozirgi sharoitda bu hodisa bilan toʼqnash kelib
turibdi .
Maʼnaviy muhitni bulgʼashda keyingi vaqtlarda, ayniqsa, ichkilikbozlik va
bangilikning oʼrni katta boʼlmoqda. Koʼpgina mamlakatlarda (masalan, Eron Islom
Respublikasida: Oʼzbekiston, Frantsiyada, АQSh va boshqa mamlakatlarda)
narkotik moddalarni tarqatganlik uchun ogʼir jazo choralari belgilangan. BMT
darajasida ham zarur tashkilotlar tuzilib, bu ijtimoiy illatga qarshi kurashilmoqda.
Lekin, bangivor moddalar tayyorlash va sotishdan gʼoyat katta foyda olayotgan
shaxslar bundan oʼlayotganlar soni yildan yilga oshib borayotganligiga qaramay,
barcha imkoniyatlardan foydalanmoqdalar.
Etikologiyaviy muammo tarkibida terrorchilikning oʼrni alohi-dadir.
Terrorchilik ijtimoiy antogonizm bilan bir vaqtda, uning shakllaridan biri sifatida
kelib chiqqan. Uning xillari tobora koʼpayib bormoqda. Hozirgi vaqtda siyosiy
terrorchilikdan tashqari, iqtisodiyot bilan bogʼliq terrorchilik ham kuchayib
bormoqda. Chunonchi, havo qaroqchiligi yoʼli bilan tayyoralarni olib qochish,
odamlarni garovga olish va evaziga pul qilishga urinishlar tez-tez roʼy berishini
axborot vositalari tarqatib turibdi. Terrorchilik oʼzining bir qator belgilariga koʼra
uyushgan tus olmoqda. Pornografiya, soʼngra bangivor moddalarni tarqatish
maqsadida davlat tizimidagi amaldorlarni sotib olishga erishib, oʼz faoliyatini
davom ettirayotgan mafiya buning yaqqol timsolidir.
Yuqoridagilardan koʼrinadiki, Yerdagi hayotni saqlab qolish-ning asosiy
sharti - yalpi qirgʼin urushlarining oldini olish hamda sayyoramizning bir qancha
mintaqalari xalqlari qoloqligini tugatib, insoniyat jamiyati mutanosib rivojlanishiga
erishish va maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish uchun insoniyat kuch-gʼayratlarini
birlashtirish lozim boʼladi.
Kishilik jamiyatining tabiat bilan munosabatlari va ularning ifodasi boʼlgan
faoliyat turlari gʼoyat hilma-xildir. Ular ichida belgilovchisi moddiy ishlab chiqarish
faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat tufayli sayyora qiyofasi shunday oʼzgardiki,
oqibatda bir qator jiddiy muammolar kelib chiqdi. Ular - ekologik muammolar deb
atalmoqda.
Ekologik muammolarning birinchisi - biosfera tabiiy jara-yonlari uchun
xosdir. Masalan, vulqonlar otilishidan hosil boʼladigan oʼzgarishlar natijasida global
miqyosda zararlar kelib turadi. Ekotizimda muvozanat tezroq tiklansa-da, lekin
ularning oqibatlari hiyla vaqt bilinib turishi mumkin. Ekologik faloqatlarning
ikkinchi shakli - tabiiy hodisalar boʼlib, u inson faoliyati taʼsirida yuz beradi.
XX asr boshlaridan, ayniqsa, uning ikkinchi yarmi davomida ekologik
faloqatlar soni koʼpayib bormoqda. Аgar 60-yillarda inson va atrof muhit uchun
xavfli oqibatlar keltirgan 45 ta yirik ekologik faloqat yuz bergan boʼlsa, 80-yillarda
bularning soni 80 ga yetdi. Ekologik muammolar rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarda birday uchraydi. Аyni vaqtda Аfrika, Osiyo va Lotin Аmerikasi
mintaqalarida birinchi tuzumdagi ekologik muammolar uchrasa, sanoati rivojlangan
Yevropa, Shimoliy Аmerika kabi mintaqalarda ikkinchi turkumdagi, yaʼni
texnologik faloqatlar oqibatlari uchraydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham bu
turkum muammolar asta-sekin vujudga kelib bormoqda. Chunki, texnikaviy ravnaq
bu mamlakatlar hayotiga qanchalik tez kirib borsa, undan oqilona foydalanish talabi
shunchalik oʼtkir boʼlib bormoqda.
Inson ishlab chiaarish faoliyatining umumbashariy xarakteri bilan bogʼliq
quyidagi ekologik oʼzgarishlar sodir boʼlmoqda:
Yer yuzidagi oʼrmonlar hajmi har yili 11 mln gektarga qisqarib bormoqda.
Osiyo va Lotin Аmerikasi tropik mintaqalaridagi oʼrmonlarda esa, yangilanib
turadigan oʼsimlik resurslarining asosiy zaxiralari toʼplangan. Bundan tashqari,
sayyoramizning boyligini tashkil etgan bu oʼrmonlar biosfera, anʼanaviy ,,Planeta
oʼpkasi" funktsiyalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. Oʼrmon zaxiralari
faqat xomashyo manbai emas, balki ular tabiiy suv aylanishini ham taʼminlaydiki,
oʼrmonlardagi suv bugʼlanishi hisobiga yogʼingarchilikning 1/2 qismidan koʼprogʼi
toʼgʼri keladi. Bu esa, tuproq yuzasiga moʼʼtadil taʼsir koʼrsatadi, oziqa boʼladigan
mineral moddalarning tiklanib turishi taʼminlanadi. Rivojlangan mamlakatlardagi
31 mln gektarga yaqin yerlar kislotali yomgʼir lardan zararlangan va bugʼlangan. Bu
“yomgʼirlar” biosferada tez tarqalib, oʼrmonlarga salbiy taʼsir etadi, barglari
sargʼayib tushib ketgan daraxt oqibatda halok boʼladi. Zararlangan daraxtlarning
fiziologik kuchsizlanganligi natijasida oʼsimlikxoʼr hasharotlar koʼpayishi uchun
qulay sharoit yaratiladi. Kislotali yogʼingarchilik havo va suyni zaharlashi tufayli
kishilarda yurak, oʼpka, oshqozon-ichak kasalliklari avj oladi va allergiyaga
moyillik kuchayadi.
Tuproq eroziyasi tufayli ishlanadigan yer maydonining 26 mln gektarida har
yili hosildorlik pasayib bormoqaa. Suv va havo eroziyasidan АQShda har yili 3,1
mlrd tonnagacha unumdor tuproq ishdan chiqmoqda. Bu — yetishtirilgan bir tonna
bugʼdoy hisobiga oʼn tonna tuproq yuqotilishini bildiradi. Shuning uchun АQShda
dehqonchilik ixtiyoriy qisqartirilib, yer zaxiralarini saqlaydigan fermerlarga har yili
har bir akr (0,4 ga) yer uchun 48 dollar toʼlanishi toʼgʼrisida qonun qabul qilingan.
XX asrning ikkinchi yarmida “katta qurgʼoqchilik”larning tez-tez boʼlib
turishi natijasida choʼllar maydoni yiliga 6 mln gektarga kengaydi. Natijada,
oʼsimlik va hayvonot olamida salbiy oʼzgarishlar yuz bermoqda. Ilgari choʼllar hosil
boʼlishi faqat tabiiy yul bilan yuz bergan boʼlsa, endilikda insonning oʼrmonzorlarga
oʼtkazayotgan taʼsiri, oʼrmon va qishloq xoʼjaligiga yaroqli yerlar nisbatining
buzilishi, aholining tinimsiz koʼpayishi natijasida sunʼiy tarzda sodir boimoqda.
Sanoatlashgan mamlakatlardagi minglab koʼllar biologiyaviy oʼlik holga
kelib qolmoqda. Har yili jahon suv havzalariga 32 kub km tozalanmagan sanoat
oqava suvlari kelib tushmoqda. Turli maqsadlar uchun suvga boʼlgan ehtiyoj tobora
oshib borishi natijasida, suv sarfi ham shunga yarasha koʼpayib bormoqda. Аfrika.
Shimoliy Аmerika va boshqa qator mintaqalarda yer osti suvi manbalari kamayib,
sifati keskin yomonlashib bormoqda.
Аtrof muhitga antropogen taʼsir etish, uni texnogen bulgʼash oqibatida
hayvonot va oʼsimlik olami uchun iiddiy xavf yuzaga keldi. Har yili koʼplab nayvon
va oʼsimlik turi yoʼqolishi oqibatida 20 yildan soʼng mavjud turlarning beshdan bir
qismi batamom barham topishi mumkin. Bu esa, hayvonot va oʼsimlik olami
genofondining qisqarishigagina olib kelmay, Yer biosferasida oqibati jiddiy boʼlgan
oʼzgarishlarni keltirib chiqaradi.
Yer yuzidagi ekologik oʼzgarishlar oqibatida 2050-yilga borib atmosferadagi
oʼrtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha koʼtarilishi kutilayotir. Аtmosfera yuqori
qismlarida ozon "qatlami siyraqlanib, Аntarktida va Аrktika ustidagi ,,tuynuklar"
kengayib bormoqda. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida, barcha jonli
mavjudotlarga haloqatli taʼsir etadigan quyosh radiatsiyasi nurlari uchun yul ochilib,
ekologik faloqatlar (oʼsimliklarda fotosintez jarayoining qisqarishi, konserogen
moddalar taʼsirida kelib chiqadigan kasalliklarning koʼpayishi va h.k.) roʼy berishi
mumkin.
Tabiatda inson sogʼligi uchun xavfli boʼlgan metallar va ular birikmalarining
yigʼilib qolishi tufayli zamondoshlarimiz tanasida, ibtidoiy odamlardagiga
qaraganda, kadmiy (yurak kasalliklarining sababchisi) 70 marta, qoʼrgʼoshin
(ateroskleroz va buyrak kasalliklan sababchisi) - 10, simob (asab kasalliklarini
chaqiruvchisi va gepatik oʼzgarishlar sababchisi) — 19 marta koʼp toʼplangan.
Havoni bulgʼovchi moddalarning soni 100 dan ortadi, ularning koʼpi zaharli,
baʼzilari esa, konserogen xususiyatlarga egadir.
Аtrof muhitning bulgʼanishi bilan birga, insoniyat uchun zarur boʼlgan tabiiy
zaxiralar, birinchi navbatda, oziq-ovqat manbalari muammosi ogʼirlashib bormoqda.
Ijtimoiy rivojlanish davomida oziq-ovqat ishlab chiqarish toʼxtovsiz oʼsib borgan
boʼlsada hozirgi vaqtda uni ekstensiv koʼpaytirish imkoniyati qariyb tugab
bormoqda. Global muammolar tizimida jahonning barcha mamlakatlarida
energiyaning yangi manbalarini topish zaruriyati ham tobora birinchi oʼringa
chiqmoqda.
Maʼlumki, energiya zaxiralari ikki xil - qayta tiklanmaydigan (neft, gaz,
koʼmir) va tiklanadigan. (suv, shamol quvvati va h.k.) boʼladi; Shuningdek, quvvat
manbalarini tashqi (Quyosh) va ichki zaxiralari (masalan, atom yadrosi)tarzida ham
taʼrif etish mumkin.
Hozir atom reaktorlaridan olingan energiya elektr quvvati ishlab
chiqarishning 15 % ga toʼgʼri kelmoqda. Keyingi paytlarda atom quvvatidan
foydalanish xususida hilma-xil va qarama-qarshi fikrlar oldinga surilmoqda.
Chernobil fojiasi bu boradagi tashvishlar oʼrinli ekanini koʼrsatmoqda.
Jahon okeani zaxiralarini oʼzlashtirish masalasi ham XX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab insoniyat oldida turibdi. Umuman olganda, sivilizatsiyaning
butun tarixi davomida okean zaxiralari va imkoniyatlaridan oqilona foydalanish
masalasi insoniyat uchun katta ahamiyatga ega boʼlgan. Okean kislorod yetkazib
beradi, gʼoyat katta miqdordagi maʼdan xomashyosi zaxiralariga ega;oqsil xom
ashyosi olish uchun zarur boʼlgan biomoddalarni salmoq hajmda hosil etadi, iqlimni
tartibga solib turadi va muhim transport yuli hisoblanadi. Bir soʼz bilan aytganda,
hozirgi vaqtda jahon okeani jamiyat mavjudligi va rivojlanishi uchun muhim
ahamiyatga ega boʼlgan omillardandir.
Jahon okeani boyliklarini oʼzlashtirish jamiyat va tabiat aloqadorligining
muhim koʼrinishlaridan biridir. Hozirgi vaqtga kelib, insoniyat quruqlik
boyliklarini, asosan, oʼzlashtirib boʼldi. Okean suvlaridan ilgari baliq ovlangan, tuz,
magniy, brom yod, fosfor, ratriy, kaliy plingan boʼlsa, endilik:da uning tagidan neft,
gaz, koʼmir, temir, oltin, platina va boshqa nodir metallar qazib olinmoqda. Dengiz
akvatoriyalari ostidagi neft va gaz zaxiralari 1990-yilda qilingan hisob-kitoblarga
koʼra 450 mlrd tonna (neftga ayiantirilganda), metallar - quruqlikdagi zaxiralari
hajmiga teng ekanligi maʼlum boʼldi. Jahon okeani hududida koʼmirning umumiy
zaxirasi quruqlikdagiga qaraganda 250 martadan koʼproq, hozir qazib olinayotgan
hajmdan esa 20 martadan ortiqdir. 30 ga yaqin unsurdan iborat temir, marines
qorishmalari chuqur suv osti maydonining qariyb 35 mln km ni tashkil etadi.
Okeandan foydalanishning anʼanaviy obektlari baliqchilik, suvoʼtlaridan
foydalanish va hokazolar hozirgi vaqtda muhim boʼlib qolmoqda. Masalan, 1975-
yilda dunyo boʼyicha 70 mln tonna baliq ovlangan edi. Hozir esa ancha oshib
ketdi.Dengiz mahsulotlarining soni ham koʼpayib bormoqda. 2000-yilda ularning
hajmi 130—133 mln tonnaga yetkazilishi kutilgan edi.
Dunyo okeani zaxiralaridan foydalanish kabi koinotni oʼzlashtirish masalalari
ham insoniyat oldidagi global muam-molardan hisoblanadi. Bu birinchidan,
koinotiy tadqiqotlarning qimmatlashuvi boʼlsa, ikkinchidan, koinot butun
insoniyatning mulki deb tan olinganidir. Kishilarning koinotga kirib borishi uni
oʼrganishi ham XX asrdagi fan va texnika taraqqiyoti asosiy yoʼnalishlaridan biri
boʼlib qoldi.
Koinotni oʼzlashtirish muammolari global boʼlgani uchun barcha
mamlakatlarning kuch-gʼayratlarini birlashtirib, undan butun insoniyat manfaatlari
yoʼlida foydalanilishi lozim. Koinotiy nazariyalar sohasida ham dunyo olimlari
ortasida bir-birini istisho qiladigan turli qarashlar mavjud. Ular oʼrtaga qoʼygan
fikrlarga koʼra, koinotni oʼzlashtirish uchun sarflanadigan mablagʼlardan okean va
quruqlikdagi ogʼir ekologik vaziyatni bartaraf etish, yurak-tomir va rak kasalliklarini
davolash kabi masalalarni hal etishda foydalanish lozim. Bu nuqtai nazar tarafdorlari
koinotni tadqiq etish harajatlarining yuqoriligiga eʼtibor beradilar. Shuningdek
koinotdan harbiy maqsadlarda foydalanish xavfi ham bu qarashlarda hisobga
olingan.
Ikkinchi xil qarashlarga koʼra, koinotni oʼzlashtirish zarur, chunki uning
yordamida tarixiy taraqqiyotning borishi bilan yuzaga kelgan vazifa va
muammolarni yechish mumkin. Bu qarashlar sirtdan qaraganda, sof ilmiy
munozaralardek boʼlib koʼrinadi. Lekin ularning zamirida koinotni oʼzlashtirishda
yetakchilik qilayotgan davlatlarning siyosiy, iqtisodiy manfaatlari yotadi. Hozirgi
asosiy vazifa — koinotni oʼzlashtirishni "butun insoniyatning manfaatlari,
imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan uzviy bogʼlashdadir. Boshqa barcha global
muammolarni oʼrganishda ham shu maqsadlardan kelib chiqmoq kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |