6. Qadimgi Rimda yer-mulk egasi Tatsit ustalar brigadasi bilan ma’lum bir joyda
qurilish ishlarini amalga oshirish haqida pudrat shartnomasini tuzdi, ammo
keyinchalik o'ylab ko'rib aynan kelishilgan ishni shartnomada ko'rsatilgan joyda
emas, balki boshqa bir joyda bajarishni taklif qildi. Ishchilar rozi bo'lishdi va ishni
bajarishdi. Hisob-kitob paytida esa Tatsit nafaqat bajarilgan ish uchun haq
to'lashdan bosh tortdi, balki kelishuvning rasmiylashtirilmaganidan foydalanib,
go'yoki kerakli bo'lmagan majburiyatning bajarilganligi uchun ko'rgan moddiy
zararini undirish to'g’risida sudga davo kiritishini ham aytdi.
Mazkur holatga Rim huquqi manbalari asosida huquqiy baho bering.
Javob:
Ushbu kazusga
IRAC
usuli yordamida oydinlik kiritamiz;
1.
Introduction ( kirish qismi)
1.Rim huquqi asosiy tushunchalari.
2.Rim huquqi asosida “Ishchi kuchi shartnomasi”( location-conductio oper arum).
3.Vaziyatga huquqiy yechim.
2.Rule(qonun-qoida qismi)
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Topildiyev.V.R Rim huquqi. T.: “Sharq”.2006
2.
Muhammedov.H. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi I qism Toshkent.:
TDYU-2005
3.Application(tahlil qismi)
1.Rim huquqi rim quldorlik davlatining alohida shaxslarning fuqarolarning mulkiy
munosabatlarini va mulk bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni hamda oilaviy
Huquqiy munosabatlarni
tartiba soladi.
1
Rim huquqi insoniyat huquqi tarixida noyob o‘rin egallaydi. U antic jamiyatda va
umuman butun qadimgi dunyoda huquq rivojlanishining eng yuqori darajasini aks
ettiradi. Rim huquqi avvalo xilma-xil hayotiy munosabatlarni va vaziyatlarni
g‘oyat darajada keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi.Unda ayniqsa xususiy
mulk egalarining , shuningdek, mulk aylanishini turli – tuman ishtirokchilarining
manfaatlarini himoya qilishning xilma-xil uslublari ham puxtalik bilan ishlab
chiqilgan. Aynan rimliklar , ilgari o‘tgan jahon , jumladan Sharq maktablar
tajribasiga tayanib , birinchi marta xususiy mulkni , shuningdek boshqa mulkiy
1
Topildiyev.V.R Rim huquqi. T.: “Sharq”.2006.B- 4.
huquqlar va manfaatlarni alohida mohirona va bag‘oyat mukammal sur’atlarda
yuridik tartibga solish predmeti qilganlar. O‘zining shaklan mukammal ishlab
chiqilganligi bilan ajralib turuvchi rim huquqi zamirida juda boy Huquqiy
madaniyat paydo bo‘lib , u svilizatsiya rivojlanishining keying bosqichlarida
insoniyatning umumiy boyligi bo‘lib qolgan. Ushbu Huquqiy madaniyatning
elementlaridan biri rim yurisprudensiyasi bo‘lgan. Rim yurisprudensiyasi, aytish
mumkinki , ham huquq haqidagi mustaqil fanga , ham professional yuridik
ta’limga asos solgan. Rim huquqi quyidagi 3 ta davrga bo‘linadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |