5.*BODAYTO`QAY QO`RIQXONASI. Qoraqalpog’iston hududida joylashgan. 1971
yilda tashkil topgan. Maydoni -6642 ga. O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi
tasarrufida. Qo`riqxonada hududida – hayvonlarning 135 turi, shundan 11 turi O`zbekiston
Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; o`simliklarning 160 turi, shundan 2 turi
O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan. Bu erda turang’i, yulg’un va
qiyoqzorlar mavjud. Hayvonlardan yovvoyi cho`chqa, bo`rsits, quyon, Xiva qirg’ovuli, olachipor
qizilishton va boshqalar yashaydi. Qo`riqxonada xalqaro dasturdagi ishlar olib boriladi. Uning
asosiy vazifasi Amudaryo qayiridagi tabiiy majmularni o`rganishdir. «Baday to`qay» davlat
ko`riqxonasi TMXI Qizil kitobi, O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobi, SITES II Ilovasiga
kiritilgan Buxoro bug’usini (xongulni) iklimlashtirish bilan shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |