Республика Узбекистан


Sorbsiyali tanlab eritish amaliyoti va ishlatiladigan dastgoxlarning ishlash tartibi



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana22.02.2022
Hajmi0,94 Mb.
#87883
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
kvartsli oltin tarkibli rudalardan oltinni gravitatsiya - sorbtsiya texnologiyasi yordamida azhratib olish zharayonini tanlash asoslash va hisoblash

1.5. Sorbsiyali tanlab eritish amaliyoti va ishlatiladigan dastgoxlarning ishlash tartibi.
 Sianlash jarayonlarida ionalmashinuvchi qatronlar quydagi usullarda qo‘laniladi:
1. Tindirilgan eritmalardan oltin va kumushni eritmada sorbsiyalash; 
2. Sianlangan eritmadan oltin va kumishni sorbsiyalash; 
3. Sorbsiyali sianlash - sianlash va sorbsiyalash jarayonini birgalikda olib borish(oltin va 
kumushni tanlab eritish vaqtida sorbsiyalash).
Birinchi usul oddiy va sodda. Tindirilgan sinil eritmalariga qatron ionitlar ta'sir ettirib olinadi. 
Xuddi rux bilan cho’ktirishdagidek, bunda rux o’rniga qatron ishlatiladi. Shu yo’sin xomaki oltin metali 
olish jarayoni ham soddalashadi. Bu jarayon qatronlar narxining qimmatligi va regeneratsiya jarayonining 
qiyinligi sababli iqtisodiy jihatdan samarasizdir va boshqa arzonroq va osonroq usullar bilan raqobatlasha 
olmaydi.
Ikkinchi usulga ko’ra, sorbsiyaga tindirilgan eritma emas, balki agitator yoki pachuklarda tanlab 
eritilgan bo’tanaga ionit qatron ta'sir ettiriladi. Ikkinchi usulning avzaligi qimatbaho filtirlarning 
qo‘llanilmasligi, kamchiligi esa jarayonning uzoq vaqt davom etishi, dastgohlarning ko’p joy egallashi va 
ko’p kapital xarajatlarning sarflanishi. 
Aralashtirish davomida nodir metallar bo’tanadan, qatronga sorbsiya yo’li bilan yutiladi. Sorbsiya 
tugatishi bilan oltinini olingan bo’tana tashlanma hovuz (otvallarga) yuboriladi.
Qatronni bo’tanadan ajratib olishda yanchilgan ruda va qatron o’chamlari farqi asosiy rol o’ynaydi. 
Masalan: qatron yanchilgan ruda zarrasiga qaraganda bir necha barobar katta o’lchamga ega. Ionit 0,5-2,0 
mm, zarrachalar esa 0,074 mm ya'ni
0,5-2,0 
e =

= 7 : 27
0,074 
barobar katta, demak ionit qatronni bo’tanadan bemalol g’alvirlash yo’li bilan ajratish oson.
Shu sababdan qatron ham bo’tanani maxsus to’rdan o’tkaziladi, elak-to’r o’lchami zarrachada katta 
va yangitdan kichikroq yasalgan bo’ladi. Qatronning zarralari to’r ustida (elak-to’r) tutilib qoladi.
Bo’tana esa to’rdan o’tib tashlama hovuzlarga oqiziladi. Shunday qilib, qatronni oddiy g’alvirlash 
yo’li bilan bo’tanadan ajratilib, o’ta qimmatli jarayon suzish (filtrlash) dan voz kechiladi. Bo’ tanada nodir 
metallarni ajratib olishning asosiy maksadi ham, ushbu bo'tananing filtrlashdan ko’ra, galvirlashga 
almashtirishga asoslangan. 
Uchinchi usulda tanlab eritish va sorbsiyalash bilan birga qo’shib olib boriladi. Tanlab eritish 
paytida ionitlar, to’g’ridan-to’g’ri bo’tanadagi oltin va kumush zarralari bilan aloqada bo’lishi kerak. Bu 
usulda ham tanlab eritilgan bo’tana suzish jarayonini chetlab o’tadi. Jarayonning afzalliklari quyidagilar: 
a) oltinni eritmadan ajratishda ko’p elektr energiya talab qiluvchi va qimatbaho filtirlarning 


qo‘lanilmasligi; b) sianlash jarayonida oltin va kumushni erish jarayoni davomiyligi kam; v) Sorbsiyalash 
jarayoni dastgohlarining ixchamli va kapital xarajatlarning kamligi; g) oltining ajralishi yuqori darajada 
(98-99 %) va yuqori sifatda olinishi.
Sorbsiyali sianlash jarayoni mayin yanchilgan rudali tizimda olib borilib unda eritishga keladigan 
yanchilgan mahsulot o’lchami -0.15 mm, miqdori 80-90 % da bo’ladi. Agar ruda zarralarining o'lchami 
undan katta bo'lsa qatronni ruda bilan ezilishi hisobiga yo’qotilishi oshishi mumkin. Sorbsiya jarayonida 
ruda bo’laklari ma’lum miqdorda katta bo’lsa, shunga mos yirikroq 0,6—1,5 mm qatronlar qo’llaniladi. Bu 
bo’tanadan qatronni oson ajratish imkonini beradi, chunki elak teshiglari olchami 0,4-0,45mm undan yirik 
qatron esa setka ustida qoladi va bo’tanadan ajraladi bo’tana esa keyingi pachukka o’tadi.
Boshlang‘ich sianlash jarayonida oltining 60-80% eritma tarkibiga o‘tadi. Oltining qolgan qismi
sorbsiyalash jarayoni natijasida eritamga o‘tib so‘ng sorbciyalanadi dastlabgi sianlash jarayonini olib 
borish anioning oltin va kumushga bo‘lgan ishchi hajmining oshishiga olib keladi.
Sorbsiyalash jarayoni bir necha dastgohlardan (8-12) tashkil topgan bo‘lib ular butanani katrondan 
ajratish uchun setkalar va xavo yordamida ishlovchi aralashtirgich qurilmalari bilan jihozlangan, qarama-
qarshi oqimda ishlaganda yuqori samara beruvchi dastgoxlardan birlashmasidan iborat.
Dastlabki sianlashdan o‘tgan pulpa birinchi sorbsiyalash dastgohiga keladi va barcha dastgohlardan 
anionit bilan qarama-qarshi harakatda o‘tadi. Shu bilan birga sianlash jarayonida erimay qolgan oltin va 
kumishning erishi va oltinning sorbsiyalanishi davom etadi. Oxirgi dastgohdan pulpa chiqadi, kam 
miqdorda oltin va kumush pachuk setkalaridagi kamchiliklar sababli butanada katron bilan qolgan bo‘ladi. 
Shuning uchun butana nazoratchi g‘alvirda katron ajratib olinadi va qolgan bo‘tana sianidlardan tozadanib 
chiqindi saqlanadigan joyga tashlanadi. Oxirgi dastgohdan regenratsiyadan o‘tgan kayta tiklangan katron 
va yokotilganlarini urnini tuldirish uchun kushimcha yangi katron kushilib sungra sorbsiya zanjirining 
oxirgi pachugidan yuklanadi. To‘yingan katron yoki anionit birinchi dastgohdan chiqariladi va 
regenerasiya jarayoniga jo’natiladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish