O’quv fanining maqsadi:
Talabalarga qurilish materiallari, buyumlarini olishda xom-ashyoni tanlash,
ishlab chiqarish texnologiyasini bilish, xossalarini aniqlash, ishlatish, tashish,
saqlash qoidalarini o’rgatish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat
O’quv fanining vazifalari:
Qurilish materiallari, buyumlari ishlab chiqarishda vatanimiz xom-ashyo
zahiralaridan foydalanish; qurilish materiallari, buyumlari xossalaridan kelib
chiqib qurilishda ulardan oqilona foydalanish; qurilish materiallari ishlab
chiqarishda sanoat chiqindilaridan foydalanish; chettdan olib kelinadigan qurilish
materiallari o’rnini bosuvchi, eksport qilishga qaratilgan maxalliy ashyolardan
yangi qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etishni
o’rgatishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |