5. Sof eksportdagi o’zgarish. Sof eksportning ko’payishi yalpi
talabni ham ko’paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet
ellarda bizning tovarlarga bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan,
importning qisqarishi o’z tovarlarimizga ichki talabning ko’payishini
taqozo qiladi.
Sof eksport hajmini avvalo chet davlatlardagi milliy daromad va valyuta
kurslari o'zgartiradi. Chet mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda,
ularning fuqarolari ham o'zlarining tovarlarini va ham chet ellarda ishlab
chiqarilgan tovarlarni ko'proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega
bo'ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa qarama-qarshi
natija beradi: bizning eksportning sof hajmi qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |