D a V l a t k a d a s t r L a r I a s o s L a r I


ТЕМИР ЙЎЛЛАРИ ДАВЛАТ КАДАСТРИ



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/124
Sana30.12.2021
Hajmi3,38 Mb.
#87226
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
Bog'liq
Davlat kadastrlari aoslari

ТЕМИР ЙЎЛЛАРИ ДАВЛАТ КАДАСТРИ
ТЕМИР ЙЎЛЛАРИ ДАВЛАТ КАДАСТРИ
3.2. TEMIR YO‘LLAR DAVLAT KADASTRI 
 
 
Temir  yo‘llari  davlat  kadastri  -  temir  yo‘llar  obyektlari,  ularning  jug‘rofiy 
holati,  huquqiy  maqomi,  miqdor  va  sifat  tavsiflari  va  iqtisodiy  baholash 
to‘g‘risidagi  yangilanib  turiladigan  ishonchli  axborot  tizimi.  Kadastr  Davlat 
kadastrlari  yagona  tizimining  tarkibiy  qismi  hisoblanadi  va  temir  yo‘llar 
obyektlarini hisobga olish, ular holatini baholash maqsadida yuritiladi. 
Mavjud  bo‘lgan  va  qurilayotgan  temir  yo‘llar,  stansiyalar  hamda 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo‘llarning boshqa obyektlari 
Temir  yo‘llari davlat  kadastri  obyektlari  hisoblanadi. "O‘zbekiston  temir  yo‘llari" 
aksiyadorlik  jamiyati  Temir  yo‘llari  davlat  kadastrini  yuritish  bo‘yicha  vakolatli 
organ  hisoblanadi.  Bu  kadastr  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlarini, 
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati, manfaatdor yuridik va jismoniy 
shaxslarni  temir  yo‘l  obyektlari  to‘g‘risidagi  ishonchli  kadastr  axborotlari  bilan 
ta’minlash  uchun  mo‘ljallangan.  Quyidagilar  Temir  yo‘llari  davlat  kadastrini 
yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: 


93 
 
-  O‘zbekiston  Respublikasi  butun  hududining  temir  yo‘l  obyektlarini  to‘liq 
qamrab olish; 
- fazoviy koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini 
qo‘llash; 
-  barcha  obyektlar  bo‘yicha  kadastr  axborotlarini  shakllantirishning  yagona 
metodologiyasi; 
- kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatliligi;  
- kadastr axborotlarining ochiqligi.  
Temir  yo‘llari  davlat  kadastrini  yuritish  temir  yo‘l  obyektlarini  xatlash, 
hisobga  olish,  baholash  bilan  ta’minlanadi  hamda  davlat  yer  kadastri,  binolar  va 
inshootlar  davlat  kadastri  axborotlaridan  majburiy  foydalanilishini  nazarda  tutadi. 
Temir  yo‘l  obyektlariga  tegishli  bo‘lgan  yer  uchastkalari,  binolar  va  inshootlarga 
bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yhatidan  o‘tkazish  uchun  belgilangan  tartibda 
vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Temir  yo‘l  obyektlariga  tegishli  bo‘lgan,  davlat  yer  kadastridan  Temir 
yo‘llari davlat kadastriga berilayotgan yer uchastkalari bo‘yicha yerning tarkibi yer 
uchastkalariga  bo‘lgan  huquq  davlat  ro‘yhatidan  o‘tkazilganligi  (shu  jumladan 
yerdan  foydalanishda  servitutlarda  belgilangan  mavjud  cheklashlar  va  taqiqlar 
to‘g‘risidagi  ma’lumotlar),  yerning  miqdori  va  sifati  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar 
bo‘lishi kerak. 
Bino  va  inshootlar  davlat  kadastridan  temir  yo‘l  obyektlariga  tegishli 
bo‘lgan  binolar  va  inshootlar  to‘g‘risidagi  beriladigan  kadastr  axborotlarida 
ulardan  maqsadli  foydalanilishi,  huquqlarning  davlat  ro‘yhatidan  o‘tkazilishi, 
asosiy  miqdor  va  sifat  tavsiflari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  bo‘lishi  kerak.  Temir 
yo‘l  obyektlari  to‘g‘risidagi  tizimlashtirilgan  kadastr  axboroti  Davlat  kadastrlari 
yagona tizimiga belgilangan tartibda beriladi.  
Temir yo‘llari davlat kadastrini yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish 
"O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mablag‘lari hisobiga 
amalga  oshiriladi.  Kadastr  yuritishni  "O‘zbekiston  temir  yo‘llari"  davlat-
aksiyadorlik kompaniyasining quyidagi tarkibiy bo‘linmalari ta’minlaydi:  


94 
 
- "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Strategik 
rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi; 
- temir yo‘l korxonalarining kadastr bo‘linmalari. 
Kadastrini yuritish bo‘yicha ishlarga umumiy rahbarlik qilishni "O‘zbekiston 
temir  yo‘llari"  davlat-aksiyadorlik  kompaniyasining  bosh  menejeri  -  bosh 
muhandisi  amalga  oshiradi.  Temir  yo‘llari  davlat  kadastrini  yuritishni  metodik 
ta’minlashni "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi amalga 
oshiradi.  
Temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi quyidagilarni ta’minlaydi: 
-  temir  yo‘llar  davlat  kadastrining  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi  joriy 
etilishi va mavjud bo‘lishini; 
- ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqish, uni temir yo‘l korxonalariga 
berish, ma’lumotlar bazasi to‘g‘ri to‘ldirilishi ustidan nazorat qilishni; 
-  korxonalarning  kadastr  bilan  shug‘ullanadigan  hodimlarini  temir  yo‘llar 
davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitishni; 
-  korxonalar  tomonidan  taqdim  etilgan kadastr  axborotini  tizimlashtirish va 
uni temir yo‘llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni; 
-  temir  yo‘llarning  yangi  obyektlari  to‘g‘risidagi  hisobga  olish  va  baholash 
ma’lumotlari to‘planishi ustidan nazorat qilishni; 
-  kadastr  axborotlari  Davlat  kadastrlari  yagona  tizimiga  tezkor  berilishini 
amalga oshirishni; 
-  har  yili  belgilangan  tartibda  Davlat  kadastrlari  yagona  tizimiga 
"O‘zbekiston  temir  yo‘llari"  davlat-aksiyadorlik  kompaniyasining  temir  yo‘l 
obyektlarining holati va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etishni. 
Temir yo‘l korxonalarining kadastr bo‘linmalari: 
-  temir  yo‘l  obyektlarini  miqdor  va  sifat  holatidagi  joriy  o‘zgarishlar, 
ularning  atrof  muhitga  ta’siri,  ekologik-iqtisodiy  baholash  to‘g‘risidagi 
axborotlarni to‘playdi va tizimlashtiradi; 
-  temir  yo‘l  obyektlari  kadastr  daftarlarini  yuritadi,  ma’lumotlar  bazasini 
to‘ldiradi  va  ularni  tizimlashtirish  va  temir  yo‘llar  davlat  kadastrining 


95 
 
avtomatlashtirilgan  axborot  tizimiga  kiritish  uchun  temir  yo‘llari  davlat  kadastri 
bo‘limiga beradi; 
- temir yo‘llar yangi obyektlarini hisobga qo‘yadi, ular to‘g‘risidagi hisobga 
olish va baholash ma’lumotlarini to‘playdi.  
"O‘zbekiston  temir  yo‘llari"  davlat-aksiyadorlik  kompaniyasi  tizimidan 
tashqarida  mavjud  bo‘lgan  temir  yo‘l  obyektlarining  egalari  foydalanuvchilar 
kompaniyani  kadastr  xizmatiga  kadastr  obyektlarining  jug‘rofiy  holati,  huquqiy 
maqomi,  miqdor  tavsiflari  va  baholanishi,  shuningdek  ular  holatining  joriy 
o‘zgarishlari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi shart.  
Temir  yo‘llari  davlat  kadastrini  yuritish  temir  yo‘l  obyektlarining  barcha 
turlarini  ro‘yhatdan  o‘tkazishdan,  ularning  miqdor  va  sifat  tavsiflarini  hisobga 
olishdan,  obyektlarni  ekologik-iqtisodiy  baholashdan,  shuningdek  kadastr 
axborotlarini  to‘plash,  tahlil  qilish,  tizimlashtirish,  saqlash,  yangilashdan  va  uni 
qonunda  belgilangan  tartibda  manfaatdor  foydalanuvchilarga  taqdim  etishdan 
iboratdir. 
Temir  yo‘l  obyektlarining barcha turlari birlamchi  ro‘yhatga olinishi  kerak. 
Bunda  asosiy  ko‘rsatkichlar  qayd  etiladi.  Asosiy  ko‘rsatkichlarning  tarkibi 
Davyergeodezkadastr    qo‘mitasi  bilan  kelishuv  bo‘yicha  "O‘zbekiston  temir 
yo‘llari"  davlat-aksiyadorlik  kompaniyasi  tomonidan  tasdiqlanadigan  tegishli 
normativ  hujjatlar  bilan  belgilanadi.  Ro‘yhatga  olish  natijalari  bo‘yicha  har  bir 
obyektga pasport tuziladi. 
Miqdor  va  sifat  tavsiflarining  asosiy  hisobga  olinishi  hisobga  qo‘yish 
paytida  foydalanishga  topshirilgan  va  mavjud  bo‘lgan  temir  yo‘llarning  har  bir 
obyekti  bo‘yicha  amalga  oshiriladi.  Temir  yo‘l  obyektlari  tavsiflarida  yuz 
beradigan bundan keyingi o‘zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi. 
Temir  yo‘l  obyektlarining  miqdor  va  sifat  tavsiflari  hisobga  qo‘yilishi 
ularning  iqtisodiy,  texnologik  va  ekologik  belgilar  bo‘yicha  tasniflanishini  o‘z 
ichiga  oladi,  ularning  tarkibi  temir  yo‘llar  davlat  kadastrini  yuritish  bo‘yicha 
normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 


96 
 
Temir  yo‘l  obyektlarining  miqdor  va  sifat  tavsiflarini  hisobga  olish  uchun 
Davyergeodezkadastr    qo‘mitasi  bilan  kelishuv  bo‘yicha  "O‘zbekiston  temir 
yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr 
axborotlarini  taqdim  etish  formatlari  ishlab  chiqiladi.  Hujjatlar  bilan 
rasmiylashtirilgan  va  belgilangan  tartibda  tasdiqlangan  hisobga  olish  axboroti 
korxonaning  kadastr  daftariga  yoziladi  va  temir  yo‘llar  davlat  kadastrining 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.  
Temir  yo‘l  obyektlarini  iqtisodiy  baholash  har  bir  obyektning  qiymatini 
belgilash,  soliq  solish,  xususiylashtirish  va  boshqa  maqsadlar  uchun  o‘tkaziladi. 
Temir yo‘l obyektlarini iqtisodiy baholash o‘ziga xos hisobga olingan holda qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Temir  yo‘l  obyektlari  to‘g‘risidagi kadastr  axborotining ishonchliligi uchun 
"O‘zbekiston  temir  yo‘llari"  davlat-aksiyadorlik  kompaniyasining  Temir  yo‘llari 
davlat kadastrini yurituvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari javob beradilar. 
1.  "O‘zbekiston  temir  yo‘llari"  aksiyadorlik  jamiyati  tizimida  va  undan 
tashqarida  mavjud  bo‘lgan  temir  yo‘l  obyektlari  egalari  foydalanuvchilari 
obyektlari  bo‘yicha  kadastr  axborotlarini  temir  yo‘l  korxonalarining  kadastr 
bo‘linmalariga taqdim etadilar. 
2. Ushbu kadastr bo‘linmalari obyektlarning egalari va foydalanuvchilardan 
temir  yo‘l  obyektlari  bo‘yicha  kadastr  axborotlarini  to‘playdilar,  o‘z  hududlari 
doirasida  kadastr  ishini  shakllantiradilar,  temir  yo‘l  obyektlari bo‘yicha  axborotni 
Strategik  rivojlanish  boshqarmasining  temir  yo‘llar  davlat  kadastri  bo‘limiga 
taqdim etadilar. 
3. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi 
temir  yo‘l  obyekti  TYDKga  kiritilgandan  keyin  kadastr  axborotlarini 
Davyergeodezkadastr  qo‘mitasi DKYATning ma’lumotlar bazasiga beradi. 
4. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‘llar davlat kadastri bo‘limi 
so‘rov  bo‘yicha  Davyergeodezkadastr    qo‘mitasining  DKYAT  ma’lumotlar 
bazasidan temir  yo‘l obyektlari bo‘yicha axborot olishi mumkin.  
 


97 
 
 
 
 
 
 
                                         4
*
                                5
*
                                     7

 
 
 
 
                                    3

 
 
 
                                                   
 
                                                    2
*                                 
6

 
 
 
      
 
 
 
       1*                                                                                                          1* 
        
                                                                                                                                                              
 
 
 
 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish