157
7-MAVZU. DUNYO AHOLISINING IRQIY TARKIBI
Reja:
7.1. Dunyo aholisi irqiy tarkibining turlari va xususiyatlari
7.2. Irqlar geografiyasi
7.1. Dunyo aholisi irqiy tarkibining turlari va xususiyatlari
Irq-bu kishilarning tarixiy tarkib topgan yirik hududiy guruhlaridir. Irqlar
kelib chiqishiga ko‘ra bir bo‘lib, faqat ba’zi bir tashqi fiziologik belgilariga-
sochining shakli va rangi, tanasining rangi, ko‘zlarining shakli, yuz suyaklarining
o‘lchamlari va ayrim xususiyatlari, burun, lab tuzilishiga ko‘ra farq qiladi. Bu
irqlar nasldan-naslga o‘tadi. Irqiy belgilar odam zoti paydo bo‘lganidan keyin
yashash sharoitidagi tafovutlar ta’sirida vujudga kelgan. Odamlarning anatomik va
fiziologik hamda ruhiy xususiyatlarida irqiy farqlar yo‘q. Irqiy tafovutlar jamiyat
taraqqiyotiga ta’sir etmaydi
1
. Yer shari aholisi uchta asosiy irqqa bo‘linadi. Bular
yevropeid, mongoloid va negr-avstraloid yoki ekvatorial irqlari. Yirik irqlar, o‘z
navbatida, mayda irqlarga ham ajraladi. So‘nggi yillarda mutaxassislar ekvatorial
irqni ikki mustaqil – negroid va avstraloid irqlarga bo‘lishni taklif etmoqdalar.
Irqlar – umumiy irsiy morfologik va fiziologik belgilarga ega bo‘lgan,
tarixiy shakllangan kishilar guruhidir. Ko‘pchilik olimlar irqlarning kelib
chiqishida hozirgi ko‘rinishdagi inson bitta markazda, ya’ni, taxminan O‘rta yer
dengizining sharqi, unga qo‘shni hududlar – Janubiy Yevropa, Shimoliy va
Sharqiy Afrika va G‘arbiy Osiyoda paydo bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari suruvchi
monotsentristik ta’limotni yoqlaydilar. Paleolit oxirida irqlar ikkita hudud – g‘arb
(shimoli-sharqiy Afrika va janubi-g‘arbiy Osiyo) va sharqda (janubi-sharqiy va
sharqiy osiyo) yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Keyinroq, insoniyat yer shari
bo‘ylab tarqalib va o‘zaro qorishib, hozirgi qiyofadagi irqlar shakllangan.
1
Ғуломов П. Жўғрофия атмалари ва тушунчалари изоҳли луғати. - Т., “Ўзбекистон”, 1994., 52-бет.
158
Katta irqlar to‘qnashgan hududlarda oraliq va aralash irqiy tiplar vujudga
kelgan. Oraliq irqlar shu darajada uzoq o‘tmishda shakllanganki, endilikda, ular
ikki irqning aralashishi natijasimi, yoki katta irqlarning ular bo‘lingungacha
bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida saqlab qolganini aniqlash qiyin. Aralash irqiy tiplar
esa, nafaqat, qadimda, shu bilan birga, o‘rta asrlarda hamda yangi va eng yangi
tarixda yuzaga kelgan. Oraliq irqlarning tipik vakillari – janubiy Hindistonning
dravid tipi hamda sharqiy Afrikadagi efiopiya tipi hisoblanadi; aralash tiplarga
Amerika metislari va mulatlarini kiritish mumkin.
Negroid irqi-Afrikada joylashgan. Negroidlar uchun qora, jingalak sochlar,
qo‘y ko‘z, tez-tez pigmentlashib turadigan tyeri, zaif yoki o‘rtacha rivojlangan
uchlamchi jun qoplami, o‘rtacha chiqib turgan yonoq suyagi, oldinga kuchli
chiqqan jag‘, zaif chiqib turgan keng burun, qalin lablar xaraktyerlidir. Negroid
belgilar ko‘proq Sahroi Kabir janubida yashaydigan xalqlar uchun xosdir. Shu
bilan birga, negroidlarga past bo‘yli Markaziy Afrika pigmeylari, bo‘yi nihoyatda
past bo‘lgan negrillilar hamda negroid (sochi nihoyatda jingalak) hamda
mongoloid xususiyatlar (qurigan barg rangidagi sarg‘aygan tyeri, keng yuz)
qorishib ketgan janubiy Afrika bushmenlari va gottentotlari tegishlidir.
Yevropeoid irqi-Yevropa, Shimoliy Amerika, Old Osiyo, Shimoliy Amerika
va Kanada, Avstraliyaning bir qismi, Yangi Zelandiyada keng tarqalgan.
Yevropeoidlar turlicha tusdagi jingalak yoki to‘g‘ri yumshoq sochi, sariq yoki
bug‘doyrang tyerisi, kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami, zaifroq chiqib
turgan yonog‘i va jag‘i, kambar burni, ingichka yoki o‘rtacha qalinlikdagi lablari
bilan ajralib turadi. Yevropeoidlar asosan sochi va ko‘zining rangi bo‘yicha ikkita
yirik – shimoliy va janubiy guruhlarga bo‘linadi. Shimoliy tarmog‘i shimoliy
Yevropani egallaydi. Janubiy tarmog‘i Yevropaning janubi, shimoliy Afrika, Old
Osiyo va Shimoliy Hindistondir. Bular o‘rtasidagi farq odamlarning bo‘yi, ko‘zi,
sochi va tyerisining rangida. Shimoliy tarmog‘idagilarning bo‘yi baland, rangi
tiniq, qirra burun bo‘lsa, janubidagilar o‘rta bo‘y, to‘q rang va to‘g‘ri sochi,
qoracha ya’ni, bug‘doy mag‘iz tyerisi bilan ajraladi.
159
Shimoliy guruhga tyerisi kam pigmentlashadigan Skandinaviya va unga
qo‘shni hududlardagi xalqlar, bug‘doyrang tyeri, qorasoch, qo‘y ko‘z xaraktyerli
bo‘lgan janubiy guruhga – Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Old, Markaziy va
Janubiy Osiyo xalqlari kiradi. Yevropaning katta qismi oraliq mintaqada bo‘lib,
undagi xalqlar Yevropeoid irqining na shimoliy, na janubiy guruhiga mansub
emas. Shimoliy va janubiy yevropeoidlar hamda oraliq guruhlar kishilarning bo‘yi,
sochi va ko‘zining rangi, bosh shakli bo‘yicha ko‘plab kichik irqlarga ajratiladi.
Shimoliy guruh tarkibida – atlantika-boltiq va belomor-boltiq irqlari, oraliq
formalar tarkibida – alp, o‘rta Yevropa, Sharqiy Yevropa irqlari, janubiy guruh
tarkibida – o‘rtayer dengizi, hind-afg‘on, adriatika (dinar), old osiyo (armenoid),
pomir-farg‘ona irqlarini kiritish mumkin.
Mongoloid irqi ham yevropeoid irqi singari ikki tarmoqqa bo‘linadi:
Shimoliy va Sharqiy. Shimoliy mongoloidlarga mo‘g‘illar, tungus-manchjur
xalqlari kirsa, Sharqiy mongoloidga koreyslar, Shimoliy xitoylar kiradi. Negroid
irqi asosan Afrikada keng tarqalganligi ayon, biroq ma’lum bir jihatdan ular AQSH
va Karib havzasida ham uchraydi. Bu irqlar o‘rtasidagi farq unchalik katta emas.
Janubi-Sharqiy Osiy, Avstraliya va Okeaniyada negroid irqiga o‘xshash odamlar
yashaydi. Ammo ular ba’zi belgilariga ko‘ra negroidlardan keskin farq qiladi. Shu
boisdan, olimlar bularni to‘rtinchi - avstraloid irqi, deb atashmoqda. Dunyo
aholisining 70 foizini asosan uch irq vakillari tashkil qiladi (yevropyeoidlar-43,6,
mongoloidlar-19,1, negroidlar 6,6 foiz) qolgan 30 foizi aralash va boshqa oraliq
irqlarga to‘g‘ri keladi
1
.
Mongoloidlar uchun to‘g‘ri qattiq qora sochlar, zaif rivojlangan uchlamchi
jun qoplami, sariq tusli tyeri, qisiq ko‘z, keng yuz, kuchli chiqib turgan yonoq
suyagi, past qansharli ingichka yoki o‘rtacha kenglikdagi burun, ko‘z qovog‘ining
yuqori qismini ajin qoplashi xaraktyerlidir. Kelib chiqishi va ko‘pgina belgilari
bo‘yicha ularga Amerika hindulari yaqin, biroq, hindularda umumiy mongoloid
qiyofa yo‘qolib ketgan, epikantus kam uchraydi, burni cho‘zinchoq. Osiyo
mongoloidlari ikki, ya’ni matyerik va tinch okeani guruhlariga ajratiladi. Matyerik
1
Брук С.И. Население мира: Этнодемографический спровочник.- М., 1981., с.113.
160
mongoloidlari tinch okeani guruhidan pigmentasiyaning sustligi, skelet
massasining kattaligi, keng yuzi va boshqa belgilar bilan ajralib turadi.
Mongoloidlar orasida matyerik va tinch okeani guruhlari xususiyatlarini o‘zida
birlashtirgan hamda o‘ziga xos belgilarga ega arktika guruhi (masalan, burnining
juda torligi) alohida o‘rin egallaydi.
Tinch okeani guruhidan janubda malayya irqi, deb ataluvchi, biroq
avstraloidlarning juda ko‘p belgilari (to‘lqinsimon sochlar, anchagina qora tyeri,
qalin lab, nisbatan keng burun va h.k.) uchraydigan mongoloidlarning janubiy
guruhiga mansub xalqlar yashaydi. Ular avstraloid irqining turli guruhlari bilan
qorishishlari tufayli, hozirda mongoloid irqi tarkibiga kiritilmay, mongoloid katta
irqining Osiyo tarmog‘i va avstraloid irqi o‘rtasidagi oraliq va aralash irqiy
formalar, deb hisoblanmoqda. Ta’kidlash joizki, boshqa yirik irqlarga hamda
ularning oraliq va aralash formalariga nisbatan tinch okean va janubiy
mongoloidlar orasidagi chegara to‘liq aniqlanmagan.
Avstraloidlar tyerisining to‘q rangi, keng burni, ularni negroidlar bilan
yaqinlashtiruvchi qalin lablari, biroq ulardan farqlantiruvchi to‘lqinsimon sochlari
(avstraliyaliklar, veddoidlar), kuchli rivojlangan uchlamchi jun qoplami
(avstraliyaliklar), ba’zan biroz zaiflashadigan pigmentasiya bilan ajralib turadi.
Boshqa barcha yirik irqlardan farqli o‘laroq, avstraloidlarning alohida guruhlari
(Avstraliya aborigenlari, papuaslar va melaneziyaliklar, veddoidlar hamda
negritoslar va aynlar) o‘z irqiy belgilari bilan ajralib turadi. Avstraliya aborigenlari
pigmentasiya bo‘yicha negroidlarga, sochining shakli va uchlamchi jun qoplami
rivojlanishi bo‘yicha – yevropeoidlarga yaqin. Avstraloid irqiga mansub belgilar
yaqqol namoyon bo‘lgan papuaslar va melaneziyaliklarning sochlari negroidlarga
o‘xshash jingalak.
Avstraloidlarga o‘xshash umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan veddoidlar
o‘zlarining past bo‘yi, yuz tyerisining jun bilan kam qoplanganligi, qosh ustidagi
suyaklari va keng burni bilan ajralib turadi. Nihoyatda past bo‘yli va jingalak
sochli negritoslar va aynlar genetik jihatdan boshqa avstraloidlarga bog‘liq
bo‘lsalarda, o‘zlarining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ulardan keskin farqlanadi.
161
Ularda deyarli barcha katta irqlarning ma’lum xususiyatlari o‘z aksini topgan
(yevropeoidlardan – yorqin rangli tyeri va juda kuchli rivojlangan uchlamchi jun
qoplami, avstraloidlardan – keng burun va nishab peshona hamda mongoloidlardan
–epikantusning mavjudligi). Odatda mongoloid, avstraloid va yevropeoid irqlariga
mansub belgilari bo‘lgan Madagaskar, Gavayi, Polinyeziya va Mikronyeziya
aholisining aralash irqiy tiplari (Madagaskar aholisi uchun – negroid ham) alohida
ajratiladi.
Turli irqiy guruhlarga mansub yuqorida ko‘rsatilgan tashqi farqlardan
tashqari, ularda fiziologik va biokimyoviy jihatdan tafovutlar ham mavjud.
Jumladan, turli irqlar qon guruhi, tishlarining joylashuvi, ta’m bilishi, oqsil
zardobi, rang turlarini ajratishi (daltonizm) va h.k. xususiyatlar bilan ham bir-
biridan farqlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |