Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


  Aholi geografiyasining asosiy bo‘limlari va tadqiqot metodlari



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

 
1.3.  Aholi geografiyasining asosiy bo‘limlari va tadqiqot metodlari 
 
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, sayyoramiz aholisi milodning boshlarida 
252  million  kishini  tashkil  etgan,  xolos.  1000  yilda  dunyo  aholisining  soni  305 
millionga,  1500  yilda  –  440  millionga  etgan.  XIX  asrning  oxirlarida  dunyo 
aholisining soni 1 milliarddan oshib ketdi. Keyingi bir asr davomida, ya’ni XX asr 
va  XXI  asrning  boshlarida  dunyo  aholisi  juda  tez  sur’at  bilan  ko‘payib  bordi. 
1900–1950  yillarda  kurrai  zamin  aholisi  har  yili  o‘rtacha  0,90  foizdan  ko‘paygan 
bo‘lsa, 1950–2000 yillarda bu ko‘rsatkich 1,75 foizni tashkil etdi. Hozirgi davrda 
(2017 y.) dunyo aholisi 7,5 milliardni tashkil etmoqda. Aholi soni dinamikasidagi 
bunday  o‘zgarishlar  qator  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  demografik  omillar  bilan  bog‘liq 
albatta.  Ulardan  asosiylari  aholi  turmush  tarzidagi,  ijtimoiy  ishlab  chiqarishdagi 
ijobiy  o‘zgarishlar,  o‘lim  hollarining  kamayishi  va  aholi  o‘rtacha  umr  ko‘rish 
muddatining oshib borishidir. 
Qayd etilganidek, dunyoning alohida hududlarida aholining ko‘payib borishi 
va  uning  omillari,  muammolari  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  ega  bo‘lib,  ularning 
yechimi ko‘pchilik aholishunos olimlar e’tiborini tortdi. Aholining sotsial-iqtisodiy 
va demografik muammolari bo‘yicha qator tadqiqotlar olib borildi. Natijada, aholi 
muammolari  bilan  shug‘ullanuvchi  fanlar  tez  sur’atda  ko‘paydi.  Ularga  falsafa, 
tarix,  sotsiologiya,  huquqshunoslik,  psixologiya,  etnografiya,  tibbiyot,  biologiya, 
demografiya,  ekologiya,  iqtisodiy  geografiya  va  aholi  geografiyasi  kabi  fanlar 
kiradi.  Mazkur  fanlar  tadqiqot  natijalari  asosida  aholi  haqidagi  bilimlar  tizimi 
shakllanadi.  Darhaqiqat,  aholi  qator  fanlarning  o‘rganish  ob’ekti  hisoblanadi. 
Sababi, aholi – bu hayotning ishlab chiqarish va takror barpo bo‘lish jarayonlarida, 


 
25 
tabiiy  tarixiy  ravishda  shakllanuvchi  va  uzluksiz  yangilanib  turuvchi  insonlar 
birligi, kishilik jamiyatining matyerial komponentidir
1

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida aholi insonlarning alohida tarixiy 
birligi  sifatida  namoyon  bo‘ladi  (qadimgi  dunyo  aholisi,  quldorlik,  feodalizm 
tuzum  aholisi  va  h.k.).  Bu  hol  aholining  ijtimoiy  jihatlarini  yaqqol  ifodalaydi. 
Aholining yana bir umumiy jihati makon tomoni bilan xarakterlanadi. Insonlar o‘z 
hayotlarida  ma’lum  bir  hududiy,  ijtimoiy  birlik  bilan  bog‘langandir.  Masalan, 
hududiy birligi – materiklarning aholisi (Shimoliy Amerika aholisi, Osiyo aholisi, 
Yevropa aholisi....), davlatlar aholisi (AQSH aholisi, Rossiya aholisi, O‘zbekiston 
aholisi  va  h.k.)da  ifodalanadi.  Ma’lum  bir  davlat  aholisini  o‘rganganda  esa, 
hududiy  birlik  yana  ham  mukammallashadi.  Masalan,  O‘zbekiston  aholisi,  uning 
viloyatlari va tumanlari aholisi, shahar va qishloq aholisi birligida ifodalanadi. 
Aholining ijtimoiy birligi esa, ijtimoiy guruhlarda (qabila-urug‘, etnik, diniy, 
siyosiy  va  h.k.)  o‘z  aksini  topadi.  Shuningdek,  ijtimoiy  birlik  haqida  so‘z 
borganda,  tarixiy  davrlar  –  vaqt  birligi  ham  muhimdir.  Masalan,  IX–X  asrlarda 
Amir  Temur  davri  aholisi,  Buxoro  amirligi,  Xiva  xonligi  aholisi  va  h.k.  Demak 
ijtimoiy – vaqt va makon hududiy tadqiqotlarda aholini har qanday vaqt va hudud 
bo‘yicha ajratish imkonini beradi. Ma’lumki, aholi geografiyasining asosiy ob’ekti 
– aholi va aholi manzilgohlari, ya’ni maskanlaridir. Ana shu nuqtai nazardan aholi 
geografiyasi aholishunoslik fanlari tizimida o‘z o‘rniga egadir. 
Aholini  o‘rganishda  tadqiqot  ob’ekti  aholi  bo‘lgan  barcha  fanlar  o‘zaro 
bog‘liq  holda  bir-birining  tadqiqot  natijalariga  asoslanib  faoliyat  ko‘rsatadilar. 
Faqat geograf yoki demograf, iqtisodchi yoki sotsiolog “Nima uchun sayyoramizda 
yoki  uning  alohida  hududlrida  aholi  ko‘payib  yoki  kamayib  bormoqda?”, 
“Kelajakda  yer  yuzida  aholi  ko‘payishi  jarayonida  qanday  o‘zgarishlar 
kutilmoqda?”, “Aholining qishloqdan shaharga bo‘lgan migratsion oqimini qanday 
izohlash  mumkin?”  degan  savollarga  o‘zi  javob  bera  oladimi?  Agar  u  o‘z  ilmiy 
yondoshuv  natijalari  asosida  javob  byersa  ham,  javob  bir  yoqlama  bo‘lib  qoladi. 
Bunday  muammolarni  mukammal  hal  etishda  aholishunoslik  fanlari  tizimiga 
                                                 
1
 Демографический энциклопедический словарь.- М., 1985, c .268. 


 
26 
kiruvchi  barcha  fanlar  tadqiqotlari  natijalari  va  ular  asosida  shakllangan 
aholishunoslik  bilimlar  tizimi  zarurdir.  Mazkur  tizimni  quyidagi  sxema 
ko‘rinishida ifodalash mumkin
1

Keltirilgan  chizmaga  ko‘ra  aholi  geografiyasi  bevosita  aholining  umumiy 
nazariyasi,  demografiya  va  u  orqali  barcha  demografiyaga  tutash  fanlar  bilan 
aloqadorligini kuzatish mumkin. Ma’lum bir hudud yoki davlat aholisi soni, tarkibi 
va  takror  barpo  bo‘lishini,  aholi  maskanlarining  (shahar  va  qishloqlar) 
shakllanishining  hududiy  xususiyatlari  va  rivojlanish  qonuniyatlarini  o‘rganar 
ekan,  aholi  geografiyasi  aholishunoslik  bilimlar  tizimidagi  barcha  fanlar  tadqiqot 
natijalaridan  foydalanadi.  O‘z  navbatida,  tizimdagi  qayd  etilgan  fanlar  aholi 
geografiyasi tadqiqot natijalariga ham asoslanadi. 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish