14.7.1.Vaqtinchalik suvlar eroziyasi va jarliklarni hosil bo’lishi.
Vaqtinchalik oqimlar, erigan qor suvlari va yog’in suvlaridan hosil bo’ladi.
Ularning yemirilishi faoliyati tufayli jarliklar hosil bo’ladi. Yog’in suvlari yer
yuzasining chuqurchalari ustida to’planib, ularni asta - sekinlik bilan yuvib,
o’pqonlar, o’nqir - cho’nqirlar hosil qila boshlaydi. Tog’ jinslarining qattiqligi
yoki yumshoqligiga qarab, bir joyi sekin, ikkinchisi tez yuvila boshlaydi. Natijada
108
yon bag’irlikning ustki qismida turli tomonga yunalgan yoki parallel jo’yaklar
hosil bo’ladi. Jo’yaklarning ba’zilari yonbag’irliklarning quyi qismida birlashib
chuqur va katta jo’yaklar hosil qiladi
(14.7 - rasm).
14.7-rasm
. Jarliklarning kengayib
borishi: I-jarlikni bo’ylama qirqimi;
1-boshi, 2-asosi, 3-cho’qqisi, 4-jarning
kengaish tomoni, 5-chiqish konusi,
6-yemirilish bazisi. II-jarlikning
ko’ndalang qirqimi; 1-faol jarlik,
2-balka III- faol jarlikning elementlari;
a) oqim boshi. IV-jarlikning ko’rinishi.
Vaqtinchalik suvlarning yemirish faoliyati bir kancha omillarga bog’liq
bo’ladi:
O’simlik qatlamida oson yuviluvchi, bo’shoq, bog’lanmagan jinslarning
mavjudligi, jalalarning yog’ishi, daryo oqimlarining yemirilish bazisini pastda
joylashganligi, yuzani nishabligi kattaligi, jinslar tarkibidagi tuz miqdorini oz
bo’lishi - bu omillarga misol bo’la oladi. Jarliklarni hosil bo’lishi va uni kengayib
ketishi, ekinzor yerlarga, aholi yashash joylariga va inshootlarga katta xavf soladi.
Jarliklar yaqinida bo’lgan inshootlar zamini yuvilib ketavergach, o’zining
turg’unligini yo’qotadi. Shuni ham aytish kerakki, sug’oriladigan rayonlarda
sug’orish irrigatsiya eroziyasi ham sodir bo’ladi. U sug’oriladigan baland -
pastliklarda sug’orish texnikasiga yetarli rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadi.
Eroziya tufayli suv jo’yaklarni yuvib, daladan ko’p mayda zarralarni oqizib ketadi,
tuproq unumdorligi pasayadi, o’simlik yaxshi o’sa olmay, hosili kamayadi.
Jarliklarni hosil bo’lmasligi uchun turli tadbirlar qo’llaniladi. Ular aktiv va passiv
bo’lishi mumkin. Jarliklarni oldini olish passiv tadbirlardan; Jarliklar yaqinidagi,
o’rmonzorlarni kesmaslik, yer haydamaslik, mol boqmaslik va x.k.
109
14.8 - rasm
. Daryo erozion
terrasalarining ko’ndalang
kesimi: daryo dastlab aa1, keyin
vv1 punktir chiziqlari bo’yicha
ossan; I va II erosion terrasalar.
Jarning kengayib ketmasligi uchun ko’riladigan aktiv chora - tadbirlarga
yuzadagi suvlar harakatini tartibga solish (chuqurliklar va lotoklar yotqizish);
jarning tubini kichik to’g’onlar qurish yo’li bilan yuvilishdan saqlash, qirg’oqlarni
mustahkamlaydigan o’simliklar o’tqazish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |