A yuldashev soliq va soliqqa



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/76
Sana03.12.2022
Hajmi3,48 Mb.
#878261
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76
Bog'liq
Yuldashev A. Soliq va soliqqa tortish

kadastrli usul
hisoblanadi. Soliqni bunday usul bilan toiashning o'ziga xos 
xususiyati shundan iboratki, mol-mulkka uning tashki belgilari, m o'ljal- 
lanayotgan darom ad asosida soliq solinishi bois, soliqni to'lash vaqti daro- 
madni olish vaqti bilan hech qanaqa bog'liq emas va shu munosabat bilan 
m ol-mulk solig'ini to'lash uchun qatiy muddat belgilanadi. Jum ladan
m ol-mulk solig'i teng ulushlarda ikki muddatda — 15-iyun va 15-dekabr- 
dan kechiktirmay to'lanadi (O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 
95-moddasi).
96


Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solish prcdmeti 
joylashgan joydagi soliq organi tom onidan hisoblab chiqiladi, bunda soliq 
organi tom onidan yozib beriladigan to io v xabamomasi to'lovchilarga har 
yili joriy yilning l-mayidan kechiktirilmay topshiriladi (O'zbekiston Res­
publikasi Soliq kodeksining 95-moddasi 8-qismi). Shunday qilib, soliq to ‘- 
lovchining roli go'yki passivdir.
Soliqlar bo'yicha to'lovlar faqatgina soliq solish predmeti joylashgan 
joydagi mahalliy budjetga o'tkaziladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq uning har yili
1-yanvar holatiga ko'ra ro'yxatga olish (invetarizatsiya) qiymatiga nisbatan 
% hisobida hisoblab chiqariladi. Agar imoratlar, binolar va inshootlaming 
ro'yxatga olish qiymati haqidagi m a’lumotlar bo'lm asa, u holda soliq 
ushbu mulkning davlat majburiy sugurtasi bo'yicha summalami hisoblash 
uchun belgilangan qiymatidan, shuningdek, har yilning 1-yanvar holatiga 
ko'ra baholanishidan chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
2002-yil 1-yanvardan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- 
sining 2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prog- 
nozi va 2002-yilgi O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetining param etr- 
lari to'g'risida»gi 490-son qaroriga muvofiq joriy etilgan jismoniy shaxs­
lardan olinadigan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilig'isi va 
suyultirilgan gaz iste’moliga solig'ini hisoblab chiqarish va to'lash tartibi 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo'm itasining 
yo'riqnom asida belgilab berilgan.
Yuriqnomaga muvofiq ushbu soliq turi bo'yicha soliq summasi jis­
moniy shaxslarga sotiladigan benzin, dizel yoqilig'isi va suyultirilgan gaz 
uchun mablag' to ian ish i bilan bir vaqtda undiriladi va soliq summasi qu­
yidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
NqV St,
Bu yerda:
N-hisoblab yozilgan soliq;
V-jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yoqilig'isi va suyul­
tirilgan gazning natural ifodadagi hajmi;
St-soliq stavkasi.
Soliq summasi chakana narxga qo'shim cha ravishda belgilanadi va jis­
moniy shaxs-xaridorga berilgan chekda alohida satr bilan ko'rsatiladi.
Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi hujalik yurituvchi 
subyektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to'lanadigan 
soliqlar, yig'imlar va majburiy to'lovlar bo'yicha soliq obyekti bo'lmaydi.
Budjetga soliq to'lovchilar sotilgan benzin, dizel yoqilig'isi va suyul­
tirilgan gaz hisobi hamda hisoblangan soliq summalari hisobini alohida 
yuritadilar.
Budjet bilan hisob-kitoblar hisobi «Budjet bilan hisob-kitoblar» hisob­
varag'i bo'yicha — «Jismoniy shaxslardan olinadigan transport vositalari 
uchun benzin, dizel yoqilig'isi va suyultirilgan gaz iste’moliga soliq» ilova 
hisobvarag'ida yuritiladi, soliqni o'tkazish «hisob-kitob varag'i» hisob­
varag'i bo'yicha aks ettiriladi.
97


Soliq mahalliy budjetga 0 ‘zbekiston Respublikasi budjetlari daromad 
va xarajatlarining tegishli tasnifiga ko'ra bulim va paragrafga to'lanadi.
Soliq bank muassasalari orqali har o 'n kunda, benzin, dizel yoqilig'isi 
va suyultirilgan gaz jismoniy shaxslarga sotilgan oy un kunligi tugaganidan 
so'ng uchinchi kundan kechiktirmay to'lanadi.
Joriy o 'n kunlik to'lovlar hisobiga olingan soliq bo'yicha hisob-kitob 
avtomobilga yonilg'i qo'yish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq 
xizmati organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan 
kechiktirmay taqdim etiladi.

Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish