Texnologiyalari kafedrasi «kiyim materiallarini ishlab chiqarish jarayonlari»



Download 2,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/44
Sana03.12.2022
Hajmi2,88 Mb.
#878098
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua

Ikkilamchi xom-ashyo 
To‘qimachilik mahsulotari sifatida o‘z xizmatini o‘tagan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatish uchun 
yaroqsiz bo‘lib qolgan, lekin ma’lum ishlov berilgandan so‘ng to‘qimachilik xom-ashyosi 
sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan buyumlar ikkilamchi xom-ashyo sanaladi. 
Ikkilamchi xom-ashyo kelib chiqishi bo‘yicha ikki turga bo‘linadi: 
I.
Maishiy chiqindilar. Bu chiqindilar inson ehtiyoji uchun ishlatib bo‘lingan buyumlar: 
ustki kiyimlar, paltolar, shubalar, kiygiz mahsulotlari, qoplar, har xil texnik 
to‘qimachilik matolari. 
Maishiy chiqindilar aholidan yig‘ilib, ikkilamchi xom-ashyoni qayta ishlash korxonasiga 
yuboriladi. 
Bu korxonada maishiy chiqindilarga bir qator ishlov beriladi. 
1.
Tozalanadi. 
2.
Zararsizlantiriladi. 
3.
Sortlarga ajratiladi. 
Sortlarga ajratishda quyidagi narsalarga e’tibor beriladi: 
a)
Chiqindining tolaviy tarkibiga. 
b)
Chiqindini sitilishiga. 
c)
Rangiga. 
d)
0‘lchamlariga. 
II.
Sanoat chiqindilari. Bu chiqindilar asosan tikuvchilik va trikotaj korxonalarida paydo 
bo‘ladi. Sanoat chiqindilarining katta qismi tikuvchilik korxonasining bichuv sexida paydo bo‘ladi. 
Bu chiqindilar tikish uchun mo‘ljallangan matolar umumiy hajmining 10% gacha bo‘ladi. Sanoat 
chiqindilarning yana bir qismi trikotaj matolarini bichish jarayonida hosil bo‘ladi. Trikotaj 
matolaridan bichish jarayonida 10% ga yaqin chiqindilar ajraladi. Bichish sexida qiyqimlar bilan 
bir qatorda iplar va boshqa yordamchi matolar chiqindi sifatida ajralib chiqadi. Sanoat chiqindilari 
maishiy chiqindilariga nisbatan tozaligi, fizik-mexanik xossalari yuqoriligi bilan farq qiladi. 
Shuning uchun ular birlamchi ishlov talab qilmaydi, lekin albatta sortlarga ajratiladi. Sortlarga 
ajratish yuqorida aytilgandek amalga oshiriladi. 
To‘qimachilik sanoati chiqindilari 
Ikkilamchi xom-ashyodan tashqari to‘qimachilik sanoati chiqindilari ham mavjud. Bu 
chiqindilar to‘qimachilik sanoatining barcha korxonalarida paydo bo‘ladi. Tabiiy tolalarga 
dastlabki ishlov berish korxonalarida, kimyoviy tolalar olish korxonalarida bo‘ladi. 
To‘qimachilik sanoati chiqindilari tolali qatlam sifatida, pilta, pilik, ip sifatida ajralib 
chiqadi. Bu chiqindilar ishlatilishiga qarab ikki xil bo‘ladi: 
1.
Uzuqlar(obrat): paydo bo‘lgan joyni o‘zida qayta ishlanadi. Masalan: tozalash va tarash 
sexidan ajralib chiqqan chiqindilar o‘sha jarayonni o‘zida qayta ishlanadi. Savash mashinasidan 
ajralgan tolalar yana shu mashinaning o‘zida qayta ishlanishi mumkin. 
2.
Qaytim (Vozvrat): bu chiqindilar paydo bo‘lgan jarayonida qayta ishlanmaydi. Avvalgi 
jarayonga qaytarilib o‘sha yerda ishlanadi. Masalan: yigirish sexining chiqindilari - pilta, pilik, 
kalava bo‘laklari avvalgi tayyorlash sexiga jo‘natiladi. 
Noto‘qima matolar ishlab chiqarish xom-ashyo bazasining 58 foizi sifatli to‘qimachilik 


tolalardan 42 foizi to‘qimachilik sanoati chiqindilari va ikkilamchi xom-ashyodan iborat. 
To‘qimachilik sanoati chiqindilari va ikkilamchi xom-ashyo noto‘qima matolarining keng 
assortimentini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ulardan qurilish va texnika uchun issiqlikni va 
tovushni izolyatsiya qiluvchi matolar, kiyim sanoati uchun vatinlar, poloslar uchun arzon birlamchi 
asos, avtomobil sanoati uchun to‘ldiruvchi matolar ishlab chiqarilishi mumkin. 
“KIYIM MATERIALLARINI ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI” FANI 
bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari taqsimoti 


1-
_Laboratoriya ishi 
Mavzu: Yigirish tizimlari. 
Ishni bajarishdan maqsad: Yigirish korxonalari xom ashyolari bilan tanishib, texnologik 
№ 
Mashg‘ulot mavzusi va mazmuni 
Vaqt, 
Soat 
1. 
1- Laboratoriya ishi. 
Yigirishi tizimlari 

2. 
2- Laboratoriya ishi. 
Titish, tozalash uskunalari, «Tryuchler» agregati 

3. 
3- Laboratoriya ishi. 
Tarash mashinalari. 

4. 
4- Laboratoriya ishi. 
Qayta tarash mashinasi 

5. 
5- Laboratoriya ishi. 
Piltalash mashinalari 

6. 
6- Laboratoriya ishi. 
Piliklash mashinalari. 

7. 
7- Laboratoriya ishi. 
Yigiruv mashinalari (Halqali va Pnevmomexanik yigirish mashinalari.). 

8. 
8- Laboratoriya ishi. 
Tabiiy ipak olish texnologiyasi. Pishitilgan iplar olish texnologiyasi 

9. 
9- Laboratoriya ishi. 
Tc‘quvchilikka tanda va arqoq iplarini tayyorlash. Qayta c‘rash jarayoni, 
maqsadi va uskunalari. 

10. 10- Laboratoriya ishi. 
Tandalash jarayoni maqsadi, turlari, uskunalari 

11. 
11- Laboratoriya ishi. 
Iplarni oxorlash,jarayoni maqsadi, mashinalari. Oxor tarkibi. - Iplarni 
c‘tkazish va bog‘lash, maqsadi va mohiyati 

12. 12- Laboratoriya ishi. 
Tc‘quv dastgohining turlari. Tc‘quv dastgohining asosiy mexanizmlari. 
(homuza hosil qiluvchi mexanizmlar, arqoq tashlash mexanizmlari, arqoq 
ipini to‘qima chetiga urish mexanizmlari, to‘qimani tortib olish va c‘rash 
mexanizmlari, tanda ipini uzatish va tarangligini rostlash mexanizmlari) 

13. 13- Laboratoriya ishi. 
Tukima urilishdari 

14. 14- Laboratoriya ishi. 
Trikotaj matolarini olish texnologiyasi. 

15. 15- Laboratoriya ishi. 
Noto‘qima matolar ishlab chiqarish texnologiyasi 

JAMI: 
36 


jarayonlarini o‘rganish. 
Ishning bajarilish tartibi: 
1.
0‘quv laboratoriya ishidagi havfsizlik qoidalarini o‘rganing. 
2.
Yigirish sistemalarini o‘rganing. Karda, qayta tarash va apparat iplari xossalarining 
xususiyatlarini izohlang. 
3.
Karda, qayta tarash va apparat sistemalarida ishlatiladigan mashinalar ketma-ketligi va 
ularda amalga oshiriladigan texnologik jarayonlarni o‘rganing. 
Kerakli jihozlar: tola, karda va qayta tarash tizimlarida ishlatiladigan mashinalar. 
Topshiriq 
1.
To‘ qimachilik tola va iplarining tasnifini keltiring. 
2.
Paxta va kimyoviy tolalarni yigirish tizimlari jadval tarzida to‘ldiring. 
3.
To‘qimachilik tola va iplarining olinish jarayonlari va mato ishlab chiqarishdagi o‘ziga xos 
xususiyatlarini internet tarmog‘I orqali izlang va hisobotda keltiring. 
Uyda: Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tayyorlang. 
Nazorat savollari 
1.
To‘qimachilik tolalari deb qanday jismlarga aytiladi? 
2.
To‘qimachilik tolalari qanday tasniflanadi? 
3.
Yigirish jarayoning maqsadi va mohiyati. 
4.
Sintetik tolalar qanday moddalardan olinadi? 
5.
Qanday iplarga yakka to‘qimachilik iplari deyiladi? 
6.
To‘qimachilik mahsulotlariga ta’rif bering. 
7.
Yigirish sistemasi nimani bildiradi? 
8.
Qanday yigirish sistemalari mavjud? 
2-
Laboratoriya ishi Mavzu: Titish,tozalash 
uskunalari. «Tryuchler» agregati 
Ishni bajarishdan maqsad: Tolalarn tarashga tayyorlab berish jarayonini o‘rganish. 

Download 2,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish