Muhokamalar va natijalar.
Oʻqitish jarayonida tarbiyalanuvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli
pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qoʻllanilishi, ularni mustaqil va erkin fikrlashga,
izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas’uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil
qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, oʻqishga, fanga, pedagokga oʻzi tanlagan
kasbiga boʻlgan qiziqishini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda oʻquv jarayonida innovatsion
va axborot texnologiyalarni qoʻllashni taqozo etadi.
“Aqliy hujum” metodi
“Aqliy hujum” - g’oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodi. “Aqliy hujum” metodi biror
muammoni yechishda oʻquvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali
ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali metod. Aqliy hujum metodining yozma va og’zaki shakllari
mavjud. Og’zaki shaklida oʻqituvchi tomonidan berilgan savolga oʻquvchilarning har biri oʻz fikrini og’zaki
bildiradi. Oʻquvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga
oʻquvchilar oʻz javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar.
Javoblar doskaga magnitlar yordamida yoki “pinbord” doskasiga igna yordamida mahkamlanadi. “Aqliy
hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar boʻyicha guruhlab chiqish imkoniyati
mavjuddir. Ushbu metod toʻgri va ijobiy qoʻllanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga oʻrgatadi.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda oʻquvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati boʻladi, shu
jumladan oʻquvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Oʻquvchilar oʻz
fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish
koʻnikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi oʻquvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib
keladi. Bu metod oʻquvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi
oʻqituvchi tomonidan qoʻyilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
1. Oʻquvchilarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qoʻyilganda, bu metod darsning
mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib qoʻyilganda - yangi
mavzuga oʻtish qismida amalga oshiriladi.
3. Oʻtilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qoʻyilganda-mavzudan soʻng, darsning
mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |