tuziladi. Dalolatnomada kassadagi pullar belgilari bo‘yicha
alohida
ko‘rsatiladi va ulaming to‘liq summasi yoziladi. Dalolatnomaga taflish
hay’ati, bosh buxgalter va kassir imzo chekadi. Kassa xarajat orderi
bilan rasmiylashtirilmagan turli xildagi tilxatlar, vedomostlar va
schyotlami tekshirish jarayonida hisobga olinmaydi;
• kassadagi sanalgan pullaming va qimmatbaho qog‘ozlaming
hammasi shu xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hisoblanadi,
chunki
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va shaxslaming pullari va
qimmatbaho qog‘ozlarini xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasida saqlash
taqiqlanadi;
• kassadagi kamomad yoki ortiqcha pul mablag‘Iari to ‘g ‘risidagi
m a’lumotni auditor dalolatnomada yoritadi, pul mablagMarining pul
m ablag‘i yoki kam chiqishi sabablari to ‘g ‘risida kassirdan tushuntirish
xati oladi. Kamomad summasi yoki suiiste’mol
qilingan pul miqdori
haddan ziyod b o isa , buxgalter bu haqda xo ‘jalik yurituvchi subyekt
rahbariga xabar beradi;
• kassani tekshirish vaqtida kassadagi qimmatbaho qog‘ozlar
(aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar), yoqilg‘i-moylash TMZlarini
olish talonlari, qat’iy
hisobot blankalari, dam olish uylari, sihatgohlarga
y o ‘llanmalar
va
boshqa
pul
hujjatlari
miqdori
dalolatnomada
ko‘rsatiladi.
Kassani inventarizatsiyalash natijalari “Naqd pul mablag‘larini
inventarizatsiyalash
dalolatnomasi”da
aks
ettiriladi.
Unda
inventarizatsiyalash
kunida
qimmatliklaming
inventarizatsiyalash
natijasi bo‘yicha haqiqatdagi qoldig‘i va hisob ma’lumotlari bo‘yicha
qoldigM ko‘rsatiladi. Kamomad yoki ortiqcha naqd pul aniqlanganda
dalolatnomada uning summasi va paydo bo‘lish sabablari ko'rsatiladi.
Dalolatnomani inventarizatsiyalash komissiyasi a ’zolari va moddiy
javobgar shaxs imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot
buxgalteriyasiga
topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda
151
qoladi. Moddiy javobgar shaxslar almashganda dalolatnoma uch
nusxada tuziladi.
Ortiqcha pul rnablag‘lari kirim qilinishi, kamomad esa aybdor
shaxsdan undirilishi kerak.
Inventarizatsiya
natijalari
o ‘z
vaqtida
buxgalteriya
hisobvaraqlarida aks ettiriladi:
- ortiqcha pullar chiqqanda, ushbu
summa kassaga qaytadan
kirim qilinadi:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagMari”
Kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”
- kamomad aniqlanganida:
Debet 4730 “Moddiy zarami qoplash yuzasidan xodimlaming
qarzi”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagMari”
- kamomad summasini kassir bevosita kassaga toMaganida:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagMari”
Kredit 4730 “Moddiy zarami qoplash yuzasidan xodimlaming
qarzi”
- kamomad summasi kassiming ish haqidan ushlab qolinganida:
Debet
6710
“Xodimlar
bilan
mehnat
haqi
yuzasidan
hisoblashishlar”
Kredit 4730 “Moddiy zarami qoplash yuzasidan xodimlaming
qarzi”
Do'stlaringiz bilan baham: